Научная статья на тему 'TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING TENDENSIYALARI VA ULARNI TASHKIL QILISH MASALALARI'

TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING TENDENSIYALARI VA ULARNI TASHKIL QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli transformatsiya / ta’lim menejmenti / texnologiya / E-LMM

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qosimova Dilorom Sobirovna, Kabulova Nurguzal Umirbek Qizi

Ushbu maqolaning maqsadi ta'limning raqamli transformatsiyasini boshqarishning mohiyatini ochib berish va tendensiyalarni ko’rib chiqish. Ta'lim texnologiyalarini raqamli transformatsiyalashning boshqaruv masalalari hali ham so'roq ostida chunki maqolalarning aksariyati raqamli ta'lim texnologiyasini joriy etishning didaktika va pedagogika masalalarini qamrab oladi.Natijalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim texnologiyalarining raqamli transformatsiyasi kontentni boshqarishda o'zgarishlarga va tajriba boshqaruv strategiyalariga muhtoj.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING TENDENSIYALARI VA ULARNI TASHKIL QILISH MASALALARI»

TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING TENDENSIYALARI VA ULARNI TASHKIL QILISH MASALALARI 1Qosimova Dilorom Sobirovna, 2Kabulova Nurguzal Umirbek qizi

1Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor 2Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti 2guzalumirbekovnak@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10802456

Annotatsiya. Ushbu maqolaning maqsadi ta'limning raqamli transformatsiyasini boshqarishning mohiyatini ochib berish va tendensiyalarni ko'rib chiqish. Ta'lim texnologiyalarini raqamli transformatsiyalashning boshqaruv masalalari hali ham so'roq ostida chunki maqolalarning aksariyati raqamli ta'lim texnologiyasini joriy etishning didaktika va pedagogika masalalarini qamrab oladi.Natijalar shuni ko'rsatadiki, ta'lim texnologiyalarining raqamli transformatsiyasi kontentni boshqarishda o'zgarishlarga va tajriba boshqaruv strategiyalariga muhtoj.

Kalitso'zlar: raqamli transformatsiya, ta'lim menejmenti, texnologiya, E-LMM

Abstract. The purpose of this article is to reveal the essence of managing the digital transformation of education and review the trends. The management issues of the digital transformation of educational technologies are still under question because most of the articles cover the didactic and pedagogic issues of the introduction of digital educational technologies. The results show that the digital transformation of educational technologies leads to changes in content management and experience. need management strategies.

Keywords: digital transformation, management of education, technology, E-LMM

Аннотация. Цель данной статьи - раскрыть сущность управления цифровой трансформацией образования и рассмотреть тенденции. Вопросы управления цифровой трансформацией образовательных технологий остаются под вопросом, поскольку большая часть статей освещает дидактические и педагогические вопросы внедрения цифровых образовательных технологий. Результаты показывают, что цифровая трансформация образовательных технологий приводит к изменениям в управлении контентом и опыт, нужны стратегии управления.

Ключевые слова: цифровая трансформация, образовательный менеджмент, технология, модель E-LLM

Kirish

Hozirgi globallashuv sharoitida mamlakatning iqtisodiy o'sishi, barqaror rivojlanishi va ta'lim darajasini oshirishning asoslaridan biri uning innovatsion va texnologik rivojlanishidadir. Raqamlashtirish bizga har bir sohada keng ko'lamli xizmatlarni taklif etadi, jumladan, ta'lim sistemasida raqamli transformatsiyalarni olib kirish orqali o'qitish, baholash va boshqaruv moslashuvchanligini samaradorligini oshirish mumkin. Shunisi e'tiborga loyiqki, raqamlashtirish jarayoni transdisiplinar istiqbolga asoslangan holda global muammolarni yengib o'tishga yordam beradigan zarur vositalar va ko'nikmalarni shakllantirishni ta'minlaydi.

Ta'lim texnolgiyasini mohiyatini tushunish uchun uning rivojlanish tarixiga nazar tashlashimiz kerak.O'qitish texnologiyasining eng qadimgi shakli diagrammalar, modellar, xaritalar, tajribalar va aniq materiallar kabi audio-vizual vositalardan foydalanish bilan bog'liq edi.[1]

Keyinchaliik texnologik inqilob natijasida proyektorlar, magnitafonlar, radio va televizor kabi murakkab apparat va dasturiy ta'minot davriga yo'l ochildi.[2]

Buginga kunga kelib esa, axborotlarning shiddatli oqimi ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarni foydalanish zaruriyatini taqozo qildi. Raqamli texnologiyaning tabiatini butun o'quv-ta'lim jarayonlaridan ko'rish mumkin, masalan: maqsadlar va xatti-harakatlarning aniqlanishida; o'quvchining xususiyatlarini tahlil qilishda, o'rganiladigan mazmun yoki mavzuni tanlash va tashkil etishda; taqdimot usullari va strategiyalari tarkibida; yordamchi materiallar, dasturiy va texnik vositalar, ommaviy axborot vositalari va aloqa texnikasidan foydalanishda; o'quv vaziyatlari va o'quv muhitini samarali tashkil etish; samarali boshqarishda va h.k. Va har bir fazadagi biror bir ijobiy o'zgarish, ta'limning boshqa fazasida o'z aksini topadi.

