Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYA JARAYONIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING MAZMUNI'

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

16154
731
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aloqadorlik. / barkamol shaxs / integratsiya / yaxlit / shaxsni shakllantirish / mantiqiy va emotsional / relevance / harmonious personality / integration / integrity / personality formation / logical and emotional

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Marxabo Xudayqulovna Qilichova

Ushbu maqolada ta‘lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammolari haqida so‘z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the pedagogical problems of integrating the educational process.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYA JARAYONIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING MAZMUNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-917-921

TA'LIM-TARBIYA JARAYONIGA INTEGRATSION YONDASHUVNING

MAZMUNI

Marxabo Xudayqulovna Qilichova

Jizzax davlat pedagogika institute o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim jarayonini integratsiyalash pedagogik muammolari haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: aloqadorlik.,barkamol shaxs, integratsiya, yaxlit, shaxsni shakllantirish, mantiqiy va emotsional,

ABSTRACT

This article discusses the pedagogical problems of integrating the educational process.

Keywords: relevance, harmonious personality, integration, integrity, personality formation, logical and emotional,

KIRISH

Jamiyatdagi integratsiya jarayonida insonning integratsiya - alohida elementlarni yig'ib, ularni birlashtirish, yaxlit holga keltirish deb tushunish mumkin. Shuningdek, ko'pchilik olim va metodistlar integratsiya muammosining mazmun-mohiyatini aniqlash bo'yicha fikr berganlar Hozirgi kunda "Integratsiya" tushunchasining aniq ta'rifi metodik adabiyotlarda, bu muammo bo'yicha shug'ullangan olimlar tomonidan bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflarda berilgan. Ta'limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo'yish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhim: mantiqiy va emotsional tomondan badiiy asarda hamda ilmiy-ommabop maqolada biolog, so'z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda yashirin aloqadorlik va bog'lanishlarni aniqlay bilish, fanlararo bog'lanish, ya'ni uzviylikni ta'minlash bugungi kuning eng dolzarb masalalaridan biridir. Chunki fanlararo aloqadorlik ta'minlangan holda, darsni tashkil qila olgan

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-917-921

o'qituvchi o'quvchilarda o'zining faniga bo'lgan qiziqishini oshiribgina qolmasdan, mazkur fanni o'zlashtirishga yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'lumki, pedagogika fani yuksak aqliy salohiyatga ega bo'lgan barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan bo'lib, shunga ko'ra bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan muhim me'yoriy hujjatlar - "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun, "2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi"da ko'rsatib o'tilgan barkamol shaxsni shakllantirish yo'nalishlari, qonunyatlari va tamoyillariga asoslangan holda keng ko'lamli tadqiqotlarni amalga oshirish zaruriyati vujudga keldi. Shu sababli pedagogika fani haqli ravishda davlat tomonidan fanning ustuvor sohalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda.

Bu jaraynda esa oliy ta'lim tashkilotlarida fanlararo aloqadorlikni tizimli tarzda amalga oshirish natijasida o'quv-tarbiya jarayonining aloqadorligi sezilarli darajada ortadi. O'quvchilarda dialektik tarzda fikrlash ko'nikmalari shakllandi. Shu bilan bir qatorda, o'quv fanlariga oid bilim va qiziqishlarini rivojlantirishning muhim shartidir.

NATIJALAR

Zamonaviy sharoitlarda fanlarni o'qitishda ularning integratsiyasini ta'minlashga yetarli e'tibor berilmay kelmoqda. Hatto, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi o'quv rejalaridagi fizika va elektrotexnika, kimyo va materialshunoslik kabi fanlar ham tizimli o'zaro bog'liqlikni ta'minmagan holda o'qitilmoqda. Muammoni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar esa tegishli o'quv rejalarida ushbu fanlarni o'qitishning vaqt bo'yicha muvofiqlashtirilishi yoki fanlar mazmunini qisman uyg'unlashtirishga oid tadbirlar bilan cheklanmoqda. Uni tubdan hal qilish uchun esa, talabalar egallaydigan bilimlari yuqori sifat darajasini ta'minlovchi o'quv fanlari integratsiyasining zaruriy shart-sharoitlari, shakl, mazmun va vositalarini ishlab chiqish talab etilmoqda. Didaktika o'quv fanlarini integratsiyalashga bir qancha yondashuvlarni taklif qiladi, biroq hali bu jarayonning umume'tirof etilgan mazmuni, shakl va vositalari yaratilgan emas. Ko'pchilik pedagog olimlar ta'limdagi integratsion jarayonlarni o'rganishda fundamental fanlarni integratsiyalashdagi tasavvurlardan kelib chiqqan holda ish ko'radilar. Bu holat integratsiyaning dastlab fundamental tarmoqlarda amalga oshib, keyinchalik pedagogika sohasiga

