Научная статья на тему 'TALABLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANISHIDA KREATIVLIK MUHIM OMIL SIFATIDA'

TALABLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANISHIDA KREATIVLIK MUHIM OMIL SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
392
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tafakkur / kreativlik / faoliyat / usul / ta’lim

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umarova Navbahor Shokirovna, Raimdjanova Gulasal Baxtiyar Qizi

ushbu tezisda talabalar dunyoqarashi, tafakkurini rivojlantirishda kreativlikning o‘rni va uni aniqlash usullarining nazariy tahlillari berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANISHIDA KREATIVLIK MUHIM OMIL SIFATIDA»

egitiminde uzman mantosu yakla§imi. Dokuz Eylul Universitesi i§letme Fakultesi Dergisi, 20 (1), 167-197.

9. Sezerel, H. (2017). Turizm egitiminde yaratici dramanin uygulanabilirligi var mi? K. Birdir (Ed.) in Proceedings Book (pp.848-856). Mersin. Fir& International Congress on Future of Tourism: Innovation, Entrepreneurship and Su&ainability (Futourism 2017)

10. Zencir, E., Qo§kun, i. O. ve Gunay Akta§, S. (2016). Turizm Fakultesi ogretim programlarinin degerlendirilmesi ara§tirmasi: Anadolu universitesi ornegi projesinin tanitimi. 17th National Tourism Congress Proceedings Book, Mugla, 20-23 October pp. 1035-1043.

TALABLARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANISHIDA KREATIVLIK MUHIM OMIL SIFATIDA

Umarova Navbahor Shokirovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti

kafedra mudiri, PhD, dotsent Raimdjanova Gulasal Baxtiyar qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika

universiteti magi&ranti

Annotatsiya: ushbu tezisda talabalar dunyoqarashi, tafakkurini rivojlantirishda kreativlikning o'rni va uni aniqlash usullarining nazariy tahlillari berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tafakkur, kreativlik, faoliyat, usul, ta'lim.

Annotation: this thesis gives a theoretical analysis of the role of creativity in the development of &udents ' worldview, thinking and methods for its determination..

Key words: thinking, creativity, activity, method, education.

Ma'lumki jamiyat va tabiat o'rtasidagi munasabatlarning tadbiq etishga mo'ljallangan fanlardan bittasi psixologiya hisoblanadi. Psixologik bilimlarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida tatbiq etish ko'lami kengayib borishi uning mas'uliyati va nufuzi ortayotganligidan dalolat beradi. Huddi shu bois psixolog mutaxasislarga nisbatan ijtimoiy buyurtmaning ko'payishi ularni hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada tarbiyalashni taqazo etmoqda. Shaxs tarbiyasi, uning ijtimoiy-psixologik kamoloti har qanday davlatning bosh &rategik masalalaridan biridir. Chunki, shaxsni ma'lum ezgu g'oyalar, ijtimoiy-psixologik va yuksak intellektual talablar asosida tarbiyalamay turib har jihatdan kamol topishga qodir jamiyatni qurib bo'lmaydi. Zero, bu jarayonda eng avvalo ta'lim-tarbiya tizimi, uning mazmun-mohiyati, ta'lim tizimini takomillashtirishga xizmat qiluvchi psixologik tamoyillar muhim ahamiyat kasb etadi [1,12].

Bu jarayonning keng ko'lamda amalga oshirilishi uchun esa eng avvalo ta'lim tarbiya bilan shug'ullanuvchi barcha xodimlarga ayniqsa psixologlarga juda katta ma'suliyat yuklaydi. Buning uchun har qaysi ota-ona, u&oz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,

farzandlarimizni mu&aqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta'lim - sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Tabiiyki, eng avvalo ushbu vazifani bajarishni esa ta'lim tizimida tahsil olayotgan talabalarning bugungi zamon talablariga javob bera oluvchi ijodiy izlanuvchi - psixologik holatiga jiddiy e'tiborni qaratishdan boshlash kerak bo'ladi. Demak, ta'lim davridayoq har bir talaba shaxsida o'quv faoliyatiga bo'lgan faol-ijobiy munosabat motivlarining yetarli darajada shakllantirish bilan bog'liq ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq qilish masalasi bugungi ta'lim oldida turgan muhim vazifalardan biri bo'lmog'i kerak.

Shuningdek, eng avvalo ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan birga bu jarayonga nisbatan bugungi talabaning munosabatlarida turli xil ijtimoiy-psixologik omillar ta'sirining ortib borayotganligi; ta'lim ob'ekti, sub'ekti, o'qituvchi, talaba, guruhlar o'rtasidagi munosabatlar motivatsiyasining o'quv jarayonida tez-tez o'zgarib borayotganligi ta'lim ob'ektlarida o'quv faoliyati va o'quv faolligining o'zaro mutanosibligiga jiddiy e'tibor qaratishning zarurligi, o'quv faolligi doirasidagi munosabat talabaning ijodiy bilim olishiga ta'sir etuvchi, tashqi va ichki psixologik omillar da keskin o'zgarishlarning kuzatilayotganligidir. Talaba shaxsida kechayotgan o'z-o'ziga, o'zgalarga va faoliyatga bo'lgan munosabatlar iyerarxiyasining bevosita ta'lim samaradorligiga ta'sirini hisobga olish va bu ta'sir doirasida har bir o'quvchi shaxsini o'rganishga bo'lgan ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi kabi holatlar bilan belgilanadi va baholanadi.

