DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-134-139
Specialists in the Field
TALABALARNING UMUMTEXNIKA FANLARI BO'YICHA ILMIY-TADQIQOT ISHLARINI TASHKIL ETISH
Abdusmin Dexkanbayevich Gapirov Nodirjon Qayumjonovich Tursunov Sirojiddin Ne'matovich Kenjayev
Toshkent davlat transport unversiteti gapirov [email protected]
Ayni paytda O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida o'quv jarayonining asosiy shakllaridan biri bo'lgan talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu talabani o'z bilim darajasini har tomonlama oshirish, olgan bilim va tajribalarini amalda qo'llash qobiliyati va ularning ijodiy-ilmiy fikrlashini rivojlantirishga yordam beradi [1]. Oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarida va olimpiadalarda ishtirok etishlari ularni magistratura va doktoranturada ilmiy faoliyatga olib borishga tayyorlaydi, tadqiqot metodologiyasini, ilmiy muammolarning yechimlarini samarali, kam xarajat va qisqa vaqt davomida hal qilish usullarini o'rganish va tanlash imkoniyatini beradi [2].
Talabalarning ilmiy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) ijodiy, ilmiy va analitik fikrlashini rivojlantirish;
b) mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlarining barqaror olib borish ko'nikmalarini rivojlantirish;
v) o'rganilayotgan ilmiy-tadqiqot mavzusini o'zlashtirish sifatini oshirish;
d) olgan zamonaviy nazariy bilimlarini va ilmiy tadqiqotlarning natijalarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini rivojlantirishdir.
Bir ma'noda oliygohlarning barcha talabalari tadqiqot ishlarini olib borishadi, chunki ular tezislarni yozishda, kurs va bitiruv malakaviy ishlarini bajarishlarida oddiy tadqiqotlarni amalga oshirishadi. Ammo, bu umumiy ishlardan tashqari, o'quv dasturiga kiritilmagan jiddiy ilmiy-tadqiqot ishlarini ham amalga oshirilishi mumkin. Bunday ishlar, albatta, juda kam sonli intiluvchan talabalarni qamrab oladi va uning to'g'ri tashkil etilishida muayyan qiyinchiliklar mavjud.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishning an'anaviy usullari ilmiy laboratoriyalar, to'garaklar, talabalarning ilmiy jamiyatlari va konferentsiyalardir. Bunday ilmiy birlashmalarda ishlash talabaning shaxsiy vaqtini talab qiladi, kelajakdagi tadqiqotchi uchun ijodiy fikrlash, ijro
muddatlari uchun mas'uliyat va o'z nuqtai nazarini himoya qilish
April 21-22
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-134-139
Specialists in the Field
qobiliyati kabi muhim fazilatlarni rivojlantiradi. Biroq, qanday iqtidorli talaba bo'lishidan qat'iy nazar, u ustoz-o'qituvchilar tomonidan boshqarilishi va qo'llab-quvvatlanishiga muhtoj, ayniqsa, kichik kurslardagi talaba, har qanday fanni o'zlashtirishni boshlaganda "zerikarli ilm" bilan shug'ullanishni istamaydi (va oddiy qilib aytganda bajara olmaydi). Ilmiy-tadqiqot ishlarini boshlayotgan talabalar uchun asosiy muammolardan biri tadqiqot mavzusini tanlash va kutiladigan natijalarni shakllantirishdir. Talabalarning ilmiy ishlari uchun mavzularni tanlash odatda ustoz-o'qituvchilar uchun ham muammo hisoblanadi. Oliygohlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish cheklanganligi, talabalar bilan haqiqiy ilmiy-tadqiqotlar o'tkazishga jixozlarni ma'nan eskiligi yoki mavjud emasligi rejalashtirilgan ishlarni sifatli amalga oshrishga imkon bermayapdi. Albatta, eng yaxshi variantlardan biri - talabalarni davlat grantlari yoki xo'jalik shartnomalari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishdir, ammo ishlarni bunday tashkil etish uchun ko'pchilik ustoz-o'qituvchilarda imkoniyat yo'q.
