TALABA YOSHLARNI TOLERANTLIK RUHIDA TARBIYALASHNING
PSIXOLOGIK TAMOILLARI
Sherzod Axmadjonovich Usmonov Aloxon Arabjon qizi Xoldaraliyeva
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Farg'ona davlat universiteti talabasi tolerantlik@mail .ru tolerantlik@mail .ru
ANNOTASIYA
Ushbu maqolada talaba yoshlarni tolerantlik ruhida bugungi kunning dolzar mavzulardan ekanligi, Sharq mutafakkirlarining tolerantlik haqidagi qarashlari, bugunki kunda talaba yoshlarda bag'rikenglik tamoillarining xulq-atvorda namoyon bo'lishi ilmiy o'rganilgan.
Kalit so'zlar: Tolerantlik, raqobatchilik, hamkorlik, kelishuvchanlik, ziddiyatdan qochish, moslashuvchanlik.
PSYCHOLOGICAL PRINCIPLES OF EDUCATION OF STUDENTS IN THE
SPIRIT OF TOLERANCE
ABSTRACT
In this article, it is scientifically studied that the student spirit is one of the current topics in the spirit of tolerance, the views of Eastern thinkers on tolerance, the manifestation of the principles of tolerance in the behavior of students today.
Keywords: Tolerance, Describing behavior, Competitiveness, Cooperation, Compromise, Avoidance of conflict, Flexibility.
KIRISH
Mustaqillik tufayli jamiyat hayotining barcha sohalarda ulkan ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunday o'zgarishlar, birinchi navbatda, ma'naviy hayot borasida tabora oydinroq ko'zga tashlana boshladi. Davlatimiz rahbari tomonidan ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo'yicha o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bugungi tahlikali davrda yoshlarning ma'naviy tarbiyasiga e'tibor va mas'uliyat masalalari bo'yicha ziyolilar oldiga aniq vazifalar qo'yildi [1]. Yosh avlodni vatanparvarlik, insonparvarlik, millatparvarlik, ruhida tarbiyalash, milliy g'urur tuyg'usini kuchaytirish, ularda iymon, vijdon, halollik, poklik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik kabi xislatlarni shakllantirish, ta'lim-tarbiya
borasida milliy, umuminsoniy an'analar, qadriyatlardan keng va umumiy foydalanish, har bir fuqoroni mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirish hozirgi kunning asosiy maqsadidir [2]. Iymonni, e'tiqodni, umuman olganda, tom ma'nodagi insoniylikni ta'minlovchi barcha omillar qalbida chuqur joy olgan fuqoralarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Shuning uchun yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biridir.
Asli tolerantlik insoniyat tarixida o'zga din, millatlarga nisbatan bag'rikenglik va ehtiromli munosabatda bo'lish mezoni sifatida shakllanib kelgan. Chunki, tolerantlik urf-odat, madaniyat, qarash va mafkuralarga nisbatan xolis munosabat bildiradi, dunyo rangbarangligini tan oladi [3]. O'zbekistonda tolerantlik tushunchasini diniy bag'rikenglik, tinch-totuvlik hamda hamjihatlilikda yashash tamoillariga ko'proq etibor berilgan. Ammo aslida tolerantlik juda keng tushuncha sifatida o'rta osiyoda rivojlangan tarixiy, ma'naviy-ma'rifiy qadriyatlar tizimida o'zini to'laroq namoyon etadi.
Xalqimiz o'zining boy va uzoq tarixi davomida juda ko'p voqyea, hodisalarni boshidan kechirgan, bu o'z-o'zidan uning moddiy, ma'naviy madaniyatida, ijtimoiy-iqtisodiy va ruhiy hayotida sezilarli iz qoldirgan. Tolerantlik va milliylikka shunday bir hodisa sifatida qarash kerakki, ular bir joydan ikkinchi joyga ko'chish yoki joriy etish yo'li bilan, bir necha yilda o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmagan, u tarix mahsulidir. Bu hodisalarning ildizini xalqimiz olis tarixining qaridan izlash lozim bo'ladi.
