Научная статья на тему 'TALABALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YAXSHILASH'

TALABALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YAXSHILASH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gimnastika / gimnastika vositalari / mashg‘ulot jarayoni / ta’lim / tarbiya / individual imkoniyatlar / jismoniy-axloqiy tarbiya / kasbiyko‘nikmalar / shaxsiy sifatlar
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI SOG‘LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YAXSHILASH»

TALABALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINI SOG'LOMLASHTIRUVCHI GIMNASTIKA VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA YAXSHILASH

Amirqulov Otabek Ismoilovich Iqtisodiyot va pedagogika universiteti "Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: [email protected]

https://doi.org/10.5281/zenodo.12516528

ARTICLE INFO Received: 17th June 2024 Accepted:18th June 2024 Published: 24th June 2024 KEYWORDS gimnastika, gimnastika vositalari,

mashg'ulot jarayoni, ta'lim, tarbiya, individual

imkoniyatlar, jismoniy-axloqiy tarbiya, kasbiy ko'nikmalar, shaxsiy sifatlar.

ABSTRACT

Mazkur maqolada talaba yoshlarni sog'lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali jismoniy rivojlanishini yaxshilashga oid nazariy va amaliy ma'lumotlar bilan bir qatorda, talabalarning individual imkoniyatlarini yaxshilash ularni bosqichma-bosqich jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarligi ko'rsatkichlari qanday darajada ekanligini aniqlash, jismoniy rivojlanishdan orqada qolayotgan talabalarni gimnastika sport turi bilan shug'ullanish uchun samarali o'quv mashg'ulot jarayonini tashkil etishning asosiy bosqichlari bo'yicha ilmiy va amaliy tajribalarga asoslangan tadqiqot ishlarini amalga oshirishga oid ilmiy izlanish yo'llari ko'rsatilagan.

KIRISH

Jahon amaliyotini kuzatish natijasida shunga amin bo'lish mumkinki, sportga ixtisoslashmagan oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarning jismoniy sifatlari, sport turlari bo'yicha texnik-taktik harakatlari yuzasidan ko'plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Aynan aholining barcha qatlamlarini ommaviy sport bilan shug'ullanishga jalb qilishni takomillashtirish, shu bilan bir qatorda sportga ixtisoslashmagan oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarni jismoniy tayyorgarligida asosiy gimnastika vositalarini amaliyotga joriy qilish talabini qo'ymoqda. Jumladan, talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga talabaiqishlariga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Shu sabab talaba yoshlarni funksional, jismoniy tayyorgarligini oshirish yuzasidan ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Biroq talaba yoshlarning jismoniy rivojlanish darajasi bilan birga salomatlik darajasini aks ettiruvchi ko'rsatkichlari o'rganilmagan. Sportga ixtisoslashmagan oliy ta'limda tahsil oluvchi talabalarni sog'lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali jismoniy rivojlanishi va ularning salomatligini korreksiyalash ishlari yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilmaganligi dissertatsiya ishining dolzarbligini belgilab beradi. Jismoniy tarbiya vositalari yordamida talaba-yoshlar organizmining ichki zahirasi darajasini ancha oshirish, salomatligida uchraydigan turli o'zgarishlarni oldini olish yoki rivojlanish sur'atini kamaytirish masalalari dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. [2; 42-46-b., 3; 10-16-b., 8; 65-b.].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Gimnastika sport turi - jismoniy tarbiya va shaxs salomatligining samarali va ko'p qirrali vositalaridan biriga aylanmoqda. Gimnastika sport turi bilan shug'ullanish organizmning ko'plab muhim tizimlariga ijobiy, samarali ta'sir ko'rsatadi va ularni yuqori darajada takomillashtiradi. Shu sabablarga ko'ra gimnastika ko'plab mamlakatlarning

Volume 1, Issue 10, June 2024

Page 117

jismoniy tarbiya tizimida salmoqli o'ringa ega. Gimnastika sport turlariga ixsoslashtirilgan hamda umumta'lim maktablari, oliy o'quv yurtlarining jismoniy tarbiya fani dasturlariga kiritilgan. Jismoniy madaniyat jamoalari sport seksiyalari va harbiy bo'linmalarda sport gimnastikasi bilan doimiy shug'ullanishadi. Gimnastika sport turi yopiq va ochiq sport maydonlarida ko'plab ommaviy-sport tadbirlarida faol dam olish va hordiq chiqarish vositasi sifatida qo'llaniladi, bu esa kam harakatli turmush tarziga ega odamlar uchun huzur-halovat bag'ishlaydi [5; 21-26-b, 3; 12-26-b].

