Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYANING ZAMONAVIY SHAKLLARI'

TA’LIM-TARBIYANING ZAMONAVIY SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
324
411
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim / raqamli texnologiya / dasturiy ta'minot / inovatsion texnologiya / uzluksiz ta’lim jarayoni / interaktiv ta’lim / kompyuter tizimlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumamurodova Umida Murodboevna, Abdullayeva Durdona

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tarbiyaviy va ilmiy, an’anaviy shakllarni yaratish va ta’lim jarayoniga tadbiq etishning ko‘rinishlarini yoritib berishga harakat qildik va ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakllari va tamoyillarini ochib berdik. Ta’kidlash joizki ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl va tamoyillari har qanday davlat uchun g‘oyat muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYANING ZAMONAVIY SHAKLLARI»

TA'LIM-TARBIYANING ZAMONAVIY SHAKLLARI 1 Jumamurodova Umida Murodboevna, 2Abdullayeva Durdona

1Ilmiy rahbar: "TIQXMMI" MTU "Professional ta'lim" kafedrasi assistenti 2"TIQXMMI" MTU "Gidromelioratsiya"fakulteti, Gidrologiya(Daryo va suv omborlari gidrologiyasi) yo'nalishi 208- guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10658946

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tarbiyaviy va ilmiy, an'anaviy shakllarniyaratish va ta'lim jarayoniga tadbiq etishning ko'rinishlariniyoritib berishga harakat qildik va ta'lim-tarbiyaning zamonaviy shakllari va tamoyillarini ochib berdik. Ta'kidlash joizki ta'lim-tarbiyaning zamonaviy shakl va tamoyillari har qanday davlat uchun g'oyat muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, raqamli texnologiya, dasturiy ta'minot, inovatsion texnologiya, uzluksiz ta'lim jarayoni, interaktiv ta'lim, kompyuter tizimlari.

Bugungi kunda ilmiy bilim va ko'nikmalar, ayniqsa istiqlol mafkurasi o'quvchi, talabalar qalbi va ongiga singdirish jarayoni ta'lim-tarbiyaning zamon talablariga javob beruvchi turli shakllari orqali amalga oshirilmoqda.Ta'lim shakllari mashg'ulotlarni o'tkazish vaqtiga qarab, shuningdek o'quvchi talabaning tarkibi va ular faoliyatining xarakter - mohiyatiga qarab belgilanadi. Ta'limni tashkil etish shakllari-aniq muddat va tartib asosida o'qituvchining o'quvchilar bilan olib boradigan mashg'ulot turlaridir. Hozirgi vaqtda umumta'lim maktablarida ta'limni sinf-dars shaklida olib borish keng tarqalgan. Insoniyat tarixiga nazar tashlasak ta'limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo bo'lgani va rivojlanganini ko'rishimiz mumkin. Dastlabki davrlarda ta'lim berish jarayonlari odamlarning mehnat faoliyati va turmush tarzi bilan uzviy bog'langan hamda bilim berish, o'rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr o'tishi bilan ko'pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo'la boshlagan. Ta'lim tizimi mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh - guruh bo'lib, to'plab o'qitishni taqozo qilgan hamda o'z navbatida ta'lim bilan shug'ullanuvchi mutaxassis- o'qituvchilar tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqargan. Bu davrga kelib o'qitishning maxsus tashkiliy shakllari paydo bo'la boshlagan. Buning natijasida sinf - dars tizimi paydo bo'lgan. Xalq orasida hayotiy tajriba, bilim va tarbiyaga ega bo'lgan kishilar murabbiy, o'qituvchi bo'lib faoliyat ko'rsatdi. Ta'limning tashkiliy masalalari Al-Forobiyning «Fan va aql zakovat» asarida o'quv fanlarini guruhlarga bo'lib o'qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga alohida e'tibor berilgan. Pedagogika tarixida, ta'lim tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan. Sinf-dars tizimini o'ziga xos didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amon Komenskiyning xizmatlari katta. Yan Amon Komenskiy sinf-dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo e'tirofiga sazovor bo'lgan. Uning "Buyuk didaktika" asarida, o'quv mashg'ulotlarini guruh shaklida tashkil qilish, o'quv yili va o'quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg'ulotlar orasida tanaffuslar berilishini, guruhlardagi bolalarning yoshi hamda soni bir xil bo'lishiga alohida e'tibor bergan. Buyuk chex pedagogi dars davomida o'quvchilar diqqatini to'plash, materialni batafsil tushuntirish, o'quvchiga savollar berish, o'zlashtirish jarayonini doimiy nazorat qilib turish zarurligini ta'kidlaydi.

