Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH'

TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komponent / funksional / texnologiya / energiya / integratsiya / texnika / konstruksiya / qurilma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.Q.Qahhorov, X.I.Ilxomov

Ta’lim jarayonida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish talabalarga fanga oid innovatsion tenologiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bilan bog‘liq darsliklar va mashg‘ulotlar, talabalarga amaliyotda ishlab chiqarishni o‘rganish, texnologiyalarni boshqarishni va ish joylarida muammolarni hal qilishni o‘rganish imkoniyatini beradi. Bu ularning zamonaviy sanoatda o‘zlarini o‘rganish va rivojlantirishga sharoit yaratadi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bilan bog‘liq innovatsiyalar, talabalarga qishloq xo‘jaligi sohasidagi turli texnologiyalarni va zamonaviy qurilmalarni o‘rganish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASH»

TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH

S.Q.Qahhorov

Buxoro davlat universiteti professori siddikkahhorov@gmail.com X.I.Ilxomov

Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti (PhD) xurshidIlxomov.@gmail.com

Annotatsiya: Ta'lim jarayonida qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish talabalarga fanga oid innovatsion tenologiyalarni rivojlantirish imkonini beradi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bilan bog'liq darsliklar va mashg'ulotlar, talabalarga amaliyotda ishlab chiqarishni o'rganish, texnologiyalarni boshqarishni va ish joylarida muammolarni hal qilishni o'rganish imkoniyatini beradi. Bu ularning zamonaviy sanoatda o'zlarini o'rganish va rivojlantirishga sharoit yaratadi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini quritish va yetishtirish bilan bog'liq innovatsiyalar, talabalarga qishloq xo'jaligi sohasidagi turli texnologiyalarni va zamonaviy qurilmalarni o'rganish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: komponent, funksional, texnologiya, energiya, integratsiya, texnika, konstruksiya, qurilma.

ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В СИСТЕМЕ

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация: Организация практических занятий по сушке и выращиванию сельскохозяйственной продукции в образовательном процессе позволит студентам развивать инновационные тренинги по науке. Учебники и занятия, связанные с сушкой и выращиванием сельскохозяйственной продукции, позволяют студентам изучать производство на практике, управлять

технологиями и решать проблемы на рабочем месте. Это позволит им « учиться и развиваться » в современной промышленности. Инновации, связанные с сушкой и выращиванием сельскохозяйственной продукции, позволяют студентам изучать различные технологии и современные устройства в сфере сельского хозяйства.

Ключевые слова: компонент, функционал, технология, энергия, интеграция, техника, конструкция, устройство.

APPLICATION OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION

SYSTEM

Abstract: The organization of practical classes on drying and growing agricultural products in the educational process will allow students to develop innovative trainings in science. Textbooks and classes related to drying and growing agricultural products allow students to learn production in practice, manage technology and solve problems in the workplace. This will allow them to "learn and develop" in modern industry. Innovations related to drying and growing agricultural products allow students to study various technologies and modern devices in the field of agriculture.

Key words: component, functionality, technology, energy, integration, technique, design, device.

Ta'lim jarayoni rivojiga bir nazar tashlasak, bugungi kunda kompyuter telekommunikatsiyalari yordamida qanchalik muhim pedagogik masalalarning yechimi topilayotganligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin. Ta'limning turli sohalarida innovatsion texnologiyalarining qo'llanilish tajribalaridan shuni ko'rish mumkinki, innovatsion texnologiyalar bizga bir qator ijobiy imkoniyatlarni yaratib berayapti, quyidagilar shular jumlasidandir: professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning har xil turdagi hamkorlik ilmiy tadqiqotlarini tashkil etish; ilmiy-uslubiy markazda ta'lim olayotgan keng ommaga tezkor mutaxassis maslahatlarini

