Научная статья на тему 'TALABALIKNING AXLOQIY HISLAR SHAKLLANISHIDA MUHIM DAVR SIFATIDA AHAMIYATI VA QADRIYATLARNING O‘RNI'

TALABALIKNING AXLOQIY HISLAR SHAKLLANISHIDA MUHIM DAVR SIFATIDA AHAMIYATI VA QADRIYATLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
384
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / his / hissiyot / o‘spirinlik davri / talaba / axloqiy fazilat / qadriyat / xulq-atvor / bilim / ma’naviyat / dunyoqarash / e’tiqod. / Axloq / his / hissiyot / o‘spirinlik davri / talaba / axloqiy fazilat / qadriyat / xulq-atvor / bilim / ma’naviyat / dunyoqarash / e’tiqod.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Karimova, Madina Xolmuratovna

Ushbu maqola o‘spirinlik davrida axloqiy hislarning rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida yoritilgan bo‘lib, o‘spirin atrof-muhit qonuniyatlarini bilishga intiladi, ezgulik va yovuzlikni farqlay oladi. O‘spirinlik davrida biz talabaga talabaday emas, bir do‘stdek munosabatda bo‘lamiz, buni bizdan o‘spirinning o‘zi ham talab etishi haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Maqolaning ekspriment qismida qadriyatlar yo‘nalganligi bo‘yicha natijalar tahlili keltirib o‘tilgan. Qadriyatlar reytingi metodikasida 11ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganib chiqilgan. Bunda baxtli oila, yaxshi va sadoqatli do‘stlar, salomatlik, sevgi, boylik, o‘ziga ishonch, bilim, yaxshi kasb, tabiat va san’atdagi go‘zallik, faol turmush, ijod kabi ko‘rsatkichlari birma bir tahlil qilinib o‘spirinlar hayotidagi muhimlik darajasi bo‘yicha tartibga solinib chiqildi. Qadriyatlarga yo‘nalganlikni psixologik tahlil qilish ularda qaysi qadriyatlar yuqori va qaysi qadriyatlar pastroq reytingda ekanligi ko‘rsatildi. Ayni paytda o‘spirinlar tarbiyasini rejalashtirishdan avval psixologik tashxis o‘tkazish zarurligi yana bir bor anilab olindi. O‘spirinlar ma’naviyati shakllanganlik darajasini, uni yuksaltirish, takomillashtirish vazifasi qo‘yilganda esa M. Rokich yoki Ye.Fantalovaning qadriyatlarga yo‘naltirilganlikni aniqlash metodikalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ma’lum bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE STUDENT AS AN IMPORTANT PERIOD IN THE FORMATION OF MORAL FEELINGS AND THE ROLE OF VALUES

This article describes the specific features of the development of moral feelings during adolescence, the adolescent seeks to know the laws of the environment, can distinguish between good and evil. In the period of adolescence, we treat the student not as a student, but as a friend, information is given that the teenager himself demands this from us. In the experimental part of the article, the analysis of the results according to the direction of values is presented. 11 areas were studied in the methodology of the rating of values. In this, indicators such as a happy family, good and loyal friends, health, love, wealth, self-confidence, knowledge, good profession, beauty in nature and art, active life, creativity are analyzed one by one. spirins were arranged according to the level of importance in life. A psychological analysis of value orientation has shown which values are ranked higher and which values are lower. At the same time, the necessity of conducting a psychological diagnosis before planning the upbringing of adolescents was once again realized. When the task of raising and improving the level of spirituality of teenagers was set, it became clear that it is appropriate to use the methods of determining orientation to values by M. Rokich or Ye. Fantalova.

