Научная статья на тему 'TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

147
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ehtiyoj / innovatsiya / mantiqiy joylashish / kompetensiya / simulyator / ―raqamli ta’lim‖ / ma’muriy / cooperation / innovation / logical positioning / competence / simulator / "digital education" / administrative

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Pardaboy Qorabekovich Xolmatov

Ushbu maqola mazmunida O’zbekiston Respublikasining talim tizimida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonining Oliy ta’lm tizimiga tadbiq etish va ushbu raqamlashtirish jarayonining bo’lajak o’qituvchilar kasbiy konpetensiyasiga tasir etadigan ijobiy mulohazalar keltirilgan. Ta’limni raqamlashtirishga oid tizimning asosiy kompenentlari yoritilgan va tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Reflections on the implementation of the digitalization process implemented in the education system of the Republic of Uzbekistan in the Higher Education system and the impact of this digitalization process on the professional competence of future teachers. The main components of the education digitalization system are laid out and analyzed.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNI RAQAMLASHTIRISH ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISH ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILAR KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI

Pardaboy Qorabekovich Xolmatov

Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi dotsenti

pardaboy2012@gmail .com

Ushbu maqola mazmunida O'zbekiston Respublikasining talim tizimida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonining Oliy ta'lm tizimiga tadbiq etish va ushbu raqamlashtirish jarayonining bo'lajak o'qituvchilar kasbiy konpetensiyasiga tasir etadigan ijobiy mulohazalar keltirilgan. Ta'limni raqamlashtirishga oid tizimning asosiy kompenentlari yoritilgan va tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: ehtiyoj, innovatsiya, mantiqiy joylashish, kompetensiya, simulyator, "raqamli ta'lim", ma'muriy,

Reflections on the implementation of the digitalization process implemented in the education system of the Republic of Uzbekistan in the Higher Education system and the impact of this digitalization process on the professional competence of future teachers. The main components of the education digitalization system are laid out and analyzed.

Keywords: cooperation, innovation, logical positioning, competence, simulator, "digital education", administrative,

Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki bugungi kunda amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlarning asl mohiyati jamiyatning o'zgarishlarga bo'lgan ehtiyoji sabab bo'ladi. Tizimida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarga qo'yiladigan talablar doimo o'zgarib turadi. Bugungi kundagi innovatsiyalar o'quv jarayoniga mazmuniga tadbiq etilmoqda, ular bir tomondan bolajak o'qituvchilarni doimiy ravishda o'z bilimlarini, ko'nikmalarini, malakalarini rivojlantirib borishga, boshqa tomondan o'quv jarayonida innovatsiyalarning ko'payib borishi o'qituvchilardan yangi yechimlarni izlashda hamkasblari bilan hamkorlik qilish zaruriyatini va eng muhimi-tavsiya etilayotgan ma'lumotning ishonchliligi, mantiqiy joylashish nuqtai nazaridan tanqidiy baholash qobiliyatini talab

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

qiladi.

November, 2022

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda o'qituvchilarning kasbiy kompetentligining bir qismi sifatida qaraladigan samarali hamkorlik asosida ma'lumot to'plash, ma'lumotlarni saralash, tartibga solish, baholash va ulardan foydalanish imkoniyatlariga ega bo'lishi zarur. Shu sababli bugungi kunda zamonaviy o'qituvchi kompetenti mezoni elementi va o'qituvchilik faoliyatida zaruriy sharti sifatida axborotdan foydalanish madaniyatiga ega bo'lish mediyamadaniyat zarurligi haqida gapirish mumkin. Bu axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirishda esa Oliy ta'lim muassasalari eng muhim vazifalardan birini bajarib beradi. Bugungi kun talabalari o'zgaruvchan sharoit va talablarga moslashishi zarur. Yaqin vaqtgacha biz "ta'limni axborotlashtirish"ga harakat qildik. Ushbu atama ta'lim va tarbiya jarayoniga axborot mahsulotlarini, vositalarini, texnologiyalarini joriy etish asosida pedagogik jarayonlarni o'zgartirish bo'yicha chora-tadbirlar majmuasi sifatida tushunilgan. Bu tushunchani keng ma'noda yuqoridagidek talqin qilsak, tor ma'noda-ta'lim muassasalariga axborot kommunikatsiya texnologiyasiga asoslangan axborot vositalarini, shuningdek ushbu vositalarga asoslangan axborot mahsulotlari va pedagogik texnologiyalarni joriy etish ma'nosida tushunishimiz ham mumkin.

