Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
3812
249
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Asikaga syougunati / knyaz-daimonlar / asikaga sulolasi / qilichlarni izlash / tokugava rejimi / samuray. / Asikaga syougunati / princes-permanent / Asikaga dynasty / search for swords / tokugawa regime / samurai.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Javoxir Davrenov, Sulaymon Haydarov

Yaponiya tarqoqlik hamda fuqarolar urushi davrida, davlatni birlashtirish uchun kurash, Yaponiyada Tokugavalar syogunati davrida hamda davlatning yakkalanib qokishi haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE HISTORY OF THE JAPANESE STATE IN THE STUDY OF HISTORY IN THE XVI-XVIII CENTURIES

Japan's disintegration and civil war, the struggle for national unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI

Javoxir Davrenov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy maslahatchi: Sulaymon Haydarov

ANNOTATSIYA

Yaponiya tarqoqlik hamda fuqarolar urushi davrida, davlatni birlashtirish uchun kurash, Yaponiyada Tokugavalar syogunati davrida hamda davlatning yakkalanib qokishi haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: Asikaga syougunati, knyaz-daimonlar, asikaga sulolasi, qilichlarni izlash, tokugava rejimi, samuray.

THE IMPORTANCE OF THE HISTORY OF THE JAPANESE STATE IN THE STUDY OF HISTORY IN THE XVI-XVIII CENTURIES

Javokhir Davrenov Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

Scientific adviser: Sulaymon Haydarov

ABSTRACT

Japan's disintegration and civil war, the struggle for national unification, Japan's Tokugawa Shogunate, and the country's isolation.

Keywords: Asikaga syougunati, princes-permanent, Asikaga dynasty, search for swords, tokugawa regime, samurai.

KIRISH

Yangi zamonni Yaponiya ''jangari viloyatlar davri'' nomini olgan tarqoqlik va fuqaro urushlari davridagi Asikaga syogunatidan (1467-1568) meros qilib oldi. Bu davr vassallarning syogunga qarshi kurashlari bilan ajralib turadi. Asikaga xonadonidan bo'lgan syogunlar poytaxt Kioto ustidan nazoratni qo'ldan berdilar, u yerda shaharni mustaqil boshqarishning kuchli tizimi shakllandi. Yetakchilik endi viloyatlardagi hukmdorlarga - knyaz-daimolarga o'tdi. Bu davrda knyazlar daromadlarining tarkibi sezilarli o'zgardi. 1543-yili yaponiya qirg'oqlarida portugallarning, olti yildan so'ng esa ispanlarning ham paydo bo'lishi mamlakatdagi keying siyosiy va iqtisodiy muhitga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Ular mamlakatga o'qotar qurollarni olib kirdilar. Yevropaliklarning paydo bo'lishi savdo va kapitalning kuchayishiga, harbiy ishning

mukammallashishiga ko'maklashdi. Bu esa o'z navbatida o'zaro urushlarni keskinlashtirdi va faqat Yaponiyaning bo'linib ketish xavfini emas balki uning yevropaliklarga tobe bo'lib qolish xavfini ham keltirib chiqardi. O'zaro urushlar va dehqonlarning qo'zg'alonlari feodallarning o'ziga ham real xavf tug'dirdi. Shu vaqtda esa Yaponiyaning chet elliklar tomonida bosib olinish xavfi yitilib kelayotgan edi. [1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XVI asr boshlarida Yaponiya o'zaro ichki urushlar oqibatida mayda-mayda davlatlarga bo'linib ketgan edi. O'zaro ichki urushlar faqat 1573-yilda ikkinchi syogun Asikaga sulolasi hokimiyatining ag'darilishi bilan nihoyasiga yetdi. Yaponiyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy vazifani amalga oshirish ishiga qudratli xonadon yetakchilaridan biri Oda Nabunaga rahbarlik qildi. Shiddatli va shafqatsiz kurashlardan so'ng Oda Nabunaga 1573-yilda Asikagani syogunlikdan maxrum etdi. [2] O' z yo'llarini to'g'ri va notug'ri yullar bilan kengaytirib, dehqonlar qo'zg'alonlarini ayovsiz tarzda bostirib, Oda Nabunaga ''siyosiy-knyzlik'' (bakuxan) davlatiga asos soldi. 1582-yil Kiotodagi ibodatxonalardan birida raqiblarining qo'shinlari tomonidan qo'rshab olingan Oda o'zini o'ldirish bilan hayotini yakunladi. Mamlakatni birlashtirish ishini, dehqonlardan chiqqan va Odaning xizmatida o'zini ko'rsatgan Toyatami Xideyosi davom ettirdi. O'zi dehqonlardan chiqqan Xideyosi dehqonlar qo'zg'alonini ayovsiz bostirardi. 1588-yilda chiqqan "qilichlarni izlash"deb atalgan farmonga binoan dehqonlarning qilichlar, miltiqlar va boshqa qurollarga ega bo'lishi taqiqlanardi. 1598-yili Xideyosining o'limi birinchi birlashtiruvchilarning o'rinishlarini yuqqa chiqardi. 1603-yili Ieyasu Tokugava syogun unvonini qabul qildi va Edo (zamonaviy Tokio) shahrini poytaxt qilib, syogunatga (1603-1867) asos soldi. Bu bilan u zamonasining eng mashxur xonadoni harbiy-feodal diktaturasini boshlab berdi. Amalda Tokugava va uning izdoshlari imperator xonadonini hokimiyatdan hamda siyosiy hayotdan ajratdi. Ammo ular imperatorning (Mikado) diniy obro'sini ta'kidlashda davom etdilar va doimo hokimiyatga imperator ruxsati bilan kelganliklarini ta'kidlar edilar. [3]