Текст научной работы на тему «TALABALIKNING AXLOQIY HISLAR SHAKLLANISHIDA MUHIM DAVR SIFATIDA AHAMIYATI VA QADRIYATLARNING O‘RNI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

TALABALIKNING AXLOQIY HISLAR SHAKLLANISHIDA MUHIM DAVR SIFATIDA AHAMIYATI VA QADRIYATLARNING O'RNI

Karimova Madina Xolmuratovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti o'qituvchisi

karimova1810@gmail.com

Ushbu maqola o 'spirinlik davrida axloqiy hislarning rivojlanishining o 'ziga xos xususiyatlari haqida yoritilgan bo'lib, o'spirin atrof-muhit qonuniyatlarini bilishga intiladi, ezgulik va yovuzlikni farqlay oladi. O'spirinlik davrida biz talabaga talabaday emas, bir do 'stdek munosabatda bo 'lamiz, buni bizdan o 'spirinning o 'zi ham talab etishi haqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Maqolaning ekspriment qismida qadriyatlar yo'nalganligi bo'yicha natijalar tahlili keltirib o'tilgan. Qadriyatlar reytingi metodikasida 11ta yo 'nalish bo 'yicha o 'rganib chiqilgan. Bunda baxtli oila, yaxshi va sadoqatli do'stlar, salomatlik, sevgi, boylik, o'ziga ishonch, bilim, yaxshi kasb, tabiat va san 'atdagi go 'zallik, faol turmush, ijod kabi ko'rsatkichlari birma bir tahlil qilinib o'spirinlar hayotidagi muhimlik darajasi bo'yicha tartibga solinib chiqildi. Qadriyatlarga yo'nalganlikni psixologik tahlil qilish ularda qaysi qadriyatlar yuqori va qaysi qadriyatlar pastroq reytingda ekanligi ko'rsatildi. Ayni paytda o'spirinlar tarbiyasini rejalashtirishdan avval psixologik tashxis o'tkazish zarurligi yana bir bor anilab olindi. O'spirinlar ma'naviyati shakllanganlik darajasini, uni yuksaltirish, takomillashtirish vazifasi qo 'yilganda esa M. Rokich yoki Ye.Fantalovaning qadriyatlarga yo 'naltirilganlikni aniqlash metodikalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ma'lum bo 'ldi.

Kalit so'zlar: Axloq, his, hissiyot, o'spirinlik davri, talaba, axloqiy fazilat, qadriyat, xulq-atvor, bilim, ma 'naviyat, dunyoqarash, e'tiqod.

This article describes the specific features of the development of moral feelings during adolescence, the adolescent seeks to know the laws of the environment, can distinguish between good and evil. In the period of adolescence, we treat the student not as a student, but as a friend, information is given that the teenager himself demands this from us. In the experimental part of the article, the analysis of the results according to the direction of values is presented. 11 areas were studied in the methodology of the rating of values. In this, indicators such as a happy family, good and loyal friends, health, love, wealth, self-confidence, knowledge, good profession,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

beauty in nature and art, active life, creativity are analyzed one by one. spirins were arranged according to the level of importance in life. A psychological analysis of value orientation has shown which values are ranked higher and which values are lower. At the same time, the necessity of conducting a psychological diagnosis before planning the upbringing of adolescents was once again realized. When the task of raising and improving the level of spirituality of teenagers was set, it became clear that it is appropriate to use the methods of determining orientation to values by M. Rokich or Ye. Fantalova.

Keywords: Ethics, feeling, emotion, adolescence, student, moral virtue, value, behavior, knowledge, spirituality, worldview, belief.

Yosh davri taraqqiyotida o'spirinlik davri o'zining universialligi bilan ajralib turadi va u fan taraqqiyotida XIX asr oxiriga kelib industrializatsiya hamda urbanizatsiya ta'siridagina ushbu yosh alohida davr sifatida ajrala boshlangan.O'spirinlik ontogenetik taraqqiyotning muhim davri hisoblanib, u turli yo'nalish mualliflari talqinida turlicha yoritiladi. Biogenetik nazariyada asosiy e'tibor biologik taraqqiyotga qaratilgan bo'lib, o'spirinlik davri eng avvalo organizmning jismonan o'sishi bilan belgilanadi. [10, 64-66 ].