NATIJALAR

Ta'limni raqamlashtirish atamasining aniq ta'rifi mavjud emas, ammo u ba'zi bir fanlarni talabalar tomonidan ayrim virtual ishlanmalar, real ob'ektlar va boshqa ko'plab texnologiyalardan foydalanish orqali ko'plab ma'lumotlardan foydalanishni va ko'p jihatdan ular asosida o'quv jarayonini avtomatik moslashtirishni o'z ichiga oladi. "Raqamlashtirish" atamasining o'zi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan bog'liq holda paydo bo'ldi. Birinchi raqamli inqilob 1960-1980 yillarga to'gri kelib uni "sanoat" ning rivojlanishida ko'rgan bo'lsak, 1982-yilda ineternetning yaratilishi ortidan "online" o'yinlar, uni real dunyoga bog'lovchi ijtimoiy tarmoqlar kabi yangi aloqalar bilan to'ldirilgan virtual dunyo shakllanmoqda.

Ta'limni raqamlashtirish an'anaviy ta'limdagi muammolarni bartaraf etishga imkon beradi. Ta'lim oluvchilar uchun dasturning o'zlashtirilishining tezligi, o'qituvchi, o'quv materiali, o'quv shakli va usullarini tanlashi imkoniyatining mavjudligi yanada ham qulaylik yaratadi. Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llash orqali o'qitish samaradorligini oshishiga, o'rgangan bilimlarni turli sohalarda individual yondashuvni amalga oshirishga imkon

beradi.

November, 2022

MUHOKAMA

Ta'limni raqamlashtirish mehnat bozorida, ta'lim standartlarida o'zgarishlarga olib keladi, aholining yangi kompetentsiyalarini shakllantirishda ehtiyojlarni aniqlash va ta'lim jarayonini noanaviy tashkil etishga, o'qituvchining rolini qayta ko'rib chiqishga qaratiladi. Bir tomondan, raqamlashtirish o'tmishdan meros qolgan maktabning metodologik asosiga putur etkazadi, ikkinchi tomondan, u nafaqat ta'lim mazmunida, balki shaklida ham axborotning mavjudligini yuzaga keltiradi. Ma'lumotlarning mavjudligi tegishli va qiziqarli jihatlarini doimiy qidirish, tanlash, yuqori ishlash tezligini talab qiladi.

Binobarin, ta'limni raqamlashtirish uning sifatli tiklanishiga olib keladi. O'qituvchi yangi texnologik vositalar va deyarli cheklanmagan axborot resurslarini qo'llashni o'rganishi kerak. Ta'limda raqamli texnologiyalar bitta ish joyiga bog'lanmagan raqamli simulyatorlardan foydalanish imkoniyatini yaratadi, bu esa o'rganilayotgan texnologiyalar doirasini kengaytiradi. Mobil ta'lim texnologiyalari istalgan vaqtda va istalgan joyda o'rganishga imkon beradi.