Mamalakatimizning Birinchi Prizidenti I.A.Karimov bu haqida shunday yozadi: "Agarki mendan, hozirgi kunda ma'naviyatimizni asrash uchun nima ish qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo'yish kerak, deb so'rasa, men avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o'zligini anglagan, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug' ajdodlarimizning merosini chuqurroq o'zlashtirishi, bugungi tez o'zgarayotgan hayot voqyeligini ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o'zgarishlarga dahldor tuyg'usi bilan yonishi zarur, deb javob bergan bo'lardim" [4].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIY
Tabiiyki, bu jarayonda yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalash hamda, milliy mafkura va mustaqillik g'oyalariga asoslangan holda shakllantirish va bo'yitib borishda sharq mutafakkirlarining tolerantlik haqidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada o'z asarlarida bag'rikenglikka asos bo'luvchi axloqiy mezonlarni targ'ib va tashviq qilgan buyuk nom sohiblaridan biri "Tanbeh g'ofiliyn"
va "Bo'ston ul-orifiyn" asarlari muallifi Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiydir(910-1003). Ko'pchilik zamondoshlarimiz bu muttafakkirning nomini Alisher Navoiy tomonidan yozilgan tarjimaiy hol orqali eslaydi [5]. Abu Lays as-Samarqandiyning merosi bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, faqat insongagina ato etilgan axloqiy go'zallik bo'lmish bag'rikenglikni tadqiqi, tahlili va talqiniga bag'shlangan. Bag'rikenglik sifatlari yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirish dolzarb masalalardan biri bo'lib turgan hozirgi davrda, bu kabi muttafakkirlar ta'limotini o'rganish yanada muhimdir. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan keyin bu asarlarning naqadar qimmatli ekanligini, ular asl-milliy-mintaqaviy qadriyatlar to'g'risida xikmat ekanligiga ishonchimiz komil bo'ladi. Ularda ilgari surilgan muhr-muruvat kechirimlilik kabi insoniy bag'rikenglik sifatlari hozirgi kun yoshlari tarbiyasida muhim o'rin tutmoqda [6] . Zero, Birinchi Prizidentimiz aytganlaridek, "Har qaysi inson, millati, tili va dinidan qatiy nazar, bu dunyoga baxtli yashash uchun keladi. Bunday yuksak orzuga yetishishning sharti va garovi bo'lgan omillar ko'p. Lekin ular orasida hayotimizga ma'no mazmun beradigan, uni ya'nada yorug' va fayzli qiladigan bir omil borki, u ham bo'lsa odamning o'z uyi, o'z yurtini har tomonlama go'zal va obod qilib, undan o'zi mamnun bo'lib, rozi bo'lib yashashida yaqqol namayon bo'ladi" [7]. Bularning barchasi ko'ngil obodligidan boshlanadi. Ko'ngil obodligi esa, uning bag'rikenglik, murosasozlik, kechirimlilik kabi fazilatlaridan namoyon bo'ladi. Halqimizning bag'rikenglik fazilati mamlakatimizda ijtimoiy siyosiy mustaqilligimizni mustahkamlash, O'zbekiston barqarorligi va taraqqiyotining muhim omillaridan xisoblanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Biz o'z tadqiqotlarimizda talaba yoshlarda bag'rikenglik tamoillarining xulq-atvorda namoyon bo'lishini o'rganish maqsadida, K.Tomasning "Xulqni tasvirlash" testini o'tkazdik. Test natijalar quyidagi jadval ko'rinishida namoyon bo'ldi(1-jadval).
Xulqni tasvirlash testi natijalari.
1-jadval
Raqobatchilik Hamkorlik Kelishuvchanlik Ziddiyatdan qochish Moslashuv-chanlik
N 5 18 22 4 1
% 10% 36% 44% 8% 2%
Xulqni tasvirlash testi natijalarming diagramma ko'rmishi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra 44 foiz talabalar kelishuvchanlik sifatlarini namayon qilishgan. Bundan ko'rinib turibdiki, talabalarda tolerantlikning kelishuvchanlik xulqi ustunligi, ular bir-birlarini fikrlarini qo'llab-quvvatlashi, psixologik tomondan bir-biriga mos tushganligidan hamda ijtimoiy munosabatlarda psixologik iqlimning sog'lomligidan dalolat beradi.
