Научная статья на тему 'DONLI VA BOSHOQLI OZUQABOP EKINLARDA OLIB BORILGAN SELEKSIYA ISHLARI'

DONLI VA BOSHOQLI OZUQABOP EKINLARDA OLIB BORILGAN SELEKSIYA ISHLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chorvachilik / ozuqa bazasi / ozuqabop ekinlar / oqjo’xori / suli / tritikale / seleksiya / hosildorlik..

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Allashov Baxram Davletbayevich, Xudoyqulov Baxtiyor Xusanovich, Axmedov To’lqin Pardayevich

Chorvachilik sohasi rivojida ozuqa bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ozuqa bazasi yaxshi bo’lishida ozuqabop ekinlarning yuqori hosildor navlarini ekib yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ozuqabop ekinlarda seleksiya ishlarini olib borish, ozuabop ekinlarning yangi navlarini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada oqjo’xori, suli, tritikale kabi ozuqabop ekinlarda olib borilgan seleksiya ishlari bo’yicha qisqa ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DONLI VA BOSHOQLI OZUQABOP EKINLARDA OLIB BORILGAN SELEKSIYA ISHLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

UO'K 633.1.2

DONLI VA BOSHOQLI OZUQABOP EKINLARDA OLIB BORILGAN SELEKSIYA ISHLARI

1Allashov Baxram Davletbayevich, 2Xudoyqulov Baxtiyor Xusanovich, 3Axmedov To'lqin

Pardayevich

1ilmiy ishlar va innovatsion ishlanmalar bo'yicha direktor o'rinbosari, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, 2bosh mutaxassis, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi, 3bo'lim boshlig'i,ChPITI https://doi.org/10.5281/zenodo.13859623

Annotasiya. Chorvachilik sohasi rivojida ozuqa bazasi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ozuqa bazasi yaxshi bo'lishida ozuqabop ekinlarningyuqori hosildor navlarini ekib yetishtirish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ozuqabop ekinlarda seleksiya ishlarini olib borish, ozuabop ekinlarning yangi navlarini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada oqjo'xori, suli, tritikale kabi ozuqabop ekinlarda olib borilgan seleksiya ishlari bo'yicha qisqa ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Chorvachilik, ozuqa bazasi, ozuqabop ekinlar, oqjo'xori, suli, tritikale, seleksiya, hosildorlik..

Аннотация. В развитии животноводческой отрасли большое значение имеет кормовая база. Для создания хорошей кормовой базы важно выращивать высокоурожайные сорта кормовых культур. Для этого важно проводить селекционную работу по кормовым культурам, создавать новые сорта кормовых культур. В статье приведены краткие сведения о селекционной работе, проводимой на таких кормовых культурах, как сорго, овес и тритикале.

Ключевые слова: Животноводство, кормовая база, кормовые культуры, сорго, овес, тритикале, селекция, урожайность.

Abstract. In the development of the livestock industry, the feed supply is of great importance. To create a good food supply, it is important to grow high-yielding varieties of forage crops. To achieve this, it is important to carry out breeding work on forage crops and create new varieties offorage crops. The article provides brief information about breeding work carried out on forage crops such as sorghum, oats and triticale.

Keywords: Animal husbandry, feed supply, forage crops, sorghum, oats, triticale, selection, productivity.

Kirish. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish evaziga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan o'sib borayotgan talablarini qondirish turli mulkchilik shaklidagi xo'jaliklarning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Respublikamiz qishloq xo'jaligining yalpi mahsulotlari ulushida chorvachilik sohasi ham alohida o'rin egallab, u xalqimizni qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli chorvachilikni yanada rivojlantirish, qishloq xo'jalik hayvonlari mahsuldorligini oshirish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirib borish muhim vazifalardan biri bo'lib turibdi. Buning uchun esa sohada mustahkam ozuqa bazasini yaratish, mollarni to'la qiymatli oziqlantirish bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi va hozirgi holati. Oqjo'xori O'zbekistonda doni va poyasi uchun yetishtiriladigan qimmatbaho yem-hashak ekinlardan biri sanaladi. Oqjo'xorining aynan isiqqa va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

