Научная статья на тему 'TALABALARNI OMMAVIY SPORT SOG'LOMLASHTIRISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINING AHAMIYATI'

TALABALARNI OMMAVIY SPORT SOG'LOMLASHTIRISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

287
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy tarbiya / ommaviy sport / iqtidorli sportchilar / kasbiy kompitentlik / murabbiy / sog`lomlashtirish / sport tadbirlari / badantarbiya / xalqaro musobaqalar / pеdagogik ta'lim uslublari / jismoniy mashqlar. / physical education / mass sports / talented athletes / professional competence / coaching / fitness / sports events / physical education / international competitions / pedagogical teaching methods / physical training.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxtiyor Orolovich Turgunov

Ushbu maqolada talabalarni ommaviy sport sog'lomlashtirish faoliyatiga tayyorlashda pedagogning kasbiy kompetentligining axamiyati va ular faoliyatining mazmuni xaqida so‟z yritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the importance of the professional competence of teachers in preparing students for public sports activities and the content of their activities.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI OMMAVIY SPORT SOG'LOMLASHTIRISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINING AHAMIYATI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1032-1036

TALABALARNI OMMAVIY SPORT SOG'LOMLASHTIRISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHDA PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINING AHAMIYATI

Baxtiyor O'rolovich Turg'unov

JDPI, Jismoniy madaniyat fakulteti, sport turlarini o'qitish metodikasi kafedrasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talabalarni ommaviy sport sog'lomlashtirish faoliyatiga tayyorlashda pedagogning kasbiy kompetentligining axamiyati va ular faoliyatining mazmuni xaqida so'z yritilgan.

Kalit so'zlar: jismoniy tarbiya, ommaviy sport, iqtidorli sportchilar, kasbiy kompitentlik, murabbiy, sog'lomlashtirish, sport tadbirlari, badantarbiya, xalqaro musobaqalar, pedagogik ta'lim uslublari, jismoniy mashqlar.

ABSTRACT

This article discusses the importance of the professional competence of teachers in preparing students for public sports activities and the content of their activities.

Keywords: physical education, mass sports, talented athletes, professional competence, coaching, fitness, sports events, physical education, international competitions, pedagogical teaching methods, physical training.

KIRISH

Bugungi kunda jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o'z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg'ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1032-1036

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlari o'zining yo'nalishiga qarab, o'quv mashg'ulot, tashviqot va targ'ibotchi, sport musobaqalariga bo'linadi. Sport musobaqalari katta foyda beruvchi tashkiliy-ommaviy, sog'lomlashtirish, jismoniy tarbiya va sport tadbirlaridan biridir. Badantarbiya elementlari belgilari o zga tadbirlar bilan birga to'g'ri ishlatilsa odamlar sog'lig'ini mustahkamlaydi, umrini uzaytiradi va kayfiyatini yaxshilaydi. Inb Sino qayd qilib o'tgan badantarbiya turlariga o'zaro tortish, musht bilan turtish, kamondan oq otish, tez yurish, nayza otish, irg' ib osilish, bir oyoqda sakrash, qilichbozlik va nayzabozlik, otda yurish, ikki qo'lini silkitish, bir vaqtda oyoq uchlarida turib qo'llarini oldiga va orqaga cho'zib tez harakat qilish mashqlari kiradi. Buyuk olim Ibn Sino tavsiya qilgan badantarbiya mashqlarining turlari bugun bizga etib kelibgina qolmay, balki shu turlardan xalqaro musobaqalar o'tkazilib kelinayapti, ushbu harakat o'yinlari Osiyo va Olimpiada o'yinlari dasturidan ham o'rin olgan.

