Научная статья на тему 'TALABALARNING ILMIY IZLANUVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SDSS MA’LUMOTLAR BAZAISIDAN FOYDALANISH METODIKASI'

TALABALARNING ILMIY IZLANUVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SDSS MA’LUMOTLAR BAZAISIDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
60
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
astronomiya / ma’lumotlar bazasi / mustaqil ta’lim / galaktika / to‘da / sirt zichligi. / astronomy / database / independent study / galaxy / cluster / surface density.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. Kutlimuratov

Maqolada talabalarning astronomiya kursi fanini mustaqil o‘rganishlarida va dars mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlashda zamonaviy astronomik baza SDSS (Sloan Digital Sky Survey) ma’lumotlaridan foydalanish metodlari qaralgan. Bunda talabalar bazadan olingan galaktikalar to‘dalarining tasvirlarini tahlil qilib ko‘rinma sirt zichligining o‘zgarishi misol tariqasida ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF USING SDSS DATABASE IN DEVELOPING STUDENTS' SCIENTIFIC RESEARCH ABILITY

The article examines the methods of using the data of the modern astronomical database SDSS (Sloan Digital Sky Survey) in the independent study of the science of astronomy and strengthening the knowledge gained during the lessons. In this case, the students analyzed the images of galaxy clusters taken from the database and considered the change of the apparent surface density as an example.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING ILMIY IZLANUVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SDSS MA’LUMOTLAR BAZAISIDAN FOYDALANISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABALARNING ILMIY IZLANUVCHANLIK QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHDA SDSS MA'LUMOTLAR BAZAISIDAN FOYDALANISH

METODIKASI Kutlimuratov S.Sh.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, fizika kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7165065

Annotatsiya. Maqolada talabalarning astronomiya kursi fanini mustaqil o'rganishlarida va dars mashg'ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlashda zamonaviy astronomik baza SDSS (Sloan Digital Sky Survey) ma 'lumotlaridan foydalanish metodlari qaralgan. Bunda talabalar bazadan olingan galaktikalar to'dalarining tasvirlarini tahlil qilib ko'rinma sirt zichligining o'zgarishi misol tariqasida ko'rib chiqilgan.

Katlin so'zlar: astronomiya, ma'lumotlar bazasi, mustaqil ta'lim, galaktika, to'da, sirt zichligi.

МЕТОДИКА ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БАЗЫ ДАННЫХ SDSS В ФОРМИРОВАНИИ НАУЧНО-ИССЛЕДОВАТЕЛЬСКОЙ СПОСОБНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация. В статье рассматриваются методы использования данных современной астрономической базы данных SDSS (Sloan Digital Sky Survey) при самостоятельном изучении науки астрономии и закреплении знаний, полученных на уроках. В данном случае студенты анализировали изображения скоплений галактик, взятые из базы данных, и рассматривали в качестве примера изменение видимой поверхностной плотности.

Ключевые слова: астрономия, база данных, независимое исследование, галактика, скопление, поверхностная плотность.

METHODOLOGY OF USING SDSS DATABASE IN DEVELOPING STUDENTS'

SCIENTIFIC RESEARCH ABILITY

Abstract. The article examines the methods of using the data of the modern astronomical database SDSS (Sloan Digital Sky Survey) in the independent study of the science of astronomy and strengthening the knowledge gained during the lessons. In this case, the students analyzed the images of galaxy clusters taken from the database and considered the change of the apparent surface density as an example.

Keywords: astronomy, database, independent study, galaxy, cluster, surface density.

KIRISH

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda, tanlagan sohasi bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsata oladigan, o'z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to'g'ri aniqlab, uni tahlil qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri etib belgilangan.

Ma'lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur'atlarda kengayib borayotgan hozirgi zamonda barcha ma'lumotlarni faqat dars mashg'ulotlarida talabalarga yetkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish imkonsiz bo'lgan vazifa hisoblanadi.

Tajribalardan ma'lumki, talaba auditoriya mashg'ulotlaridan tashqari mustaqil ravishda shug'ullansa va o'z ustida tinimsiz ishlasagina o'zlashtrish ko'rsatkichi yuqori bo'ladi. Talabalarning asosiy bilim, ko'nikma va malakalari mustaqil ta'lim jarayonidagina shakllanadi,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

mustaqil faoliyat ko'rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo'ladi.

