Научная статья на тему 'TABIIY SHO’RLANGAN TUPROQDA OZUQABOP EKINLARNI SINASH'

TABIIY SHO’RLANGAN TUPROQDA OZUQABOP EKINLARNI SINASH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chorvachilik / ozuqa bazasi / ozuqabop ekinlar / sho’rlangan tuproq / bardoshlilik / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xudoyqulov Baxtiyor Xusanovich, Allashov Baxram Davletbayevich, Axmedov To’lqin Pardayevich

Ma’lumki, sho’rlangan tuproq sharoitida ozuqabop ekinlarning hosil berish imkoniyatlari birmuncha kamayadi. Bunda sho’rlangan tuproq sharoitida ko’proq hosil bera oladigan ozuqabop ekinlarni ekib yetishtirish samarali hisoblanadi. Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatidagi tabiiy sho’rlangan tuproq sharoitida bir qator ozuqabop ekinlarni sinashdan olingan natijalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY SHO’RLANGAN TUPROQDA OZUQABOP EKINLARNI SINASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K 633.1.2

TABIIY SHO'RLANGAN TUPROQDA OZUQABOP EKINLARNI SINASH

1Xudoyqulov Baxtiyor Xusanovich, 2Allashov Baxram Davletbayevich, 3Axmedov To'lqin

Pardayevich

1bosh mutaxassis, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi, 2ilmiy ishlar va innovatsion ishlanmalar bo'yicha direktor o'rinbosari, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-

tadqiqot instituti, 3bo'lim boshlig'i,ChPITI https://doi.org/10.5281/zenodo.13859612

Annotasiya. Ma'lumki, sho'rlangan tuproq sharoitida ozuqabop ekinlarning hosil berish imkoniyatlari birmuncha kamayadi. Bunda sho'rlangan tuproq sharoitida ko'proq hosil bera oladigan ozuqabop ekinlarni ekib yetishtirish samarali hisoblanadi. Ushbu maqolada Sirdaryo viloyatidagi tabiiy sho'rlangan tuproq sharoitida bir qator ozuqabop ekinlarni sinashdan olingan natijalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Chorvachilik, ozuqa bazasi, ozuqabop ekinlar, sho'rlangan tuproq, bardoshlilik, hosildorlik.

Аннотация. Известно, что в условиях засоленной почвы в значительном уровне снижается урожайность кормовых культур. Эффективно будет выращиват кормовые культуры, способные давать больше урожая в условиях засоленной почвы. В данной статье представлены результаты испытаний ряд кормовых культур в условиях естественного засоления почв Сырдарьинской области.

Ключевые слова: Животноводство, кормовая база, кормовые культуры, засоленная почва, толерантность, урожайность.

Abstract. It is known that in conditions of saline soil, the yield of forage crops is significantly reduced. It will be effective to grow forage crops that can produce more yield in saline soil conditions. This article presents the results of testing a number of forage crops under conditions of natural soil salinity in the Syrdarya region.

Keywords: Animal husbandry, fodder supply, forage crops, saline soil, tolerance, productivity.

Kirish. Respublikamizda oxirgi yillarda chorvachilik sohasiga ham katta e'tibor qaratilmoqda. Respublika qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotlari ulushida chorvachilik sohasi ham alohida o'rin egallab, u xalqimizni qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli chorvachilikni yanada rivojlantirish, qishloq xo'jalik hayvonlari mahsuldorligini oshirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirib borish muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Buning uchun esa sohada mustahkam ozuqa bazasini yaratish, tuproq iqlim sharoitlariga ham bog'liq holda har bir gektar yerdan yetishtiriladigan ozuqa birligi oshirib borish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi va hozirgi holati. Keyingi yilarda sho'rlangan yerlar maydoni ko'payib bormoqda. Sho'rlangan tuproq sharoitida har xil turdagi ozuqabop ekinlar turli xilda hosildorlik imkoniyatlari kamayadi. Tabiiy sho'rlangan tuproq-iqlim sharoitlarida har xil turdagi ozuqabop ekinlar nav, namunalarini sinash, ulardan eng maqbullarini ishlab chiqarishga tavsiya etish bugungi kunda dolzarb ahamityaga ega vazifalardan biri hisoblanadi. Sirdaryo viloyatining sug'oriladigan tuproqlari suv-tuz balansida sodir bo'layotgan salbiy holatlar, bu hududda tuz