sho'rga chidamlilik xususiyatlari tufayli suv tanqis va sho'rlangan yerlarda istiqbolli ekin hisoblanadi [1,2,3]. Ukraina sug'oriladigan dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida oqjo'xorining don hosildorligiga ko'chat qalinligining ta'siri bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarda har gektariga 200 ming tup ko'chat qoldirilsa yuqori hosildorlikka erishish mumkinligini aniqlashgan. Bunda oqjo'xori o'rtacha 94,5 s/ga don hosili bergan [4,6]. Elmurodov A.B., Azizov Q.Q., Boboyev F.G. (2019) tadqiqotlarida ozuqabop ekinlar qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha tahlil qilinganda ko'k massa hosildorligi tritikalening Prag serebristiy navida - 482,3 s/ga, raygrasning Kowinmaster navida - 427,7 s/ga, sulining Keng bargli navida - 387,7 s/ga va arpaning Bolg'ali navida - 387,7 s/ga bo'lganligi kuzatilgan. Suli doni boshqa boshoqli ekinlar donlariga nisbatan yog' va kalsiyga boyligi, oqsilda juda muhim aminokislotalar, hamda lizin miqdori yuqoriligi bilan ajralib turadi [5]. Shu sababli, chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda suli muhim ahamiyat kasb etadi [4].

Tadqiqotni amalga oshirish. Tajribalar Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasining bo'z tuproqli yerlarida olib borildi. Tajriba uchastkasi Toshkent viloyati Qibray tumanining tog'oldi zonasida, shahardan 15 km uzoqlikda, dengiz sathidan 400 m badandlikda joylashgan.

Olingan natijalar tahlili. Oqjo'xorida seleksiya ishlarini olib borish. Oqjo'xorining yangi yaratilgan yangi tizmasi bo'yicha seleksion ko'chatzor tashkil etildi. Oqjo'xorining yangi tizmasida olib borilgan fenologik kuzatuv ishlari. Oqjo'xori yangi tizmasi tanlash ko'chatzorida fenologik kuzatuvlar olib borildi, bunda ekinlarni unib chiqishi, chinbarg chiqarishi, bargpoya chiqarishi, ro'vak chiqarishi, gullashi, sut-mum pishishi va to'liq pishishi kabi rivojlanish fazalari o'rganib borildi. Ekish 22.04.2023 kuni amalga oshirildi. Unib chiqishi 30.04.2023 kuniga, chinbarg chiqarishi 10.05.2023 kuniga, bargpoya chiqarishi 25.05.2023 kunlariga to'g'ri kelgan bo'lsa, ro'vak chiqarishi 18.07.2023 kuniga gullashi 25.07.2023 kuniga, sut-mum pishishi 12.08.2023 kuniga va to'liq pishishi esa10.09.2023 kunlariga to'g'ri keldi. Oq jo'xorining yangi tizmasi tanlash ko'chatzoridan 50 ta o'simlik bosh poya balandligi bo'yicha tahlil qilinganda 210 sm dan 250 sm gacha bo'lgan o'simliklar uchradi (1-jadval).

1-jadval

Oqjo'xorining yangi tizmasida bosh poya balandligi bo'yicha ko'rsatkichlari

k=10sm Cv %

Ekin turi va navi 210- 221- 231- 241- n X±Sx

220 230 240 250

Oq jo'xori yangi tizma 7 23 11 9 50 229,4±1,3 4,1

Jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki, oq jo'xorining yangi tizmasida bosh poya balandligi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich 229,4 sm ni, variatsiya koeffisiyenti 4,1 foizni tashkil etdi.

Oqjo'xorining yangi tizmasi urug'lari "Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markazi"ga taqdim etiladi.

Sulida seleksiya ishlarini olib borish. Sulining yangi yaratilgan tizmasi bo'yicha seleksion ko'chatzor tashkil etildi.Sulining yangi yaratilgan yangi tizmasi bo'yicha tashkil etilgan seleksiya ko'chatzorida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Fenologik kuzatuvda ekinlarni unib chiqishi, chinbarg chiqarishi, tuplashi, naychalashi, boshoqlashi, gullashi, sut-mum pishishi va to'liq pishishi kabi rivojlanish fazalari o'rganib borildi. Seleksiya ko'chatzorini ekish 25.10.2022 kuni amalga oshirildi. Unib chiqishi 06.11.2022 kunlariga to'g'ri keldi. Chinbarg chiqarishi, tuplashi 12.03.2023 kunlariga, naychalashi 20.04.2023 kunlariga, boshoq chiqarishi 5.05.2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

kunlariga to'ri kelgan bo'lsa, gullashi 02.06.2023 kunlariga, sut-mum pishishi 10.06.2023 kunlariga, to'liq pishishi esa 20.06.2023 kunlariga to'g'ri keldi.