Bilamizki mustaqil ta'limni tashkil etish ilmiy-pedagogik xodim talaba bilan birgalikda rejalashtiradi va talaba tomonidan topshiriqlarga muvofiq hamda ilmiy-pedagogik xodimning bevosita ishtirokisiz uning uslubiy rahbarligi va nazorati ostida amalga oshiriladi.

Zamonaviy ta'lim tizimi, zamonaviy fan, zamonaviy texnologiyalar, zamonaviy yoshlar, bularning hammasini ilmiy yangiliklar bog'lab turadi. Biz talabalarimizga ta'lim jarayonida fundamental bilimlar bilan bir qatorda ilimiy yangiliklarni uzluksiz berib borishimiz kerak. Astronomiya sohasida juda ko'plab yangiliklar ta'lim dasturlarimizdan chetda qolmoqda. Bu esa talabani auditoriyadan zerikishiga olib keladi. Demak ta'lim dastrularimizga ma'lumotlar bazalarida e'lon qilinayotgan fan yutuqlarini olib kirish va sodda usullar bilan ularni o'quv jarayoniga va mustaqil ta'lim sifatida ko'llash, fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishning ortishiga olib keladi.

Astronomiyada kuzatuv ma'lumotlari tadqiqotlarning asosi hisoblanadi. Demak talabalarga darsdan tashqari vaqtlarda kuzatuv ma'lumotlar bazalaridan foydalanish[1] va tahliliy dasturlar bilan ishlashni o'rgatish, ulardagi ilmiy izlanuvchanlik salohiyatining ortishiga olib keladi.

1-rasm. "Apachi-Poynt" observatriyasining 2,5 metrlik teleskopi

Kuzatuv ma'lumotlar bazalaridan SDSS bazasini[2] misol tariqasida qaraydingan bo'lsak, bu baza Koinotning katta masshtabdagi strukturasining xaritasini tuzish maqsadidan yaratilgan. Kuzatuvlar ma'lumotlari AQSh ning Nyu-Meksika shtatida joylashgan "Apachi-Poynt" observatriyasida olingan tasvirlar asosida boyitib boriladi(l-rasm). Bu bazada asosan galaktiklar, galaktikalar to'dalari, kvazarlar va h.k. ob'yektlarning u, g, r, i va z filtrlardagi 500 milliondan ortiq tasvirlari mavjud.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqorida aytilgan SDSS bazasi kuzatuv ma'lumotlaridan foydalanib talabalarning mustaqil ravishda tasvirlarni olish va ularning tahlil qilish usulini qarab chiqaylik. SDSS bazasidan kerakli astronomik jismning tasvirini olish uchun albatda bu ob'yekning ekvatorial koordinatalarini bilish kerak bo'ladi yoki baza arxivida tasvirni yuklab olish mumkin. Biz kerakli koordinatani bilsak, unda quyidagi 2-rasmda keltirilgandek aynan kerakli ob'yektning tasvirini olamiz. Bu yerda kerakli obyektning RA (to'g'ri chiqish) va dec (og'ish) ekvatorial

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

koordinatalari kirgiziladi va "Get Image" tugmasi bosiladi. Sizda quyidagicha tasvir hosil bo'ladi:

2-rasm. SDSS da bazasining koordinatalar bo 'yicha qidiruv olynasi.

Qidiruv oynasidagi koordinatalar bo'yicha "J003209.4+180656" galaktikalar boy to'dasi tasviri ko'rsatilgan[3]. Belgilangan ob'yekt tasviri olingandan keyin, u quyidagi usulda tahlil qilinadi. Tasvir maydonida markazdan uzoqlashish tartibida xalqalar chizib olamiz. Bunda olingan xalqalarning sirt yuzalari farqi bir xil bo'lishi kerak(3-rasm). Keyingi bosqichda xalqalar ichidagi yoritkichlar soni aniqlanadi. Bu bizga tanlangan maydondagi ob'yektlarining ko'rinma sirt zichligi o'zgarishini topishga va ularning taqsimotini o'rganishga imkon beradi.

3-rasm. Olingan tasvirda Etibor bering xalqalar soni 10 tadan kam bo'lmasligi kerak. Olingan natijalar 1-jadvalga yozib boriladi.

1-jadval

To'da sirt zichligining o'zgarishi. N-xalqalar ichidagi galaktikalar soni, R-to'daning tanlangan radiusi, S-tanlangan yuza, F-tanlangan yuzaga tegishli galaktikalar ko'rinma sir zichligi.