Psixoanalitik nazariyada (Z.Freyd, A.Freyd) esa o'spirinlik davrida psixoseksual taraqqiyot muayyan bosqichga yetib libidoning instinktiv energiyasi menning himoya mexanizmlari bilan kompensatsiyalashadi deb hisoblanadi. "U" va "Men" orasidagi qarama-qarshi kurash ulg'ayish va nizoli vaziyatlarning ortishida kuzatiladi, natijada "U" va "Men" orasida yangicha uyg'unlik namoyon bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'spirinlik davri axloqiylikni shakillantirishning eng qulay davri hisoblanadi. Bu davrda bola intizomga, bilimga, tarbiyaga, yangi bilimlar olishga chanqoq bo'ladi. O'spirinlikda bola atrof-muhit qonuniyatlarini bilishga intiladi, ezgulik va yovuzlikni farqlaydi. O'spirinlik davrida biz talabaga talabadek emas, bir do'stdek munosabatda bo'lamiz, buni bizdan o'spirinning o'zi ham talab etadi. Biz uning fikr, dunyoqarashi e'tiqodi, hissiyotlariga quloq solamiz, kerak joyda o'z maslahatlarimizni beramiz.

Bu davrda shakllangan har qanday ijobiy yoki salbiy xususiyat, xislat keyinchalik butun umrga shaxsning barqaror xususiyatlariga aylanadi.Aynan shu davrda bir tomondan o'quvchining tarbiya jarayoniga bo'lgan moyilligini,ikkinchi tomondan o'spirinning tarbiyasiga tashkiliy ta'lim-tarbiya, oila, mahalla, jamoatchilik kabi omillarning ta'siri muhim bo'lib hisoblanadi.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

Axloqning negizini qadriyatlar tashkil etadi. Bu holat turli-tuman falsafiy va psixologik oqimlar tomonidan e'tirof etiladi. "Psixologiya" lug'atida qadriyatga quyidagicha ta'rif berilgan: "Ob'ektlar, hodisalar, ularning xususiyatlari, shuningdek o'zida ijtimoiy ideallarni aks ettiradigan va shu sababli intilish lozim bo'lgan hodisaning andozasi bo'lgan tushuncha." [12, 203].

Har bir shaxs o'ziga xos bo'lgan shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasiga ega. Bu ierarxiyaning tarkibidagi qadriyatlar ko'pchilik insonlarda bir xil bo'lsa ham, ularning joylashishi, o'zaro bog'lanishlari turli shaxslarda turlicha bo'ladi. Shaxsiy qadriyatlar ierarxiyasi jamiyatning moddiy madaniyati va shaxsning ma'naviy olami o'rtasida bog'lovchi halqa vazifasini bajaradi. Shaxsiy qadriyatlar ierarxiyalari shaxs tomonidan moddiy va ma'naviy madaniyat asarlarida ob'ektivlashgan ijtimoiy qadriyatlarni o'zlashtirish jarayonida vujudga keladi. Odatda shaxsiy qadriyatlar yuqori darajada anglangan bo'ladi, ular individ va guruh, jamoa o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi.

Qadriyatlarning mazmunini anglash ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida turlicha bo'lishi va jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlariga mutanosib tarzda o'zgarib turishi mumkin. Shuning uchun ham turli davrlar uchun bir xilda universal bo'lgan qadriyatlarni topish juda qiyin. Lekin bu holat turli davrlar uchun, ayni bir davrda esa turli ijtimoiy qatlamlar uchun turlicha ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlar bilan birga, turli tarixiy davrlar, turli madaniyatlar, aholining turli qatlamlari uchun bir xilda ahamiyatli bo'lgan umuminsoniy qadriyatlar ham mavjud.[11]

Biz quyida keltirilgan ekspriment qismda o'spirinlarning qadriyatlar yo'nalganligi bo'yicha natijalarni tahlil qilamiz. 1-jadval

Qadriyatlar reytingi

T/r Qadriyatning nomi Qadriyatlarni tanlagan o'spirinlarning reyting ko'rsatkichlari N=256

