Научная статья на тему 'TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PЕDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PЕDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
996
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Oila va jamiyat / turmush saboqlari / milliy qadriyatlar / milliy ma’naviy madaniyat / ma’naviy meros / urf-odat / Islom dini / muqaddas manbalar / Qur'oni karim / hadisi sharif. / family and society / life lessons / national values / national spiritual culture / spiritual heritage / tradition / Islam / sacred sources / the Holy Quran / hadiths.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — M. Ishanova

Ushbu maqolada talaba-yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashning pеdagogik va psixologik xususiyatlari hamda shu orqali oilalarda ma’naviy muhit, axloq-odob masalalariga ahamiyat berish bilan birgalikda, inson o‘z millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosida kamolotga erishish yoʻllari va oʻziga xos jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREPARING STUDENTS FOR SOCIAL AND FAMILY LIFE

This article reveals the pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as attaching importance to the spiritual environment and moral issues in the family, the ways and peculiar aspects of growing up a person based on the traditions of their people and universal values are highlighted.

Текст научной работы на тему «TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PЕDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABA-YOSHLARNING IJTIMOIY OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING PЕDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Ishanova Muxayoxon Muxtarovna

Andijon davlat chet tillar institute "Ijtimoiy -gumanitar fanlar, pedagogikava psixologiya"

kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7407811

Annotatsiya. Ushbu maqolada talaba-yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashning pcdagogik va psixologik xususiyatlari hamda shu orqali oilalarda ma'naviy muhit, axloq-odob masalalariga ahamiyat berish bilan birgalikda, inson o'z millati an'analari va umumbashariy qadriyatlar asosida kamolotga erishish yo'llari va o'ziga xos jihatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Oila va jamiyat, turmush saboqlari, milliy qadriyatlar, milliy ma'naviy madaniyat, ma'naviy meros, urf-odat, Islom dini, muqaddas manbalar, Qur'oni karim, hadisi sharif.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ К СОЦИАЛЬНО-СЕМЕЙНОЙ ЖИЗНИ

Аннотация. В данной статье раскрываются педагогико-психологические особенности подготовки учащихся к социальной семейной жизни, а также придание значения духовной среде и нравственным вопросам в семье, пути и своеобразные стороны взросления человека на основе традиций своего народа и общечеловеческих значения освещены.

Ключевые слова: семья и общество, жизненные уроки, национальные ценности, национальная духовная культура, духовное наследие, традиция, ислам, священные источники, Священный Коран, хадисы.

PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PREPARING STUDENTS

FOR SOCIAL AND FAMILY LIFE

Abstract. This article reveals the pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as attaching importance to the spiritual environment and moral issues in the family, the ways and peculiar aspects of growing up a person based on the traditions of their people and universal values are highlighted.

Keywords: family and society, life lessons, national values, national spiritual culture, spiritual heritage, tradition, Islam, sacred sources, the Holy Quran, hadiths.

Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog'liq tushuncha bo'lib, jamiyatning o'zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o'z o'rnida jamiyat bag'rida vujudga keladi, rivojlanadi. Jamiyatda oilaning o'z vazifalari mavjud bo'lib uning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida, o'ziga xos xususiyatga egadir. Har bir xalq yaxlit dunyoninig bir bo'lagidir, inson-insonga, xalqlar-xalqlarga o'xshamaydi, bir-birini aynan takrorlamaydi, Har bir millat va elatning o'ziga xos jihatlari mavjud bo'lib, har bir xalqning o'z ma'naviyati, milliy qadriyatlari va boy tarixiga egadir.

Milliy qadriyatlar, har bir millatning o'ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo'lib, o'sha millat bosib o'tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo'shgan hissasini, ulushini ifodalaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Huddi shu milliy o'ziga xoslik, millat madaniyatida, urf-odatlarida, rasm - rusumlarida, tarixiy xotirasida, tilida, dinida, yashash va fikrlash tarzida o'z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma'naviy madaniyat ifodasi bo'lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo'shgan munosib hissasining hosilasidir.

Ma'lumki, azaldan sharq mamlakat xalqlari ongida oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasida oilaning beqiyos ro'li asrlar davomida shakllanib kelgan. Oilaga nisbatan millatning urf odat va an'analarini saqlash va davom etturuvchi dargoh sifatida qaralgan. Shunga ko'ra oilani mustaxkamlashga astoydil kirishgan va o'z naslini pok saqlashga, ta'lim-tarbiya ishlariga jiddiy e'tibor qaratib kelingan.