Shunday qilib, talabaning ilmiy-tadqiqot ishlarini tanlashda yuzaga keladigan muammolar quyidagicha ifodalanishi mumkin:
a) mavzu talaba uchun qiziqarli bo'lishi kerak va bu ilmiy-tadqiqot ishlarini hisob-kitob yoki kompyuter simulyatsiyasi yordamida amalga oshirilishi mumkin bo'lishi;
b) mavzu bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini natijalari xech bo'lmaganda talaba yoki yosh ilmiy xodimlarning konferentsiyalarida chop etilishi nazarda tutilishi kerak (chunki, har bir ustozning ilmiy-tadqiqot ishi bo'yicha faoliyati - uning ommaviy axborot vositalarida nashr etilgan ishlari mavjudligi bilan baholanadi).
Shu bilan birga, ilmiy ishlarga rahbarlik qilayotgan ustoz--o'qituvchilar quyidagi xatolarga yo'l qo'ymasliklari kerak:
1) Mavzu noaniq bo'lmasligi kerak (masalan, "Mashinasozlikdagi yangi materiallar"), aks holda ilmiy ish oddiy insho yozishga aylanib qoladi;
2) Mavzu juda murakkab bo'lmasligi va mutlaqo yangi natijalarga erishishni nazarda tutmasligi kerak - talabalar orasida Nyutonlar kamdan-kam uchraydi. Mavzu ma'lum bo'lishi mumkin, bunda muhimi, tadqiqot davomida talaba o'zi uchun yangi narsalarni o'rganishdir.
Toshkent davlat transport universiteti "Materialshunoslik va mashinasozlik" kafedrasining tajribalari asosida quyidagi fikrlarni bayon etish imkoniyati bor. Kafedrada qoshida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish yuzasidan "Yosh konstruktor" to'garagi faoliyat olib boradi,
unda 1-, 2- va 3-kurs talabalari "Materialshunoslik va
April 21-22
^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem
konstruktsion materiallar texnologiyasi", "Amaliy mexanika", "Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi", "Mashina detallari" fanlaridan saboq oladilar. Talabalarning to'garakda ishtirok etish muddati ularni ixtisosligi (va shunga mos ravishda, kafedrada o'rganilayotgan fanlarning soni va hajmi) bilan belgilanadi va 1^5-semestrlarni o'z ichiga oladi. To'garakda talabaning xohishi va imkoniyatlariga qarab quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
1) Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
2) Oliygohda o'tkaziladigan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib, ma'ruzalar bilan chiqish;
3) Oliygohda, oliygohlararo va Respublika olimpiadalarida ishtirok etish;
4) O'tkazilgan tadqiqotlar natijalari bo'yicha ilmiy maqola, tavsiyalarni nashrga tayyorlash;
5) O'quv jarayoni uchun laboratoriya qurilmalari, mexanizm maketlari, ko'rgazmali qurollar, qo'llanmalar va dasturlarni tayyorlash va ishlab chiqarish.
Yuqorida keltirilganlardan 2- va 3-bandlar alohida qiziqish uyg'otadi, chunki, ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzularini individual olib borilishni nazarda tutiladi.
