Научная статья на тему 'TA’LIM VA AXBOROT TIZIMIDA ZAMONAVIY TEXNIKA VA O’QITISH USULLARINI QO’LLASH'

TA’LIM VA AXBOROT TIZIMIDA ZAMONAVIY TEXNIKA VA O’QITISH USULLARINI QO’LLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt / texnologiya / alternative / innavatsion / uyali aloqa / axborot resurs markazi / texnika / internet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mohina Bahrom Qizi Riskaliyeva, Ulugbek Yarashovich Elmurodov

Ushbu maqolada talaba yoshlarga samarali ishlash va zamonaviy o’qitish tizimidagi ba’zi kamchilik va ijobiy tomonlarini yetarlicha misollar bilan tasvirlash o’z aksini topgan. Bundan tashqari toshlarning bo’sh vaqtlarini tog’ri taqsimlay olish va bu boradagi maslahatlar ham berib o’tilgan. Hozirgi yoshlarda ayni damda barcha ilm olish jarayonlari sun’iy intellekt yordamida rivojlandi hamda shakllanib bormoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. O’smirlik yoshida bo’lgan o’quvchilarni ham fanga qiziqtirish jarayoni juda muommoli kechayotgani va bazi darslar jarayonida an’anaviy o’qitish metodlari qo’lanilganligi sababli o’quchilar zerikish holatlari hech kimga sir emasligi ham ma’lum. Texnologik asrda doimgi yashil doskalar yokida tushunishga qiyin bo’lgan faktlarni so’zlarigacha shunchaki yodlab takrorlab berish usullaridan foydalanish, albatta, o’rganuvchiga ruhlantirish bera olmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM VA AXBOROT TIZIMIDA ZAMONAVIY TEXNIKA VA O’QITISH USULLARINI QO’LLASH»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagogjka^niVBBiiiBti^^^^^^^Zimi

TA'LIM VA AXBOROT TIZIMIDA ZAMONAVIY TEXNIKA VA O'QITISH USULLARINI QO'LLASH

Mohina Bahrom qizi Riskaliyeva

Student, Chirchik State Pedagogical University riskaliyevamohina0@gmail.com

Scientific adviser: Ulugbek Yarashovich Elmurodov

Senior teacher, Chirchik State Pedagogical University saman-sardor@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada talaba yoshlarga samarali ishlash va zamonaviy o'qitish tiz-imidagi ba'zi kamchilik va ijobiy tomonlarini yetarlicha misollar bilan tasvirlash o'z aksini topgan. Bundan tashqari toshlarning bo'sh vaqtlarini tog'ri taqsimlay olish va bu boradagi maslahatlar ham berib o'tilgan. Hozirgi yoshlarda ayni damda barcha ilm olish jarayonlari sun'iy intellekt yordamida rivojlandi hamda shakllanib bormoqda desak mubolag'a bo'lmaydi. O'smirlik yoshida bo'lgan o'quvchilarni ham fanga qiziqtirish jarayoni juda muommoli kechayotgani va bazi darslar jarayonida an'anaviy o'qitish metodlari qo'lanilganligi sababli o'quchilar zerikish holatlari hech kimga sir emasligi ham ma'lum. Texnologik asrda doimgi yashil doskalar yokida tushunishga qiyin bo'lgan faktlarni so'zlarigacha shunchaki yodlab takrorlab berish usullaridan foydalanish, albatta, o'rganuvchiga ruhlantirish bera olmaydi.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, texnologiya, alternative, innavatsion, uyali aloqa, axborot resurs markazi, texnika, internet.

ANNOTATION

This article reflects on effective work for the student youth and illustrating some of the shortcomings and pros in the modern teaching system with sufficient examples. In addition, the ability to distribute the free time of the stones in the mountains and tips on this are also given. At present, it is no exaggeration to say that all the processes of obtaining science have developed and are taking shape with the help of artificial intelligence. It is also known that cases of student boredom in adolescence are not a secret for anyone, since the process of interest in science is too much and traditional teaching methods are used in the course of some lessons. In the technological age, the use of methods of simply memorizing and repeating facts to the words that are difficult to understand on Evergreen whiteboards or, of course, cannot give

April 23-24, 2024

414

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiq^avlat^edagogjka^niViBiiiiti^^^^^^^Zimilliití

the learner encouragement.