Talab shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida uning aqliy-intellektual, ijodiy xususiyatlari namoyon bo'ladi. Bu borada, ayniqsa, ta'lim jarayonida talabalarning ijodiy faoliyatini shakllantirish imkoniyatlari kengroqdir. Bugungi kunda mu&aqillik tufayli amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari o'z ishiga ijodiy yondashuvchi, fan, texnika, san'at, ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga o'z hissasini qo'shadigan yuksak malakali kadrlar tayyorlashga bog'liq. Shunga ko'ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir talabani ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir.

Ijodkorlik faoliyatning turli holatlarida paydo bo'ladi. Qiziqish, ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo'lishidan tortib, to namoyon bo'lishigacha jarayonni o'z ichiga oladi. Shaxsning ijodiy faoliyat ehtiyoji uning harakatlarida yangi, ilgari maqsad qilib qo'yilmagan bunyodkorlik intilishini bildiradi [2, 15].

Ta'lim-tarbiya jarayonida talabalardagi yashirin i&e'dodlarni yuzaga chiqarish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish - kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o'tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish garovi sanaladi. Bu davlatimizning u&uvor yo'nalishlaridan biri - har tomonlama barkamol insonni voyaga yetkazish g'oyasiga mos keladi. Shaxsda ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti shaxsning faoliyati hisoblanadi. Bu borada psixolog olimlarning bildirgan nazariy fikr va g'oyalarini misol qilib keltirish mumkin. Ijodkor shaxsni shakllantirishning muhim sharti maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi ob'ektiv axborotlar

bilan ta'minlash hisoblanadi. Ob'ektiv axborotgina maqsadga yo'naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita bo'la oladi. Demak, shaxsning imkoniyatlari qancha oshib borsa, u faoliyatni shunchalik muvaffaqiyatli darajada bajaradi. Ya'ni iqtidorli, har tomonlama shakllangan o'quvchilarimiz osonlik bilan o'z maqsadiga yetsa, iqtidori yetarli shakllanmagan o'quvchilar muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi [3, 3].

Kreativ tafakkurni rivojlantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko'pgina mualliflar taklif etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv u^uvorligi seziladi. Ko'pchilik mualliflar ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali usullari sifatida kreativlik asosini tashkil etuvchi bilish jarayonlari (ijodiy xayol, tanqidiy tafakkur va h.k.)ni faollashtirishga mo'ljallangan mashq va topshiriqlardan iborat metodikalarni taklif etadilar. Masalan, Ye.P. Torrens tomonidan ijodiy tafakkurni rivojlantirish bo'yicha taklif etilgan metodikada turli buyumlarni o'zining asl vazifasidan tashqari qanday maqsadlarda ishlatilishi mumkinligi yuzasidan fikrlashga undaydigan topshiriq beriladi [4, 299].

Kreativlik qobiliyatini rivojlantirish vositasi sifatida qator mualliflar turli materiallar asosida ijodiy xayolni mashq qildirishga mo'ljallangan metodikalarni taklif etadilar. Jumladan, Ye.P.Rogovning amaliy qo'llanmalarida taklif etilgan, guruhiy shaklda o'tkazilishi ko'zda tutilgan mashqlarda, masalan, trening ishtirokchilaridan biri qandaydir fanta^ik vaziyatli savol (masalan, "Agar odamlar bir-birining fikrini o'qiy oladigan bo'lib qolganda, Yerdagi hayotda qanday o'zgarishlar ro'y berar edi?" degan savol)ni o'rtaga tashlash, guruhning qolgan a'zolariga o'zlarining imkon qadar rang-barang javoblarini shakllantirish vazifasi berilishi mumkin .

Kreativlik psixologiyasi muammolarini o'rganishda o'z ilmiy maktabini yaratgan yetakchi olimlardan biri Ya.A. Ponomarev ham tafakkur kreativligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlash yo'nalishida o'z yondashuviga ega. Xususan, olimning tadqiqotlarida to'qqiz katakli (3x3) shaxmat doskasining turli qismlarida joylashtirilgan ot bilan o'yin qoidalarini buzmagan holda boshqa bir katakka qo'yilgan piyodani olishga qaratilgan harakatlarni aniqlash mashqidan ham diagno^ik, ham rivojlantiruvchi maqsadda foydalanish holatlari qayd etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Каримова В.М. «Аудиторияда бах,с-мунозарали дарсларни ташкил этишнинг психологик техникаси» (Услубий тавсиялар). - Т.: 2000, 16 б.

2. Каримова В.М. Логико-операциональный аспект формирования самостоятельного мышления. Таълим ва тарбия - 2000, 1-2-сон. 92 -94 б.

3. Каримова В.М. Фикр тарбияси ва мустакил фикрлаш.- «Маърифат», 1999

4. Gardner N. «Creativity lives and creative works: a synthetic scintific approach». // R. Stemberg T. Tardif (eds). The nature of creativity. Cambridge: Cambr. Press, 1988. P. 298-324.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.