Oiladagi ma'naviy muhit, axloq-odob masalalari katta ahamiyatga ega bo'lib, inson o'z millati an'analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishadi. Xalqimizning axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati, yaxshilik bilan yomonlik o'rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo'lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo'lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning ichki va tashqi olamini o'rganish, bilish, taxlil qilish g'oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog'liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi fazilatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-iffat, imon-e'tiqod kabilar mujassam bo'ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz kimsalar fe'lida ko'rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro'-shuhrati kishilarning axloq-odobi, yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilanadi.

Shaxs tarbiyasi haqida to'xtalinar ekan, avvalo tarbiya oila o'chog'idan boshlanadi, shuning uchun bugungi kunda oila qurish arafasida turgan talaba yoshlarimizga oilaviy hayotga o'z munosabatlarini adekvat tasavvurlarini shakllantirish, ularga Islom dinining muqaddas manbalari Qur'oni karim va hadisi shariflarda oila muqaddasligi to'g'risidagi chaqiruvlarga islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo'lsa, uni buzilishidan shunchalik qaytarilganligini uqdirilib borishilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun talaba yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilish lozim.

Bugungi kunda talaba yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashda pedagogik va pisixologik xususiyatlarini o'rgatib borish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash juda muhimdir. Chunki bola shaxsini shakllantirish uning tug'ilishidan boshlanadi. Shuning uchun ularni oila muqaddas ekanligi bola tarbiyasida ota-onaning o'rni va vazifalari haqidagi ma'lumotlar bilan boyitib borish zarur. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan oila qurish yoshidagi talabalarga oilaviy munosabatlar harakteri, ota-onaning namunasi, ulardagi umumta'lim darajasi, umummadaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va oilaviy hayotning tashkil etilishi ahamiyat kasb etadi.

Oiladagi tarbiyani yuqoridagi xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o'ziga xosligi va ahamiyatini taxlil qilishga yordam beradi. Buning uchun ota - onalarning o'zida milliy qadriyatlarga nisbatan munosabati o'zgarmog'i lozim. Milliy qadriyatlar va milliy o'zlikni anglashda, xalqning ma'naviy merosidan, ota-bobolarimizning pand-nasihatlari, tajribalari asosida eng yaxshi va olijanob an'analar ruhida tarbiyalash, ularning dono fikrlari, turmush saboqlari davrlar g'alviridan o'tib, saralanib bizgacha etib kelgan o'gitlarini ongiga, dunyoqarashi va shuuriga sindirib borilmog'i darkor. Shu bilan birga bolalarni xalq an'analariga o'rgatishi ota-onalarining majburiy vazifasidir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo'lib, Ota-onalar bolaning birinchi tarbiyachilaridir. Bolani oilada tarbiyalash murakab ijtimoiy-pedagogik jarayonidir. Oiladagi sharoit va muhit bola shaxsi shakilanishiga ta'sir ko'satadi. Ota va ona o'z bolasini ardoqlaydilar, erkalaydilar tashvish va qiyinchiliklardan asraydil. Ota-onalarning shaxsiy ibratlari-bolaning tarbiyasiga ta'sir ko'rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati bolaning taqlid etishga qiziqishi va havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo'lmay bola kattalar qilganini takrorlaydi ularning xarakterlariga ta'qlid qiladilar. Ba'zan bolaning oilada olgan tajribasi atrofdagi odamlarga nisbatan yagona o'lchov belgisi bo'lib qolgan.

Oila tarbiyasida to'g'ri yoki egri o'sishga bog'bon mehnati va mahoratiga bog'liq. Egri o'sayotgan niholning qaddini rostlab qo'ymasa, u noto'g'ri o'sadi. Yangi tug'ilgan go'dak tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o'rtasida qandaydir o'xshashlik mavjud.

Bundan ko'rinib turibdiki, axloq-odobning normalari - kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, halollik, rostgo'ylik, mehnatsevarlik kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog'liqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev 2017 yil 15 iyunda "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash- davr talabi" mavzusidagi anjumanda so'zlagan nutqi. - http://uza. uz/oz/politics/vatanimiz taqdiri va kelajagi yo'lida yanada hamjihat bo'lib- 15.06.2017 (Elektron manba. 2018 yil 9avgustda murojaat etilgan).

2. 2018 yil 26-mart kuni. 2-fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oila institutini mustahkamlash sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha maxsus o'quv kurslari tashkil etish to'g'risida " 230-son qarori. http//lex.uz/docs/3598026((Elektron manba. 2018 yil 9avgustda murojaat etilgan ).

3. Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1996-192b/

4. Mahkamov S.Islom dini va oila tarbiyasi.Mas'ul muharrir Abdulaziz Mansur -(Toshkent: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashr., 2000.- 32b.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.