Научная статья на тему 'TARIQ NAVLARINING QIMMATLI BELGI XUSUSIYATLARI VA DON XOSILDORLIGINI O‘RGANISH'

TARIQ NAVLARINING QIMMATLI BELGI XUSUSIYATLARI VA DON XOSILDORLIGINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
203
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tariq / don / ekin / usuv davri / muddat / nav / sug‘oriladigan / hosildorlik / ro‘vak / unuvchanlik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — U. Qarshiyeva, A. Karimov, F. Bekmuratov

Tariq O‘zbekistonda juda keng tarqalgan yorma ekinlaridan biri.Uning donidan tayyorlangan yorma (psheno) mazaligi va to‘yimligi bilan mashhur. Tariqni takroriy ekin sifatida yetishtirish, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishga imkon beradi. Ayniqsa, ekish me’yorining kamligi, tezpisharligi, qisqa kun o‘simligi bo‘lishi uning qimmatini yanada oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIQ NAVLARINING QIMMATLI BELGI XUSUSIYATLARI VA DON XOSILDORLIGINI O‘RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TARIQ NAVLARINING QIMMATLI BELGIXUSUSIYATLARI VA DON XOSILDORLIGINI O'RGANISH *U. Qarshiyeva, 2A.Karimov, 3F. Bekmuratov

1Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish insituti, q.x.f.d.

2Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish insituti, assisent 3Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish insituti, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.7999848

Annatosiya. Tariq O'zbekistonda juda keng tarqalgan yorma ekinlaridan biri.Uning donidan tayyorlangan yorma (psheno) mazaligi va to'yimligi bilan mashhur. Tariqni takroriy ekin sifatida yetishtirish, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishga imkon beradi. Ayniqsa, ekish me 'yorining kamligi, tezpisharligi, qisqa kun o'simligi bo'lishi uning qimmatini yanada oshiradi.

Kalit so'zlar: tariq, don, ekin, usuv davri, muddat, nav, sug'oriladigan, hosildorlik, ro'vak, unuvchanlik.

Mavzuning dolzarbligi.Tariq - qimmatli yorma ekini bo'lib u asosan (psheno) yorma tayyorlash uchun ekiladi. Yormasidan tayyorlangan bo'tqa mazaligi va to'yimliligi bilan mashhur. Tariq yormasining tarkibida 12 - 13 % oqsil, 81 % kraxmal, 3,5 - 4,0 % yog', 0,15 % qand, mineral tuzlar, mikroelementlar, sink, yod, brom, xlor mavjud. Vitaminlar miqdori V1 (tiamin) va V2 (riboflavin) boshqa donli ekinlarga nisbatan ikki barovar ko'p.

Tariq yem - hashak ekini sifatida ahamiyatlidir. Uning doni chorvachilikda va parrandachilikda keng foydalaniladi. 1 kg donidan 0,97 o.b. bor. Tovuqlar tuxumining soni ko'payadi va tuxumning puchog'i mustaxkam bo'ladi.

Dunyo dehqonchiligida (2004) tariqning ekin maydoni 33,8 mln gektar atrofida. U Xitoy shimoliy mintaqalarida va Mug'uliston, Afg'onistonda, Turkiya va Yevropada ko'p ekiladi. AQShning sharqiy shtatlarida va Afrikada ham yetishtiriladi. Mustaqil mamlakatlar hamdustligida (Volga bo'yi qirg'oqlari - povolje, Markaziy qoratuproq zonasi, Sibir, Qozog'iston, Ukraina, Shimoliy Kavkaz) tariq ko'p ekiladi.

O'zbekistonda tariq asosiy va takroriy ekin sifatida ekiladi. Bir yilda ikki don hosil yetishtirishda uning ahamiyati katta. Ayniqsa ekish meyorini kamligi, tezpisharligi, qisqa kun o'simligi bo'lishi uning qimmatini oshiradi.

Tariq Panicum miliaceum L. g'alladoshlar (Graminaea) yoki qo'ng'irboshlar (Poaceae) oilasiga, Panicum turkumiga mansub.Panicum L. turkumiga 500 dan ortiq turlar kiradi. Ularning aksariyati yem-hashak ahamiyatiga ega, ayrimlari esa (P. virgatum, P. maximum va boshqalar) madaniylashtirilib ekilmoqda.

O'zbekistonda tariq asosiy va takroriy ekin sifatida ekiladi.Tariqni takroriy ekin sifatida yetishtirish, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishga imkon beradi. Ayniqsa, ekish me'yorining kamligi, tezpisharligi, qisqa kun o'simligi bo'lishi uning qimmatini yanada oshiradi. O'zbekistonning quruq, issiq havosi sharoitida takroriy ekilgan tariq yuqori hosil beradi. U takroriy bardoshliligi bilan ajralib turadi.