tashkil etish va yetkazish; masofaviy ta'lim va pedagogik kadrlar malakasini oshirish tarmog'ini tashkil etish; tezkor axborot almashinuvi; ta'limdagi sheriklarning, bu talaba, o'quvchi, o'qituvchi, ilmiy xodim bo'lishidan qat'iy nazar, ularga o'zaro fikr almashinish ko'nikmalarini hosil qilishni, muomala madaniyatini va o'z fikr-mulohazalarini tez, lo'nda va aniq ifoda etishni o'rgatish; madaniy, etnik, insonparvarlikning keng qamrovli ijobiy axborotlari bilan fikr almashinish natijasida yoshlarning madaniy va ijtimoiy qobiliyati va layoqatini o'stirish va hokazo.

Ta'lim jarayonida innovatsion o'qitish texnologiyalarini qo'llashda talabalarni faqatgina ekrandagi axborotlarni ko'rishiga va ularni qabul qilishgagina emas, balki ularning o'zlari ham bu jarayonda ijodiy ishtirok etishlariga o'rgatishimiz lozim[1,2]. Ta'limning didaktik xossalari bilan bog'langan yashirin imkoniyatlar olamini bevosita zamonaviy innovatsion texnika kompyuter telekommunikatsiyalari bilan bog'lash bu ta'lim sohasida zamonaviy va istiqbolli maqsadlarga ega. Didaktik funksiya sifatida biz o'quv- tarbiyaviy jarayonda ma'lum bir maqsadlarda qo'llanilayotgan ta'lim vositalarining tashqi xossalari namoyonini tushunamiz. Bu ularning o'quv jarayonidagi foydalanish vazifalari, tutgan o'rni va ahamiyatidan iborat. Bizga ma'lumki, ta'limda innovatsion texnologiyalari - bu axborotni tayyorlash va uni ta'lim oluvchiga texnikasi va dasturiy vositalar yordamida uzatish jarayonidir. Ta'limda innovatsion texnologiyalarining qo'llanilish jarayonida o'quv axborotini uzatishda ishtirok etuvchi ikkita komponenta mavjud: texnik vositalar va har xil maqsadlarda yaratilgan dasturiy vositalar.

Darsga tayyorgarlik va dars jarayonida innovatsion texnologiyalardan unumli foydalanishi uchun o'qituvchi bu komponentalarning funksional imkoniyatlari va qo'llanilish shartlarini juda yaxshi bilishi lozim, chunki ham texnik va ham dasturiy vositalar o'ziga xos xususiyatlarga va o'quv jarayoniga ta'sirga ega. Buni tushunish uchun dars jarayonida kompyuter texnikasi nima uchun qo'llaniladi va innovatsion texnologiyalar vositalaridan foydalanib qanday uslubiy masalalar yechiladi, degan savolga javob berishimiz lozim[3].

Innovatsion texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik maqsadlari quyidagilar: shaxsiyatni rivojlantirish (tafakkur; estetik tarbiya; tajriba-tadqiqot

faoliyatini olib borishni rivojlantirish); axborot madaniyatini shakllantirish; aniq bir sohaning mutaxassislarini tayyorlashda foydalanuvchining umumiy axborot tayyorgarligi iborat ijtimoiy buyurtmani bajarish; o'quv-tarbiya jarayoni unumdorligini, ta'limning sifat va samaradorligini oshirish, bilish va o'rganish faoliyatining muhim jihatlarini ta'minlash, va fanning integratsiyasi hisobiga innovatsion texnologiyani fanlararo bog'liqlikni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq[4,5].