Keywords: artificial intelligence, technology, alternative, innovative, cellular, information resource center, technology, internet.

АННОТАЦИЯ

В данной статье отражено, как эффективно работать с учащейся молодежью и на достаточном количестве примеров проиллюстрировать некоторые недостатки и плюсы современной системы обучения. Также были даны советы, Как правильно распределить свободное время для камней. Не будет преувеличением сказать, что в настоящее время все процессы получения знаний развиваются и формируются с помощью искусственного интеллекта. Также известно, что процесс заинтересованности в науке у учащихся, находящихся в подростковом возрасте, весьма проблематичен, а случаи скуки у учащихся не секрет, так как в процессе некоторых занятий используются традиционные методы обучения. В век технологий вечнозеленые доски или использование методов простого запоминания фактов, которые трудно понять, до слов, не обязательно может вдохновить учащегося.

Ключевые слова: искусственный интеллект, технологии, альтернатива, инновации, мобильная связь, Центр информационных ресурсов, Интернет.

KIRISH

Mana asrlar davomida insoniyat aqliga singdira olmagan hodisalar bilan yuz-ma-yuz keladi va ularni tahlil qilishga ulgurmasdan turiboq yangicha innovatsion g'oyalar dunyo ahlini lol ettirishni davom etmoqda. Kundalik hayotimizning asosiy vaqtini texnologik omillar allaqachon egallab olishga ulgurdi va biz buni rad eta olmaydigan darajada turmushimizni muhim qismiga aylandi. Birgina uyali aloqa or-qali biz bugun ko'p narsalarga qodir bo'lmoqdamiz. Bularga misol qilib, axborot va texnologiyalarning o'qishimizdagi yoki ilm-fandagi o'rnini olsak. Biz axborot resurs markazlaridan bugungi kunda tashrifimizsiz ham elektron shakldagi kitoblarni yuklab olish imkoniyatiga egamiz. Turgan manzilimizdan ancha uzoqda joylashgan makon-larning yangiliklarini ham bemalol qiyinchiliklarsiz bilishimiz mumkin. Iloji boricha raqamli texnologiyalarning ta'sirini kamaytirishni qo'lga olmasak, fuqarolarning sha-xsiyatini ham tez orada sun'iy intellekt altirnativlashtirib olish ehtimoli yo'q emas. Birgina ishlab chiqarish jarayonidagi insoniyat omilining mehnatini texnikaning xiz-matidan olayotgan foyda bilan taqqoslashning o'zi yetarli. Vaholanki, bugungi zamonda ko'plab odamlar ishsizlik bilan kurashishmoqda, biroq bilishmaydiki, ularni robota-texnika omillari ishsiz qilib qo'yganini. Albatta, sun'iy intellekt qattiq tanqid

April 23-24, 2024

415

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagogjka^nivBBsiiBti^^^^^^^Zlälllii^

va e'tirozga emas, balki qarsaklarga loyiqdir. Chunki raqamli texnalogiyalar hali internet rivojlanmasidan turib insoniyat ongi bilan yaratilgan ekanligi hech kimga sir emas. Lekin hozirgi paytda bu kabi intellektlar yoshlar va o'rta yoshlilar orasida ish hamda o'qish sifatini pasaytirishga ham xizmat qilmoqda. Vaholanki, "elektron pochta-yu ijtimoiy tamoqlar, qo'yingki, barcha aloqa vositalari diqqatimiz, e'tiborimiz va vaqtimizning o'g'risiga aylandi"

Metodologiya

Tarix bizga ibrat maktabi bo'la oladigan olimlarning kushandasi va ko'zgusidir, desak mubolag'a bo'lmaydi. Unda kashfiyotchilarning qanday holatda yangi innovatsiyalar qilgani yoki bu jarayonlarga qay holda vaqt ajrata olgani hay-ratga loyiq. Ular ilm olish jarayonida ularni chalg'ituvchi omillarni yo'q qilishga va ulardan holi joyda ishlashga harakat qilishgan. Ko'plab qo'lyozmalar va bitiklar, millionlab jiddiy ixtirolarga sabab bo'lgan teoriyalar qoldirib ketishga ham muvofiq bo'lishgan. Xo'sh, ularning vaqtini sarflash tizimi biznikidan qanday farq qiladiki, biz oddiygina kitob varaqlashga ham ba'zan vaqt ajrata olmay qolamiz. Albatta, bunga sababni izlash qiyin emas, birgina ijtimoiy tarmoqdagi xabarning o'zi sizning dars qilish uchun yig'ilgan e'tiboringizni yo'q qila olish kuchiga ega. Bundan kelib chiqadiki, an'anaviy ishlash metodi hozirgi kunda bizga juda qo'l keladi. Gap isboti bilan deganidek, samaradorlik sirlarini birma-bir ta'kidlab o'tsam.

