Научная статья на тему 'TABIIY SUV RESURSLARI VA SUV EKOLOGIYASIDAN TO’G’RI FOYDALANISH MADANIYATINI YUKSALTIRISH'

TABIIY SUV RESURSLARI VA SUV EKOLOGIYASIDAN TO’G’RI FOYDALANISH MADANIYATINI YUKSALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1240
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. B. Nurmurodov, J. E. Ruziyev, D T. Ro’ziyeva, Ch. Y. Haydarova

Mamlakatimizda aholi sonining o’sib borayotganligi, tumanlarning shaharlashish darajasining ortishi hamda sanoat korxonalarining ko’plab paydo bo`layotganligi suv sarfini tobora oshirmoqda. Hatto sanoat korxonalarida ham toza ichimlik suvidan foydalanilayotganligi va uning sanoat xom ashyosiga ham aylanib borayotganligini ko`rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY SUV RESURSLARI VA SUV EKOLOGIYASIDAN TO’G’RI FOYDALANISH MADANIYATINI YUKSALTIRISH»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TABIIY SUV RESURSLARI VA SUV EKOLOGIYASIDAN TO'G'RI FOYDALANISH MADANIYATINI YUKSALTIRISH

A. B. Nurmurodov J. E. Ruziyev D. T. Ro'ziyeva Ch. Y. Haydarova

Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti, analitik kimyo kafedrasi

Mamlakatimizda aholi sonining o'sib borayotganligi, tumanlarning shaharlashish darajasining ortishi hamda sanoat korxonalarining ko'plab paydo bolayotganligi suv sarfini tobora oshirmoqda. Hatto sanoat korxonalarida ham toza ichimlik suvidan foydalanilayotganligi va uning sanoat xom ashyosiga ham aylanib borayotganligini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasida ichimlik suv sifatida ishlatilayotgan suvning ma'lum qismini yer osti suvlari tashkil qiladi. Inson xo'jalik faoliyatining boshqa tarkibiy qismlari singari yer osti suvlari sifati va rejimiga kuchli ta'siri sezilmoqda. Shu sababli ham sug'oriladigan hududlarda yer osti suvlari turli darajada ifloslangan va ko'p joylarda ichishga yaroqsiz darajaga kelgan. Bir nechta tumanlarda bu muammo yanada sezilarli darajaga yetgan. Yer usti ichimlik suvlari esa doimiy analitik nazoratda bo'lishi tabiiy.

Yurtimiz aholisi qadimdan tabiatdan, uning boyliklaridan o'z o'rnida foydalanishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelgan. Cho'llarda, og'ir iqlimga ega joylarda obod vohalar bunyod etgan, tabiatdan birni olsa, o'nni berishdek fazilatga amal qilib yashagan. Shu bois, mahalliy o'troq aholi suvdan tejab-tergab foydalanish, tuproqni suv va shamol eroziyasidan, sho'r bosishdan saqlash, sel oqimlarining, qum qo'shimchalarining yo'lini to'sish tajribasini bundan ming yillar avval puxta o'zlashtirgan.

Asosiy qonunimiz-Konstitutsiyada "Fuqarolar tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishga majburdirlar", "Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deb mustahkamlab qo'yilgan. Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq qator qonunlar qabul qilingan.

Rivojlangan mamlakatlarda chuchuk suvning 70-90% dan ortig'i qishloq xo'jaligi o'simliklarini o'stirishga va ulardan mo'l hosil olishga ishlatiladi. O'zbekistonda suv manbalarining 85% qismi ekinlarni sug'orilishga sarf etiladi. 1 kg sholi o'stirish uchun 3000 litr suv kerak bo'ladi. Har bir odam har yili 58 kg sholi iste'mol qiladi. (BMT bo'yicha).

"5

1 metr chitni ishlab chiqishda 2m suv sarflanadi, 1 litr benzin olinishida-10 litr

-5 "5

suv, 1 tonna kimyo tolasi olinishida-200 m suv, 1 tonna rezina olinishida-1500 m suv,

"5

1 tonna gazeta qog'oz olinishida-900 m suv sarflanadi.

Respublikamiz hududida mavjud bo'lgan daryolar, ko'llar va dengizlarning ifloslanishi ham katta xavf tug'dirmoqda. Turli xo'jaliklar va sanoat korxonalari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

chiqindilarini suv havzalariga oqizishni nazorat qilmaslik natijasida ham inson kutmagan, rejalashtirmagan turli falokatlar ro'y bermoqda. Ayniqsa, aholi zich yashaydigan tumanlar, shaharlar orqali oqib o'tayotgan ariqlar va daryolar suvlari oqova suvlarga aylanib, ularga yiliga millionlab tonna zararli chiqindilar qo'shilmoqda.

Biz umumbashariy muammo hisoblangan toza ichimlik suv taqchilligiga befarq bo'lolmaymiz. Chunki hozirgi kunda dunyoda 1,1 milliard inson toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega emas, 5 million kishi esa har yili iflos suv oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli hayotdan bevaqt ko'z yumadi.

