Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA SMART TEXNOLOGIYALARNING O`RNI'

TA’LIM TIZIMIDA SMART TEXNOLOGIYALARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
203
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Smart texnologiyalar / smart o`qitish / smart doska / smart darslik / smart o`yinlar / elektron darslik / smart planshet

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Saidova Madina Sodiq Qizi, Kenjayeva Farangiz Yashin Qizi, Bekmurodova Bonu Yigitali Qizi, G’Afforov Oybek Rustam O’G’Li

Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qo`llash bo`yicha fikr yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan o`rni qanday ekanligi ko`rsatib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA SMART TEXNOLOGIYALARNING O`RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

TA'LIM TIZIMIDA SMART TEXNOLOGIYALARNING ORNI 1Saidova Madina Sodiq qizi, 2Kenjayeva Farangiz Yashin qizi, 3Bekmurodova Bonu Yigitali qizi, 4G'afforov Oybek Rustam o'g'li

1,2,3,4Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7856096

Annotatsiya.Ushbu maqolada tizimida smart texnologiyalarni qollash boyicha fikr yuritilgan. Smart texnologiyalarni tutgan orni qanday ekanligi ko rsatib o tilgan.

Kalit so^zlar: Smart texnologiyalar, smart o'qitish, smart doska, smart darslik, smart oyinlar, elektron darslik, smart planshet

Axborot texnologiyalari asri talablari va kompyuter texnologiyalarining jadal rivoji natijasida tizimida „Smart texnologiyalar" tushunchasi kirib keldi. Shu orinda „Smart texnologiya" ozi nima degan savol yuzaga keladi.

Demak, axborot asrining kirib kelish davri haqida so'z borganda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ularni real o'quv jarayoniga qollash zamonaviy axborot infrastrukturasini yaratish mutlaq yangi multimedia o'quv dasturlarini yaratish va ta'limga tadbiq etish bosqichlari asta sekin nihoyasiga yetib bormoqda.

AKT rivojlanishining zamonaviy bosqichida nafaqat klassik talim texnologiyalari, balki elektron ta'lim (e-learning) ham qanoatlantira olmaydigan ehtiyojlar kuzatiladi. Ayni vaqtda elektron talim tizimidan Smart (ingl.-aqilli, mushohadali, harakatchan) e-learning hamda Smart Education (aqilli ta'lim) ga o'tish jarayoni bormoqda. Shuningdek, bu jarayonda qo'llaniluvchi barcha usul va texnologiyalarni kompleks modernizatsiyasini mujassamlashtiradi. Smart konsepsiyasi ta'lim kesimida o'zi bilan birga „aqlli taxta", „aqlli ekran", ixtiyoriy nuqtadan internetga ulanish kabi texnologiyalarni shakllantiradi.

Smart oqitishda o'quvchini darsda faolligi va diqqatini boshqa vaziyatlar olib o'tmasligi foydali bo'ladi hamda ta'lim sifati oshib boradi. Ushbu jarayonga biz quyidagicha taklif bermoqdamiz:

- ta'lim jarayonida o'quvchilarda tasavvur imkoniyati yetarli bo'lmaganligi uchun dars jarayoniga modellashtirish texnologiyalarini olib kirish;

- darslarda texnik qurilmalarni amaliy foydalanish imkoni bo'lmagan hollarda ishlash jarayonini virtual holda yaratish va natijani ko'rsatish;

- modellashtirilgan obyektlar asosida tahlilni olib borish;

- kimyoviy moddalar bilan ishlash jarayonida ularni ko'rsatish;

- geografiya darslarida esa xaritalar va shaharlarning yaratilgan modellaridan unumli foydalanish mumkin.

Umumiy holda biz shunday ishlarni amalga oshirish uchun kerakli vositalarni tashkil etishda AKT va smart texnologiyalardan foydalanib salmoqli natijalarga erishishimiz mumkin. Ta'lim sifatini yuqori darajada olib borish uchun yaqin yillar ichida sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalarga bog'liq bo'lishi aniq.