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

to'planish va ikkilamchi sho'rlanish jarayonlarining jadallashib borayotganligini hamda bu vaziyatni o'rganish asosida hozirgi tuproq meliorativ holati qayd qilingan. R.Qurvontoyev va boshqalarning ko'p yillik ilmiy tadqiqotlarida Sirdaryo viloyati tuproqlari asosan turli darajada sho'rlanganligi natijasida, uning ekologik, agrofizikaviy xossalariga salbiy ta'sir qilishi aniqlangan. I.U.Urazbayev (2017) ilmiy izlanishlarida tuproq unumdorligini baholashda tuproq qoplami strukturasini morfometrik tasnifi bilan qishloq xo'jaligi ekinlari hosili o'rtasida bog'liqlik mavjudligi asoslangan. Chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlashda makkajo'xori, oqjo'xori, qashqarbeda ekinlari asosiy ekinlardan hisoblanadi. Ekologik va geografik kelib chiqishini hisobga olgan holda, donli makkajo'xori asosiy maydonlari AQSh, Xitoy va Braziliyada ko'plab ekiladi. So'nggi o'n yilliklarda ekin madoni Janubiy Amerika, Osiyo va Afrika mamlakatlarida ikki baravar ko'paygan. Bu yekin yetishtirishning jadal o'sishi Janubiy va Markaziy Yevropaning aksariyat mamlakatlariga ham xosdir.

Tadqiqotni amalga oshirish. Tajribalar Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumanida olib borilgan. Mirzaobod tumani Sirdaryo viloyatida cho'l hududida 40030'46" shimoliy kenglikda, 68039'03" sharqiy uzunlikda, viloyat markazi Guliston shahridan janubiy g'arb tomonda 48 km uzoqlikda joylashgan.

Olingan natijalar tahlili. Tajribalarimizda mahalliy va horijiy 30 dan ortiqroq ozuqabop ekinlarning nav va namunalari sinab ko'rildi. Tajribalar sxemasi quyida 1-jadvalda keltirilgan. Bunda bedaning mahalliy, hamda Italiya navlari, oqjo'xorining mahalliy hamda Serbiya davlatida yaratilgan navlari, makkajo'xorining mahalliy hamda Turkiya, Serbiya kabi davlatlarda yaratilgan duragaylari, soyaning Serbiya davlatida yaratilgan navlari, hashaki lavlagining mahalliy navlari, kungaboqarning Serbiya davlatida yaratilgan navlari ekib o'rganildi. Ularni ekib o'rganishdan asosiy maqsad ham Sirdaryo viloyatiga mos ozuqabop ekin turi, navi, duragayi yoki namunasini tanlash edi.

1-jadval

Tajribalarda ekilgan mahalliy va horijiy nav va namunalar

№ Ekin turi Nav yoki namuna nomi Qayerniki

1 Qashqarbeda Qibray navi Mahalliy

2 Djea navi Italiya

3 Beda Emiliana navi Italiya

4 Banat navi Italiya

5 Afrika qo'nog'i Hashaki-1 navi Mahalliy

6 Daulet navi Mahalliy

7 Massino navi Mahalliy

8 Oqjo'xori O'zbekiston-5 navi Mahalliy

9 NS Djin navi Serbiya

10 NS Siloking navi Serbiya

11 AKT-2580 duragayi Turkiya

12 0'zbekiston-601 YeSV duragayi Mahalliy

13 MJ-600 duragayi Mahalliy

14 Makkajo'xori 0'zbekiston-300 MV duragayi Mahalliy

15 0'zbekiston-100 navi Mahalliy

16 Kelajak-100 duragayi Mahalliy

17 Esdalik 80 duragayi Mahalliy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

18 Oqpariy duragayi Mahalliy

19 Samarqarqand tishsimoni duragayi Mahalliy

20 Oqjo'xori Matqair navi Mahalliy

21 Makkajo'xori Erkin duragayi Mahalliy

22 Muxabbat duragayi Mahalliy

23 NS-3022 duragayi Serbiya

24 NS-5010 duragayi Serbiya

25 AS-180 duragayi Serbiya

26 NS-205 duragayi Serbiya

27 NS-4000 duragayi Serbiya

28 Sudan o'ti Chimboy yubileyi navi Mahalliy

29 Soya Fortuna navi Serbiya

30 Apollo navi Serbiya

31 Hashaki lavlagi O'zbekiston-83 navi Mahalliy

32 O'zbekiston nimqand navi Mahalliy

Ekib o'rganilgan nav va namunalar asosan hosildorlik ko'rsatkichlari bo'yicha o'rganildi. Quyida keltirilgan 2-jadvalda ozuqabop ekinlar bo'yicha o'rganilgan hosildorlik ko'rsatkichlari keltirilgan.