Hamkorlik tolerantlikni belgilab beruvchi sifat bo'lib, bu sifat talabalarning 36 foizini tashkil qiladi. Talabalardagi hamkorlik sifatlari nafaqat o'qish faoliyatida, balki o'qishdan tashqari o'zaro munosabatlarda ham nomayon bo'lmoqda. Bu esa ular xulqidagi tolerantlikning yana bir ko'rinishi bo'lib xisoblanadi.
Raqobatchilik 10 foiz talabalar tomonidan ko'rsatilgan bo'lib, bu holat kuzatish va suhbat davomida, talabalar jamoasida sog'lom raqobat ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Ziddiyatdan qochish 8 foiz belgilagan bo'lib, respondentlarning bu sifatlarni tanlashlariga ularning yosh xususiyatlari sabab qilib ko'rsatishimiz mumkin.
Moslashuvchanlikning 2 foiz talabalar belgilashgan. Bu esa ularda moslashish xususiyati mavjud ekanligini, yangi muhitga o'rganish, yangi do'stlarga moslashish imkoniyati mavjud ekanligini ko'rsatadi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, talaba yoshlar faoliyati jarayonida o'zaro munosabatlarda yuqori tolerantlik darajalarini "Kelishuvchanlik" va "Hamkorlik" xususiyatlarini ega ekanligini namoyon qildi. Bu esa talaba yoshlar ruhiyatida tolerantlikning o'ziga xos tarzda shakllanganligidan dalolat beradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Bizning nazarimizda, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashni quyidagi yo'nalishlarda olib borilsa yanada maqsadga muvofiq bo'lar edi.
1. Inson huquqlari haqidagi qonunlarni o'rgatish.
2. Odamlar bilan muomala qilish madaniyatini o'rgatish.
3. O'zini vazmin tuta olishni o'rgatish.
4. Millatlararo muomala madaniyatini o'rgatish.
Shu ruhda tarbiyalangan yoshlar vatanparvarlik, bag'rikenglik, o'zgalarni hurmat qilish, mas'uliyatni sezish kabi xususiyatlarga ega bo'ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yoshlarni tolerantlik ruhida tarbiyalashda, milliy mafkurra va mustaqillik g'oyalariga asoslangan holda shakllantirish hamda ularda vatanparvarlik, insonparvarlik, iymon, vijdon halollik, poklik mehnatsevarlik, ishbilarmonlik, singari xislatlarni shakllantirish, har bir fuqoroning mustaqillikning ongli fidoisiga aylantirishda sharq muttafakkirlarining bag'rikenglik haqidagi qarashlari mug'im ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. https://yuz.uz/news/manaviyat--yangi-uygonish-sari-yol
2. Usmonova M. D., Ibrohimova G. A. EDUCTION OF CULTURE OF TOLERANCE IN A NATIONAL CHARACTER //Psixologicheskoye zdorovye naseleniya kak vajntiy faktor obespecheniya prosvetaniya ob^yestva. - 2020. - S. 174-176.
3. Usmonova M. D., Parpiyev O. A. PROBLEM OF PSYCHOLOGICAL HEALTH IN EDUCATION //Psixologicheskoye zdorovye naseleniya kak vajntiy faktor obespecheniya prosvetaniya ob^yestva. - 2020. - S. 287-289.
4. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.-T.: Ma'naviyat, 2008
5. Alisher Navoiy. Mahbub-ul qulb. T.:1983;
6. Abdulazizova X. M., Usmonova M. D. PSYCHOLOGICAL HEALTH IN CHOICE OF PROFESSION //Psixologicheskoye zdorovye naseleniya kak vajntiy faktor obespecheniya prosvetaniya ob^yestva. - 2020. - S. 234-236.
7. Birinchi Prezident I.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi.