TALABALARNING IJODIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Xamrakulov Abduraxmat Karimovich Namangan muhandislik qurilish instituti, dotsent Karimova Dilfuza Abduraxmat qizi "Muhandislik va kompyuter grafikasi" kafedrasi stajyor tadqiqotchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqida boradi. Ijodiy fikrlash ta'riflari keltirilgan. Shu bilan birga kadrlar tayyorlashda ijodiy fikrlashning o'rni asoslab berilgan.
Аннотация: Эта статья о способах развития навыков творческого мышления учащихся. Даны определения творческого мышления. При этом обосновывается роль творческого мышления в подготовке кадров.
Abstract: This article is about ways to develop students' creative thinking skills. Definitions of creative thinking are given. At the same time, the role of creative thinking in personnel training is substantiated.
Kalit so'zlar. Ijodiy fikrlash, tanqidiy va mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat, o'qitish, chizma geometriya va muhandislik grafikasi, komyuter grafikasi, ko'nikma, malaka, test, topshiriqlar, detal.
Ключевые слова: творческое мышление, критическое и самостоятельное мышление, творческая деятельность, обучение, начертательная геометрия и инженерная графика, компьютерная графика, навыки, умения, тесты, задания, детали.
Key words: creative thinking, critical and independent thinking, creative activity, learning, drawing, geometry and engineering graphics, computer graphics, skills, abilities, tests, tasks, details.
Hozirgi kunda fanlarni o'qitishda talabalarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish masalalariga kam e'tibor berilmoqda. O'quv jarayonlarini kuzatish jarayonida, o'qituvchilar tomonidan ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qilinmayotganini kuzatishimiz mumkin. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanidan ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun adabiyotlarga ham e'tibor qaratilmagan va hohlanki ijodiy faoliyatning so'nggi natijasi ixtirochilik bo'ladi. Fanlarni o'qitishda talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish tayyorlanayotgan kadrlarni sifatini belgilab beradi.
Ijod (kreativlik, inglizcha creativity - yaratuvchanlik) - bu ta'riflash murakkab bo'lgan so'z. Agar inson qandaydir bir g'ayrioddiy va shu bilan bir vaqtda ahamiyatli va foydali narsa yaratgan bo'lsa, biz «bu ijod» deymiz. Shunday qilib, ijod jarayon sifatida emas, balki uning oqibati orqali aniqlanadi [1].
Ijod tushunchasining yagona ta'rifi yo'qligi shu bilan bog'liqki, odamlar «g'ayrioddiy», «yaxshi» va «foydali» deb nimani atash mumkinligi haqida yagona fikrga ega emaslar, shu sababli bu tushunchalar juda nisbiy. Qaysi nuqtai nazardan qarashingizga bog'liq. Shu sababli nima uchun ijod tutqich bermaydigan, sirpanib chiqib ketadigan muhokama predmeti ekanligini oson tushunish mumkin. Biron bir g'oya yoki qandaydir bir faoliyat natijasi ijodiy deb e'tirof qilinishi uchun, avvalambor, uni atrofidagilar g'ayrioddiy, yaxshi va foydali, deb tan olishlari zarur. Yana shuni ta'kidlash zarurki, ijod tushunchasida vaqtlar o'tgan sayin muhim o'zgarishlar ro'y bermoqda. Masalan, bizning zamonamizda eng, monumental hisoblanuvchi Yerning aylanishi haqidagi tushuncha o'z vaqtida ahmoqona fikr deyilgan edi.
Ijodiy faoliyat bizning kundalik hayotimizni jozibaliroq qiladi; fan va san'atni ijodsiz tasavvur qilib bo'lmaydi; ijodsiz matematika va boshqa fanlar taraqqiyotini tasavvur qilish mumkin emas. Biz har doim murakkab fikrni ifodalaganimizda yoki oq qog'ozni matn bilan qoraytirganimizda ijod qilamiz. Agar biz shu ishni samarali va g'ayrioddiy tarzda uddalay olsak, bizni rosmona ijod kishisi deb atash mumkin.
TAMHM MYAMMO^APH
Ijodiy fikrlash «sakrab» birorta yangi holatni egallashga va keyin tanlab olingan natijani anglaShga imkon beradi.