Sportning gimnastika turi bilan shug'ullanish o'quvchilar organizmning ko'plab funksiyalariga va talabalarning shaxsiy sifatlariga samarali ta'sir ko'rsatadi, jumladan: o'quvchilarning ko'plab jismoniy sifatlari: sakrash, kuch, tezlik, chaqqonlik, chidamlik sifatlari rivojlanadi.

Har qanday tirik organizm faqatgina mashqlar jarayonida takomillashishini e'tiborga olgan holda, ularning miqdori, me'yorini ham e'tibordan chetda qoldirmaslik lozim. O'tgan asrlardanoq, tabiblar har qanday narsa (bizning holatda - mashqlar) organizm uchun dori yoki zahar bo'lishi mumkin - hamma ish me'yorga bog'liq bo'ladi, deb ta'kidlashgan. Jumladan, gimnastika sport turida ham o'ta zo'riqib mashg'ulot olib borish sportchini kamdan-kam hollardagina sog'lomlashtiradi. Ko'plab jarohatlar, jismoniy va ruhiy zo'riqishlar oxir-oqibatda professional sportchilarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi tomondan esa, sport mashg'ulotlariga juda ko'p vaqt ajratilsa (deyarli har kuni ikki-uch martadan mashqlar, yig'inlar, turnirlar), professional talaba organizmi genetik dasturida mavjud o'zga funksiyalarni takomillashtirishning bir qator jihatlarini, inson faoliyatining hayotiy muhim sohalarini ta'minlovchi boshqa yo'nalishlar e'tibordan chetda qoladi. Bu esa shaxsni ma'lum bir chegaragacha cheklashga olib keladi. Sportni kasb sifatida tanlagan inson uchun bu muqarrar qo'shimcha natijadir, barcha kasblar ham inson shaxsiga muayyan ta'sirini o'tkazadi.

Jismoniy tarbiya va sport tizimida mazkur talabaiqarli sport turi - gimnastika bilan mashg'ulotlarni shunday tashkil etish zarurki, bu mashqlar o'qishga, kasb egallashga, sog'lom bo'lishga, samarali ishlashga, oilaviy muammolarni chin dildan hal etishga xalal bermay, balki ko'maklashsin. Shundagina gimnastika sporti bilan shug'ullanish oliy ta'lim muassasasi talabalari hayotiga huzur bag'ishlaydi. Ushbu talabaiqarli va foydali sport turi kuchli hissiy kechinmalarga olib keladi, shuningdek, mashqlar natijasida organizmning funksional tizimlari takomillashganini his etish mumkin va gimnastikachining ko'plab ijobiy sifatlari shakllanadi [4; 72-b., 8; 65-b.].

Asosiy jismoniy sifatlar rivojlanish darajasi bilan aniqlanadigan yaxshi jismoniy tayyorlanganlik o'quv, mehnat va sport faoliyatining barcha turlarida yuqori darajadagi ishlash qobiliyatining asosi hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida diqqat e'tiborning muntazam to'liq jamlanishi, gavdaning stol yonida o'tirgan holatda uzoq vaqt saqlashini va zaruriy irodaviy kuchlanishlarni talab qiladigan o'qish - ta'lim olish mehnati asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Yuqoridagi keltirilgan adabiyotlar tahliliga nazar solsak, ta'lim muassasalari o'quvchilarining gimnastika sport turi orqali kasbiy va jismoniy sifatini sport ixtisosligi vositalari yordamida oshirish kam o'rganilgan muammolardan biri bo'lib qolmoqda: ularning o'quv faoliyati natijadorligini belgilab beruvchi ustuvor ko'nikma va malakalarni, shaxsiy sifatlarini shakllantirish, harakat va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari yetarlicha to'liq yoritilmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Biz o'tkazgan tadqiqotda adabiyotlar tahlili, pedagog kuzatuv, jismoniy tayyorgarlikni pedagogik testlash, pedagogik tajriba, psixofizalogik usullar, hujjatli materiallar tahlil qilish, savol-javob va so'rovnoma, matematik statistika usullaridan foydalanilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Gimnastika nazariyasi va metodikasi sohasidagi yetakchi olim va mutaxassislarning tavsiyalari dastlabki tadqiqotlar materiallari o'quv yillar jarayoni uchun maxsus jismoniy va

