Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR'

QISHLOQ XO‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

22
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / tadbir / maqsad / vazifa / sport / physical education / event / goal / task / sport

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jonibek Ochilov, G’iyos Vahobov

Oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport tadbirlarining maqsadi va vazifalari tadqiq etilgan. Bundan tashqari qishloq xo’jaligi oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE PHYSICAL QUALITIES OF STUDENTS IN AGRICULTURAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS AND EXISTING PROBLEMS

The goals and tasks of physical education and sports events in higher education institutions were studied. In addition, existing problems in agricultural higher education institutions

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD MUAMMOLAR»

QISHLOQ XO'JALIGI OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABALARNING JISMONIY SIFATLARINI OSHIRISH VA MAVJUD

MUAMMOLAR

Jonibek Ochilov G'iyos Vahobov

Toshkent davlat agrar Universiteti Samarqand filiali assistentlari

ANNOTATSIYA

Oliy ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya, sport tadbirlarining maqsadi va vazifalari tadqiq etilgan. Bundan tashqari qishloq xo'jaligi oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud muammolar.

Kalit so'zlari: : jismoniy tarbiya, tadbir, maqsad, vazifa, sport

IMPROVING THE PHYSICAL QUALITIES OF STUDENTS IN AGRICULTURAL HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS AND EXISTING

PROBLEMS

ABSTRACT

The goals and tasks of physical education and sports events in higher education institutions were studied. In addition, existing problems in agricultural higher education institutions.

Keywords: physical education, event, goal, task, sport

KIRISH

Jismoniy tarbiya O'zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma'naviy kamolotning muhim vositasi bo'lib, O'zbekiston Respublikasining xalqlari o'rtasida do'stlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari jarayonida ta'lim berishning xususiyatlarining maqsadi o'quvchi va talabalarni organizmini jismoniy rivojlantirish va sog'lom turmush tarzi kechirish talablariga o'rgatishdan iborat bo'ladi. Shu bilan birga jismoniy tarbiya sport va sog'lomlashtirish tadbirlari mutaxassislik mashg'ulotlarini ijobiy o'zlashtirishga katta yordam beradi. O'quvchi va talabalar jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari, sport to'garak mashg'ulotlari, sport sog'lomlashtirish musobaqalari va

October 5-6

834

bayramlari shakllarida bo'ladi. Ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari talabalar yotoqxonasida ommaviy holda, yashash oylari va oilada mustaqil holda bajariladi. Ilmiy ish xozirgi kunda ilk bor qilinayotgan ishlardan bo'lib unda o'quvchi va talabalarning jismoniy tarbiya va sport, sog'lomlashtirish tadbirlarining yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashdagi axamiyati taxlil etiladi. Bu jarayonni takomillashtirish shakllari o'rganib chiqiladi.

ASOSIY QISIM

Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari o'quvchi va talabalarni jismoniy rivojlantirish, sog'lomlashtirish va hayot faoliyatiga tayyorlashdan iborat bo'ladi. Jismoniy tarbiya jarayonlari barcha bosqichlarida tashkil etiladi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishda ta'lim muassasaning pedagogik jamoasi jismoniy tarbiya o'qituvchilari va sport murabbiylaring axamiyati katta. Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki badantarbiya, jismoniy tarbiya darslari sport to'garaklaridagi mashg'ulotlar, sport musobaqalari va bayramlar hamda dam olish kunlari va ta'tillarda olib boriladigan turizm mashg'ulotlari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya tadbirlarida o'quvchilar hayotiy zarur harakatlar yurish, yugurish hamda sakrash va uloqtirish, tirmashib chiqish mashqlarni bajarib harakat malaka va ko'nikmalari shakllantiriladi. Jismoniy tarbiya vositalari bo'lib hisoblangan jismoniy mashqlar va tabiatning sog'lomlashtiruvchi kuchlari hamda gigienik vositalar yordamida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'ladi va organizm sog'lomlashadi. O'zbekiston Respublikasining "Halq ta'limi haqidagi" va "Jismoniy tarbiya va sport xaqida" qonunida O'zbekiston Respublikasining fuqarolari o'z salomatliklarini yaxshilash va mustaxkamlash uchun jismoniy jixatidan chiniqishlari to'g'risida qayg'urishlari shart, degan fikr ta'kidlanadi. Bu qonun to'la ma'noda o'quv dargoxlaridagi jismoniy tarbiya ishiga xam ta'luqlidir. O'quvchi va talabalar jismoniy tarbiyasi ularni jismoniy harakatlarini amalga oshirishning tashkil etilgan pedagogik jarayonidir. Ta'lim muassasasidagi jismoniy tarbiyaga oid ishlar o'quvchi va talabalardan xavaskorlikni, tashabbuskorlikni, uyushqoqlikni talab qiladigan juda hilma—hil shakllari bilan farq qiladi. Ular o'quvchi va talabalarda tashkilotchilik ko'nikmalari, faollik, topqirlikni tarbiyalashga yordam beradi.

