Научная статья на тему 'TABIIY POLIMER PAXTA SELLULOZASINI OQARTIRISHNING VODOROD PERIKIS VA DIOKSID XLORLI USULLARI HAMDA USHBU REAGENTLARNI TOLANING FIZIK-KIMYOVIY KOʻRSATKICHLARIGA B`OLGAN TA`SIRINI OʻRGANISH.'

TABIIY POLIMER PAXTA SELLULOZASINI OQARTIRISHNING VODOROD PERIKIS VA DIOKSID XLORLI USULLARI HAMDA USHBU REAGENTLARNI TOLANING FIZIK-KIMYOVIY KOʻRSATKICHLARIGA B`OLGAN TA`SIRINI OʻRGANISH. Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY POLIMER PAXTA SELLULOZASINI OQARTIRISHNING VODOROD PERIKIS VA DIOKSID XLORLI USULLARI HAMDA USHBU REAGENTLARNI TOLANING FIZIK-KIMYOVIY KOʻRSATKICHLARIGA B`OLGAN TA`SIRINI OʻRGANISH.»

TABIIY POLIMER - PAXTA SELLULOZASINI OQARTIRISHNING VODOROD PERIKIS VA DIOKSID XLORLI USULLARI HAMDA USHBU REAGENTLARNI TOLANING FIZIK-KIMYOVIY KO'RSATKICHLARIGA BOLGAN TASIRINI

ORGANISH.

Zokirova Ruxsora, Tadjixodjayeva U.B. https://doi.org/10.5281/zenodo.10845875

Tabiatdan paxta tolasi tarkibida yog'simon, mumsimon tabiiy moddalar borligi sababli paxta tolasini ushbu kimyoviy moddalardan tozalash maqsadida kimyoviy ishlov berishdan oldin paxta tolasini tarkibidagi yog'simon mumsimon moddalardan tozalash ya ni pishirish jarayoni amalga oshiriladi. Pishirish jarayonidan so'ng tarkibida ko'p miqdorda lignin moddasi bo'laganligi va to'qroq rangga ega bo'lganligim sababli qo'ylilgan talabga mos ravishda kerakli miqdorgacha sellulozani oqartirish kerak. Oqartirishning maqsadi sellulozani oqligini oshirish va undagi kerakmas moddalar va iflosliklarni bartaraf qilishdir. Oqartirish jarayoning printsipi lignin yoki boshqa rangli moddalarni selluloza tarkibidan oksidlanish orqali y'oq b'olishiga erishishdir.1

Paxta sellulozasini oqartirishning sanoatda ko'plab turlari mavjud ammo hozirgi kunda sanotda asosan quyidagi ikki xil usulda oqartirish jarayoni amalga oshiriladi. Birinchi usul: oksidlovchi bilan sayqallash bo'lib, eritilgan ligninli oqartirish bo'lib yani lignin tuzilishini yo'q qilish va ligninni eritib, sellulozaning tozaligi va oqligini yaxshilash uchun oksidlovchi bilan sayqallash vositasidan foydalanadi.2 Bu jarayonda asosiy reagent sifatida H2O2 moddasidan, ishqorli muhitda NaOH bilan birgalikda keng foydalaniladi. Ikkinchi usul: oqartiruvchi moddalar sifatida Cl2, ClO2, va natriy gipoxlorit moddalaridan kislotali muhitda H2SO4 bilan birgalikda foydalaniladi. Oksidli oqartirish sellulozani oqartirishning asosiy usuli bo'lib qolmoqda.

a) b)

1-rasm. Paxta sellulozasini pishirish va oqartirish jarayonidan keying ko'rinish holatlari tasviri: a)-pishirilgan, yo'gsimon va mumsimon moddalardan hamda lignindan tozalangan selluloza; b)-ishqorli usulda oqartirilgan paxta selluloza massasi.

Quyidagi jadvalda perikis vodorodli va dioksid xlorli oqartirish jarayoning vanna tarkibi va qanday muxitda borishi haqida yozilgan:

1-jadval

Pishirish jarayoni 85° 60 daqiqa NaOH, % Sovunlovchi modda % Oqartirish jarayoni 90°, 60 daqiqa H2O2, % NaOH, %

30 gr namuna 2% 0.05% 30 gr namuna 10% 20%

1-javdal. Perikis vodorodli vanna tarkibida 30gr namuna massasiga nisbatan pishirish jarayoni 85°C haroratda 60 daqiqa mobaynida nartiy gidroksid massaga nisbatan 2%, sovunlovchi moddadan 0.05%, oqartirish jarayonida 90° haroratda, 60 daqiqa mobaynida perikis vodorod massaga nisbatan 10%, natriy gidroksid esa 20% miqdorda solinadi.