2-jadval

Tajribalarda ekilgan mahalliy va horijiy nav va namunalarning hosildorlik ko'rsatkichlari, s/ga

№ Ekin turi Nav yoki namuna nomi Hosildorlik

1 Qashqarbeda Qibray navi 295,0

2 Djea navi 210,0

3 Beda Emiliana navi 200,0

4 Banat navi 220,0

5 Afrika qo'nog'i Hashaki-1 navi 20,0

6 Daulet navi 25,0

7 Massino navi 28,0

8 Oqjo'xori O'zbekiston-5 navi 30,0

9 NS Djin navi 35,0

10 NS Siloking navi 33,0

11 AKT-2580 duragayi 60,0

12 O'zbekiston-601 YESV duragayi 55,0

13 MJ-600 duragayi 50,0

14 O'zbekiston-300 MV duragayi 55,0

15 Makkajo'xori O'zbekiston-100 navi 60,0

16 Kelajak-100 duragayi 60,0

17 Esdalik 80 duragayi 60,0

18 Oqpariy duragayi 60,0

19 Samarqarqand tishsimoni duragayi 55,0

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

20 Oqjo'xori Matqair navi 40,0

21 Makkajo'xori Erkin duragayi 60,0

22 Muxabbat duragayi 60,0

23 NS-3022 duragayi 65,0

24 NS-5010 duragayi 65,0

25 AS-180 duragayi 60,0

26 NS-205 duragayi 55,0

27 NS-4000 duragayi 60,0

28 Sudan o'ti Chimboy yubileyi navi 35,0

29 Soya Fortuna navi 25,0

30 Apollo navi 25,0

31 Hashaki lavlagi O'zbekiston-83 navi 650,0

32 O'zbekiston nimqand navi 645,0

Ushbu jadvalda keltirilgan îosildorlik ko'rsatkichlarida qashqarbeda va bedada 1 o'rii

bo'yicha ko'k massa hosildorligi, makkajo'xori, oqjo'xori, sudan o'ti va soyada don hosildorligi va hashaki lavlagida esa ildizmeva hosildorligi keltirilgan. Demak, jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkin-ki qashqarbeda 295,0 s/ga bedaning Italiya navlari 200-220 s/ga ko'k massa hosili, oqjo'xori 25-40 s/ga, makkajo'xori 55-65 s/ga, soya 25 s/ga don hosili, hashaki lavlagi 645650 s/ga ildizmeva hosili berishi mumkin.

Xulosa. Yuqorida keltirilgan ozuqabop ekinlarni Sirdaryo viloyati sharoitida ekib yetishtirish mumkin, ekish uchun qashqarbedaning "Qibray" navini, bedaning "Banat" navini, oqjo'xorining "NS Djin", "Matqair" navlarini, makkajo'xorining "NS-3022", "NS-5010" duragaylarini, hashaki lavlagining "O'zbekiston-83" navini tavsiya etish mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. Allashov, B.D., Zulfikarov, M.X., Sattarov, M.N., 2020, Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614(1), 012160 https://iopscience.iop.org/, Earth and Environmental Science.

2. Allashov, B.D., Zulfikarov, M.X., Toreev, F., 2020, Effective agrotechnology for cultivation of forage crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science., 614(1), 012159., https://iopscience.iop.org/, Earth and Environmental Science

3. Axmedov A.U., Parpiyev G'.T. Mirzacho'lda olib borilgan tuproq-meliorativ monitoringi natijalarining qisqacha tavsifi // O'zbekiston tuproqshunoslari va agrokimyogarlari jamiyatining 3-qurultoyi materiallari to'plami//. - Toshkent: TAITDI, 2010. - B. 110-114

4. Axmedov A.U., Parpiyev G'.T., Ro'ziqulova O.Sh. Sirdaryo viloyati stasionar-yekologik maydonchalari tuproq-meliorativ holatini monitoring kuzatuvlari ma'lumotlari asosida baholash. // Tuproq unumdorligini oshiruvchi yangi texnologiyalar. M.U.Umarov tavalludining 90 yilligiga bag'ishlangan xalqaro ilmiy-konferensiya materiallari to'plami Toshkent 2004. B. 115.