"Materialshunoslik va mashinasozlik" kafedrasida talabalarning ilmiy -tadqiqot ishlarini olib borish uchun "Tirsakli val uzunligini o'zgartirish orqali richagli mexanizmningi ko'rsatkichlarini o'zgarishini tekshirish", "Vallar uchun material sifatini o'zgartirish orqali mal massasini kamaytirish imkoniyatlari", "Modul va markazlararo masofani o'zgartirish orqali reduktor massasini kamaytirish imkoniyatlarini o'rganish", "Korreksiya koeffitsientlarini qo'llash tishli g'ildiraklarning sifat ko'rsatkichlariga ta'sirini o'rganish" va shu kabi mavzular bir yildan ortiq vaqt davomida berilishi mumkin, chunki ular bo'yicha tadqiqotlar turli mashina, qurilma, uskuna va mexanizmlar misolida amalga oshirilishi mumkin, xullas har bir keyingi talabalar guruhi uchun ular yangilanadi. Bundan tashqari, ushbu mavzular bo'yicha tadqiqotlarni amalga oshirish uchun internet orqali erkin tarqatiladigan APMWinMachine, KPDM, Tmm2 va boshqa kompyuter dasturlari bir xil turdagi hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun vaqtni qisqartiribgina qolmasdan, ayrim hollarda chizmalar, grafikalar va turli mexanizm hamda uskunalarning animatsiyalarini yaratish imkonini beradi. Vizual materiallarni olish qobiliyatiga ega bo'lgan kompyuter dasturlaridan foydalanish odatda talabalarning tadqiqotlarni amalga oshirishga bo'lgan qiziqishini oshiradi, muammolarni tushunishini osonlashtiradi va yangi topilmalarni shakllantirishga yordam beradi hamda qo'shimcha ravishda hisob-kitoblarda texnik xatolar ehtimolini kamaytiradi. Ilmiy-tadqiqot ishi tugagandan so'ng,
April 21-22
462
dastur yordamida olingan grafik materiallardan hisobotni tuzish, taqdimot yaratish yoki maqola yozishda foydalanish mumkin. Mazkur ishlar 2 yil davomida "Materialshunoslik va mashinasozlik" kafedrasida olib borilmoqda. "Yosh konstruktor" to'garagi doirasida ushbu davr mobaynida "Djems redurtormi loyihalash", "Bir juft silindrik g'ildiraklardah tashkil topgan uzatmani loyihalash" va "Cherviyakli reduktorining ko'rsatkichlarini hisoblash" mavzulari uchun kompyuter dasturlari ishlab chiqildi, laboratoriya mashg'uloti uchun "Spark avtomobilining uzatmalar qutisini kinematik ko'rsatkichlarini aniqlash" mavzusiga qurilma va o'quv jarayoni uchun turli ko'rgazmali qurollar tayyorlandi. Ayrim bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari ko'ra Respublikamizda o'tkazilgan konferentsiyalarining to'plamlarida bir nechta maqolalar chop etildi.
Kelgusida kafedrada qo'shimcha ravishda quyidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini joriy etish rejalashtirilgan:
1) Umumiy mashinasozlik sohasidagi ilg'or tajriba va amaliyotlarni o'rganish va eng yaxshi, samarali tajribalarni umumlashtirish;
2).Yetakchi xorijiy davlat olimlari tomonidan yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari (ixtiro, foydali maket, monografiya, maqola va boshqalar)ni xorijiy tillardan tarjima qilish va ularning ilmiy-tadqiqot, muhandislik hisob-kitob usullarini mahalliy ishlar bilan taqqoslash.
Xulosa qilib aytish mumkinki, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini to'g'ri tashkil etish nafaqat talabalarning bilim darajasini oshirishga, balki o'quv jarayonining samaradorligini yanada oshishga olib keladi.
REFERENCES
1.Маленков Р.А. Самостоятельная работа как средство подготовки студентов к реализации инноваций // Труды II Международной научно-практической интернет-конференции «Молодежь. Наука. Инновации». Пенза: Пензенский филиал РГУИТП, 2010-2011. -С. 437-440.
2.Сайфетдинов Р.С. Влияние самопознания на процесс профессиональной подготовки инженеров // Труды II Международной научно-практической интернет-конференции «Молодежь. Наука. Инновации». Пенза: Пензенский филиал РГУИТП, 2010-2011. -С. 457-459.