2-jadval

Pishirish jarayoni 95° 60 daqiqa NaOH, % Sovunlovchi modda % Oqartirish jarayoni 90°, 60daqiqa ClO2 , % H2SO4 , % NaHCO 3 H2O2 , %

30 gr namuna 2% 0.05% 30 gr namuna 3% 1% 3% 5%

2-jadval. Dioksid xloridli usul bilan oqartirishda, vanna tarkibida 30gr namuna massasiga nisbatan pishirish jarayoni 95°C haroratda 60 daqiqa mobaynida nartiy gidroksid massaga nisbatan 2%, sovunlovchi moddadan 0.05% qo'shib ishlov beriladi. Oqartirish jarayoni 2-bosqichda 90°C haroratda, 60 daqiqa mobaynida olib boriladi. 1-bosqichda xlor dioksidi massaga nisbatan 3%, sulfat kislota 1%, 2-bosqichda NaHC03 3%, perikis vodorod esa 5% miqdorda solinadi.

2-rasm. Ikki xil usulda ishlov berilgan paxta sellulozasini mikoroskopda ko'rinishi (Mx100) - perikis vodorod bilan oqartirilgan namuna ko'rinishi; b) - dioksid xlor bilan oqartirilgan namuman ko'rinishi;

Olingan natijalardan shuni hulosa qilish mumkinki, hozirgi kungacha dunyo miqyosida paxta sellulozasini vodorod perikisli usulda oqartirish keng miqyosda foydalanilmoqda edi. Ammo iqtisodiy jihatdan tannarxi qimmat bo'lgan perikis vodorod korxonalarga kerakli samarni bermay qo'ydi. Shuning asnosida dunyodagi kimyogar olimlar ilmiy izlanishlari natijasida hozirgi kunda dioksid xlorid moddasini oqartirish o'z samarasini berib kelmoqda. Sababi, birinchidan tannari jihatidan arzon, ikkinchidan qisqa vaqt mobaynida ishlov berish ham samarali natija bermoqda va uchinchidan perikis vodorod va ishqorda ishlov berilgan paxta sellulozasining malum bir qismi destruktsiyaga uchaydi va bu o'z navbatida ishlab chiqariladigan maxsulotning sifat ko'rsatkichlariga salbiy ta sir ko'rsatadi.2 Bundan farqli ravishda dioksid xlor bilan ishlov bergan namunamizning mikroskop ostidagi tasivirdan ko'rishimiz mumkinki, tolalar nisbatan ancha uzun ko'rinishga ega va sifat ko'rsatkichlari ham nisbatan ancha yuqori b'olib, bundan hulosa qilishimiz mumkinki, ushbu dioksid xloridli usulda oqartirish jarayonini amalga oshirganda tolalar o'z fizik-kimyoviy hossalarini ko'proq saqlab qoladi. Bu esa o'z navbatida sifatli maxsulot olishimizga asosiy omil bolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Thermal degradation study of cotton waste pulp-based cellulose nanocrystals Author links open overlay panelVidya Chaparala a b, G. Ravi Kiran Sastry a, P. Phani Prasanthi https://doi.org/10.1016/j.matpr.2023.05.134

2. Bleaching of nonwood pulp - Nurul Ain Nadirah Jamaluddin, Nur Areisman Mohd Salleh, Rafidah Jalil, Latifah Jasmani https://doi.org/10.1016/B978-0-323-91625-7.00008-4

3. Selluloza уа qog'oz ishlab chiqarish texn ologiyasi D.S. Nabiyev I.A. Nabiyeva « O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti toshkent - 2010

4. Таджиходжаева УБ.Получение эффективных антикоррозионных полимерных материалов с использованием модифицированных вторичных продуктов производств. Диссертация.2008 г. 110 стр.

5. Pedagogical sciences and teaching methods «Turli reagentlardan foydalangan holda bir hil muhitda sellulozani oqartirish usullari va undan olingan natijalarni tahlil qilish va samaradorligini aniqlash»

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.