Volume 1, Issue 10, June 2024

Page 118

texnik tayyorgarlik bo'yicha keng qamrovli dasturni ishlab chiqishga va asosiy eksperimentda ilmiy asoslashga imkon berdi.

Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning salomatlik ko'rsatkichlarining qiyosiy tahlili 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarning salomatlik

ko'rsatkichlarining qiyosiy tahlili (n=60), (%)

Apanasenko Oliy ta'lim muassasalari

Testlar bo'yicha test natijalari QIAI IPU QarDU

Ortiqcha 12,5 3,8 -

I test vazn

Tana Me'yor 62.5 62,9 66,7

vazn/bo'yining indeksi O'rtadan yuqori 12.5 3,7 11,1

(P/L2) O'rtadan past 12.5 25,9 14,8

Kam vaznlik - 3,7 7,4

Yuqori - 14,8 7,4

II test Me'yor 37,5 59,3 11,2

O'rtadan yuqori

Hayotiy indeks OTS(ml)/vazn 37,5 7,4 7,4

O'rtadan past 12,5 14,8 18,5

Past darajada 12,5 3,7 55,5

Yuqori -

III test Me'yor 37,5 3,7 18,5

O'rtadan yuqori

Kuch indeksi - - -

O'rtadan past 50 34,3 81,5

Past darajada 12,5 62 -

Yuqori 12,5 _ 14,8

IV test Me'yor - 37 18,5

O'rtadan yuqori

Robinson indeksi - 29,6 62,9

O'rtadan past 62,5 25,9 81,5

Past darajada 25 7,4 9

Yuqori 74,1

V test Martine Me'yor 14,4 2,4 -

O'rtadan yuqori

sinovi 5.2 4.1 25,9

O'rtadan past 35.1 37.1 -

Past darajada 45,3 55,5 -

Izoh: QIAI - Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti, IPU - Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, QarDU - Qarshi davlat universiteti.

Ortiqcha tana massasiga ega bo'lgan talabalar IPUda 24.0% ni va QIAI da 10.0% ni tashkil qildi.

Vazn-bo'y ko'rsatkichi barcha oliy o'quv yurtlari talabalarida "o'rtacha" darajada baholandi: QIAI talabalarida - 62.5%; IPUda -62.9%; QDUda - 66.7%. Ortiqcha vaznli

talabalarning soni QIAI talabalari orasida teng taqsimlangan bo'lib, mos ravishda 12.5% va 12.7% ni, IPUda ta'lim olayotgan talabalarda esa -3.8% ni tashkil etdi.

Hayotiy indeksi bo'yicha talabalarning aerob imkoniyatlari quyidagicha taqsimlandi: oliy daraja IPU talabalarida-14,8% va QarDU talabalarida -7.4% uchradi. NI bo'yicha o'rta me'yor darajasining eng yuqori ko'rsatkichi IPUda ta'lim olayotgan 59.3% talabalarda aniqlandi; 37.5% QIAI talaba talabalarida va 11.2% QarDU talabalarida namoyon etildi. Me'yorga mos keladigan ushbu ko'rsatkichlar notekis taqsimlanganligi aniqlandi.

Hayotiy indeksining eng past rivojlangaligi IPU talabalarida aniqlandi, "past" darajada rivojlanish eng ko'p IPUda tahsil olayotgan talabalarida - 62.0%, so'ng QIAI talabalarida 12.5% ni tashkil qildi.