3.Shipilova, K., Radkevich, M., Tsoy, V., Shoergashova, S., Vildanova, L., & Gapirov, A. (2020, July). Land use by transport infrastructure in Tashkent City. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 883, No. 1, p. 012067). IOP Publishing.
April 21-22
463
^^pecialists^n^heFieldoimeSmePmem
4.Гапиров, А. Д. (1988). Влияние фракционного состава газоконденсатных дизельных топлив на эндотермические показатели процесса самовоспламенения дизеля. автор. диссерт.... канд. тех. наук/АДГапиров.
5.RADKEVICH, M., SHIPILOVA, K., MYAGKOVA, N., ABDUKODIROVA, M., & GAPIROV, A. (2020, January). Assessment of some indices of environmental sustainability of transport in Tashkent. In Waste Forum (No. 1).
6.Abdukodirova, M., Radkevich, M., Shipilova, K., & Gapirov, A. (2021, April). Sizes of the actively aerated zone and methods of the jet aerator calculation. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 01020). EDP Sciences.
7.Гапиров, А. Д. (2018). Современные тенденции защиты окружающей среды в автомобилестроении. Вопросы науки и образования, (3 (15)), 40-44.
8.Radkevich, M., Pulatova, T., Shipilova, K., Pochuzhevsky, O., Gapirov, A., & Turakulov, M. (2021). Possibilities of using lianas for greening automobile roads.
9.Abdukodirova, M., Radkevich, M., Shipilova, K., & Gapirov, A. (2021, April). Sizes of the actively aerated zone and methods of the jet aerator calculation. In E3S Web of Conferences (Vol. 264, p. 01020). EDP Sciences.
10.Алимухамедов, Ш.П., & Гапиров, А. Д. (2018). Напряженно-деформированное состояние устройства для гашения динамических нагрузок в трансмиссии транспортных машин. Universum: технические науки, (12 (57)), 2328.
11. Алимухамедов, Ш. П., Рахимов, Р. В., Инагамов, С. Г., Мамаев, Ш. И., & Кодиров, Н. С. (2022). М . Universum: технические науки, (2-3 (95)), 8-14.
12.Toirov, O. T., Tursunov, N. Q., Nigmatova, D. I., & Qo'chqorov, L. A. (2022). Using of exothermic inserts in the large steel castings production of a particularly. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 250256.
13.Турсунов, Н. К., Уразбаев, Т. Т., & Турсунов, Т. М. (2022). Методика расчета комплексного раскисления стали марки 20гл с алюминием и кальцием. Universum: технические науки, (2-2 (95)), 20-25.
14.Toirov, O. T., Tursunov, N. Q., & Nigmatova, D. I. (2022, January). Reduction of defects in large steel castings on the example of" Side frame". In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 19-23).
15.Nurmetov, K. I., & Riskulov, A. A. (2021). Some aspects of industrial polymer waste recycling system.
16.Nurmetov, K., Riskulov, A., & Avliyokulov, J.
April 21-22
464
(2021). Composite Tribotechnical Materials for Autotractor Units (No. 5039). EasyChair.
17.Nurmetov, K., Riskulov, A., & Avliyokulov, J. (2021). Composite tribotechnical materials for autotractors assemblies. In E3S Web of Conferences (Vol. 264). EDP Sciences.
18.Abdurazakov, A. A., Riskulov, A. A., Yuldasheva, G. B., & Avliyokulov, J. S. (2015). Technology of high-strength wear resistant fluorcomposites for mechanical engineering. Europaische Fachhochschule, (10), 43-47.
19.Djanikulov A. T., Mamayev S. I., Kasimov O. T. Modeling of rotational oscillations in a diesel locomotive wheel-motor block //Journal of Physics: Conference Series. - IOP Publishing, 2021. - Т. 1889. - №. 2. - С. 022017.
20.Гапиров, А. Д. (2015). Организация научной работы студентов по общеинженерным дисциплинам. Учёный XXI века, (12 (13)), 33-35.
April 21-22
465