Dunyodagi oqova suvlarning 90 foizidan ortig'i tozalanmaydi. Shu bilan birga yirik shaharlardagi ichimlik suvining yarmi uzatish tarmoqlaridagi texnik nosozliklar sababli yoki yoriqlar orqali yer qa'riga singib ketadi.

Yer yuzidagi ichimlik suvining 70 foizi qishloq xo'jaligi uchun sarflanadi. Bugungi kunda bir tonna don yetishtirish uchun o'rta hisobda ming tonna suv sarflanadi. Natijada yer yuzidagi yirik daryolarning suvlari dengiz ummoniga borib quyilmaydi. Bu o'z navbatida asosiy suv zahiralarining, chuchuk suv manbalarining kamayib borishiga olib keladi. Misol uchun, Afrikadagi 25 ta mamlakatda suv tanqisligi aholining tinkasini quritmoqda. Xalqaro suv muammosi nafaqat texnik, balki iqtisodiy muammo hamdir. Sayyoramiz aholisi o'sib bormoqda. Ularning oziq-ovqatga ehtiyoji ko'plab quruq yerlarni o'zlashtirish evaziga qondiriladi.

Ayni paytda 40 dan ortiq mamlakatdagi 2 milliarddan ko'proq odamning suv tanqisligini boshidan kechirayotgani fikrimiz tasdig'idir. Eng muhimi, suv biz istiqomat qilayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligi va atrof-muhitini saqlashning asosiy omillaridandir. Suv taqchilligi Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarida kuzatilmoqda, ayniqsa, bu jarayon bizning respublikamizda ham sezilarli darajada.

Bir avlod umri davomida noyob va go'zal dengizdan qurib va yo'qolib borayotgan suv havzasiga aylangan Orol fojiasi buning yaqqol dalilidir. Bir paytlar gullab-yashnagan Orolbo'yi hududi esa bugungi kunda ayanchli sahroga aylanmoqda.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Suv resurslari taqchilligi, sug'oriladigan ekin maydonlarining yaroqsizlanishi, hayvonot va nabotot dunyosining keskin qisqarishi, iqlim o'zgarishlari, shuningdek, mintaqadagi asosiy daryolar suv oqimining katta qismini tashkil qiladigan Pomir va Tyanshan tog'laridagi muzliklar erishining tezlashuvi-bular Orol fojiasi keltirib chiqargan og'ir oqibatlarning bir qismi, xolos.

Ta'kidlash lozimki, bizda ham bu borada ahvol maqtagulik emas. Zero, bugunki kunda viloyatimizda ham bu masalada ayrim nuqsonlar ko'zga tashlanadi. Joylarda turli maishiy chiqindilar uyulib borayotgani sir emas. Katta mehnat va mablag' sarflab tozalangan, tartibga keltirilgan joylarda yana chiqindi uyumi paydo bo'layapti. Yohud oqar suvlarning ifloslanishi kuzatilmoqda. Suv bo'ylarini o'zboshimchalik bilan egallab olish yoki bu joylarni "chiqindixona"ga aylantirish hollari uchrayotir.

Abu Tohir Xo'janing "Samariya" asarida "Darg'om arig'ining boshi Ko'hak daryosidan ajralib, Shovdor, Anhor tumanlarini sug'orib, ortiqchasi Ko'hak daryosiga qo'shiladi. Shahar bog'lari va bo'stonlari shu anhordan yashil va tozadir", deb eslatadi. Darhaqiqat, Darg'om kanali ham bir necha yirik shoxobchalarga bo'lingan. Masalan, Shovdor kanalining Darg'om kanalidan ajralgan qismi Jartepa qishlog'idan boshlanib, Samarqand va uning atrofidagi bir necha qishloqlarni suv bilan ta'minlaydi.

Taassufki, keyingi yillarda bu ariqlarning musaffoligi yo'qolib bormoqda. Siyob va Obi Rahmat ariqlariga xonadonlardan va sanoat korxonalaridan chiqindi-loyqa suvlar oqizilmoqda. Bunday holatni Afrosiyob etagidan don mahsulotlari kombinati atrofida, shu yerdagi mahallalar hududida ko'rish mumkin. Asrlar davomida tiniq, zilol Obi Rahmat arig'i suvidan hozir ham minglab xonadonlar bog'-rog'larini, tomorqalarini sug'orishda foydalanayaptilar.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022—5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id—22257

Samarqand shahri hududidan oqib o'tuvchi Siyob arig'ining atrofida yashovchi aholi tomonidan suvga oqizilayotgan turli kanalizatsiya tarmoqlari orqali tushayotgan chiqindi suvlar va tashlanayotgan axlatlarning suvning sifatini buzilishiga sabab bo'layotganligini hech bir yaxshi so'z bilan izohlab bo'lmaydi.