Smart ta'lim, bu ta'lim muassasalari hamda professor-o'qituvchilar tarkibining umumiy standartlar, kelishuvlar va texnologiyalar asosida yagona Internet tarmog'i orqali ta'limni amalga oshiruvchi birlashmalar yig'indisidir. Ta'limning bu shakli ko'p miqdordagi manbalar, multimediyaning (audio, video, grafik) maksimal xilma -xilligini, tinglovchilarning talab va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

ehtiyojlariga tez va oson moslashish imkoniyatini nazarda tutadi. Bu mutlaqo yangi ta'lim muhiti bo'lib, unda ta'lim faoliyati Internetda umumiy standartlar, texnologiyalar va ta'lim muassasalari tarmog'i o'rtasida tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi va umumiy tarkibdan foydalaniladi. Bu turdagi ta'limning o'ziga xos xususiyati shundaki, yashash joyidan va moliyaviy ahvolidan qat'iy nazar, aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik, ya'ni "hamma joyda" ta'lim olish imkoniyatidir.

O'quvchilar uchun smart-muhit har bir o'quvchi uchun individual ta'lim muhiti, amaliy yo'nalish, bilim, ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda mustaqillik - ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli moslashishga imkon beruvchi barcha omillar; uzluksiz ta'limning smart, fanlararo, talabalarga yo'naltirilgan ta'lim tizimlari (maktab, oliy o'quv yurti, korporativ o'qitish); moslashtirilgan o'quv dasturlari, portfolio; hamkorlikda o'qitish texnologiyalari; ko'p miqdordagi odatiy funktsiyalarni avtomatlashtirish; amaliyotchilarni o'quv jarayoniga jalb qilish kabilar orqali ifodalanishi mumkin.

Smart darslik, bu kreativ darslikdir. Darhaqiqat, bu oddiy darslik. Lekin telefonni unga ko'rsatishingiz bilan kitob jonlanadi. U erda nima bor? Masalan, "jonli" harflarni yozish xuddi doskadagi kabi. Ularning talaffuzi, kamerani yo'naltirganingizda ekranda harakatlanadigan qiziqarli 3D modellar. Alifboda aqlli, qiziqarli mini-o'yinlar bor, yana ko'p narsalar mavjud. Bularning barchasi AR texnologiyasi deb ataladi, ya'ni gadget kamerani obyektga yo'naltirishga va bunday obyektlarning qo'shimcha ma'lumotlari bilan o'zaro aloqada bo'lishga imkon beradigan kengaytirilgan haqiqat. bu internetga joylashtirilgan enseklopediya. Bu orqali insoniyat yillar davomida egallagan bilimlarini topishi va ko'rishi mumkin. Barcha soha yo'nalishlariga oid materiallar jamlangan. Darslik bu na'munaviy reja asosida ajratilgan mavzularning mazmunini to'liq qamrab oluvchi darslik.

Elektron darslik, bu e-learning muhitidagi ta'limni amalga oshiruvchi axborot texnologiyalari va multimedia asosida o'qitishni ta'minlovchi darslik. Elektron darslik o'zining metodik tashkiliy bilimlarni o'rgatuvchi, bilimlarni nazorat qiluvchi va xulosa qiluvchi hamda natijani beruvchi qismlarga ega. Har bir elektron darslikda muqova, uni kim yaratganligi haqida, mualliflar haqida ma'lumot, nazariy qism, bilimlarni nazorat qiluvchi test qismi va xulosalovchi, ya'ni o'zlashtirishni belgilovchi qismlari mavjud.

Elektron darslikka qo'yiladigan asosiy didaktik talablardan biri, undagi animatsiya va ranglarning ko'zga ta'sir qilishi kam bo'lgan ranglarning tanlanishi, animatsiya va rasmlarning ranglaridagi tafovutlarga e'tibor qilishni talab etadi.

Smart doskalar kundan kunga hayotimizga kirib kelmoqda, ularning turli versiyalari ishlab chiqilmoqda. Smart doska katta ekranda katta auditoriyadagi eshituvchilarni qamrab oladi. Bu o'qituvchilar va talabalarga ekranni teginish orqali kompyuterni boshqarish imkonini beradi. Smart doskalar hamkorlik qilish va ishingizni kelajakda foydalanish uchun saqlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Stylus qalami yoki barmog'ingizdan foydalanib, smart doskaning sensorli ekrani orqali elementlarni chizishingiz, ajratib ko'rsatishingiz yoki ular bilan o'zaro aloqada bo'lishingiz mumkin. Fikr va g'oyalarni smartboardga yozib olish orqali siz qaydlaringizni raqamli kontent sifatida almashish, arxivlash va saqlashingiz mumkin. Qurilmalardan to'g'ridan -to'g'ri kontent almashish taqdimotlarni yanada ravon qiladi va qaydlarni tartibga solishga sarflangan vaqtni qisqartiradi. Ishingiz tugagach, jismoniy saqlash joyiga ehtiyoj qolmaydi. Izohlangan kontent keyinchalik ulangan qurilmani tanlaganingizda foydalanish uchun bulutda saqlanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Smart planshet o'z ichiga elektron darsliklarni qamrab olgan, zamonaviy va e-learning uchun ishlashga qulay vosita. Smart planshetlar ularning tarkibiga smart-darslik o'rnatilgan bo'ladi. Smart notebooklar ham hozirgi kunda o'zining zamonaviy tuzilishi, jihozlanishi bilan bizlarni hayratga soladi. O'zbekistonda ham bunday texnologiyalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda, artel kompaniyasini rivojlantirish, zamonaviy planshetlarni ishlab chiqishni yo'lga qo'yish va rivojlantirish masalalari hal etilmoqda.