Gipotezalar, farazlar yoki ikvotarika g'oyalardan foydalanib keskin ijodiy sakraShni amalga oshirish mumkin. Ayrim hollarda axborot taqchilligida biz yetishmayotgan tafsilotlarni o'ylab topishga majburmiz. Ijodiy fikrlash jarayonida farazlar va taxminlarni ilgari surish axborotlar oliShga va g'oyalarning paydo bo'liShiga yangi yo'llar ochadi.
Ijodiy fikrlash qobiliyati deganda talaba uchun fikrlashi ma'lum doiradan tashqariga chiqib ketishi natijasida qandaydir ma'lumotlarga ega bo'lishi. Masalan: epyurni qayta tuzish usullaridan proektsiyalar tekisligiga perpendikulyar o'q atrofida aylantirish usulida kesmaning haqiqiy kattaligini aniqlashni o'qituvchi tushuntirib berdi. O'qituvchi talabalarga boshqacha usullar bilan ishlash mumkinmi degan savolni qo'yadi. Masalani fazoviy yechimini tasavvur etgan talaba buni boshqacha ishlash yo'li bormi degan savolni o'rtaga taShlaydi. Natija da talaba kesmani haqiqiy kattaligini aniqlaShni parallel ko'chiri sh orqali aniqlashi mumkin. Bu holda talaba bu mavzuni hali o'rganmagan o'zi uchun yangilik bo'ladi. Bunday ijodiy fikrlash su'ektiv bo'ladi.
Talabalarning ijodiy qobiliyatlari mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlanishiga bog'liq bo'lar ekan.
Talabalarda ijodiy qobilyatni ikkiga ajratish mumkin:
1. Sub'ektiv
2. Global
Global ijodiy fikrlash - talabalar tomonidan o'rganilgan bilimlar asosida o'zgacha fikrlash. Masalan: o'rganilgan bilimlar asosida savollar, testlar, topshiriqlar tuzish talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Talabalarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantirish uchun masalalar tuzish topshiriqlari
beriladi.
Ijodiy va ijodiy deb bo'lmaydigan o'quv topshiriqlari farqi ("Bo'lishi mumkin-mas" deb ataluvchi Shakllar misolida 1-rasm.)
1 -rasm. Bo'lishi mumkin - mas shakllar
Topshiriq sharti:
"Bo'lishi mumkinmas" toifasiga kiruvchi tasvirga shunday o'zgartirish kiritingki, uning asosida aniq nimadir yasash mumkin bo'lsin.
Ijodiy topshiriq shunday topshiriqki, uning uchun birgina emas, balki bir qancha to'g'ri javob taqdim etish mumkin bo'ladi.
Talabalar ijodiy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishning yana bir usuli talabalarga o'tilgan mavzular bo'yicha test topshiriqlari tuzish topshiriqlarini berish. Test tuzish orqali talabada ijodiy fikrlash jarayonlari boshlanadi. Talaba biror mavzu bo'yicha biror savolni test savoli sifatida oladi va javobini qo'yadi. Bu yerda talabaning ijodiy fikrlash qolgan uchta muqobil variant javoblarini tanlaSh bo'ladi. Muqobil javob varinatlari albatta shu mavzuga yaqin bo'liShi talab etiladi.
Masalan: Markaziy proektsiyada proektsiyalovchi to'g'ri chiziqlar bir -biriga nisbatan
KYPHHHffl BA TAL.HHM HHMHH ^YPHAHH, 2023, №1 (3)
71
qanday joylaShgan:
1. parallel
2. perpendikulyar
3. ayqash
4. bir nuqtadan chiqadi.
Bu yerda talaba muqobil varintlarni qidiradi. Muqobil variantlarni ham qidirishni ijodiy fikrlash deyiSh mumkin.
Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq deb nimaga aytiladi?
1. bironta ham proektsiya tekisliklariga parallel bo'lmagan to'g'ri chiziqqa;
2. bitta proektsiya tekisligiga parallel bo'lmagan to'g'ri chiziqqa;
3. bitta proektsiya tekisligiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqqa;
4. ikkita proektsiya tekisliklariga parellel bo'lgan to'g'ri chiziqqa.
