Научная статья на тему 'TALABA-YOSHLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI'

TALABA-YOSHLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
186
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Shodmonova Sh.S., Abdunazarova Z., Xamrayeva Q.X.

Ushbu maqolada talaba yoshlarda reproduktiv salomatlikni shakllantirish omillari va ularning mazmuni va mohiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib talabalarni reproduktiv salomatligini shakllantirishga oid tushunchaning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABA-YOSHLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI»

TALABA-YOSHLARDA REPRODUKTIV SALOMATLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Shodmonova Sh.S.

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika kafedrasi pofessori, Abdunazarova Z.

TDPUShahrisabzfiliali o'qituvchisi Xamrayeva Q.X.

Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi

Ännotatsiya: Ushbu maqolada talaba - yoshlarda reproduktiv salomatlikni shakllantirish omillari va ularning mazmuni va mohiyatini yoritishga qaratilgan bo'lib talabalarni reproduktiv salomatligini shakllantirishga oid tushunchaning o'ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilingan.

Annotation: This article is aimed at elucidating the factors of formation of reproductive health in üudents and young people and their content and essence, and tried to illuminate the specific features of the concept offormation of reproductive health of üudents

Аннотация: Данная статья направлена на выяснение факторов формирования репродуктивного здоровья у студентов и молодежи, их содержания и сущности, а также попыталась осветить особенности концепции формирования репродуктивного здоровья у студентов.

O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev BMT boshAssambleyasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: "Bizning asosiy vazifamiz -yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz", - degan fikrlari talabalarning sog'lom turmush tarzini tarkib toptirish orqali ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash yo'nalishida bir qator aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilashga asos bo'ladi.

Demak, sog'lom avlodni shakllantirish jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish negizida amalga oshriladi. Buning uchun esa jamiyatning har bir a zosi sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yishi, salomatlikni madaniyatlilikning bir ko'rinishi sifatida qabul qilish lozim. Yoshlar hayotida, yurish-turishida ham mana shunday yangicha tafakkurning shakllantirilishi bu boradagi barcha muammolarga yechim bo'lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirish o'ziga xos ahamiyatga ega. Buning uchun talaba- yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirishda quysidagilar asosiy komponentlar sifatida xizmat qiladi.

- yoshlarning tibbiy madaniyat darajasini oshirish;

- sog'lom oila qurishga intilishni shakllantirish;

- OITS, giyoxvandlik, kashandaliva boshqa zararli odatlarga qarshi kurash bo''yicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish sifatida belgilandi.

Ma'lumki, reproduktiv so'zi lug'aviy ma'nosi lotincha so'z bo'lib, tiklanish, takrorlanish, produco - yarataman manosini anglatadi. Reproduktiv - biologiyada organizmning o'ziga o'xshash organizmlarni yaratishi, ko''payishi manosini bildiradi. Reproduktiv salomatliesa - ayolning qachon va qanday sharoitda ona va undan tug'ilajabolaning ham salomatligi uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish bilan bog'liq bo''lgan salomatliko''rinishidir. Reproduktiv madaniyat tushunchasi reproduktiv salomatlikka qaraganda kengroq masalalarni qamrab oladi. Bunda asosiy etibor shaxsning reproduktiv salomatliborasidagi nazariy bilimlarining amaliy ifodasi, shuningdek, oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funktsiyasining to'laqonli anglashi bilan bog'liq savodxonlidarajasiga qaratiladi.

Talaba-yoshlardareproduktivmadaniyatnishakllantirishmanaviy-ahloqiybarkamol shaxs, yetuk mutaxassisni tarbiyalashda, shuningdek, respublikamiz aholisining milliy, demografik, ekologik, etnopsixologixususiyatlarini hisobga olgan holda, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, aholining bir maromda o'sishi va rivojlanishi yani demografik mo'tadillikni taminlashga ham xizmat qiladi.

Demografiya (grekcha demos - xalq, grapho - yozaman) aholini ko'payishi qonuniyatlari haqidagi fan bo''lib, aholining tabiiy ko''payishi yoshlar bo'yicha jinsiy, tarkibiy qismlarini o''rganishga qaratilgan.