Sulining yangi tizmasi bo'yicha tashkil etilgan seleksiya ko'chatzorida 50 ta o'simlik bosh poya balandligi bo'yicha o'rganildi (2-jadval).

2-jadval

Sulining yangi tizmasi boshpoya badandligi bo'yicha ko'rsatkichlari

Suli navi k=10sm n X±Sx Cv %

150-160 161-170 171-180

Yangi tizma 15 19 16 50 161,0±0,9 3,4

Boshpoya balandligi bo'yic ia tahlil qilinganda o'simli klar bos i poya balanc ligi 150

dan 180 sm gacha oraliqda 3 ta sinfda joylashdi. Ularda o'rtacha ko'rsatkich 161,0 sm ni, variasiya koeffisiyenti 3,4 foizni tashkil qildi.

Sulining yangi yaratilgan tizmasi O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markazi"ning 8 ta hududdagi nav sinash uchastkalariga sinash uchun berildi. Tashkilotlararo tuzilgan komissiya yangi tizmani kuzatib boradi.

Tritikale bo'yicha olib borilgan seleksiya ishlari. Tritikalening yangi yaratilgan tizmasi bo'yicha seleksion ko'chatzor tashkil etildi. Tritikalening yangi yaratilgan yangi tizmasi bo'yicha tashkil etilgan seleksiya ko'chatzorida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Fenologik kuzatuvda ekinlarni unib chiqishi, chinbarg chiqarishi, tuplashi, naychalashi, boshoqlashi, gullashi, sut-mum pishishi va to'liq pishishi kabi rivojlanish fazalari o'rganib borildi. Seleksiya ko'chatzorini ekish

11.11.2022 kuni amalga oshirildi. Unib chiqishi 15.12.2022 kunlariga to'g'ri keldi. Chinbarg chiqarishi, tuplashi 28.03.2023 kunlariga, naychalashi 20.04.2023 kunlariga, boshoq chiqarishi

28.05.2023 kunlariga to'ri kelgan bo'lsa, gullashi 10.06.2023 kunlariga, sut-mum pishishi 25.06.2023 kunlariga, to'liq pishishi esa 11.07.2023 kunlariga to'g'ri keldi.

Tritikalening yangi tizmasi bo'yicha tashkil etilgan seleksiya ko'chatzorida 50 ta o'simlik bosh poya balandligi bo'yicha o'rganildi (3-jadval).

3-jadval

Tritikalening yangi tizmasi boshpoya badandligi bo'yicha ko'rsatkichlari

Tritikale k=10sm n X±Sx Cv %

150-160 161-170 171-180 181-190

Yangi tizma 8 15 16 11 50 171,0±1,4 5,9

Boshpoya balandligi bo'yicha tahlil qilinganda o'simli klar bos i poya balan ligi 150

dan 190 sm gacha oraliqda 4 ta sinfda joylashdi. Ularda o'rtacha ko'rsatkich 171,0 sm ni, variasiya koeffisiyenti 5,9 foizni tashkil qildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" _SEPTEMBER 26-27, 2024_

Tritikalening yangi yaratilgan tizmasi O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markazi"ning 8 ta hududdagi nav sinash uchastkalariga sinash uchun berildi. Tashkilotlararo tuzilgan komissiya yangi tizmani kuzatib boradi.

Xulosa. Ozuqabop ekinlarda olib borilgan seleksiya ishlari natijasida sulining bitta, tritikalening bitta yangi navlari yaratilib, O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinash markazi" ga taqdim etilgan, oqjo'xorining bitta yangi navi topshirishga tayyorlab qo'yilgan.

REFERENCES

1. Атабаева Х.Н., Рузметов Р. Дала экинларини етиштиришни илгор технологиялари. Тошкент 2004 йил. 33 бет.

2. Б.Аллашов, С.Жамолов. Озукабоп экинларнинг иссикка ва сув танк;ислигига бардошли нав, намуналарини танлаш. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. 2023/11/11. Ст. 230-233

3. Б.Д.Аллашов, С.Г.Жамолов. Ozuqabop ekinlarda ayrim xo'jalik belgilari bo" yicha olib borilgan seleksiya ishlari. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 227-230 б.

4. Б.Д.Аллашов, С.Г.Жамолов. Ozuqabop ekinlarning issiqqa va suv tanqisligiga bardoshli nav, namunalarini tanlash. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 230-223 б.

5. Д.Р.Жураева, Б.Д.Аллашов. Маккажухори етиштиришда инновацион усулда тайёрланган компостдан фойдаланиш. Ж. Science and innovation. Том 2. Special Issue 8. 2023. 297-301 б.

