Научная статья на тему 'TALABA-YOSHLARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘RNI'

TALABA-YOSHLARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
106
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy harakatli o‘yinlar / dars va o‘quv to‘garaklar / jismoniy tarbiya / badantarbiya / o‘yinlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Abdusamat Abdumalikovich Umarov, Zulxumor Urinboyevna Umarova

Talaba-yoshlarning jismoniy harakatlariga bo‘lgan talabini milliy va harakatli o‘yinlar orqali rivojlantirish mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarida milliy xalq harakatli o‘yinlaridan samarali foydalanish kerak. Shuni etirof etish milliy xalq o‘yinlaridan dars va o‘quv to‘garak mashg’ulotlarida talaba-yoshlarni komil inson va jismonan sog’lom kadrlar bo‘lib tarbiyalanishida muxim axamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA-YOSHLARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA HARAKATLI O‘YINLARNING O‘RNI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TALABA-YOSHLARNI JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MILLIY VA HARAKATLI O'YINLARNING O'RNI

Abdusamat Abdumalikovich Umarov Zulxumor Urinboyevna Umarova

Qo'qon davlat pedagogika instituti Qo'qon davlat pedagogika instituti Sport

Jismoniy madaniyat metodikasi kafedrasi va harakatli o'yinlar kafedrasi dotsenti professori

ANNOTASTIYA

Talaba-yoshlarning jismoniy harakatlariga bo'lgan talabini milliy va harakatli o'yinlar orqali rivojlantirish mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarida milliy xalq harakatli o'yinlaridan samarali foydalanish kerak. Shuni etirof etish milliy xalq o'yinlaridan dars va o'quv to'garak mashg'ulotlarida talaba-yoshlarni komil inson va jismonan sog'lom kadrlar bo'lib tarbiyalanishida muxim axamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Milliy harakatli o'yinlar, dars va o'quv to'garaklar, jismoniy tarbiya, badantarbiya, o'yinlar.

Bugungi kunga kelib Respublikamizda barcha sohalar singari jismoniy tarbiya va sport sohasi ham jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Respublikamizning chekka qishloqlarida zamonaviy ochiq va yopiq inshootlarning qurib bitkazilayotgani va aholi ixtiyoriga foydalanish uchun topshiralayotgani fikrimizning yaqqol ifodasi hamda isbotidir.

Bunday shart - sharoitlarning hukumatimiz tomonidan yaratib berilishi o'sib kelayotgan yosh-avlodni jismonan sog'lom va barkamol o'sib ulg'ayishi, ma'nan etuk bo'lib tarbiyalanishi, sog'lom fikrlaydigan hamda Vatanga sadoqat ruhida kamol topishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Yaratib berilayotgan bunday shart-sharoitlar jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning ma'suliyatini oshiradi va katta vazifalarni yuklaydi.

Tarbiya xam, eng avvalo, oilada, donolar fikricha, xatto ona qornida boshlanadi. Qadimdan ota-onaning zimmasida o'z farzandlarini har tomonlama mukammal qilib tarbiyalash vazifasi turgan. Oilada qiz bola tarbiyasiga aloxida e'tiborliroq bo'lishga to'g'ri kelgan.

Bugungi kunga kelib o'zbek xalqining, ayniksa talaba-yoshlarning milliy xususiyatlari, urf-odatlari, qolaversa o'zbekona ma'naviy-ma'rifiy qiyofalari jamiyatimiz tarakkiyotida muxim o'rin tutadi. Sog'lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazish, Vatanga sadoqatini shakillantirishda onalarning roli bebaxodir. Bundan jismoniy tarbiya jarayonlarining xam ma'lum xissasi borligini inkor etib bo'lmaydi. Shu sababli, maxalliy talaba-yoshlarni jismoniy tarbiya mashqlari bilan

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

doimiy ravishda shug'ullanishga odatlantirish eng muximdir. Talaba-yoshlarning milliy xususiyatlari, ularini sog'lomlashtirish, jismoniy, ma'naviy va aqliy rivojlantirishga katta etibor qaratilgan.

