Научная статья на тему 'Tabrik nutqining xususiyati'

Tabrik nutqining xususiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1490
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
tabrik nutqi / til boyligi / ko‘pchilik kayfiyati / tantanalar / bayramlar / tug‘ilgan kun tabrigi / soz kuchi / shaxs va hodisalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’Zal Erkinovna Xalikulova

Turli tadbirlarda bayramlarda, yubileylarda, to‘ylarda, tantanalarda, tug‘ilgan kunlarda so‘zlanadigan nutq tabrik nutqi hisoblanadi. Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko‘rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham bu nutq ko‘tarinki, tantanali ruhda so‘zlanadi. Til boyligidan ham shunga mos foydalaniladi. Tabrik nutqida ham notiq turli dalillardan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini ko‘rsatishga qaratiladi. Notiq dalil sifatida uning tarjimai holidan, ijodidan, ishlaridan parchalar keltirishi mumkin. Tabrik nutqida xilma xil shakllardan, usullardan foydalansa bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Tabrik nutqining xususiyati»

Tabrik nutqining xususiyati

Go'zal Erkinovna Xalikulova

Annotatsiya: Turli tadbirlarda - bayramlarda, yubileylarda, to'ylarda, tantanalarda, tug'ilgan kunlarda so'zlanadigan nutq tabrik nutqi hisoblanadi. Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko'rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun ham bu nutq ko'tarinki, tantanali ruhda so'zlanadi. Til boyligidan ham shunga mos foydalaniladi. Tabrik nutqida ham notiq turli dalillardan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini ko'rsatishga qaratiladi. Notiq dalil sifatida uning tarjimai holidan, ijodidan, ishlaridan parchalar keltirishi mumkin. Tabrik nutqida xilma xil shakllardan, usullardan foydalansa bo'ladi.

Kalit so'zlar: tabrik nutqi, til boyligi, ko'pchilik kayfiyati, tantanalar, bayramlar, tug'ilgan kun tabrigi, soz kuchi, shaxs va hodisalar

Characteristics of congratulations

Gozal Erkinovna Khalikulova

Abstract: A speech delivered at various events - holidays, anniversaries, weddings, celebrations, birthdays - is a congratulatory speech. The congratulatory speech is aimed at showing the positive qualities of the persons and events mentioned in the speech, praising them. That is why this speech was delivered in an upbeat, solemn spirit. Accordingly, linguistic wealth is used. In a congratulatory speech, the speaker also uses various arguments. These reasonings are oriented towards showing the qualities of the person whose speech is called upon. As evidence, the speaker can cite excerpts from his biography, writings, works. In a congratulatory speech, various forms and techniques can be used.

Keywords: congratulatory speech, richness of language, mood of the crowd, celebrations, holidays, birthday greetings, power of speech, personality and events

Tabrik nutqi haqida gap ketganda ko'pchilikning kayfiyati ham boshqacha bo'ladi. Chunki, turli tadbirlarda - bayramlarda, yubileylarda, to'ylarda, tantanalarda, tug'ilgan kunlarda so'zlanadigan nutq tabrik nutqi hisoblanadi. Tabrik nutqi nutq atalgan shaxs va hodisalarning yaxshi xususiyatlarini ko'rsatishga, ularni maqtashga qaratilgan bo'ladi. Shuning uchun ham bu nutq ko'tarinki, tantanali ruhda so'zlanadi. Til boyligidan ham shunga mos foydalaniladi.