Birinchi uslub. Keng ko'lamda qo'llanib kelinadigan minimalistik g'oyalarga tayanish. Ya'ni bu nimani anglatishini birgalikda ko'zdan kechirib chiqsak, birgina ish stolingizning ustini ortiqcha, xayolingizni oladigan narsalardan ozod qilish yoki dars xonangizni sizga dars qilishga qulay va uyali vositalardan holi shaklga keltirish.

Ikkinchi uslub. Qaysi vositalar sizga fikringizni ish jarayonida bezovta qila-yotganini aniqlashtirgan holda bu detallardan voz kechish. Ayni damlarda dars yoki ish vaqtlarida insoniyat tafakkurini faqatgina birgina uyali aloqa yoki u yerdagi ijtimoiy tarmoqlarda keladigan xabarlar talabalar yoki ishchilarning ongini ish vaqti zaharlamoqda. Samaradorligi kam bo'lgan ishning tag negizida, albatta, sun'iy intel-lektning bir bo'lagi bor.

Uchinchi va eng so'nggi uslublar bu sizga qulay bo'lgan sharoitda ishlash. Bu holatlar har xil bo'ladi. Ba'zilar sokinlikni, ba'zi shaxslar klassik musiqa ostida ish-lashni afzal bilishadi. Bunday holatni siz ham individual shaklda ishlash jarayonida aniqlashga urinib ko'rsangiz samaradorlikka, albatta, tirgak bo'la oladi.

E'tibor berganmisiz, biz yashab kelayotgan jamiyatda keskin o'zgarishlarni, innovatsion g'oyalarni va hech kimnikiga o'xshamgan dunyo qarashlarni insonlar sovuqqonlik bilan qabul qilishni boshlashdi. Bundan 200 yil yoki 100 yil orqaga naz-ar tashlasak, buning aksi ekanligini va ana shu e'tibor, shuhratga erishilgan yangili-

April 23-24, 2024

416

klar hozirda hayotimizning yarmiga aylanib qolganini anglab yetamiz.

Misol tariqasida oddiy uyali aloqani olsak, hozirda kunlik harakatlarimiz bu vositasiz o'tmasligini hamda ongimiz real voqelikdan ko'ra ana shu kichik ekran or-tidagi soxtalikka bog'lanib qolganini hech ham rad eta olmaymiz. Ilm-fan asrlar davomida bashariyatni rivojlanishga va yangicha yashashga ruhlantirdi va hozir ham shu sababli bilim olishga bo'lgan xohishlar soni ortib bormoqda. Tarix Yunonis-tonning sivilizatsiyasidan tortib, sun'iy intellektning insoniyat ongini zabt etishini ham boshdan kechirdi. Odamzot shunday mavjudot unga yashashning o'zi kifoya bo'la olmaydi, u umrini oddiy emas juda yaxshi o'tkazgisi keladi. Shu talabchanlik tufayli ilm olish yanada ommalashdi. Oddiygina yashash joyimizning strukturasiga nazar tashlasak, uyning va uydagi har bir detalning joylashish va ko'rinish belgilari yillar davomida o'zgarib kelmoqda. Tosh davrlardagi g'orlar insoniyatning aqliy rivojlanishi natijasida taxtali uylarga yoki toshli mustahkam qal'alarga aylandi. Re-nessans davridagi yangi zabt etilgan yerlar, turpoqning zarrasidan tortib samoning quyoshigacha bo'lgan tadqiqotlarning bari o'rganishning to'xtovsiz ekanligini isboti sanaladi. Bundan kelib chiqadiki, jamiyat va hokimiyat rivojlanishi uchun ham aynan ilm kerak, texnika yoki sun'iy intelekt emas.