5. Qurvontoyev R., Musurmonov A., Usmonova G. Mirzacho'l vohasi sug'oriladigan tuproqlarining agregatlik holati. // Agrar sohada suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish hamda tuproq unumdorligini oshirishda innovasion texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani. Guliston, 2011 B. 108.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

6. Toshqo'ziyev M.M. Sug'oriladigan tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirishda ularning kimyoviy holatini yaxshilashga doir yechimlar // Tuproqshunoslik va agrokimyo fani XXI asrda// xalqaro ilmiy-konferensiya materiallari to'plami Toshkent 2003. B. 39.

7. Urazbayev I.U. Sug'oriladigan bo'z tuproqlar qoplami tuzilishi va ularning unumdorligini baholash. Avtoref. diss... DSc-Toshkent-2017.-24 b

8. Атабаева Х.Н., Рузметов Р. Дала экинларини етиштиришни илгор технологиялари. Тошкент 2004 йил. 33 бет.

9. Б.Аллашов, С.Жамолов. Озукабоп экинларнинг иссикка ва сув танкислигига бардошли нав, намуналарини танлаш. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. 2023/11/11. Ст. 230-233

10. Аллашов Б.Д., Рахмонов Д.О, Безверхов А.П. Использование сафлора в качестве нетрадиционной кормовой культуры. Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования. 2017 г. Ст. 1654-1656

11. Б.Д.Аллашов, С.Г.Жамолов. Ozuqabop ekinlarda ayrim xo'jalik belgilari bo" yicha olib borilgan seleksiya ishlari. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 227-230 б.

12. Б.Д.Аллашов, С.Г.Жамолов. Ozuqabop ekinlarning issiqqa va suv tanqisligiga bardoshli nav, namunalarini tanlash. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 230-223 б.

13. Д.Р.Жураева, Б.Д.Аллашов. Маккажухори етиштиришда инновацион усулда тайёрланган компостдан фойдаланиш. Ж. Science and innovation. Том 2. Spécial Issue 8. 2023. 297-301 б.

14. Кравцов, И.А. Продуктивность родительских форм гибридов кукурузы и густота посева/И.А. Кравцов, И.В. Федоткин //Кукуруза и сорго. - 2001. - № 3. - С. 12-13.

15. Нурматов А., Жабборов Ш., Х,афизов И., Тагаева Л. ^орабайир зотли тойларнинг усиш ривожланишини жадаллаштиришнинг илгор технологияси. Konferensiya materiallari: Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 200-206b.

16. Нурматов А., Хафизов И. Карабаирская порода лошадей-«золотой фонд» Узбекистана. Вестник Ошского государственного университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния. г.Ош, 2024/6/28, №2 (7), С.212-218.

17. Нурматов А.А., Хафизов И.И., Хафизов А.И., Карибаева Д..Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Материалы конференции:Актуальные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. 2024г., № XXVI.,C 486-490.

18. С Жамолов, Б Аллашов. Makkajo'horining xorijiy tizmalari rivojlanish davrlari. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 236-239б.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS"

_SEPTEMBER 26-27, 2024_

19. С Жамолов, Б Аллашов. Makkajo'horining xorijiy tizmalarini ayrim qimmatli xo'jalik belgilari bo" yicha o'rganish. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 239-241 б.

20. Телих, К.М. Факторы, влияющие на урожайность зерна кукурузы / К.М. Телих // Кормопроизводство. - 2002. - № 5. - С. 20-22.

21. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

22. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тула кийматли озиклантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут мах,сулдорлигига таъсири. 2009 й., ж:"Узбекистон кишлок хужалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.

23. Хафизов И.И., Х,афизов А.И. Отларнинг кадимий аждодларининг узига хос хусусиятлари. Кonferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024/5/30, ToshDAU, 133-138 b.

24. Х,афизов И.И. ^орабайир зот отлари генофондининг генетик хилма-хиллиги. Ж."Узбекистон кишлок хужалиги" журнали, "AGRO ILM" илова, Тошкент, 2023, махсус сон (3) (96), 45-47 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.