Ushbu testda muqobil javob variantlarini topish ijodiy fikrlash jarayoni hisoblanadi. O'qituvchi tomonidan shunga o'xshash testlar javoblari bilan mustaqil ish sifatida talabalarga berilishi mumkin. Mustaqil izlanishlari natijasida shu savolga muqobil testlar varinati talabalar tomonidan taqdim etildi.
Umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq deb nimaga aytiladi?
1. barcha proektsiya tekisligiga og'ma bo'lgan bo'lgan to'g'ri chiziqqa;
2. biron-bir proektsiya tekisligiga og'ma bo'lgan to'g'ri chiziqqa;
3. ikkita proektsiya tekisligiga og'ma bo'lmagan to'g'ri chiziqqa;
4. ikkita proektsiya tekisligiga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqqa.
Endi ushbu savolni boshqacharoq qo'yish mumkin. Masalan: Barcha proektsiyalar tekisligiga og'ma bo'lgan to'g'ri chiziq ... deb ataladi?
1. umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq;
2. parallel to'g'ri chiziq
3. xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq
4. perpendikulyar to'g'ri chiziq
Yuqorida keltirilgan test savollarini tuzish topshiriqlari talabalarni ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishi aniqlandi.
2-rasm. Ijodiy topshiriqlarni bajarilishi Komyuter grafikasi yordamida talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish. Talabalarni komyuter grafikasi orqali ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirisha
TAЪЛИM MУAMMОЛAPИ
muhim rol o'ynaydi. Kompyuter dasturlarida yaratilgan modellarni turli ko'rinishlarda tasvirlash oson. Turli modellarni turli qismlarini o'zgartiriSh oson. Shu sababli talabalar komyuter grafikasi yordamida ijodiy fikrlashlari oson kechadi. Modellarni o'zgartirayotgan vaqtda detalni bazasi qaysi tomonligiga e'tibor qaratiSh lozim bo'ladi. Ya'ni detalni ishlash printsipiga to'siq bo'lmasligi kerak bo'ladi.
2,3 - rasmlardan ko'riSh mumkinki, detalni bazaviy o'lchamlari o'zgartirilmasdan unga hajmlar berilgan. Demak bu yerda talaba o'zining ijodiy
fikrlash qobiliyatini ishga solgan. Ijodiy fikrlash jarayonida detalni ustidan ko'rinishi chizmasini turli qismlariga hajm bergan. Natijada rasmda ko'rib turgan detallar hosil bo'lgan.
Kompyuter grafikasi talabalarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berar ekan. Talabaning ijodiy fikrlash qobiliyati keyinchalik ixtirochilik qobiliyatlariga aylanib ketishi mumkin. Aksariyat hollarda shunday bo'ladi. Bunga sabab talaba hama vaqt mustaqil, tanqidiy hamda ijodiy fikrlash orqali mashina mexanizmlarni o'rganadi.
3-rasm. Ijodiy topShiriqlarni bajarilishi
Barcha fanlarni o'qitiShda talabalarning ijodiy fikrlash ko'nikma va malakalarini rivojlantirish orqali yuqori saviyali izlanuvchan, bilimli o'z kasbining ustasi va ixtirochi kadrlarni tarbiyalanadi. Talabaning mustaqil va tanqidiy fikrlashlari natijasida ixtiroga qilishga yo'l ochib beradi.
ADABIYOTLAR
1. Ch.Shokirova. "Talabalarning ijodiy fikrlashini rivojlantirish va dasturiy nazorat asosida o'qitiSh samaradorligini oshirish". Dissertatsiya. Toshkent. 2009 yil.
2. Usmanova U.A. "Boshlang'ich sinf o'quvchilaiining ijodiy tasavvurini rivojlantirish". Dissertatsiya. Namangan.2019 yil
3. A.K.Xamrakulov. "Test baholashning samarali usuli". Nauchnoe znanie sovremennosti. Kazan. 2017 g. Nomer №6, str.130-136.
4. O. K. Xudoyorova. YoSHLARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). Materiali mejdunarodnoy konferentsii. Tashkent. 24 noyabrya 2021g.
КУРИЛИШ BA TAЪЛИM ИЛMИЙ ЖУPНAЛИ, 2023, №1 (3)
73