Tabrik nutqida ham notiq turli dalillardan foydalanadi. Bu dalillar nutq atalgan shaxsning fazilatlarini ko'rsatishga qaratiladi. Notiq dalil sifatida uning tarjimai holidan, ijodidan, ishlaridan parchalar keltirishi mumkin. Tabrik nutqida xilma xil shakllardan, usullardan foydalansa bo'ladi. Ammo haqiqatdan uzoqlashmaslik kerak. Tabriq nutqi hajm jihatdan ixcham, maxzmunga boy bo'lib, tinglovchining vaqtini ko'p olmasligi lozim. Xullas, imkoniyatlar katta. Ammo nutq so'zlaganda me'yordan chetga chiqib ketmaslik kerak. Masalan, Respublikamizda bayram deb belgilangan sanalarda katta tadbirlar o'rkaziladi. Bulardan biri "Navro'z" xalq bayramidir. Bu bayram yurtimizning har go'shasida bo'lib o'tadi. Juda ko'p tabrik nutqlar xalqimizning yetakchi kishilari tomonidan aytiladi. Masalan, "Navro'z - tabiat bayrami, borliqningyangilanishi, yasharish va odamlarni mehrli bo'lishga, rizq-ro'z yaratishga undovchi ezgulik, yilboshi ayyomidir. Ajdodlarimiz bir oy davom etadigan Navro'zni sog'inch va intiqlik bilan kutganlar. Ular Navro'zga qadar bog'-rog'larni, ariq-zovurlarni tozalaganlar, omoch-bo'yinturuqlar va aravalarni sozlab shay qilganlar, ko'chat va sara urug'larni hozirlaganlar. Navro'zga atab bug'doy undirishgan, ayollar mehr bilan sumalak pishirganlar, shirin orzu-tilak va niyatlar qilganlar. Yolg'iz qolgan ota-onalarga, yetim-yesirlarga, nogironlarga muruvvat ko'rsatganlar. Qabrlar ziyorat qilinib, o'tganlar ruhini shodetganlar.

Xalq sayllari o'tkazganlar. Ularda chavondozlar bellashuvi, xalq laparlari, askiya, qiziqchilik, mas 'harabozlik bayramga yana fayz kiritgan. Hurmatli do'stlar! Farzandlarimizning baxtli saodatli hayot kechirishi yo'lida, yaxshi yashash yo'lida, davlatimizning taraqqiyoti yo'lida, dasturxonimizning to'kin-sochin bo'lishi yo'lida tinimsiz mehnat qildingiz. Bugungi yutuqlarimizni qo'ldan boy bermay halol mehnat qilishdan xormang-tolmang aziz Vatanimiz jonkuyarlari. Navro'z ayyomingiz barchangizga muborak bo'lsin!

Demak, notiqning ommabop nutqi va tili sodda, tushunarli bo'lishi talab qilinar ekan, uning sifatini oshirishda ham ba'zi omillarga e'tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi:

ona tili imkoniyatlaridan samarali foydalanish; nutqni til qoidalariga bionoan to'g'ri tuzish; talaffuzning tiniqligiga e'tibor berish; ifodali so'z tanlash.

Nutq sintaktik qurilishining o'ziga xosligi: jumlalarning sodda va qisqaligi; sintaktik qurilishining nisbatan erkinligi; turli savollar qo'yish; nutqning dialog uslubi;

undovlar, takrorlar, gap bo'laklari tartibini o'zgartirish (inversiya).

Xulosa o'rnida Kaykovusning "Qobusnoma" kitobida yozilgan ushbu nasihatni keltirish mumkin. "Ey farzand, so'zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so'zlaganingda ma'noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so'zning qanday ma'noga ega ekanini bilmasang, qushga o'xshaysan, bunday qushni to'ti deydilar. Sen shunday so'zlaginki, xalqqa tushunarli bo'lsin. So'zni juda qimmatli deb bilgil, chunki so'z xor narsa emas ".

Har bir targ'ibotchi, tashviqotchi, rahbar umuman omma oldiga chiquvchilar notiqlikning sir-asrorlarini o'rganish kerak. Bu shubhasiz notiq nutqining tinglovchilarga tushunarli va ta'sirchan bo'lishida katta ahamiya kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Холикулова, Г.Э. (2007). Сахна нутки. Тошкент-2007 й.

2. Холикулова, Г.Э. People's poet of Uzbekistan mukhammad yusuf - singer of the native land and love. International conference. Pages 154-159.

3. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки ва жонли тил. Мулокот, Тошкент. 35 - бет.

4. Гузал Эркиновна Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссёр узбекского театра и мастер по сценической речи. Эдебиет жэне енер институты, Алматы. Вопросы литературы и искусства им. М.Ауэзова. 59-60 стр.

5. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки ва жонли тил. Мулокот, Тошкент. 35-бет.

6. ГЭ Халикулова. Актёрлар нуткда Навоий шеърияти. Театр, Тошкент. 10 -11- бетлар.

7. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахнада тарихий мухит тасвири. Театр, Тошкент. 20-21- бетлар.