Robinson indeksi bo'yicha olingan natijalarni qiyosiy tahlil qilish, energopotensiali oliy darajada rivojlangan talabalarning soni katta emasligini va belgini taqsimlanishi deyarli bir xil ekanligini ko'rsatdi.

Martine sinovi bo'yicha eng yaxshi natijalar QarDU talabalarida aniqlandi - 74.1%, "o'rtacha" daraja 52.5% IPU va QIAI talabalarining 14.4% da aniqlandi. Yurak-qon tomiri tizimining imkoniyatlari past darajada rivojlanganligi QIAIning 45.3% va IPUning 55.5% talabalariga taalluqlidir. QarDU talabalarida (55.5%), so'ng QIAI talabalarida (12.5%) uchrashi kuzatildi.

Kuch indeksi 37.5% QIAI talaba talabalarida, 18.5% QarDU talabalarida, mos ravishda 3.7% va 4.5% IPU talabalarida me'yorga teng bo'ldi. Kuch indeksini "O'rtadan yuqori" darajada rivojlanishi aniqlanildi.

Jadvaldagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, talabalarning tinch holatdagi kardiogemodinamika ko'rsatkichlari qon aylanishi tejamkorligi past bo'lgan trenirovka qilmagan odamlar uchun xos yosh me'yorlari chegarasiga mos keladi.

Funksional sinov - Martini sinoviga yurak-qon tomir tizimining reaksiyasi tomir urishi va tomir bosimining o'rtacha 40-50% ga oshishida namoyon bo'ldi. Aksariyat talaba-talabalarda tomir urishi va arterial bosimi (AB) 3-minutning oxiriga borib tiklandi. Bu parametrlarning o'zgarish xarakteri va tiklanish vaqti normotonik tipdagi reaksiyadan dalolat beradi, bu "yaxshi" bahoga mos keladi. Aftidan, 30 sek davomida 20 marta o'tiribturishlarni bajarish kabi qo'llanilgan sinov sog'lom talabalar toifasi uchun yetarli yuklamaga ega emas, shu sababli ushbu test bashorat qilish uchun yaroqli emas. Shu bilan birga 42.0% noadekvat reaksiya aniqlandi, bu YUQS hamda AB ko'rsatkichlarining oshishida va kechroq(5 minutdan ko'proq vaqt ichida) tiklanishda namoyon bo'ldi. Bu, yuklamani bajarish uchun yurak-qon tomir tizimining moslashish imkoniyatlari chegarasini past ekanligidan dalolat beradi. Jismoniy ishchanlik qobiliyatini yanada ishonchli baholash uchun biz Garvard step-testi indeksidan foydalandik. Sinovdan o'tgantalabalarda GSTI qiymati 50 dan past bo'ldi, bu ishchanlik qobiliyatini past darajada ekanligini bildiradi.

Viloyatdagi oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning jismoniy rivojlanishini o'ziga xos tuzilishga ega ekanligini inobatga olib, biz sportga ixtisoslashmagan oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlarning dastlabki jismoniy rivojlanishva salomatlik darajasi ko'rsatkichlarini baholash shkalasini (G'.Yusupovbo'yicha)ko'rib chiqdik.

Ushbu baholash shkalasi bo'yicha ma'lumotlar 2-jadvalda keltirib o'tilgan.

2-jadval

Talaba-talabalarning jismoniy rivojlanish darajasini baholash shkalasi (G'.Yusupov

bo'yicha)

T/r Testlar va o'lchov birligi E Jaholash darajasi

«qoniqarli» «yaxshi» «a'lo»

1. Garvard step-testi indeksi, (birlik) 39,4-41,9 42,0-47,4 47,5-50

2. 30 m yugurish (sek) 6,0-5,8 5,7-5,3 5,2-5,0

3. 100 m yugurish (sek) 19,3-18,6 18,5-17,1 17,0-16,3

4. Turgan joyidan uzunlikka sakrash (sm) 145-152 153-167 168-182

5. Tanani 30 sek ichida ko'tarish (marta) 8-12 13-21 22-26

6. 30 sek ichida 20 marta o'tiribturishdan so'ng YUQChning tiklanish vaqti (Martine) 3 va ko'proq 2 1,3-1,7