NATIJALAR

Jismoniy tarbiya mutaxassislari yosh avlodni jismoniy tarbiyalash va jismoniy rivojlantirish mehnatga va hayotga tayyorlash hamda aholini sog'lomlashtirish vazifalarini bajaradilar. Shuning uchun ular o'z sohalarini etuk mutaxassislari va mohir sportchilar bo'lishlari kerak. Ular jismoniy tarbiya jarayonida harakatlarga o'rgatish, harakat malaka va ko'nikmalarni shakllantirish hamda jismoniy mashqlar texnikasiga o'rgatishda o'zlari nazariy va amaliy jihatdan yuksak darajada tayyorgarligi bilan o'rnak bo'lishlari kerak. Shu bilan birga tarbiyachi mutaxassislar ahloqiy va ma'naviy etukligi shug'ullanuvchilarga har qanday yordamga tayyorligi ularda iroda va ruhiy fazilatlarni tarbiyalashda mohir do st ekanligi bilan ajralib turishlari kerak. Tarbiya jarayonining ko'p qirraliligi va murakkabligi jismoniy tarbiya mutaxassisi zimmasiga ko'p mas'uliyat yuklaydi. Bu esa mutaxassislarning pedagogik mahoratlari ularni o'tiladigan o'quv materiallarini nazariy va amaliy jihatdan to'liq egallagan bo'lishlari bilan belgilanadi. Talabalarni jismoniy mashqlarga orgatishda pedagogik ta'lim uslublari va texnologiyalardan foydalanish darajasi ham jismoniy tarbiya mutaxassislari mahoratli darajasini belgilaydi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari shugullanuvchilarda faqatgina jismoniy fazilatlarni, mashqlar texnikasi va taktikasini tarbiyalabgina qolmay, ularda vatanparvarlik tuyg ularini, milliy istiqlol g' oyalarini, sport yutuqlari bilan Vatanni dunyoga tanitish ma'suliyatini hamda ahloqiy va estetik fazilatlarni shakllantirib tarbiyalab boradilar. Talabalarning

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1032-1036

harakat tajribalarini shakllantirish va jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda ularning vatan taraqqiyotidagi g' oyaviy maqsadlarini tarbiyalash ularni yangi jamiyat qurishning faol ishtirokchilari qilib etishtirish ham jismoniy tarbiya mutaxassislarining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

MUHOKAMA

Xar bir sport murabbiylari tarbiya jarayonini boshqarish malakasi mukammal bo'lishi zamonaviy talablardan tarbiya jarayonini boshqarish uchun jismoniy tarbiya mutaxassislari mamlakatda va xorijda jismoniy tarbiya bo'yicha ilg'or tajribalardan habardor bo'lishi va ularni egallagan bo'lishi kerak. Mutaxassislarining pedagogik mahorati ham jismoniy tarbiya jarayonlari kabi ko'p qirralidir. Pedagogik mahorat talabalarni jismoniy fazilat va qobiliyatlarini takomillashtirishda, harakat faoliyatida mustaqillikni rivojlantirishda, jamoatchilik ruhini tarbiyalashda, shug'ullanuvchilar shaxsiy xususiyatlari, hatti-harakatlarini tushunishda, qiziqishlari, talablari ehtiyoj va intilishlarini mohirlik bilan amalga oshirishda namoyon bo'ladi. Jismoniy tarbiya mutaxassislari o'z ishini ustasi bo'lishi va uni sevishi, jismoniy jihatdan barkamol, sog'lom, sport texnik mahorati yuqori darajada bo'lishi kerak. Mutaxassislarning malakasi va jismoniy tarbiya sohasidagi maxsus bilimlari qanchalik keng bo'lsa tarbiya vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlari shuncha ko'p bo'ladi. Har bir pedagog o'z fani bilan tarbiyalash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi talabalarni jismoniy takomillashtirishga harakat qilar ekan uning o'zi jismonan barkamol, gavda tuzilishi uyg'un holda rivojlangan, harakatlari estetik jihatdan ifodali, qaddiqomati kelishgan harakatlari ma'noli va erkin bo'lishi kerak. Jismoniy tarbiya mutaxassisi shu bilan birga madaniyatli bo' lishi, estetik tarbiyalangan, badiiy ma'lumotli, didli, sinchkov, ijodiy faol, shirin muomalali bo'lib, shug'ullanuvchilarda ham sifat va fazilatlarini tarbiyalashga katta e'tibor qaratishi kerak. O' qituvchi shirin suhan va shug'ullanuvchilarga mehribon bo'lish bilan birga, quvnoq, hamda yumor hissiga boy bo'lishlari kerak. Shuningdek ular talabalarni harakat faoliyatini bajarishda talabchan va pedagogik odobga ega bo'lishlari muhim. Sport hakamlari ham pedagogik mahoratni egallagan bo'lishi kerak. Yomon hakamlik qilish natijasida nizolar paydo bo'lib, musobaqa qatnashchilarida nafrat uyg'otadi va natijada murabbiyning barcha tarbiyaviy ishlari barbod bo'lishiga olib keladi. Sport hakamlarining pedagogik ta'sir ko'rsatishdagi muvaffaqiyatlari o'z vazifalarini bevosita uddalay olishlariga bog'liq. Sport hakamlari sportchilarni qo'pollik va ahloqsizligini e'tibordan chetda qoldirmasligi kerak. Ular ham murabbiy vazifasini

