Научная статья на тему 'TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI XITOY MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI'

TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI XITOY MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1125
100
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Van / konfutsiylik / oq ot ibodatxonasi / In yozuvi / Sima Syan / igna bilan davolash / tosh doʻmbiralar / oliy hudo. / Van / Confucianism / white horse temple / In inscription / Sima Xian / acupuncture / stone drums / supreme deity.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xayitboy Sharifjon Oʻgʻli Orifjonov

Maqolada Qadimgi tarixni o’rganishda tarixiy axamiyatga ega va kerakli arxivga ega bo’lgan Xitoy madaniyati haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ANCIENT CHINESE CULTURE IN THE STUDY OF HISTORY

The article dealis with Indian culture, which is very rich and has a major archive in the study of ancient history.

Текст научной работы на тему «TARIX FANINI O’RGANISHDA QADIMGI XITOY MADANIYATINING O’RNI VA AHAMIYATI»

TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI XITOY MADANIYATINING

O'RNI VA AHAMIYATI

Xayitboy Sharifjon o'g'li Orifjonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada Qadimgi tarixni o'rganishda tarixiy axamiyatga ega va kerakli arxivga ega bo'lgan Xitoy madaniyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Van, konfutsiylik, oq ot ibodatxonasi, In yozuvi, Sima Syan, igna bilan davolash, tosh do'mbiralar, oliy hudo.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF ANCIENT CHINESE CULTURE IN THE

STUDY OF HISTORY

Khaitboy Sharifjon ugli Orifjonov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

The article dealis with Indian culture, which is very rich and has a major archive in the study of ancient history.

Keywords: Van, Confucianism, white horse temple, In inscription, Sima Xian, acupuncture, stone drums, supreme deity.

KIRISH

Qadimgi Xitoy madaniyatini o'rganar ekanmiz biz bunda Xitoy tarixi yanada kengroq o'rganilishi va bu madaniyatning boshqa xalqlarga tasiri haqida qisqacha to'xtalib o'tsak. Xar bir davlatning yozuvi, diniy etiqodi bo'lgani kabi Qadimgi Xitoyninga ham yozuvi, va diniy etiqodining, eng qadimiy shakllari mavjud va boshqa xalqlarning ham madaniyatiga o'z tasirini o'tkazgan.Qadimgi Xitoy madaniyati boshqa madaniyatlardan o'iga xos alohida jihatlari bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ilk Xitoy yozuvininig eng qadimgi yodgorliklari eramizdan avvalgi XIV- XI asrga oid fol ko'rish yozuvlaridir.In youvlarining kopchilik qismi buyumlar tasviri yoki murakkab tushunchalarni ifodalaydigan ko'pgina tasvirlar qo'shilmasi ideogramma ko'rinishidadir.

In belgilarining hozirgi Xitoy iyeogliflaridan 3 xil farqli tomoni bor.Birinchidan,har bir elementning belgi qandaydur buyumning konturini

tasvirlagan,ikkinchidan, bir belgini yozilishida ko'p xilma xillik mavjud. Uchinchidan, belgini qatorning nisbiy yo'nalishiga tomon harakati hali barqaror bo'lmagan. In yozuvining er.avv.j ming yillikda Chjoular tomonidan o'zlashtirilishi, uning taraqqiyotink uzb qo'ymadi. Er.avv ||-j ming yilliklarda iyerogliflarning mahalliy variantlari unifikatsiya qilindi, belgilarni yozishning yangi husnixati paydo bo'ldi.

Qadimgi Xitoyda odatda yupqa yog'och yoki bambuk taxtachalariga yozilgan. Tushli mo'yqalam bilan yozuv ana shu taxtachalarga tushurilgan va yozuvlar metall pichoq bilan tozalangan. Eramizdan avvalgi |mingyilliknig o'rtalarida ipak matoga ham yozilgan. Yangi era boshida qog'oz kashf qilinib ishlatila boshlandi va qog'oz boshqa materiallarni siqib chiqardi.

MUHOKAMA

Eng qadimgi Xitoy sheriyati namunalari eramizdan avvalgi VI asrlarda jez ko'zalardagi yozuvlarda yetib kelgan. "Shiszin" (qo'shiqlar kitobi) - qadimgi Xitoy adabiyotining haqiqiy xazinasidir. Bu yodgorlik 4 bo'limga bo'lingan (" Podshoxlik axloqi" "Kichik odalar", "Buyuk odalar", "Madhiyalar", ) 305 poetik asarlar majmuasidan iborat.

"Shiszin" an'analari eramizdan avvalgi IV- asrda poetik asarlar mualliflari tomonidan o'zlashtirib olindi. Bizgacha bu asarlar do'mbira shaklini eslatadgan tosh uyumlarda yetib kelgan, shu sababli ular "Tosh do'mbiralar" dagi matnlar deb yuritiladi.Eramizdan avvalgi IV-. asrda mashxur Syu Yuan, Xan davrida Sima Siyan-Ju kabi shoirlar ijod qilgan.

Musiqa, poeziya, va raqs kabi san'at turlari Xitoyda yuqori darajada shakllangan. Musiqa asboblari uch asosiy guruhga: torli, tovush va urib chalinadigan, asboblarga bo'lingan. Ko'pgina musiqa asboblari eramizninig birinchi, ikkinchi asrlarida O'rta Osiyodan o'zlashtirilib olingan.