(%) N O'rni

1. Baxtli oila 19,5 50 1

2. Yaxshi va sadoqatli do'stlar 18,7 45 2

3. Salomatlik 4,7 13 7

4. Sevgi 14,5 37 4

5. Boylik 16,2 40 3

6. O'ziga ishonch 2,4 6 10

7. Bilim 4,2 10 9

8. Yaxshi kasb 6,5 16 5

9. Tabiat va san'atdagi go'zallik 4,5 12 8

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023

10. Faol turmush 5,5 14 6

11. Ijod 4,7 13 7

O'spirinlarning iroda sifatlari yuqori darajada rivojlanganlari 15% bo'lgani holda, shu sifatni tanlagan o'smirlar 4%ni tashkil etishi izoh talab qiladi. Bunday holat ularning qanday qadriyatlarga yo'naltirilgani bilan bog'liq bo'lsa kerak, degan taxmin eksperimentda ishtirok etgan o'smirlar qadriyatlarini o'rganishimizga turtki berdi. O'smirlar qadriyatlarini o'rganish quyidagi manzarani ko'rsatdi.

1-jadvaldan ko'rinishicha, baxtli oila, yaxshi va sadoqatli do'stlar, boylik kabi qadriyatlar eng yuqori reytingda joy olgan. Bilim qadriyatini esa faqat 4,3 foiz o'spirinlar tanlashgan . Mana shu raqamni o'spirinlarning bilim olish bilan bog'liq sifatlarni tanlashi natijalari bilan solishtirsak, ular o'rtasida korrelyatsiya mavjudligi ayon bo'ladi. O'qish bilan bog'liq bo'lgan irodalilikni 4 foiz o'spirin tanlagan bo'lsa, bilim qadriyatini 4,2 foiz o'spirin belgilagan.

O'spirinlik davridagilar uchun referent guruh ularning tengdoshlari hisoblanadi. Eksperimentda ishtirok etgan o'spirinlar uchun yaxshi va sadiq do'stlarning reytingi yuqori ekani mana shu holat bilan izohlanadi. "Baxtli oila", "Boylik", qadriyatlarining yuqori reytingga ega bo'lishini o'spirinlarning ijtimoiylashuvi , jamiyatda yetakchi bo'lgan qadriyatlarni egallayotganlari bilan izohlash lozim bo'lsa, "Sevgi" qadriyatining yuqori reytingga ega bo'lishini ular organizmida yuz berayotgan psixofiziologik jarayonlar bilan izohlasak bo'ladi. "O'ziga ishonch" va "Ijod" qadriyatlarining past reytingga ega bo'lishini bir tomondan o'spirinlarda refleksiya jarayonlari yuqori cho'qqiga chiqib ulgurmagani va ikkinchi tomondan, oila va maktabdagi tarbiya jarayonlarida shu qadriyatlarga kamroq e'tibor berilayotgani bilan izohlash mumkin bo'ladi. Shu fikrimizni bir qator ota-onalar va pedagoglar bilan o'tkazgan suhbatlarimiz ham tasdiqladi.

"Tabiat va san'atdagi go'zallik" qadriyatining past reytingga ega ekanini bir tomondan oilalarda bu qadriyatlarga deyarli e'tibor berilmayotgani va maktablarda esa yetarli e'tibor berilmayotgani bilan izohlash mumkin. Shunisi ham borki, o'spirinlar go'zallikning ko'rinishlaridan bo'lgan chiroyli kiyim, chiroyli harakatlarga katta e'tibor berishadi. Lekin eksperiment jarayonida go'zallik bilan bog'liq qadriyatlarning ular tomonidan yetarli baholanmagani ular ongida "Go'zallik" kategoriyasi haqidagi tasavvur va tushunchalar yetarli darajada shakllanmaganini ko'rsatdi. Bu qadriyatlarning past reytingga ega bo'lishiga sabablardan biri — maktablarimizda estetik tarbiyaga yetarli e'tibor berilmayotganida, deb hisoblash lozim. Shu holat ham go'zallik tuyg'usining susayishiga olib keladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