Shunga ko'ra, yoshlar salomatligini muhofaza qilish, yoshlarda reproduktiv madaniyatni shakllantirish imkoniyatlari deklarativ jihatdan ko'rsatib berilgan. Shu nuqtai nazardan yondoshadigan bo'lsak, bizning nazarimizda talaba-yoshlardagi reproduktiv madaniyatning shakllantirishning asosiy komponentlari va yo'nalishlarini quyidagicha belgilash maqsadga muvofiqdir:

- qizlarni oilaviy hayotga ruhiy, jismoniy va tibbiy jihatlardan tayyorlash;

- talaba-yoshlarda sog'lom turmush tarzi va reproduktiv madaniyatning o''zlashtirishiga erishish;

- oila, mahalla, talim muassasalari, NNT, ommaviy axborot vositalari va tibbiyot xodimlari hamkorligida tashviqot-targ'ibot ishlarini amalga oshirish.

Talabalarda sog'lom turmush tarzi ko'nikmalarini shakllantirish murakkab jarayon bo'lib bo'lib, u unumli mehnat qilish, faol dam olish, sport bilan doimiy shug'ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy kasbiy va psixogigienaga rioya qilish, to'g'ri ovqatlanish, zarurli odatlardan o'zini tiyish, har yili shifokor ko'rigidan o'tib turish va sog'lom oilani shakllantirishda o'z ifodasini topadi. Shuningdesog'lom turmush tarzi bu shaxsning sog'lom oilani shakllantirish va sog'lom farzand ko'rish bilan bog'liq bo'lgan ko''nikmalarida ham o'z ifodasini topadi. Bugungi kunda oliy talimda talaba-yoshlarni intelektual, kasbiy, ahloqiy, madaniy rivojlanish talablarini qondirishda ulardagi sog'lom turmush tarzi, borasidagi bilim, ko''nikmalarni, reproduktiv madaniyatni shakllantirish ta'lim maqsadlarining asosiy qismi bo''lib hisoblanmoqda. Ilmiy-texnik taraqqiyot

yutuqlaridan keng foydalanib kelinayotgan hozirgi zamonda onalar xa^aliklari, bolalar o'limi, zaif, nogiron bolalarning tug'ilishi miqdorining ortib borayotganligi, onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi kabi noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita oila masalalariga, onalar va bolalar salomatligiga, sog'lom onalardan sog'lom farzandlarning tug'ilishi masalasiga alohida etibor berishni, yoshlarni, hali oila qurib ulgurmasdanoq ularni oilaviy hayotga har tomonlama tayyorlash bilan bir qatorda ularda oilada farzandlarning dunyoga kelishi va shu bilan bog'liq masalalarga oid ilmiy asoslangan bilimlarini o'z vaqtida va yuqori saviyada berishni taqozo etadi.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson sog'ligining 20-25% atrof-muhit ta'sirida, 20% nasliy omillar asosida, qolgan 55% har-xil sabablar, o'z sog'ligi turmush tarziga bo''lgan e tibori ta sirida shakllanar ekan. Sihat-salomatlimuammolari bo'yicha keltirilgan mazkur dalillar shaxsning sog'lom turmush tarzi borasidagi tasavvurlari, savodxonlidarajasi shaxsning o'sib, voyaga yetishida asosiy omil ekanligini isbotlaydi.

Sihat-salomatli shaxsning ijtimoiy biologio'sish jarayonidagi asosiy omil bo''lib hisoblanadi. Mazkur tushuncha tahliliga adabiyotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, V.Dal lug'atida "Sihat-salomatli- bu organizmning tirikliholati, kasallikning yo'qligi" deya izohlansa, butun jahon salomatlikni saqlash tashkiloti salomatlitushunchasining quyidagi tarifini taklif qiladi, yani: "Salomatli- bu nafaqat kamchiliklar va kasalliklarning barham topishi, balki uni to'liq jismoniy, ruhiy va ijtimoyi-manaviy, muvaffaqiyatli muhofaza qilishdan iboratdir"

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Musurmonova O. Oila ma'naviyati -milliy. O'quv qo'll. T.: "O'qituvchi", 1999

2. Safarov O., Mahkamov M. Oila ma'naviyati. Uslubiy qo'llan. T.: "Ma'naviyat", 2009.

3. Xasanboyeva O. Oila pedagogikasi darslik T.: "Aloqachi, 2007.

4. Shoumarov G'.B. va boshqalar. Oila psixologiyasi. Darslik T.: "Sharq" 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.