Vizualizatsiya yoki demonstrativ g'oyalar asosida ishlash, o'rganish va o'rgatish esa hozirgi zamonning asosiy talab va istaklaridan biri bo'lib kelmoqda. Birgina kimyo sohasida tajribalarni ko'rish va uning natijasini tubdan tekshirish uchun elektron doskalar va dars jarayonida zamonaviy gadjetlar kerak bo'ladi. Bu orqali o'quvchi va o'qituvchi bir darsning o'zida ham tajriba o'tkaza oladi, ham uning jarayonlarini vizual holatda ko'rish imkoniyatiga ega bo'ladi. O'rganishlar va tajribalar shuni ko'rsatadiki, ilm olishda o'rgatish uchun ishlatilgan texnika, asosan, o'rganish uchun ishlatilayotganidan ko'ra ko'proq foyda keltiradi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, sun'iy oqim tizimining sizni dars qilishga sho'ng'iyotganingizda to'fon kabi kelishi va bor diqqatingizni buzishi bunga yorqin tahlildir. Siz doimiy ravishda aktiv bo'lgan ijtimoiy tarmoqlar esa sizning hayotingiz-ni yuksaklikka olib chiqib bera olmaydi, albatta. Keling, Kel Nyuportning shu hara-katlar haqida "Diqqat" kitobida keltirilgan fikriga nazar tashlaylik: "Vimeo bosh direktori Kerri Treynor elektron pochtasiz qancha vaqt tura olishi mumkinligi haqidagi savolga shunday javob beradi: "Shanba kunlari elektron pochtamga qara-mayman, ha, deyarli qaramayman ko'pincha kunduzi... aytmoqchimanki, kelgan xatlarni o'qiyman, lekin doim ham javob yozmayman" .

Xo'sh, endi aytingchi, olim va professorlar ish jarayonida sizga fan o'rgatish uchun ishlatgan sun'iy intellekt bilan sizning dars qilish alternativ sifatida ishlata-diganidan farq qiladimi? Javobingiz tasdiqlash bo'lgan holatda, siz bugundan ijtimoiy

April 23-24, 2024

417

tarmoqlardagi tashrifni kamaytirib, axborot resurslar markaziga e'tiboringizni yo'naltiring.

XULOSA

Bundan kelib chiqadiki, siz samarali ish qilishga qattiq bel bog'lagan bo'lsangiz, vaqtinchalik doimiy uyali aloqalar va diqqatingizni jamlashga halaqit be-radigan vositalardan voz kechishingiz kerak bo'ladi. Nega aynan uyali aloqani yoki ijtmoiy tarmoqlarni ta'kidlab o'tish kerakligini esa bir nechta sabablari bor. Bulardan bittasi, oliy ta'limda dars beradigan va millionlab talabalarni ustozi sanaladigan mashhurlar ham hozirda yangi chiqqan ilovalarni va ulardan foydalanishni to'laqonli bilishmaydi, ammo ularga bu bilmaslik halaqit bermaydi yoki ularning bilim va savi-ya darajasini sustlashtirib qo'ymaydi. Aksincha bu bilmaslik natijasida ular o'zining qimmatli vaqtlarini kitob o'qish hamda ishiga kerakli ma'lumotlarni ko'rib chiqish orqali o'tkazadilar va shu yordamida ishidagi, darsidagi samaradorlikni oshiradilar.

REFERENCES

1. Elmurodov, U. Y. (2023). INNOVATIVE TECHNOLOGIES AND EFFECTIVE METHODS FOR LEARNING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE: A REVIEW OF CURRENT APPROACHES. Academic Research in Educational Sciences, 4(3), 573-580.

2. Elmurodov, U. Y. (2020). The importance of multimedia and mobile applications in teaching foreign languages. Science and Education, 1(Special Issue 2), 72-75.

3. Elmurodov, U. Y. (2022). Teaching foreign languages based on interactive technologies, multimedia tools and communicative method. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(6), 179-184.

4. Elmurodov, U. Y., & Shorakhmetov, S. S. (2021). Essential ways to learn English words. Academic research in educational sciences, 2(5), 577-583.

5. Eshonkulova, S., Abduramanova, D., & Makhmudov, K. (2021). English for Chemistry.

6. Graddol, D. (2006). English next. The British Council.

7. Harmer, J. (2007). The practice of English language teaching (4th ed.). Pearson

418

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.