8. Гузал Эркиновна Халикулова. Искусство речи в историко-поэтических спектаклях. / Искусство Узбекистана. История и современность. Материалы научно-практической конференции молодых ученых. Ташкент: Поколение нового века. Стр. 50-51.

9. Гузал Эркиновна Халикулова. Замонавий театр хакида шахсий мулохазалар. K,алдирFOч, Тошкент. №1(4). 2 - бет.

10. Гузал Эркиновна Халикулова. Вопросы сценической речи в интерпретации узбекской исторической драмы (80-90-е годы). Автореферат 2004 г. стр. 1 - 21.

11. ГЭ Халикулова. Сахнани актёр безайди. Театр, Тошкент, 22-23-бетлар

12. Guzal Khalikulova. "Мирзо У^бек" тарихий драмасида тил масалалари. /Сб науч. тр. "Нафосат". 144-147.

13. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна нутки (тарихий драмалар талкинида). Укув кулланма. Тошкент. УзДСИ. 1 - 9 - бет.

14. Гузал Эркиновна Халикулова. Husni ta'il - искусство силы. Журнал Театр, Ташкент. № 6. 14-15 стр.

15. Гузал Эркиновна Халикулова. Чувство уважения. Журнал Калдиргоч, Ташкент. Стр 41.

16. Гузал Эркиновна Халикулова. Гигиена и техника чтения книг. Журнал Калдиргоч, Ташкент. 21(42).

17. Гузал Эркиновна Халикулова. Мусикий ижрочиликда ёшларнинг фаоллигини ошириш ва уни ривожлантириш масалалари. Тошкент ТДМИ, (Туплам).

18. Гузал Эркиновна Халикулова. Санъат равнаки йулида. Журнал K,алдирFоч, Тошкент. 2010/1.

19. Гузал Эркиновна Халикулова. Хассос суз устаси. "Мухсин Хдмидов (Бадиий суз устаси)" номли монографияси учун макола 2010. УзДСИ. 8 - бет.

20. Гузал Эркиновна Халикулова. Маънавий баркамоллик давр талаби. ЖизПИ, туплами. 363 - бет.

21. Гузал Эркиновна Халикулова. Узбекистон давлат санъат институтида кадрлар тайёрлаш сифатини яхшилаш ва сохани ривожлантиришда амалга оширилаётган ишлар. Узбекистон санъати ва маданиятида замон кахрамони образини яратиш муаммолари ва ечимлари" Туплам. УзДСИ.

22. Гузал Эркиновна Халикулова. Юрт тараккиёти, халк фаровонлиги хамда баркамол авлодни тарбиялашда санъатнинг роли. Халкаро Симпозиум материаллари туплами.

23. Гузал Эркиновна Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Брянск, Сборник материалов VI Международного симпозиума. Стр. 219 - 225.

24. Гузал Эркиновна Халикулова. Замонавий рахбар аёлнинг профессионал нуткини оширишга доир. 2012 й. "Аёл - маънавият гулшани" ЖизПи., 4-Республика илмий-амалий конференцияси Туплам.

25. Гузал Эркиновна Халикулова. Актёрнинг сахна нутки махоратини эгаллашда нафасни такомиллаштирувчи янги услубий изланишлар. 2012/3/27. Глобаллашув жараёнида хореография санъати сохасида миллийликни саклаш муаммолари 2- республика конференцияси. Тошкент.

26. Гузал Эркиновна Халикулова. Театрларда адабий тил масъулияти. 2013 й. Янги давр санъати: анъанавийлик ва трасформацион жараёнлар. Тошкент, Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти. 82-84 бет.

27. Гузал Эркиновна Халикулова. Спектакль яратишда суз ва харакат уЙFунлиги масалалари. 2014. Тошкент.: "Мумтоз суз". 110-114 бетлар.

28. Гузал Эркиновна Халикулова. Сахна асарларида кахрамон характерини яратиш масалалари. Республика илмий-назарий ва амалий конференция материаллари. Тошкент: Навруз. 112 - 117 бетлар.

29. Гузал Эркиновна Халикулова. Институтда олий малакали илмий ва илмий педагог кадрлар тайёрлашнинг долзарб муаммолари. Театр// - Тошкент: 2014. (3). 9 -10 - бет.

30. Гузал Эркиновна Халикулова. Суз масъулиятини англаш хам санъат. Хуррият// - Тошкент. (43) 6-7 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.