Axborot formati axborotning raqamli tasvirlanishiga asoslangan. Elektron formatdan farqli ravishda raqamli format axborotni aniqroq ifodalaydi, uning erkin aylanishini, joylashtirilishini, qayta ishlanishini va kompyuter tarmoqlarida muammosiz ishlatilishini ta'minlaydi. Raqamli ta'lim tizimipi foydali axborot resurslari, va boshqaruv tizimi orqali tashkil etish mumkin

Ta'limni jarayonini axborotlashtirish ta'lim berishda jamiyatni keyingi raqamli davrga ishonchli o'tishini ta'minlashi,

November, 2022

511

rivojlanishning tezlashishiga, ishlab chiqarishning yangi turlarining yaratilishiga, bo'lajak o'qituvchi ehtiyojlarini ta'minlanish samaradorligini oshishiga yo'naltirilgan bo'lib, bu o'qituvchilarning barcha toifalarining o'z bilimlarini doimiy rivojlantirib borishga, individual o'quv jarayonlarining turli ko'rinishlarini tashkil etishga, o'qituvchilar o'zlarining o'quv natijalarini boshqarishga, o'quv natijalarini mustaqil baholay olishlariga yordam beradi.

Hozirgi kunga kelib bu jarayonni yakuniy bosqichga yetdi. Barcha darajadagi ta'lim muassasalariga zamonaviy axborot vositalari bilan jihozlandi, o'qituvchilar o'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalariga ega bo'ldi.

Bizningcha hozirgi kunda Oliy ta'lim muassasalariga o'zuv jarayonlarini mustaqil tashkil etish borasidagi imkoniyatlardan kelib chiqib ta'limda axborot texnologiyalarini qo'llashning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni belgilashimiz mumkin:

• ta'lim berishni samarali tashkil etish uchun o'quv dasturlarini yaratishda bugungi zamonaviy axborot vositalaridan keng foydalanish;

• ta'lim berishga asoslangan raqobatbardosh, ko'p tarmoqli Veb-saytlar tayyorlash;

• talabalar mustaql foydalanishlari uchun uslubiy va didaktik materiallarni kreativ fikrlash, axborot madaniyatini shakllantirish maqsadlari asosida ishlab chiqish;

• talabalarning axborotlardan foydalanishda uning realligini ta'minlash imkoniyatlarini oshirish;

• virtual modellar bilan kompyuter tajribalarini tashkil etish va o'tkazish;

• maqsadli axborot izlashni tizimli tashkil etish.

Oliy ta'lim vazirligi bugungi kunda asosiy vazifalardan biri "raqamli ta'lim" sifatni muntazam takomillashtirish uchun sharoit yaratishga, uzluksiz ta'lim imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Shu maqsadda O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim vazirligi tomonidan 4 modul asosida: ma'muriy, o'quv, ilmiy, va moliyaviy tashkil etmoqda. Joriy etilgan raqamli ta'lim maydoni, onlayn ta'limning mavjudligi tufayli amalga oshiriladi va aralash ta'limni tashkil etish, individual ta'lim yo'nalishlarini qurish, o'z-o'zini tarbiyalash va norasmiy ta'limga yo'naltirilgan.

XULOSA

Xulosa sifatida raqamlashtirish talabalar bilim olishining ijtimoiy paradigmasini o'zgartirib, takomillashtirish, ufqni kengaytirish imkoniyatlarini ochadi. Zamonaviy dunyodagi

November, 2022

512

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

raqamli texnologiyalar nafaqat vosita, balki yangi imkoniyatlarni ochadigan mavjudlik muhiti: har qanday qulay vaqtda o'rganish, uzluksiz ta'lim imoniyatini oshirati. Ta'limni raqamlashtirish talabalar tomonidan mobil va Internet texnologiyalaridan foydalanishni, ularning bilim doirasini kengaytirishga imkoniyat yaratadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF-6079 sonli —Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.

2. Введение в «Цифровую» экономику / А. В. Кешелава, В. Г. Буданов, В. Ю. Румянцев [и др.] ; под общ. ред. А. В. Кешелава ; гл. «цифр.» конс. И. А. Зимненко. — ВНИИ Геосистем, 2017. — 28 с.

3. Sharon Y.V. Digitalization of technologies in higher and professional education: from personality-oriented smart didactics to blockchain in network training of specialists // modern problems of science and education. - 2019.

November, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.