Xalqimiz a'zal-a'zaldan jismoniy tarbiya va sportni sevadigan xalqi-qadim urf-odatlarini, ming yillik an'analarini asrlar osha ko'z qorachigidek asrab-avaylab, boyitib kelayotgan xalq yigitlari Alpomishdek paxlavon, qizlari Barchinoydek. Ilmiy meroslarida jismoniy tarbiya va xozirgi sport turlari nazariy jixatdan o'z ifodasini topgan. Ibn Sino badantarbiyani boshlash va to'xtatish fursati xaqida gapirib, "Badantarbiya boshlanish vaqtida badan toza bo'lishi, ya'ni ichki a'zolarda va tomirlar yomon etilmagan narsalar bo'lmasligi kerak.

Chunki badantarbiya ularni butun gavdaga tarqatishi mumkin", deydi. Mutloqo to'ygan holatda va juda ochlikda jismoniy harakatlar kilish zararli ekanligini ta'kidlaydi. Ulug' xakim yil fasllarini qaysi vaqtlarida badantarbiya mashqlari bilan shugullanish darkorligini aniq ko'rsatib beradi. Chunki u kishi organizmga xar faslning o'ziga xos ta'sir qilishi va organizmda sodir bo'ladigan o'zgarishlarni chuqur taxlil qila olgan.

Bayoniy asarlarida inson kamolatlari, sog'likni saqlash bo'yicha qimmatli fikrlar bildirilgan. Ularning namunalaridan talaba-yoshlarning jismoniy tarbiya darslarida va mashg'ulotlarda xabardor etib borish kerak. Chunki ma'naviy-madaniy qadriyatlarni oshiruvchi turli mashqlar, xozirgi yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda xizmat qila oladi. Salomatlik-bu odam organizmning xech qanday kasalliklar alomatsiz xolati bulib organizm funktstiyalarining tashki muxit bilan muvofiklashuvidir. Odam inso salomatlik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past v yuqori harakatdagi jismoniy ishlariga bo'lgan chidamliligi xam shunchalik barqaror bo'ladi. Bu o'rinda jismoniy tarbiya va sport xar bir inson uchun bebaxo chiniqish maktabidir.

Talaba-yoshlarning jismoniy harakatlariga bo'lgan talabini milliy harakatli o'yinlar orqali rivojlantirish mumkin. Shuning uchun jismoniy tarbiya darslarida milliy xalq harakatli o'yinlaridan samarali foydalaish kerak. Bizga ma'lumki o'zbek xalq o'yinlarining barchasi farzandlarimizni sog'lomlashtirish, jismoniy, ma'naviy va aqliy rivojlangirishga qaratilgan. Kelajakda sog'lom, jismonan baquvvat mexnatkash, bilimli, irodali, chidamli, xarqanday xayot qiyinchiliklarini mardona engan oladigan bo'lishga katta yordam beradi, Talaba-yoshlarning imkoniyatlarini va jismoniy tayyorlik darajasini xisobga olib, xar xil o'zbek xalq o'yinlaridan foydalanish yoki o'yinlarni o'zgartirish va ularga qo'shimchalar kiritish mumkin.

Har bir harakatli o'yin o'zining mazmuni shakli va metodik xususiyatiga egadir. Harakatli o'yinlarni mazmuni quyidagilardan iborat: mavzu yoki mazmun (ifodali

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yoki shartli o'ylab qo'yilgan ish, o'yin rejasi) maqsadga erishish uchun o'yinga kiradigan, harakat va qoidadir.

Harakatli o'yinlarni shakli - qo'yilgan maqsadga erishish usullarini keng tanlash imkoniyatiga ega bo'lishi, o'yin qatnashchilarini harakatini tashkil qilishdir. O'yin qatnashchilari bir xil o'yinlarda o'zining shaxsiy qiziqishlariga erishish uchun yakka yoki gurux bo'lib harakat qiladilar boshqalarida esa o'zlarining jamoalarini, o'zlarining jamoalarini qiziqishlarini ximoya qiladilar. Shuningdek o'yin uchun o'ynovchilar har xil tuzilishda yoki shaklda turadilar (sochilib yoki tarqalib, doirada, safda, qatorda).