Oliy ta'lim muassasasida o'quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi: 1. Sog'lomlashtirish.

2. Har tamonlama etuk inson qilib tarbiyalash.

3. Vatan mudofaasiga hamda mexnatga tayyorlash.

Jismoniy tarbiyaning maqsadidan kelib chiqqan holda o'quvchi va

October 5-6

talabalarni sog'lomlashtirish, chiniqtirish, jismoniy rivojlantirish, harakat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha Jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalari belgilanadi:

Jismoniy mashqlar va sportga oid maxsus bilimlar berish, Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o'yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, to'plandi va usluban to'ldirildi. Ularga gigienik bilim va ko'nikmalarni singdirish. Bu vazifa o'quvchi va talabalaga jismoniy mashg'ulotlarning foydasi xaqidagi, gigenik qoidalarga, dasturda ko'zda tutilgan barcha jismoniy mashqlarni to'g'ri bajarish qoidalariga rioya qilish xaqidagi zarur bilimlarni berishdan iborat. Bularning hammasi sog'liqni mustaxkamlashga, ularning gigiena qoidalarini bilishlari va ularga amal qilishlariga bevosita daxldor bo'lib, bunga maktab, oila, jamoatchilik hamda bolalarning o'zlarining birgalikdagi harakat bilan erishiladi. Jismoniy mashqlarga va sport mashqlariga jismoniy tarbiya darslari, kun tartibidagi tadbirlar hamda to'garak mashg'ulotlarida o'rgatiladi. Uning natijasida jismoniy rivojlanish ta'minlanadi. Shuningdek, o'quvchi va talabalarda sportga qiziqishlar shakllantirilib, sport turlariga jalb etiladi.

Aqliy va estetik sifatlarni tarbiyalash. Botirlik, qat'iylik, intizomlilik, jamoatchilik, do'stlik va o'rtoqlik xissini, madaniy xulq ko'nikmalarini, mehnatiga va ijtimoiy mulkka munosabatni tarbiyalash. Jismoniy tarbiyaning butun jarayoni bunday qimmatli axloqiy va irodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ko'pchilik jismoniy mashqlar, o'yin harakatlari dovyuraklik va do'stlik xislarini tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, Vatanga muxabbat, vatanparvarlik, xis— tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalash. To'g'ri qomatni shakllantirish. To'rganda va yurganda qomatni to'g'ri tutish ko'nikmalarini shakllantirish. Qomatni to'g'ri shakllantirish murakkab va uzoq davom etuvchi jarayondir. Shunday ekan, bu sohada ijobiy natijalarga erishish uchun , tik to'rganda, yurganda qomatini to'g'ri tutishi masadga muvofiqdir; jismoniy mashqlarni keng qo'llash kerak; jismoniy madaniyat darslari mazmuniga albatta qomatni yaxshilashga oid mashqlarni, mashg'ulotlargacha bo'lgan gimnastikani, jismoniy madaniyat vaqtlarini, badan tarbiyani kiritish, o'quvchi va talabalarga o'zlari ustida tinmasdan jismoniy va aqliy mashg'ulotlar bilan ishlash hamda uyga tegishli vazifalar berish kerak. Berilgan vazifalarni o'z vaqtida tekshirish hamda amaliyotda sinab ko'rish shu asosida natijalarga erishish ko'zda tutiladi. O'quvchi va talabalarni aqliy va axloqiy tamondan keng doirada tarbiyalash muxim