Jadvalda Yusupov tomonimizdan taklif qilinayotgan baholash shkalasi 6 ta test natijalari bo'yicha talabalarning jismoniy rivojlanish darajasini aniqlashga imkon beradi. Bunday yondashuv bir xil darajadagi harakat tayyorgarligiga ega talabalardan guruhlar shakllantirish imkonini berdi. Jismoniy rivojlanish darajasi "qoniqarli" bahodan past, shuningdek, yuraktomir tizimining moslashish imkoniyatlari past bo'lgan, yetarlicha quvvatdagi ishni bajarishga qodir bo'lmagan va jismoniy ishchanlik qobiliyati indeksi "bo'sh" deb baholanayotgan talabalarga jismoniy yuklamalarni avaylaydigan rejimda berish lozim.

Tadqiqotlar jarayonida ritmik gimnastika, jumladan, klassik aerobika va fitnes-aerobika bo'yicha har xil jadallikdagi dasturlarni ortiqcha vaznga ega bo'lgan talabalarning tana tuzilishi, jismoniy ishchanlik qobiliyati va funksional holati ko'rsatkichlariga ta'siri o'rganildi.

Har bir mashg'ulot bo'limdagi mashqlarga asoslanib musiqa jo'rligida 16 hisobda bajarildi va mashg'ulotlar quyidagi qismlarga ajratildi: 1) chigalyozdi mashqlar - 10 min; 2) aerob qismi - 20 min; 3) to'xtalish - 5 min; 4) kuch qismi - 20 min; 5) yakunlovchi qism - 5 min. Mashg'ulotlarni tashkil qilish uchun quyidagilar tayanch me'yorlar bo'lib xizmat qilishi mumkin: agar jismonan sog'lom kishilar uchun yuklamaning o'rtacha jadallik MKI bo'yicha 70% va YUQCH bo'yicha 80% ni tashkil qilishi kerak bo'lsa, tajriba guruhidagi talabalarimiz uchun o'rtacha jadallik MKI bo'yicha 60% ni tashkil qildi, mashg'ulotlar sur'ati esa haftasiga 3 marta 60 minutdan iborat bo'lishi mumkin. O'tkaziladigan mashg'ulotlardan ikkita maqsad ko'zlanadi: birinchidan, harakat faolligi yetishmasligini yengish, chunki ortiqcha vaznga ega talabalar, odatda, juda passiv bo'ladi va psixologik noqulaylik sezadilar. Ikkinchidan, biz tomonimizdan taklif qilingan mashqlar ikki yoqlama ta'sirga ega: a) organizmga bevosita sog'lomlashtiruvchi ta'sir ko'rsatadi; b) metabolik jarayonlarni me'yorlashtiradi, zero ularning buzilishi ortiqcha yog' to'planishiga sabab bo'ladi. Muntazam mashg'ulotlarni asta-sekin oshirib borish, ratsional ovqatlanish, kun tartibi va faol dam olish evaziga yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Tadqiqot davomida amalga oshirilgan o'lchashlar, hisob-kitoblar, ma'lumotlarni va quyida taqdim etilgan asosiy mazmun tahlilini olishga imkon berdi.

Sog'lomlashtiruvchi aerobika bo'yicha jismoniy mashqlarning uzoq vaqt va muntazam ta'siri TG hamda NG talabalari organizmining funksional holatini yaxshilashga imkon berdi. TG da YUQS ko'rsatkichi tajriba boshida minutiga 83,5±1,1 zarbani tashkil qilgan bo'lsa, tajriba oxirida 76,7±0,91 zarbaga teng bo'ldi. Nazorat guruhida ham YUQS ning minutiga 83,1±1,77 zarbadan minutiga 78,2±1,74 zarbagacha kamayishi kuzatildi. O'TS ko'rsatkichining ijobiy ishonchli o'sish dinamikasi aniqlandi, bu klassik aerobika bilan shug'ullanuvchi talabalar guruhida nafas olish tizimi ishi yaxshilanganligidan dalolat beradi. Tajriba guruhida O'TS ning dastlabki darajasi 2232,3±1,9 ml ni tashkil qildi, tajribadan keyin esa O'TS qiymati 2575,0±1,5 gacha yetdi (r<0,001). Nazorat guruhida ham O'TS qiymati 2206,0±1,4 dan 2455,0±1,3 ml gacha oshdi.