Shu orqali o'yinlarning bir xilligi engib o'tiladi, ularning evaziga jismoniy tarbiya jarayonining zerikarli va bir xil tusda o'tishiga yo'l qo'yilmaydi. Musobaqalashuv - o'yin uslubi talaba-yoshlarning emostiyalarini ishga solish hisobiga mashg'ulotlarda harakat faoliyatini follashtirishning tekshirilgan vositasi hisoblanadi. Jismoniy rivojlanishda ancha yuqori ko'rsatgichlarga erishishga imkon yaratadi, mashg'ulotlarning o'zini esa qiziqarli qiladi.

Milliy harakatli o'yinlarning axamiyati talaba-yoshlarda muayyan jismoniy sifatlarni xosil qilish va ularni takomillashtirish bilan cheklanmaydi. Milliy harakatli o'yinlar talaba-yoshlarda intizomlilik, jamoada o'zini tuta bilish va o'z obro'si uchun kurashish, o'rtoklariga beg'araz yordam berish kabi fazilatlarni xam shakllantiradi. Milliy va harakatli o'yinlarni o'tkazish jarayonida ularning bir xil bo'lib qolishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Aks holda talabalarning o'yinga bo'lgan qiziqishi kamayib boradi. O'yin o'tkazilgandan so'ng ularni talabalar bilan birgalikda muxokama kilish keyinchalik shu o'yinlar takrorlanayotgan vaqtda boshqaruvchilik roli eng faol talabaga toptirish maksadga muvofiqdir.

O'yinlarni o'tkazish davomida o'qiguvchi talabalarning xatolarini ta'kidlab turishi kerak. Milliy xalq o'yinlarining ko'pchiligini ochik havoda o'tkazishga harakat kilish kerak. Shuni etirof etish joizki talaba-yoshlar o'z salomatliklari uchun zarur sharoit va imkoniyatlardan foydalanib, mexnat qilish xamda yashash uchun tinmay kurashadilar. Yashash va mexnat kilish doim sog'lom bo'lishlikni taqozo etadi. Talaba-yoshlar ayniksa oliy o'quv yurtlarida ta'lim oladigan maxalliy yoshlarning istak va xohishlariga qarab xozirgi kunda jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o'tkazish muxim axamiyat kasb etadi. Milliy va harakatli o'yinlaridan dars va o'quv to'garak mashg'ulotlarida samarali foydalanish mustakil Respublikamiz talaba-yoshlarini komil inson va jismonan sog'lom kadrlar bo'lib tarbiyalanishida muxim axamiyatga ega. Bundan tashqari talaba-yoshlarda milliy va harakatli o'yinlarining jismoniy tarbiya darslarida ko'llanilishi talablarining o'z milliy madaniyatiga bo'lgan qizikishni yanada kuchaytiradi xamda yosh avlodni uz Vatanini sevishga, milliy qadriyatlarimizni kuz qorachigidek asrashga va Vatanimizni har xil

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

oqimlardan ximoya qilishga ya'ni ularga qarshi imunitetni shakllantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Umarova Zulxumor Urinbayevna. "Issues of improving sports training."International journal of social science & interdisciplinary research 11.09 (2022): 167-168.

2. Дехканова М. О., Умарова З. У., Ш. Набиева. "Вертикальная механическая работа в аспекте оценки техники бега." Учёный XXI века 6-2 (19) (2016): 16-19.

3. Умарова, Зулхумор Уринбоевна. "Формирование здорового поколения как основная социально-педагогическая проблема. " Исследование инновационного потенциала общества и формирование направлений его стратегического развития. 2014.

4. Umarova Zulxumor Urinbaevna., Umarov Abdusamat Abdumalikovich. "Physical development of youth in preschool education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.4 (2022): 405-406.

5. Umarov Abdusamat Abdumalikovich. "TYPES AND METHODS OF NUTRITION OF ATHLETES." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.9 (2022): 605-610.

6. Umarova ZU., Rakhimov Sh.M., Kuvvatov U. T. "Sports and Great Heroes." Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress 1.4 (2022): 141-143.

7. Умарова Зулхумор Уринбоевна. "Особенности тактической подготовки в современном гандболе." Актуальные научные исследования в современном мире 6-5 (2020): 159-162.