Smart uylar, smart shahar, smart qishloq, va bu haqidagi O'zbekistonda birinchi qadamlar. Smart uy quyosh batareyasi asosida uyni isitish va energiya bilan ta'minlash, insonni sezuvchi texnologiya asosida amalga oshirilgan. Smart shahar quyosh energiyasi asosida ishlovchi shahar, quyosh energiyasi asosida ishlovchi batareyalar orqali ishlovchi svetofor.

Lekin hozirgi axborot texnologiyalari asrida web 2.0 texnologiyalari zaminida shunday dasturiy vositalarni elektron ta'limning resurslarini yaratish qo'llash mumkin-ki, buning uchun dasturchi va yuqori tilli dasturlash tillarida bilimga ega bo'lish shart emas. Masalan, bunday dasturlarga, CourseLab, SunRav BookOffice, SunRav TestOfficePro va boshqalar kiradi. Undan tashqari 11 ta dasturiy instrumental, 9 ta dasturiy vositalar orqali online va offline tarzda ishlashga ta'lim resurslarini yaratish mumkin.

Biz Smart texnologiyalarining afzallik tomonlari hamda samaradorliklari haqida fikr yuritdik. Ushbu zamonaviy texnologiyalarining bir nechta qulay imkoniyatlari mavjudliligi bilan bir qatorda o'ziga xos kamchiliklari ham mavjud:

- Smart texnologiyalardan istalgan vaqtda istalgan joyda foydalanish imkoniyati yo'qligi, chunki barcha hududlar internet bilan to'liq ta'minlanmagan.

- Smart texnologiyalardan uzluksiz ravishda foydalanish inson salomatligiga, asosan, ko'rish va asab tizimiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

O'qitishning yangi-smart texnologiyalari zamonaviy ta'lim tizimining ajralmas qismi bo'lib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib, zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalaridan unumli foydalanish nafaqat maktab o'quvchilari, talabalar, katta yoshli o'rganuvchilarni ham yangi bilimlarga bo'lgan qiziqishini kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvafaqqiyatli muloqot qila oladilar, barcha talabalarni yangi davrning smart texnologiyalari bo'yicha o'z-o'zini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar.

REFERENCES

1. Даминова Б. Э., Якубов М. С. Проблемы защиты от внешних и внутренних информационных угроз //Труды Северо-Кавказского филиала Московского технического университета связи и информатики. - 2013. - №. 1. - С. 306-308.

2. Esanovna D. B. UDK: 372.881 CRITERIA FOR EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF THE EDUCATION SYSTEM, ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE //EDUCATION AND TRAINING. - 2021. - С. 2181-975.

3. Бозорова И. Ж. ПРИНЯТИЕ РЕШЕНИЙ В СФЕРЕ ФИНАНСОВ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ //Экономика и социум. - 2023. - №. 1-2 (104). - С. 603-606.

4. Даминова Б. Э. СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ СОСТОЯНИЯ ОРГАНИЗАЦИИ МНОГОУРОВНЕВЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОЦЕССОВ //Экономика и социум. -2023. - №. 1-2 (104). - С. 611-614.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

5. Даминова Б. АКТИВИЗАЦИЯ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ СТУДЕНТОВ При ОБУЧЕНИИ ИНФОРМАТИКЕ //ЦЕНТРАЛЬНОАЗИАТСКИЙ ЖУРНАЛ ОБРАЗОВАНИЯ И КОМПЬЮТЕРНЫХ НАУК (CAJECS). - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 68-71.

6. Бозорова И. Ж. и др. ТЕХНОЛОГИИ СОЗДАНИЯ ЭЛЕКТРОННЫХ БИБЛИОТЕК И ЭЛЕКТРОННЫХ МУЗЕЕВ //European Scientific Conference. - 2019. - С. 95-97.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.