Hozirgi kunga kelib pedagogik texnologiyalar o'quvchi shaxsini har tomonlama shakllantirishda g'oyat samarali natija bermoqda. Zamonaviy shakllar esa ta'lim- tarbiyaning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy shakllar, turli xil texnologiyalar va

kompyuter dasturlaridan foydalanib ta'lim-tarbiya jarayonini yanada samarali va mukammal darajada oshiradi. Ta'kidlangan mazkur yo'nalishda ta'limga eng yaxshi yo'nalishlarni kiritdik:

l.Interaktiv ta'lim: Bu usulda talaba bilimni mashqlar orqali o'rgangan holda mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu usulni qo'llash talabalarga muhim ko'mak beriladi va ular o'zlarining o'rganish jarayonida faol qatnashuvlarini ko'rsatishadi.

2.Kompyuter tizimlari: Kompyuter tizimlari yordamida ta'lim- tarbiya jarayonini yanada samarali va kutilgandan ham yuqori darajada oshirish mumkin bo'ladi. Bu usul talabalarga yuqori sifatli bilimni yana ham tez va samarali tarzda o'rgatish imkoniyatini beradi.

3.Multimedialarni ishlatish usuli: Bu usulda video, audio, rasmlar va boshqa turdagi multimedialar yordamida talabalarga bilim qayta ko'rsatiladi.

Zamonaviy ta'lim berish jarayonida har bir o'qituvchi eng samarali usul hisoblanadigan innovatsion usullarni va ularni amaliyotda qo'llay olishi juda ham ahamiyatga egadir. Innovatsiya -lotincha so'z bo'lib, "yangilik kiritish, tatbiq etish" kabi ma'nolarni anglatadi. Zamonaviy dars jarayonini bugungi kunda quyidagi innovatsion usullardan foydalangan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir:

- modellashtirish;

- namoyish etish;

- kichik guruhlar bilan ishlash;

-aqliy hujum;

- tanqidiy fikrlash;

-modifikatsiyalangan ma'ruza va boshqalar.

Xulosa qilib aytganda, yangi zamonaviy ta'lim tizimi, o'quv reja va dasturlar hamda darsliklar asosida o'quv jarayoniga yangicha yondashishni talab etadi. Bugungi globallashuv davrida ta'lim jarayonini yangicha tashkil etish zaruriyati yanada ortib bormoqda. Shuning uchun ham birinchi navbatda ta'lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish va yuqori darajada takomillashtirishga yana ham kuchli e'tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda zamonaviy shakllardan foydalanish ta'lim-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erishish uchun hamkorlik va koordinatsiyaga alohida ahamiyat berilmoqda.

REFERENCES

1. "M.Aripov, A.Haydarov, Informatika asoslari, O'quv qo'llanma, Toshkent: O'qituvchi, 2002. 432 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23-sentabr, O'RQ-637-son qarori bilan tasdiqlangan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni.

4. "Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida"

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 ml 26 sentyabrdagi PK- 3289-son qaroriSultonova G.A. Pedagogik mahorat / T.: TDPU, 2005.

6. Дилрабо Мукумова Инатовна. Севара Ярова Баходировна. Педагогические нормы в системе непрерывного профессионального образования. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICALSOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS/ International scientific-online conference/ Part 7/ 2022 - AUGUST 13

7. www.eduportal.uz -Xalq ta'lim vazirligining axborot ta'lim portal.

8. www.ziyonet.uz - Axborot ta'lim portal.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.