October 5-6

836

vazifalardan biridir chunki o'quvchi va talabalar ongi rivojlanish paytida bo'ladi. Tarbiyani yaxshi tomonga yo'naltira olgandagina kerakli natijalarga erishish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlarga jalb etish. O'quvchi va talabalarni ta'lim muassasalaridagina emas, balki uyda ham jismoniy mashqlarni sistemali ravishda bajarishga odatlantirib borishdan iborat. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o'quvchi va talabalar bilan olib boriladigan barcha mashg'ulotlarni jonli, o'rganiladigan materialning mazmuni va shaklini qiziqarli, hayajonli qilish, mashg'ulot rahbarining samimiy muomalasi ostida o'tkazish, shug'ullanuvchilar o'zaro do'stona xamkorlik qilishlari uchun sharoit yaratish zarur. O'quvchi va talabalarni shaxsiy qiziqishlari va jismoniy qobiliyatlariga ko'ra ularni sport turlari bilan shug'ullanishga jalb etish. Shuningdek, yashash joylarida, sport to'garaklarga umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport mashg'ulotlarni amalga oshirish kerakdir. O'quvchi va talabalarda tashkilotchilikni tarbiyalash, jismoniy madaniyat faoliyatini tayyorlash. Ta'lim muassasasi ommaviy jismoniy madaniyat va sport ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, jismoniy madaniyat darslari hamda mashg'ulotlarni to'laqonli o'tkazishda o'quvchi va talabalar jismoniy madaniyat faoliyatining o'qituvchiga doimiy yordami zarur. O'quvchi va talabalar orasida jismoniy madaniyat tashkilotchilari, sport to'garaklarida jamoa sardorlari, gurux boshliqlari saylanadi. Ular faol ishtirokchi ichidan tanlanadi. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishda jismoniy madaniyat jamoasiga yaqindan yordam beradilar. Shuningdek, o'quvchi va talabalarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini orttirishda axamiyati kattadir.Jismoniy rivojlanish-tarbiyaning ta'sirida organizmda biologik shakllar va funkstiyalarning vujudga kelishi, o'zgarishi va takomillashuvidir. Bu jarayon organizm va uning yashash muxiti tuzilishi, o'zgarishi, miqdor va sifat qonuniyatlariga bo'ysunadi. Inson organizmini jismoniy jixatdan baquvvat qilish albatta organizmga berilayotgan jismoniy yuklamalarni meyorida hamda mashg'ulotlarni to'g'ri olib borish natijasida yuzaga keladi.

Qishloq xo'jaligi oliy ta'lim muassasasidagi xamma xodimlar o'quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakllarini to'g'ri tushunishlari, amaliy ishlarda o'z faoliyatlari asosida qatnashishlari, o'quvchilar va ota—onalar o'rtasida jismoniy madaniyat va sportni faol targ'ib qilishlari lozim.

Jismoniy tarbiya o'qituvchilari quyidagi vazifalarni

bajarishlari shart: -dars yuksak darajada o'tishini ta'minlash va tegishli sinfjismoniy tarbiya dasturini to'liq bajarish;

October 5-6

-shifokor bilan birgalikda o'quvchilarni tibbiy tekshiruvidan o'z vaqtida o'tkazib borish va o'z ishlarida tibbiy tekshiruvi natijalarini xisobga olish;

-dars o'tkaziladigan joylarning tegishli sanitariya

— gigiena xolatida saqlanishini ta'minlash;

-o'quvchi va talabalarning xammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda shug'ulanishlarga erishish;