Hozirgi kunda energiya resuris tejamkor xilma-xil innovatsion qurilmalar yaratilmaoqda shulardan biri gelioqurilma samaradorligini oshirish maqsadida ulardan yoz-kuz mavsumida meva-sabzavotlarni quritish, erta bahorda ko'chat yetishtirish maqsadida foydalaniladi. Gelioquritgich kesimi uchburchakli cho'ziq kamera shaklida qurilgan va usti plyonka bilan yopilgan. Kameraning boshlanish joyi va oxirida quyosh radiatsiyasi ta'sirida havoni qizdiruvchi moslamalar, o'rta qismida esa meva yoyilgan to'rli patnislar joylashtirilgan. Tut 3-4 kunda qurigan, holbuki, uning ochiq maydonda qurishi uchun 8-10 kun kerak bo'lgan. Gelioqurilmada ishlov berilgan uzum 6 kunda, ishlov berilmagani 9 kunda qurigan, ochiq maydonda esa buning uchun mos ravishda 14 va 19 kun talab qilingan o'rik, 10-15 kg pomidor, 1820 kg qovun va boshqa mahsulotlarni quruq holda tayyorlab olish mumkin. Qish va erta bahorda har bir kv/m. yopiq tuproq hisobidan 4-5 kg ovqatbop ko'katlar o'stirish yoki 1800-2000 dona ko'chat (pomidor, qalampir...) yetishtirish imkoni mavjud[4,5,6].

Parnik tipidagi gelioquritgich sinovdan o'tkazilgan. Bu qurilmani yasash uchun karkas tayanchlarga gorizont bilan 200 burchak ostida qo'yilib usti plyonka bilan qoplangan. Dastlabki ishlovdan o'tgan mevalar har bir kv/m. ga 10 kg hisobidan chambaraklarga yoyilib qurilmaga kiritiladi. Bug'-havo aralashmasi tabiiy tortilish yo'li bilan chiqib ketadi. Bu qurilma uni yasash va xizmat ko'rsatishda ko'p mehnat talab qilmaydi.

4-rasm.Innovatsion plyonkali quyosh radiatsion quritish qurilmasining sxemasi: 1- quyosh nurlari; 2- karkas;3-plyonka; 4-patnislar; 5-quritiladigan mahsulot; 6-havo kiruvchi tirqish; 7-nam havo chiquvchi tirqish.

Texnologik nuqtayi nazardan yondashganda qurish jarayonini bevosita mahsulot yetishtirilayotgan yerlarga yaqin joyda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday sharoit uchun gelioqurilma konstruksiyasini tanlashda montaj ishlarining tez va oson bajarilishi, xizmat ko'rsatishning oddiy va qulay bo'lishligiga asosiy omil sifatida e'tibor qaratilishi kerak.

Ta'lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, so'nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda mashg'ulotlar o'tkazish, mutaxasislik bo'yicha, masalan texnika sohasidagi so'nggi innovatsiyalar haqida ma'lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o'tish talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo'ladi[7,8].

Quyidagi jadvalda turli xil gelioquritgich qurilmasining kesilmagan mevalarni quritish ko'rsatkichlari haqida ma'lumot beriladi.

1-jadval

Mahsulot turi 1m2 yuzaga yoyiladigan mahsulot miqdori, kg Qurish muddati, sutka Tayyor mahsulot chiqishi

Ochiq maydonda qurilmad a % kg

Tut 10 7 - 8 3 - 4 18 - 20 1.60 - 1.80

O'rik 10 12 - 13 6 - 7 27 - 32 3.00 - 3.50

Uzum (qora kishmish) 12 18 - 20 6 - 7 30 - 35 3,60 - 3,90

Anjir 10 10 - 12 5 - 6 28 - 30 2,80 - 3,20

Gelioquritgich qurilmasining kesilgan mevalar ko'rsatkichlari

2-jadval

Mahsulot turi 1m2 yuzaga yoyiladigan mahsulot miqdori, kg Qurish muddati, sutka Tayyor mahsulot chiqishi