KMO' ko'rsatkichi NG uchun tajriba boshida 18,85±1,2 ml/min/kg ni tashkil etdi, klassik aerobika mashg'ulotlaridan so'ng ushbu ko'rsatkich qiymatlari 20,67±0,46, ml/min/kg gacha ortdi, TG esa KMO' qiymatlari 18,89±0,66 ml/min/kg dan 21,52±1,1 ml/min/kg gacha ko'tarildi, bu ortiqcha vaznga ega talabalarning aerob imkoniyatlari oshganligidan dalolat beradi.

XULOSA

Shunday qilib, olingan ma'lumotlarni qiyosiy tahlil qilish natijasida xulosa qilishimiz mumkinki, mashq bajarish mahorati pedagogik tajriba oxirida tajriba guruhi talabalari, nazorat guruhi talabalari ko'rsatkichlariga nisbatan jismoniy rivojlanishida yaxshi natijalarni qo'lga kiritganligini ko'rishimiz mumkin.

Tadqiqotimizni yakuniy natijalariga binoan, tajriba guruhi talabalarining jismoniy va texnik tayyorgarligi ko'rsatkichlarining o'sishi ahamiyatli ravishda kechdi. Oliy ta'lim muassasalari talabalarining sog'lomlashtiruvchi gimnastika vositalari orqali jismoniy rivojlanish samaradorligini oshirish uchun pedagogik kuzatuv davomida sport turiga oid maxsus bajariladigan elementlarni o'rgatishda texnik harakatlarga vaziyatga muvofiq tanlab reaksiya qilish vaqtini qisqartirishga qaratilgan mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Adabiyot^ To'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2016 yil 7-noyabrdagi PQ-2654-sonli "O'zbekiston Respublikasida sportning gimnastika turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. www.lex.uz

2. Eshtayev A.K. Karabayeva D.S. Hasanova N. R. Badiiy gimnastikada buyumsiz bajariladigan mashqlarni o'rgatish uslubi. O'quv qo'llanma. "Fan va texnologiya nashiriyoti" -T.: 2013. - 42-46-b.

3. Eshtayev A.K. Sport gimnastikasi mashg'ulotining nazariy asoslari (uslubiy qo'llanma). O'DJTI nashriyot-matbaa bo'limi. -T.: 2009. - 10-16 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Умaров Д.Х. Спорт тaкомиллaшув боск;ичидaги гимнaстикaчилaрнинг мaшFулот жaрaёнини комплекс нaзорaт ;илиш методологияси. //Педaгогикa фaнлaри доктори (ДС^ диссертaцияси aвтореферaти, 2022. - 72 б.

5. Верхошaнский Ю.В. Ha пути к нaучной теории и методологии спортивной тренировки //Теория и прaктикa физической культуры. - M., 1998. - №2. - С. 21-26.

6. Зaциорский B.M. Физическиэ кaчествa спортсмен: Основы теории и методики воспш^ния /2-э изд. - M.: Физкультурa и спорт, 1970. - 200 с.

7. Maтвеев Л.П. Mоделно-целевой подход к построэнию спортивной подготовки (стaтя первaя и сгатя вторaя) //Теория и прaктикa физической культуры. - M., 2000. -№3.-С. 26-29.

8. Юсупов F.A. СоFломлaштирувчи гимнaстикa воситaлaри орк^ли тaлaбa èшлaрнинг жисмоний ривожлaнишини коррекциялaш методи^си //Педaгогикa фaнлaри бyйичa фaлсaфa доктори (PhD) диссертaцияси aвтореферaти, 2021. - 61 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.