1-sxema. Raqamli texnologiyalar natijasida ta'lim tizimidagi fazalar o'rtasidagi axborotlar almashinuvi munosabati [3]

Metodologiya. Raqamli transformatsiya ta'limdagi yangi kontseptsiya yoki jarayon emas, raqamli transformatsiya butun dunyo bo'ylab amalga oshirilmoqda va ba'zi hollarda u ajoyib taraqqiyot va natijalarni ko'rsatmoqda. Ushbu maqolaning maqsadini isbotlash uchun ushbu bo'limda raqamli transformatsiya amalda qanday ko'rinishga ega bo'lgan oltita tendentsiya ro'yxati keltirilgan.

1) Qoshimcha haqiqat (AR) / virtual haqiqat (VR) / aralash haqiqat (MR)

2) Sinf uchun asboblar to'plami

3) Qayta ishlab chiqilgan o'quv maydonlari

4) Sun'iy intellekt (AI)

5) Shaxsiylashtirilgan ta'lim

Raqamlashtirishni tashkil qilish asoslari. Ta'limda raqamli strategiyani amalga oshirish uchun oliy ta'limda raqamli transformatsiyaga yondashuvlarni o'rganib chiqilishi lozim. Ular quyidagi ustunlarni o'z ichiga olinishi kerak: akademik madaniyat, markazsizlashtirish, o'lchash va nazorat qilish, aniq maqsadlar, ongli jamoa , iste'dod, boshqaruv, ma'lumotlar va tahlil. [5]

Tashkil qilish modellaridan ELMM-modelini (E- Learning Maturity Model,)ko'rib chiqsak bo'ladi. Unda raqamlashtirilgan ta'limni tashkil qilishdagi muhim omillarning bir qanchasi sanab o'tiladi, bular:

1)Ta'lim texnologiyalarini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqish

2) Ta'lim texnologiyasi siyosatini qo'llash

3) Ta'lim texnologiyalarini qo'llash sohasida bilim, axborot, ilg'or tajriba almashish

4) Ta'lim texnologiyalari infratuzilmasi

5) Ta'lim texnologiyalarini qo'llash samaradorligini monitoring qilish

6) Elektron ta'lim texnologiyalarini qo'llash

7) Faol ta'lim texnologiyalarini qo'llash

8) Ta'lim texnologiyalarini qo'llash sohasida malaka oshirish

9) Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim.[4]

Yuqorida tavsiflangan modeli keng qamrovli - u raqamli ta'limni rivojlantirishning murakkab loyihasiga kiritilishi mumkin bo'lgan barcha variantlarni qamrab oladi. Biroq, byudjet, kadrlar salohiyati kabi cheklovlar mavjud.

Xulosa. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir faoliyat yurituvchi instutsional tashkilotlar raqamli texnologiyalarni qo'llashi lozim, va bundan ta'lim tizmi ham mustasno emas. Nega degan savolga, ta'limda raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli o'tkazish uchun asosiy qadamlar kiritilishidan oldin javob berilishi kerak. Buni qilish uchun esa amalga oshirishdagi to'siqlarni, tashkillashtirish muammolari, tendensiyalarni o'rganish muhim. Ta'limni takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish eng yangi texnologiyalarni joriy etishni boshqarishni qo'llash orqali ta'minlanadi.

REFERENCES

1. AETC (2008). Definition and Terminology Committee. Definition. In: A. Januszewski & M. Molenda (Eds.). Educational technology: A definition with commentary. New York: Lawrence Erlbaum.

2. Allan, B. (2010). Emerging strategies for supporting Student learning, 1 st edn., London: Facet publishing.2016

3. MacDonald, C. J. (2005). Structure, Content, Delivery, Service, and Outcomes: Quality e-Learning in higher education International Review of Research in Open and Distance Learning. Volume 6. № 2. 2005.

4. Management of digital transformation of educational technology: key elements Natalia Vatolkina , Murilo Dos Santos Cardoso https://doi.org/10.5281/zenodo.5095070

5. Zaitseva, N.A., Larionova,A.A., Fadeev, A.S., Filatov, V.V., Zhenzhebir., V.N., Pshava T.S. (2017). Development of a Strategic Model for the Formation of Professional Competencies of University Students Eurasian Journal of Analytical Chemistry. 12(7b):1541-1548

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.