6. Кравцов, И.А. Продуктивность родительских форм гибридов кукурузы и густота посева / И.А. Кравцов, И.В. Федоткин // Кукуруза и сорго. - 2001. - № 3. - С. 12-13.

7. Нурматов А., Жабборов Ш., Х,афизов И., Тагаева Л. ^орабайир зотли тойларнинг усиш ривожланишини жадаллаштиришнинг илгор технологияси. Konferensiya materiallari: Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 200-206b.

8. Нурматов А., Хафизов И. Карабаирская порода лошадей-«золотой фонд» Узбекистана. Вестник Ошского государственного университета. Сельское хозяйство: агрономия, ветеринария и зоотехния. г.Ош, 2024/6/28, №2 (7), С.212-218.

9. Нурматов А.А., Хафизов И.И., Хафизов А.И., Карибаева Д..Скороспелость жеребят карабаирский породы и их помесей с фризской породой. Материалы конференции:Актуальные вопросы совершенствование технологии производства и переработки продукции сельского хозяйства. Мосоловские чтения. Материалы международной научно-практической конференции. Марийский НИИС/Х-фил. Фед. аг.науч.ц.р Сев.-Вос. им.Н.В.Руницкого. 2024г., № ХХУ1.,С. 486-490.

10. С Жамолов, Б Аллашов. Makkajo'horining xorijiy tizmalari rivojlanish davrlari. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 236-239б.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL PROBLEMS OF LIVESTOCK DEVELOPMENT, MODERN METHODS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS" SEPTEMBER 26-27, 2024

11. С Жамолов, Б Аллашов. Makkajo'horining xorijiy tizmalarini ayrim qimmatli xo'jalik belgilari bo" yicha o'rganish. Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том1. 2023/11/11. 239-241 б.

12. Телих, К.М. Факторы, влияющие на урожайность зерна кукурузы / К.М. Телих // Кормопроизводство. - 2002. - № 5. - С. 20-22.

13. Хафизов И.И., Кахрамонов Б., Исамухаммедов С., Хафизов А. Генетический потенциал карабаирской породы. Материалы конференции: Материалы международной конференции "Эффективные методы управления селекционно-племенным процессом в табунном коневодстве". Министерства науки и вышего образование Республик Казахстан, Торойгыров Университет "., Казахстан, Павлодар, 2022 г., С. 124-128.

14. Хафизов И.И., Куччиев У., Хафизов А.И.. Тула кийматли озиклантиришни ташкил этишнинг сигирлар сут мах,сулдорлигига таъсири. 2009 й., ж:"Узбекистон кишлок хужалиги" журналининг "Агро илм" иловаси., Тошкент, № 2-сон(6), 24-25б.

15. Хафизов И.И., Х,афизов А.И. Отларнинг кадимий аждодларининг узига хос хусусиятлари. Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. Toshkent, 2024/5/30, ToshDAU, 133-138 b.

16. Х,афизов И.И. ^орабайир зот отлари генофондининг генетик хилма-хиллиги. Ж."Узбекистон кишлок хужалиги" журнали, "AGRO ILM" илова, Тошкент, 2023, махсус сон (3) (96), 45-47 б.

17. Х,афизов И.И. Узбекистонда йилкичиликни х,озирги х,олати ва ривожлантириш истикболлари.Конференция материаллари:"Ветеринария сохдсини ривожлантиришда ижтимоий-гуманитар фанларнинг урни" мавзусида республика илмий-амалий конференцияси маърузалар туплами. Тошкент, Самарканд давлат ветеринария медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетининг Тошкент филиали., 2023/2/23, 345-353 б.

18. Х,афизов И.И., Куччиев О.Р., Х,афизов А.И. Эволюция жараёнида от фенотипи-даги катта ва кичик мутацион узгаришларнинг узлуксиз намоён булиши. Konferensiya materiallari:Toshkent davlat agrar universiteti hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilgan "Smart texnologiyalarni qishloq xojaligiga tadbiq etish va rivojlantirish" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani.Тошкент, 2024/5/30, Тош ДАУ, 139-144 b.

19. Х,афизов И.И., Х,афизов А.И. Отларни яйлов шароитида саклашнинг афзаллиги ва унга булган талаблар. Konferensiya materiallari:Özbekistonning janubiy hududlarida qishloq xojalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashning muammo va istiqbollari mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani., Qarshi-2024, 2024/5/17, TIQXMMI, 400403 b.

20. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. 2020/12/1. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.