Ochiq maydonda qurilmada % kg

Olma (kesilgan holda) 8 6-7 3 20 - 25 1,55 - 1,65

Pomidor (kesilgan holda) 10 5 - 6 3 20 - 25 1,80 - 2,00

Qovun (kesilgan holda) 10 8 - 12 4 - 5 30 - 35 3,30 - 3,50

Oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifasi - bo'lajak oliy toifali mutaxassislarni muayyan fan sohasida amaliy faoliyat ko'гsatishga tayyorlashdan iborat. U esa o'z navbatida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etishga o'гgatish, zarur bo'lgan kasbiy ko'nikma va malakalarni shakllantirish, o'z mutaxassisliklari uchun xos bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlab quritish jarayonini rejalashtirish, tayyorlash, amalga oshirish, nazorat qilish va xizmat ko'reatishga o'гgatishdan iborat.Quyosh mini meva-sabzavot quritgich - issiqxona qurilmasining afzalliklari sifatida quyidagilarni ko'гsatish mumkin: ekologik toza quyosh energiyasi

yordamida ishlaydi, boshqa tur energiyaga ehtiyoj sezmaydi[8,9]. Mahsulotlaming qurish muddati ochiq maydondagiga nisbatan 2-3 marta qisqaradi, mahsulot sifati yuqori bo'ladi;

oila a'zolarini yil davomida vitaminli quruq meva-sabzavot bilan ta'minlash, oila byudjetini tejash va ko'paytirish, oilaviy biznes va tadbirkorlikga xizmat qiladi; qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari, fermer xo'jaliklari, hovlilar, bolalar bog'chalari, maxsus maktablar, mehribonlik va qariyalar uylarida keng foydalanish mumkin.

Albatta, quritilgan meva-sabzavotlarga talabning kattaligi zamonaviy yirik gelioquritgichlarni yaratish va ularni avtomatik tarzda ishlashini tashkillashtirish vazifasini ham qo'yadi. Bu borada jahonning ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarida, jumladan, O'zbekistonda keng ko'lamli ilmiy tadqiqot va amaliy ishlar olib borilmoqda. Ushbu maqolada jahonda, jumladan mamlakatimizda yaratilgan gelioquritgichlarning ayrimlari to'g'risidagina ma'lumotlar keltirildi. Gelioquritgich-lar xalq xo'jaligining turli sohalarida o'zining keng miqyosdagi ko'lamiga ega bo'lib boraveradi.

Xulosa qilibaytadigan bo'lsak, ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta'limni sifatini ko'tarsa, innovatsion texnologiyalar ta'lim taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchdir. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va innovatsion texnika va texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. N.A.Muslimov "Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik" o'quv-uslubiy majmua. Toshkent: 2016. 30-31b.

2. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.

3. Кагоров С.К., Жураев Х.О. Рециркуляционная солнечная сушильная установка Босма Гелиотехника. №2. Ташкент. 2016 й.

4. Jo'rayev E.T., Jo'rayev T.D. Quyosh kichik meva-sabzavot quritgich-issiqxona. O'zR patenti- № SAP 00679. 03.04.2009-y.

5. Умаров F., Усмонов М. Куёш энергиясидан халк хужалигида фойдаланиш. -Т.: Фан, 1984 й. - 40 б.

6. Назаров М.Р. Тоиров Э. Разработка и исследование низкопотенциальных солнечных установок. Гелиотехника. 1997 й. № 2.

7. Кдххоров с.К, Juraev Kh.O. A Model for Improving Students' Technical Creative Competences Based on Robotic Elements. Published/ publié in Res Militaris (resmilitaris.net), vol.13, №1, Winter-Spring 2023 y.

8. Кагоров С.К., Жураев Х.О. Рециркуляционная солнечная сушильная yстановка Босма Гелиотехника. №2. Ташкент. 2016 г.

9. Кагоров С.К., Самиев К.А., Жураев Х,.О. Куёш курилмаларидаги жараёнлари моделлаштириш. Монография. -Тошкент. ИТА ПРЕСС, 2014 й. -208 б.

http : //www. ayenergy. ru

http : //www. altenergy. narod.ru

http : //www. intersolar.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.