Xitoy memorchilik san'atida yog'och asosiy xomashyo edi. Xan davrining noyob memorchilik yodgorligi imperya poytaxti Chanyan shaxri 12 darvozali devor bilan o'rab olingan. Baland ko'p xonali imperator saroyi, mamuriy binolar va ibodat xonalar shaxarning ko'rki edi. Mamuriy binolar sariq rangda, imperator saroylari qizil rangda bo'yalgan. Xan davrida portret san'ati yuksak darajada bo'lgan, saroylar portret freskalari bilan bezatilgan.

NATIJA

Qadimgi Xitoyda ilmiy bilimlar, ayniqsa matematika rivojlangan. Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda to'qqiz kitobdan iborat "matematika" traktati tuzilgan. Bunda oldingi olimlarning bilimlari proporsiya, progress bo'lishlari bayon etilgan. Pifagor teoremasi va boshqalar to'plangan. Matematika bilan yonma yon astranomiya fani ham rivojlandi.Er.avv.104- yilda bir yil 365 ,25 kun hisoblab chiqildi. Shu yil qabul qilingan

kalendar eramizning 85-yiligacha foydalanildi. Bu kalendar bo'yicha yil 12 oyga bo'lindi. Qo'shimcha kunlar oy kabisa yiliga qo'shilib 3 yilda bir marta belgilandi. Quyish-oy kalendari qishqol xo'jalik ishlariga moslashtirilgan. Qadimgi Xitoyda tibbiyot soxasida katta yutuqlarga erishildi. Er.avv ||| asrda Xitoy shifokorlari igna bilan davolashni kashf qilganlar. Tabiblar 52 kasallikni davolashni bilganlar.280 davolash usulini qo'llaganlar.

Qadimgi Xutoyliklar u dunyo to'g'risidagi tushunchalarida terda mavjud bo'lgan tartib qoidalar aks ettiriladi. Yerda hokimyat Vanga tegishli, osmonda hamma jismlar oliy xudo Di ga bo'ysunadi. Di qudratli, u odamlarga marhamat qiladi yoki ularni baxtsizlik bilan jazolaydi. U odamlarga hosilni sovg'a qiladi, qurg'oqchilik yuboradi, yomg'ir va shamol Diga bog'liq. Dining yaqinlarini Vanninig vafot qilgan ajdodlari tashkil qiladi. Vanning ajdodlari Dining topshiriqlarini bajaradi va ular Vanning yordam berish to'g'risidagi iltimosini Diga yetkazadi. Vanning oliy kohin sifatidagi vazifasi odamlar va hudolar o'rtasida vositachi bo'lgan o'z ajdodlari bilan muloqotni amalga oshirishdur.

Konfutsiylikni paydo bo'lishi va tarqalishi ajdodlarga etiqod qilishni kuchaytiradi. Konfutsiyning axloqiy siyosiy talimotida markaziy o'rinni "oliyjanob kishi" (SyanSzi) to'g'risidagi tushuncha egallaydi.Konfutsiylik gumanizm (Jen), sadoqat (Chjun), kattalarga hurmat (Syuo), kishilar o'rtasidagi munosabatlarga rioya qilish (Li) dan iborat. Konfutsiy ochko'zlik, zo'ravonlikka qarshi axloq va burchni qarama-qarshi qo'yadi.

||-|||- asrlarda Xitoyda budda dini kirib keldi. Afsonalarga ko'ra, birinchi budda sutralari (matn yoki qoida) Xitoyga oq otda olib kelingan: bunga xotira sifatida Loyan shahri yonida budda "oq ot ibodatxonasi" qurilgan va hozirgacha saqlanib qolgan. Xitoyda sutralarni tarjima qilish va budda dinini IV- VI Asrlarga ttegishlidur.

XULOSA

Xulosa qilib aytish mumkunki Xitoy madaniyati tarixi keng va manbalarga boydur.Qadimgi Xitoylikar o'z xudolairga juda kuchli etiqodda bo'lishgan va kuchli hurmat qilishgan.Birinchi qog'ozni ham Xitoyda kashf qilinishi madaniyatinig rivojlanishiga o'z tasirini sezilarli darajada oshirgan.Va shu orqali boshqa xalqlarga ham qog'oz kirib borgan.

REFERENCES

1. Rajabov R.Qadimgi dunyo tarixi.Toshkent-2009.

2. V.I.Abdiyev.Qadimgi Sharq tarixi.Toshkent-1964.

3. A.Kabirov.Qadimgi Sharq tarixi.Toshkent-2018.

4. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

5. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 7(5).

6. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

7. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).

8. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).

9. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).

10. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).

11. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).

12. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).

13. Хайдаров Усмон. (2021). Тарих дарсларини самарадорлигини оширишда миниатюралардан фойдаланишнинг йуллари. Scientific progress, 1(3).

14. Хдйдаров С. (2021). Убекистон тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.

15. Sulaymonov Askarali. Khaydarov Sulaymon Amirkulovich (2021). Increasing the effectiveness of teaching history through miniature art works. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. 1 (12). 2043- 2049.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.