-jismoniy tarbiya bo'yicha ta'lim muassasasidan tashqari ishlarni uyushtirish va o'tkazishda ishtirok etish hamda unga o'quvchi va talabalarni keng jalb qilish;

-o'quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashning axamiyati xaqida ota

- onalar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish;

-o'quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash sohasidagi bilimlarini muntazam oshirib borish;

-o'quvchi va talabalarni jismoniy madaniyatga qiziqtirish va ularda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanish odatlarni shakllantirish. O'qituvchilar o'z malakalarini oshirib borish uchun tajriba almashadilar, bir — birlarining darslarini taxlil etishni tashkil etadilar. Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni jismoniy madaniyat jamoasi amalga oshiradi. Jismoniy tarbiya o'qituvchilari jismoniy tarbiya darslari va kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlarini o'tkazadilar. Jismoniy tarbiyadan faol sportchi o'quvchilar hamda yoshlar jamiyati a'zolari va raxbarlari jismoniy tarbiya tadbirlari va sport musobaqalari, bayramlarini tashkil etishda, sayrlar, ekskurstiya va turizm, sayyoxlik yurishlari o'tkazishda jismoniy tarbiya o'qituvchilariga yaqindan yordam beradilar. Shu bilan birga sportchi o'quvchilar boshqa o'quvchilarni sportga jalb etish va jismoniy tarbiyaga qiziqishlarini ortirishda muxim rol o'ynaydilar.

Oliy ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalr bilan jismoniy tarbiya sport va sog'lomlashtirish tadbirlari tashkil etish bo'yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot va pedagogik amaliyot ishlarimizda bir qator kerakli bo'lgan aniq xulosalar keltirdik.

1. O'quvchi va talabalrni jismoniy tarbiyalash va sog'lomlashtirish jarayonlarida tabiat omillarining chiniqtirish axamiyati muxim o'rin tutadi.

2. Umumrivojlantiruvchi jismoniy mashqlar o'quvchi va talabalarni organizmini tetiklashtirishga va jismoniy yuklamalarga tayyorlashda kerakli vosita bo'lib xizmat qiladi.

XULOSA

October 5-6

3. Maxsus jismoniy mashqlar o'quvchi va talabalarni sport turlari buyicha jismoniy xarakatlar texnikasini egallashga va takomillashtirishga katta yordam beradi.

4. Yordamchi jismoniy mashqlar sport turlarining maxsus mashqlarni shakllantirishda o'ziga xos vosita bo'lib xizmat qiladi.

5. Jismoniy tarbiya sport va sog'lomlashtirish shakllaridan o'quvchi va talabalar jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish tadbirlarida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.

6. Tabiat qo'ynida o'tkazilgan jismoniy tarbiya, sport va sog'lomlashtirish tadbirlarining jismoniy rivojlantirish va sorlomlashtirish ta'siri muxim axamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Alisherovich M. N. HEALTH AND PHYSICAL EDUCATION IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS TECHNOLOGY OF DEVELOPMENT MEASURES //Конференции. - 2020.

2. Kh K. R., Shukurov R. S., Samadov S. S. The Inquiry On The Changes Of Ralations Towards The Basics Of The Culture Of Healthy Life In The Students Of Elective Courses //International Journal of Progressive Sciences and Technologies. -2021. - Т. 25. - №. 2. - С. 112-118.

3. Сафаров Д. З. У., Хамроев Б. Х. ОЛИЙ ТАЪЛИМДА ГИМНАСТИКА ДАРСЛАРИНИ ИННОВАЦИОН ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА У^ИТИШИ САМАРАДОРЛИГИ //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 6.

4. Кадыров Р. Х., Назарова Н. Э. РАЗВИТИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ ВУЗА //Проблемы науки. - 2021. - С. 52.

5. Назарова Н. Э. ПРИНЯТИЕ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ В СПОРТИВНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ //Тезисы докладов XLVII научной конференции студентов и молодых ученых вузов Южного Федерального округа. - 2020. - С. 146-146.

® о

October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference

©

О

839

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.