№ N r arcmin S arcmin2 F arcmin-2

Ri

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

R2

R3

Ko'rinma sirt zic

lligi (1) fo'rmula yordamida topiladi.

N

F (R) =

2nR2

(1)

Bu yerda F - to'daning ko'rinma sirt zichligi, N - qaralayotgan xalqa ichida yoritkichlar soni, R - tanlangan maydon radiusi.

Ko'rinma sirt zichligi aniqlangach uning radius bo'yicha o'zgarish grafikini chizamiz(4-rasm). Grafikni maxsus matematik programmalar yordamida chizib, o'zgarish chizig'ining emperik funksiyasini topish mumkin[4].

4-rasm. Ko 'rinma sirt zichligining radiusga bog 'lanish grafiklari

Bu grafik yordamida topilgan funksiya talaba mustaqil izlanish ilmiy ishining natijasi hisoblanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Yuqoridagi keltirilgan SDSS bazadan ma'lumot olib tahlil qilish ishi bo'yicha Chirchiq davlat pedagogika universiteti fizika va astronomiya yo'nalishi talabalari bilan tajriba-sinov ishlari olib borildi va o'tkazilgan tadqiqotning pedogogik tajriba-sinov ishlari boshida va oxirida olingan ma'lumotlarni qayta ishlash darajasi tekshirildi. Taribada nazorat va tajriba guruhlari tanlab olinib, ularning o'zlashtirish ko'rsatkichlari 2- va 3-jadvallarda qayt etildi.

2-jadval.

Tajriba-sinovdan oldingi ko'rsatkichlar

Guruh Talabalar Qoniqarsiz Qoniqrli Yaxshi A'lo

soni (2 baho) (3 baho) (4 baho) (5 baho)

Nazorat guruhi (FA 20/1-guruh) 26 5 11 7 3

Tajriba guruhi (FA 20/3-guruh) 24 4 8 9 3

3-jadval.

Tajriba-sinovdan keyingi ko'rsatkichlar

Guruh Talabalar Qoniqarsiz Qoniqrli Yaxshi A'lo

soni (2 baho) (3 baho) (4 baho) (5 baho)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Nazorat guruhi (FA 20/1-guruh) 26 3 12 8 3

Tajriba guruhi (FA 20/3-guruh) 24 0 5 15 4

Olingan natijalardan tajriba guruhining o'zlashtirishi samaraliligi 15,6 % ga ortganligini aniqlandi. 5-rasmda tajriba-sinov ishlarining diagrammasi keltirilgan.

5-rasm Tajriba-sinov natijalari diagrammasi.

Tajriba-sinov natijasida bizning mustaqil o'qitish metodikamiz an'anaviy o'qitish

metodikasiga nisbatan samarali ekanligi isbotlandi. O'tkazilgan tadqiqotlar ilmiy farazlarning

to'g'ri ekanligini tasdiqladi.

XULOSA

Astronomiya kursi fanidan mustaqil ta'lim tashkil etishda ma'lumotlar bazalari, xususan

SDSS bazasidan foydalanishda quyidagilarga erishildi:

1) Talabalar ma'ruzalarda olgan bilimlarini mustahkamlashda, mustaqil ma'lumot topish o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish;

2) Darsliklarda berilgan va boshqa yangi ob'yektlarning tasvilarini SDSS bazasidan olib ularni tahlil qilishni o'rganish;

3) Talabalarning ilmiy tadqiqot olib borish qobiliyatining rivojlanishi.

REFERENCES

1. Кувшинова И.Б., Кувшинова Е.Е., Никольская И.Ю. Зарубежные астрономические базы данных. Обзор и сравнительный анализ. Информационное обеспечение науки: новые технологии. 230-243 cc, 2013.

2. S.Sh. Kutlimuratov. Astronomiya kursini o'qitishda astronomik ma'lumotlar bazalaridan foydalanish. Academic research in educational sciences. Vol 3 (2) 692-698 pp, 2022.

3. S. Sh. Kutlimuratov. On the states of evolution of rich clusters of galaxies. Academic research in educational sciences. Vol 2 (3) 2021. 1124-1130 pp

4. A. M. Tillaboyev. Astronomiya fanining ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ta'lim tizimiga qо'llashning nazariy asoslari. Academic research in educational sciences. Vol 2 (2) 2021. 462-466 pp

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.