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 11 \ 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1032-1036

bajarishlari kerak. Tajriba bilimi yuksak malakasi pedagogik mahorati va yaxshi hulqi bilan faqat sportchilarga emas tomoshabinlarga ham namuna bo la oladigan hakamlar musobaqalarda yuksak sport madaniyatini tarqatuvchi bo'ladilar. Bunday hakamlikda musobaqa qatnashchilarining sport etikasi talablarini buzish uchun urinishlariga yo'l qo'ymaydi.

Hakamlarning tashqi qiyofasi ham muhim ahamiyatga ega. Ularning tashqi qiyofasi sportchilarni bellashuvga safarbar etishi yoki hafsalalarini pir qilishi mumkin. Talabalar va o'smirlar jismoniy tarbiya jarayonida o'smirlar musobaqasida bu narsaga katta e'tibor qaratish kerak. Shuningdek tarbiya jarayonida quyidagi tamoyillarga ahamiyat berish kerak.

S Tarbiya jarayonini milliy istiqlol g'oyasi yo'nalishida bo'lishi.

S Talabalarning yosh xususiyatlariga muvofiq holda har biriga individual yondashish.

S Talabalar oldiga yuksak talablar qo'yish va ularni xurmat qilishi xamda tarbiya jarayonini jonli faol, quvnoq shaklda o'tkazish.

S Pedagogik talablar bilan tarbiyaviy ta'sir bo' lishini ta'minlash.

Jismoniy tarbiya mutaxassislari shug'ullanuvchilarni jismoniy qobiliyatlar rivojlanganlik darajasini bilishi, shaxsiy xarakter xususiyatlarini, aql idrok xissiyot irodalarini ahloqiy sifatlari va statik ehtiyojlardagi individual farqlarni o'rganish zarur. Tarbiyachi talabalarni o'rganishda pedagogik kuzatishlar kundaligi tutishi unga shug'ullanuvchilarni xarakterlari hulq atvori va boshqa faktlarni yozib borishlari kerak. Shug'ullanuvchilarni har tomonlama bilish asosidagina jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish mumkin.

XULOSA

Talabalarni jismoniy tarbiya va sport turlariga ommaviy jalb etishda jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining xizmatlari keng o'rin tutadi. Talabalarni jismonan sog'lom va ma'naviy barkamol inson qilib tarbiyalashda to'g'ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport, sog'lomlashtirish tadbirlarining roli katta. Jismoniy tarbiya va sport, sog'lomlashtirish tadbirlari talabalarni yetuk mutaxassis kadr bo'lib etishishlarida, nazariy va amaliy bilimlari takomillashib borishlarida hamda axloqiy sifatlarni shakllanishida muhim ahamiyatga ega.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1032-1036

REFERENCES

1. K.D. Yarashev «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» Toshkent Abu Ali Ibn Sino nashriyoti 2002-yil.

2. Po'latov A.A., Kurbanova M.A., Nadjimov F.F. Voleybol turi bo'yicha

ta'lim muassasalarida sport to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish yuzasidan o'quv dasturi va metodik tavsiyalar. - T.: "Extremum press", 2017. -136 b.

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223-225б

4. Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782.

5. Norquziyeva, M. (2020). Булажак укитувчиларнинг касбга муносабатини узгартириш-касбий баркарорликни таъминлаш гарови. Архив Научных Публикаций JSPI.

6. Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

7. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. Psychology and Education Journal, 58(2), 1339-1345.

8. Norquzieva. Mensuring professional stability of future teachers in pedagogical activity European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 6, 2020

9. O'zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PQ- 3031-sonli Qarori;

10. Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.