Sanoat karxonalari oqova suvlarni tahlil qilishda erigan va erimagan anorganik moddalarga, ifloslikning 60% miqdoriga to'g'ri keladigan organik moddalarga, muhitiga, suvning organoleptik xususiyatiga, oksidlanishi va oksigenga biokimyoviy ehtiyojga, azot, fosfor, ftor va ularning anionlari ammoniy, nitrit, nitrat, fosfat, ftoridlarga aylanishiga, xloridlarga, sulfatlarga hamda ularning ruxsat etilgan kontsentratsiyalarining me'yorida ekanligiga e'tibor beriladi.

Atrof-muhitning radioaktiv zararlanishi global tavsifdagi muammo hisoblanadi. Uning asosiy manbalari yadro portlashlari, yadro energetikasi korxonalarining radionuklid chiqindilari va yer osti zahiralaridan' iborat. Ionlashtiruvchi nurlanish ta'sirida yemirilish asosida esa bir-biriga bog'liq bo'lgan kompleks jarayonlar yotadi. Atom va molekulalarning uyg'onishi va ionlar almashinuvi turli biologik tuzilishli to'qimalar bilan reaksiyaga kirisha oladi. Yuqori faollikka ega bo'lishi radikallarning hosil bo'lishiga zamin yaratadi. Kam differensiyallanadigan, yosh va o'suvchi to'qimalar ancha radiosezgir bo'ladi.

Samarqand viloyati Pasdarg'om tumanidagi Qorayantoq qishlog'i hududidagi yer osti suvlari namunalari tarkibidagi radon-222 izotopining mavjudlik spektrlari va u asosida radioaktivatsion faolliklari tekshirib ko'rildi. Bundan tashqari shu hududdagi yer osti suvlarining ichishga yaroqlilik xususiyatlari uning mineral tarkibini kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida analitik nazorat qilish asosida baholandi.

Nuklid Aktivligi, Bk Tasodifiy xato,% Hajmiy aktivligi, Bk/l Mutlaq xato, Bk/l Nisbiy xato, % (p=0.95)

Rn-222 52.873 0.2 406.78 96 23.6

Qorayantoq yer osti suvlarining radioaktivatsion faolliklari Rn-222 izatopi hisobiga 52.873 Bk ekanligini va bu ko'rsatkich shunday suvlar uchun ruxsat etilgan me'yor darajasidan 11.127 Bk qiymatga kam ekanligini spektroskopik usulda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

o'rganildi.Bundan tashqari yuqorida qayd etilgan yer osti suvining mineral tarkibini ham ichishga yaroqlilik xususiyatlari nuqtai nazardan analitik baholandi.

Qora yantoq qishlog'i 550 m artezian suv namunalari tarkibidagi ingrediyentlarni kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz usullari yordamida olingan miqdoriy aniqlash natijalari. n=3, p =0.95, AP£p/=4.30, 2021 yil mart.

№ Aniqlangan kattaliklar O'lchov birliklari X S Sr, % AX

1 pH 7.39 0.0586 0.79 0.1456

2 Um.qattiqlik mg-ekv/l 4 0.0720 1.80 0.1789

3 Quruq qoldiq mg/l 294 6.8130 1.36 16.891

4 Ca+2 mg/l 4 0.0065 0.16 0.016

5 Na+ mg/l 1 0.0439 4.39 0.109

6 K+ mg/l 2 0.0782 3.91 0.194

7 Cl- mg/l 16.6 0.2961 1.78 0.736

8 SO4-2 mg/l 43.7 1.0601 2.42 2.6349

Ushbu hududdagi yer osti ichimlik suvlarining mineral tarkibi esa ichishga yaroqlilik xusussiyati yuqori ekanligini ko'rsatadi. Ichimlik suvi neytral yoki kuchsiz ishqoriy mihitga ega va umimiy qattiqligi 4 mg-ekv/l ni tashkil etib, umumiy ichiladigan suvlar tarkibidagi sulfat ionlariga belgilangan ruxsat etilgan me'yor (500 mg/l gacha) darajasidan 11,44 baravar kam ekanligini alohida qayd etib o'tmoqchimiz. Xuddi shu hududdan olingan 6-15 m chuqurlikkacha bo'lgan yer usti suv manbalariga yaqin bo'lgan quduq suvlarining mineral tarkibidagi ko'rsatkichlar esa kutilgan talablarga javob bermaydi va bunday suvlar ichishga yaroqsiz hisoblanadi.

Yuqorida qayd etilganlardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, nafaqat shaharlar yer osti va yer usti ichimlik suvlarining, balki insonning turli faoliyati tufayli qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanayotgan tumanlar hududidagi suvlar ham tarkibiy jihatdan ijobiy tavsiflarga ega bo'lmayotganligini kuzatish mumkin.

REFERENCES

1. Salohiddinov A. va boshqalar "Atrof-muhitga bo'ladigan ta'sirni baholash" fanidan o'quv qo'llanma. Toshkent-2010.

2. https://lex.uz.docs 837-XII-coh 06.05.1993. Suv va suvdan foydalanish to'g'risida -LEX.UZ

3. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.