Tariq - issiqsevar o'simlik bo'lganligi uchun uning rivojlanish fazalarida havoning tegishli yuqori harorati talab kilinadi. Unib chiqish - tuplanish davrida 18 0S, tuplanish -ro'vaklanish 20 0S, ro'vaklanish gullash - 23 0S, gullash - pishish davrida 21 0S.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tariqning urug'lari 8 - 10 0S una boshlaydi va bo'rtishi uchun o'z og'irligiga nisbatan 25 % suvni yutadi. Maysalari - 2 - 3 0S da zararlanadi, - 3 0S da nobud bo'ladi. Tariq yuqori haroratga chidamli 38-40 0S da ham barg og'izchalari faoliyatini yaxshi saqlaydi. Tariq qisqa kun o'simligi, ammo kunning uzayishiga sezuvchanligi kam bo'lgan shakllarning borligi aniqlangan.

Donining po'stliligi - tariqning muhim biologik va texnologik belgilaridan biridir. Kam po'stli, ayniqsa yubka po'stli shakllaridan yormaning chiqimi ancha ko'proq bo'ladi. Ammo xo'jalik jixatidan po'stliligi 12 - 14 % eng qulay bo'lib hisoblanadi.

Agar po'stliligi bundan past bo'lsa doncha kasalliklar bilan zararalanishdan va yanchilish jarayonida shikastlanishdan kuchsizroq ximoyalanadi.

Turli rangli bo'lgan dag'al po'stli shakllarni oq donli va yubqa po'stlilar bilan chatishtirganda F1 da oq donli va va yubqa po'stlilik dominant bo'ladi. F2 da duragayning uch qismi oq yupqa po'stli va bir qismi rangli dag'al po'stli nisbatida ajralishi kuzatiladi. Bunday holat oq donlik va yubka po'stlilik 1p (Inhibitor place) epistatik gen tomonidan nazorat qilinishi bilan izoxlanadi, u po'stga tus beradigan pigmentlarini sintezini emas, balki hujayra qatlamlarining normal hosil bo'lishini bostiradi. Donining rangini nasldan naslga uzatilishini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki u donchaning rangi bilan bog'liq. Donchaning yarqiroq - sariq, sariq rangliligi undan pishiriladigan kashaning yaxshi iste'mollik sifatini ta'minlaydi. Doni tuk intensiv rangli bo'lgan navlarining donchasi tuk sariq, oq va oqimtir bo'ladi. Donining rangi har xil bo'lgan shakllarini chatishtirishdan hosil bo'lgan duragaylarda ko'p xollarda bu belgini hosil bo'lish harakteri murakkabligi kuzatiladi.

Tariq seleksiyasining asosiy yo'nalishi yorma ishlab chiqarish uchun yuqori hosildor - 4 - 4,5 t/ga, bir tekis yirik donli, 1000 donining vazni 8 - 9 g po'stliligi 12 - 14 % va yorma chiqishi 82 - 85 % hamda pishiriladigan bo'tqaning yuqori kulinar sifatli navlarni yaratish. Navning qimmati birinchi navbatda hosildorligi bilan aniqlanadi. Buning asosiy ko'rsatkichi o'rtacha bitta o'simlikning mahsuldorligidir, ro'vagidagi donlari bir vaqtda pishadigan va donlari ko'p shakllanadigan donining tarkibida oqsil moddasi hamda almashtirib bo'lmaydigan aminokislotalarni miqdori ko'p, qurg'oqchilikka chidamli va yuqori agrotexnikaga sezgir bo'lishi kerak.

Seleksiyaning muhim yo'nalishi - kasallik va zararkunadalarga chidamli navlar yaratish. Tariq o'simligiga ko'p zarar yetkazadigan kasalliklardan - qorakuya hisoblanadi. U har xil joylarda tarqalib, ro'vak chiqarish davrida hosil bo'ladi, natijada ro'vaklari to'liqicha vayron bo'lib, ularning o'rniga kasallikning sporalari bilan ifloslanishi natijasida yorma chiqishi kamayadi va pishiriladigan kashaning ta'mi yomonlashadi, agar kuchli zararlangan bo'lsa iste'mol qilishga yaramaydi. Tariqning chidamli navlarini yaratishda seleksiya ishi o'tkaziladigan xududda tarqalgan qorakuyaning populyatsiyasiga chidamliligi hisobga olinishi kerak. Bu kasallikka chidamli navlar yaratish usullari ishlab chiqilgan va tariqning bardoshli navlari yaratilgan, masalan Veselopodlyanskoe 632, Saratovskoe 2, Saratovskoe 3 va boshqalar.

Tadqiqotning obyekti sifatida Saratovskoye 3, Kinelskoye skorospeloye, Yantarnoye navlaridan foydalaniladi.

Tadqiqot vazifalari. Ilmiy tadqiqotlarni olib borish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:-Tariq navlarining qimmatli belgi xususiyatlari va don xosildorligini o'rganish;-morfoxo'jalik belgilari bo'yicha fenologik kuzatuvlar va laboratoriya tahlillari o'tkazish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Tadqiqot o'tkazish uslubi.Kuzatish, hisoblash va tahlillar «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (O'zPITI, 2007), biometrik tahlillar qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubi (1985; 1989), tajribada o'rganilgan nav namunalarining kasalliklarga chidamliligini baholash xalqaro ICARDA Markazida (International Center for Agricultural Research in the Dry Areas, 1996) ishlab chiqilgan shkala bo'yicha foizda (%) baholangan, tuproq va o'simlik namunalarining tahlili «Metodbi agroximicheskix analizov pochv i rasteniy Sredney Azii» (1977), tajriba natijalarining statistik tahlili «Metodika polevogo opwta» (B.A.Dospexov, 1985) bo'yicha aniqlangan.