"Ijod" qadriyatining o'spirinlar tomonidan past reytingli qadriyat sifatida belgilanishi tarbiya jarayonida o'zgarishlar qilish zarurligidan darak beradi. Bizning pedagoglar bilan o'tkazgan suhbatlarimizdan shu narsa ma'lum bo'ldiki, ular tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishda psixodiagnostik tadbirlar o'tkazmasdan turib bu ishga kirishar ekan. Bizningcha, yuqori qadriyatga ega bo'lishi lozim bo'lgan "Go'zallik", "Ijod" singari qadriyatlarning past reytingga ega bo'lish sabablaridan biri shunda. Pedagoglar bilan suhbatlarimiz tarbiyaviy ish rejalarini ko'p hollarda ular bunday rejalarni o'tgan yilgi rejalar asosida tuzishlarini ko'rsatdi. Bularning bari har bir o'quv yili boshlanishida psixologik tashxis o'tkazishni va shu asosda ta'lim va tarbiya rejalarini tuzish va amalga oshirishni taqozo etadi.

Shunday qilib, o'spirinlarning qadriyatlarga yo'naltirilganliklarini psixologik tahlil qilish ularda qaysi qadriyatlar yuqori va qaysi qadriyatlar pastroq reytingga egaligini ko'rsatdi. Ayni paytda o'spirinlar tarbiyasini rejalashtirishdan avval psixologik tashxis o'tkazish zarurligi yana bir bor tasdiqlandi. O'spirinlar ma'naviyati shakllanganlik darajasini, uni yuksaltirish, takomillashtirish vazifasi qo'yilganda esa M. Rokich yoki Ye.Fantalovaning qadriyatlarga yo'naltirilganlikni aniqlash metodikalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi ma'lum bo'ldi. Shaxsni ma'naviy tarbiyalash uning butun umri davomida amalga oshirilishi lozim. Ammo bu vazifa individning o'spirinlik davrida ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Zero bu davrda shaxsning ijtimoiylashuvi, ma'naviyatning negizi bo'lgan qadriyatlarni o'zlashtirish jarayoni juda tezlashib ketadi.

REFERENCES

1. Anvarova D. M.O'smirlar ma'naviyati shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari //Avtoreferat.diss. ps.f.n 2011

2. E.G'oziev. Umumiy psixologiya. T.: 2010y

3. G'oziev E.G'. Psixologiya: (Yosh davrlari psixologiyasi): Ped. in-tlari va un-tlarning talabalari uchun o'quv qo'l. - Toshkent: O'qituvchi, 1994. - 244b

4. M.Inomova. Oilada bolalarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi. T.:1999y.

5. M.Xayrullaev. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkirlari. T.:O'zbekiston. 1971y.

6. Nishonova Z.T. Bolalarga ma'naviyat va axloq asoslarini o'rgatishning psixologik muammolari.-T.: "O'zbekiston" nashriyoti 1999

7. Karimova M. Kasb-hunar kolleji o'quvchilarida axloqiy hislarni rivojlantirish omillari. GulDU Universitet axborotnomasi 2016/4. 71-75 b.

8. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

10. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

11. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

12. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

13. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

14. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

15. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. X,., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

16. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

17. Ж. С. Раматов, Миршод Нумонович Хасанов, & Л. А. Валиев (2022). ШАРК УЙЕОНИШ ДАВРИ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ СИЁСИЙ-ХУКУКИЙ ТАЪЛИМОТЛАРИ (АБУ НАСР ФОРОБИЙ, АБУ РАЙХОН БЕРУНИЙИНГ СИЁСИЙХУКУКИЙ КАРАШЛАРИ АСОСИДА). Academic research in educational sciences, 3 (6), 705-712.

612.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1/2), Jan., 2023

18. Раматов, Ж. С., & ^асанов, М. (2022). ОНТОЛОГИЧЕСКИХ И ГНОСЕОЛОГИЧЕСКИХ ВОЗЗРЕНИЙ АЛЬ-ФАРАБИ. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2(6), 537-546.

19. Рахимова, М. И., & Хасанов, М. Н. (2020). Роль среднеазиатской философии в развитии мировой и европейской науки. Вестник науки и образования, (4-1 (82)), 38-41.

20. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич, Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАККИЁТ БОСКИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 606-

612.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.