MUHOKAMA

Tokugava xonadonidan dastlabki syogunlar davrida Yaponiya yagona davlatga aylana boshlasada, aslida mamlakatning birlashishiga erishilmagandi. XVII asr boshlarida Yaponiyaning umumiy sholi daromadi 11 million koku (1koku - 180.4kg) miqdorida belgilandi. Ana shu miqdordan 4 million koku Tokugava xonadoniga tegishli edi. Tokugavalar davrining boshlarida Yaponiyaning axolisi 20 millionga yaqin kishidan iborat edi. XVII asrdagi barqarorlik tufayli aholi 29 millionga yaqinlashdi. Tokugavalar davrida yerlar feodallarga tegishli bo'lgan. Feodal yer egaligining asosiy shakllari quyidagilar edi: 1) syogunlarning yerlari 2) knyazlarning yerlari 3) cherkov va

monastrlarning yerlari. Savdogarlik va hunarmandchilik asosan Yaponiyaning bevosita syogunat nazorati ostida bo'lgan shaharlarida to'plangandi. Eng yirik shaharlar Edo -Yaponiyaning poytaxti (hozirgi Tokio), Osaka-mamlakatning bosh savdo markazi, Kioto-imperatorning qarorgohi, port shaharlari Sakai hamda Nagasaki edi. [4]

NATIJA

Yaponiyaning tashqi dunyodan ajralib qolishi XIX asrning yarmigacha davom etdi. Tokugava rejimining butun bir sistemasiga kiruvchi bu siyosat umuman mamalkat uchun g'oyat og'ir va salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Bu narsa Yaponiyada feodal munosabatlarning eng qoloq formalari saqlanib qolishiga yordam berdi. Yakkalanib qolish sharoitida yapon feodallari va ularning amaldorlari yapon mehnatkashlar ommasi ustidan ayniqsa har tomonlama va nazoratsiz hukmronlik qilib, o'z sinfiy diktaturalarini eng daxshatli formalarda amalga oshira oldilar. Ayni vaqtda Yaponiyaning yakkalanib qolishi uni ochiqdan-ochiq qoloqlikka mahkum etdi. Bu esa sanoatda ham, qishloq xo'jaligida ham eski ishlab chiqarish usullarining saqlanib qolishida o'z ifodasini topdi. Bu narsa mamlakat madaniy o'sishining to'xtab qolishiga ham ta'sir ko'rsatdi.

XULOSA

Shunday bo'lsa ham XVII asrda Yaponiyada sust bo'lsa ham muayyan o'sish ro'y berdi. Mamlakatda Tovar-pul munosabatlari rivojlanib sekin-asta yapon qishloqlariga ham kirib bordi. Shaharlarda savdogarlar kapitali to'plandi. Feodallarning orasida ko'proq tabaqalashuv ro'y berdi. Feodallar - samuraylarning past qatlami xonavayron bo'lib, shahardagi o'rtacha va hatto quyi qatlamlarga tobora yaqinlashib bordi. [5]

REFERENCES

1. Shuxrat Ergashev-Jahon tarixi- T. "O'zbekiston"- 2013-y. 380-381-betlar

2. Semyonov-O'rta asrlar tarixi-T. "O'qituvchi"-1973-y. 617-bet

3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

9. AMHpKynoBHH, X. C. (2021). Y3EEKHCTOH TAPHXH OAHHHH Y^HTHm^A TACBHPHH CAHLAT ACAP^APH^AH OOH^A^AHHmHHHr Y3HTA XOCTHrH. Scientific progress, 1(3).

10. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

11. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANANI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.