Vegetatsiya davrining davomiyligi 55 kundan - 120 kungacha va ayrim fazalarning davomiyligiga qarab tariqning ko'p shakllari mavjud.

Tariq qurg'oqchilikka chidamli bo'lib, boshqa ekinlarga nisbatan tuproq va havo qurg'oqchiligidan kamroq zararlanadi, chunki to'qimalarning vaqtincha chuqur suvsizlanishini sezilarli darajada hosilini pasaytirmay kechib o'tishi mumkin. Shu bilan birga tariqning sug'orib o'stirishga moyil shakllari topilgan. Tariq o'ta issiq sharoitga, ayniqsa vegetatsiya davrining ikkinchi yarmida, chidamlilik xususiyatiga ega.

Tariqning eng qimmatli xusuyatlaridan boshqa ekinlarga nisbatan namlikka talabchanligining kamligi va qurg'oqchilikka chidamliligidir. Uning transpiratsiya koeffitsenti 200 - 250.

Gullash ro'vagining ustki qismidagi boshoqchalarida boshlanadi va har bir shoxchaning ustki qismidan pastga qarab tarqaladi. Shuning uchun donining pishishi avval ro'vagining ustki qismida keyin pastkilarida o'tadi. Ro'vagidagi gullarining gullash jarayoni 7 kundan 14 kungacha va undan ham ko'p davom etadi. Ertalab soat 8 - 9 da boshlanadi va eng kuchli gullashi soat 10 - 12 mobaynida kuzatilib soat 15 da tugaydi.

Tajribada tariqning Saratovskaya-853, Barnaul-80, Mironovskaya-51, Kozon-596 navlarini qimmatli belgi xususiyatlari va don xosildorligini o'rganildi. Vegetatsiya davri urganilgan navlarda 60-81 kungacha bulib Saratovskaya-853 navi 60 kun, Barnaul-80 navi 62 kun , Mironovskaya-51 navi 74 kun ,Kozon-596 navi esa 81 kunda pishib yetildi.

Tajribamizda navlarda biometrik kuzatish natijasida o'simlik bo'yi 73,0 sm dan 97,5 smgacha bulib,Saratovskaya-853 navi 97,5 sm boshqa navlarga nisbatan bo'yi balandligi bilan ajralib turdi. Bir dona ro'vagidagi don soni 20 iyunda erta muddatda ekilganda, o'rtacha 301,9 donadan 248,8 donagacha bo'lishi aniqlandi. O'rganilgan navlarga nisbatan don soni Barnaul-80 navida 301,9 dona va Saratovskaya-853 navida 293,5 dona ko'p bo'lganligi aniq muddatda ekilganda, o'rtacha 273,3 dona bo'lishi kuzatildi.

Tariq navlarida ro'vak uzunligi o'simliklarda o'rtacha 32,2 smdan 26,4 smgachani tashkil qilgan bo'lsa, ro'vak uzunligi Saratovskaya-853" navida 32,2 sm, Barnaul-80 navida 31,8 sm bo'lib boshqa navlarga nisbatan Kozon-596 navida kalta yani 26,4 sm ekanligi aniqlandi. Don hosili s/ga navlarda 22,0 s/gadan 31,0 s/gacha bulib yuqori kursatgich rayonlashtirilgan Saratovskaya-853" va Barnaul-80 navlarida ko'zatildi.

Jadval 1

Tariq navlarining qimmatli belgi xususiyatlari va don xosildorligi

Nav nomi Vegetatsiya davri,kun O'simlik bo'yi, sm Ro'vakdagi donlar soni, dona Ro'vak bo'yi, sm Don hosili s/ga

Saratovskaya-853 60 97, 293,5 32,2 31,0

154

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

5

Barnaul-80 62 82,4 301,9 31,8 30,5

Mironovskaya-51 74 82,5 272,2 30,5 27,8

Kozon-596 81 73,0 248,8 26,4 22,0

Demak qurgokchilikka va kasaliklarga chidamli va xosildorligi yuqori buyicha Saratovskaya-853 navini asosiy va takroriy ekin sifatida ekishni tavsiya qilamiz.

REFERENCES

1. Oripov R, Xalilov N. - O'simlikshunoslik /-O'quv qullanma, Toshkent, 2006, -198, 199 b.

2. Yokubjanov O, Tursunov S, Muqimov J. Donchilik. - Toshkent: "Yangi asr avlodi", 2009. -161 b.

3. Sorta osnovnbix polevwx kultur v Nijnem Povolje / N.S. Orlova podred. N.S. Orlovoy. -Saratov, 2004. - 245 s.

4. Atabaeva X.N., Xudayqulov J.B O'simlikshunoslik Toshkent-"Fan va texnologiya" 2018 , 170-173 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.