8. Умарова З.У., Одилова И. "Особенности выбора нагрузок в начальной спортивной подготовки юных спортсменов." В номере (2019): 33.

9. Умарова З.У., Ш.Эргашев. "Анализ физических образовательных учреждений для исследования состояния физического образования." Актуальные научные исследования в современном мире 5-3 (2018): 166-171.

10. Умарова З., ШодиевЭ. "Педагогические проблемы преподавателей физической культуры при подготовке к формированию у учеников навыков здорового образа жизни." Актуальные научные исследования в современном мире 5-3 (2018): 159-165.

11. Talipdjanov Alijan Akramovich, and Akhmedova Nargiza Alidjanovna. "Teaching of the national sports center of wrestling in higher education." International journal of social science & interdisciplinary research 11.11 (2022): 178-186.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

12. Talipdjanov, A. A., Axmedova N. A., ""UzBridge" электрон журнали."

13. Talipdjanov Alijan Akramovich, and Akhmedova Nargiza Alidzhanovna. "Pedagogical conditions for the formation of sports motivation." International journal of social science & interdisciplinary research 11.11 (2022): 107-115.

14. Umarov A.A., L. I. Kutyanin. "New defoliants: search, properties, application." Chemistry (2000).

15. Умаров А.А "Сущность и содержание предстартовой мышечной работы спортсмена как способ подготовки к учебно-тренировочным занятиям и соревнованиям." Физическая культура и спорт в системе физического воспитания образовательных учреждений. 2021.

16. Умаров А. А., Назаров А. Т. "Отношение к физической культуре и спорту студентов и школьников." Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук (2020): 130.

17. Yakubjonova F.I., Umarova Z. U., Mo'ydinov SH.M. "Jismoniy mashqlar orqali tennischilarning chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish uslubiyati." International scientific and practical conference the time of scientific Progress: (2022): 50-55.

18.Yakubjonova F. I., Axmedov U. U., Mo'ydinov SH.M. "Jismoniy tarbiya o'qituvchilarinrng pedagogik mahorati oshirish omillari." International scientific and practical conference "the time of scientific Progress: (2022): 56-61.

19. Yakubjonova F.I., Umarova Z. U., Dekhkanov B.B., "New technologies for the development of strength qualities Youth." International journal of social science & Interdisciplinary research issn: 2277-3630 Impact factor: 7.429 (2022): 220-224.

20.Yakubjonov Ikrom Akramjonovich. "Modern Requirements For Teaching Discipline "Sports" In Higher Education." The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research 3.02 (2021): 21-23.

21. Yakubjonov Ikrom Akramjonovich, "Monitoring of sports and mass health sports events in our country." Asia pacific journal of marketing & management review 11.11 (2022): 200-203.

22. Yakubjonov Ikrom Akramjonovich, "Methodology for organizing and conducting sports events." International journal of social science & interdisciplinary research 11.09 (2022): 197-201.

23. Икром Якубжонов "Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy madaniyat." Общество и инновации 2.2/S (2021): 688-691.

24. Alikulov A.A., Yakubjonova F. I., Xatamov Z. N. "Technologies for developing of future physical education teachers through media education tools." Academicia: an international multidisciplinary research journal 11.2 (2021): 885-890.

25. Xatamov Z. N. "The use of modern educational technologies in the organization of physical education is a guarantee to increase the effectiveness of

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

education." Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal 11.10 (2021): 477-480.

26. Хатамов З.Н. "Педагогические условия формирования спортивной мотивации." International scientific and practical conference "the time of scientificprogress (2022): 32-45.

27. Xatamov Z N., Akhmedova N. A. "Social and pedagogical function of sport in spiritual development of youth." International journal of social science & interdisciplinary research 11.11 (2022): 255-260.

28. Хатамов З.Н., Ахмедова Н. А. «Значение путешествий и туризма в формировании здорового образа жизни у учащихся начальных классов». Международный журнал социальных наук и междисциплинарных исследований 11.11 (2022): 81-86.

29. Xatamov Z N. "Special physical of students of higher education preparation." Educational Research in Universal Sciences, 1(3), (2022): 151-157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.