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-917-921

tarqalganligi bilan izohlanadi. Ta'kidlash joizki, o'quv fanlari ilmiy fanlardan farq qiladi. Faqat bu farq ular mazmunida emas, balki bilimlarning berilish shakli, hajmi va bayon qilinish chuqurligida o'z aksini topadi. O'quv fanini o'rganishdan maqsad o'quvchini fandagi ob'ektiv yangilik bilan tanishtirish emas, balki unda sub'ektiv yangilikka ega bo'lgan bilimlarni shakllantirishdan iborat.

MUHOKAMA

O'quv fanlari integratsiyasi ilm-fandagi shu jarayonlardan farq qiladi. Bu ma'noda integratsiya - fanlarning differentsiatsiyasi tufayli tarixan tarkib topgan o'quv fanlariga bo'lib o'qitish tizimining kamchiliklarini tuzatishga qaratilgan ularning o'zaro bog'liqligini ta'minlash shakli sifatida qaralishi mumkin. O'quv fanlarini integratsiyalashning didaktik mohiyati turli o'quv fanlari bo'yicha yangi bilimlarni shakllantirishning kontseptual tuzilma va metodlarini aniqlash imkonini beruvchi pedagogik tadbirlar tartibi hamda qonuniyatlarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi. Tor ma'noda qaralganda, o'quv fanlari integratsiyasi fan sohalari va ilmiy bilimlar o'zaro sintezining uzviy davomi hisoblanadi. O'quv fanlari integratsiyasining asosiy maqsadi sub'ektiv yangi bilimlarni sintez qilishdan iborat bo'lib, integratsiya jarayonlarining bosh vazifasi - sub'ektiv yangi ilmiy bilimlarni sintez qilishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishdan iborat. O'quv fanlarini integratsiyalashgan holda o'rganishda sub'ektiv yangi bilimlar sintezi qanday kechadi? - degan savol yuzaga kelishi mumkin. Didaktikada turli fanlarga taaluqli o'quv materiallarini bitta kursga birlashtirish kabi integratsiyaning turli shakllari taklif qilinadi. Biroq, pedagogik tajribalar bu kabi shakllarning yetarli samara bermasligini ko'rsatmoqda. Biz, ta'lim tizimida tarixan tarkib topgan fanlarga bo'lib o'qitish tizimi saqlanib qolishining tarafdorimiz. O'quv fanlari nisbatan mustaqil bo'lishi kerak, chunki ularning har biri o'z tili, tushunchalar apparati, metodologiyasi, metodikasi, tadqiqot predmeti va kontseptsiyasiga ega alohida fan sohasini ifoda etadi. Shu bilan birga, ularni o'zaro bog'liqlikda o'rganish bilan bog'liq imkoniyatlar ro'yobga chiqarilishi lozim. Bunday imkoniyat jumladan fanlararo yondashuv asosida ta'minlanadi. Uni o'quv fanlarini integratsiyalash sha kli sifatida ham, sub'ektiv yangi bilimlarni sintez qilish metodi sifatida ham qarash mumkin. Biz fanlararo yondashuvni umumta'lim hamda maxsus fanlarni integratsiyalashda pedagogika fani uchun eng optimal yo'nalish sifatida qaraymiz. Biz o'quv fanlarini integratsiyalash natijasi fanlar o'zaro bog'lanmagan holda

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-917-921

o'rgatilganda shakllantirish mumkin bo'lmagan sub'ektiv yangi bilimlarning o'zlashtirilishi, — degan kontseptual g'oyaga tayanamiz.

XULOSA

Ta'lim jarayonida yangi bilimlarning fanlararo sintez jarayoni juda sekin kechib, ba'zida u bir qancha o'n yilliklarga teng davrni qamrab oladi. O'quv jarayonida o'qituvchi bir yoki bir necha mashg'ulot, yoki hatto bir necha daqiqa ichida talabani ilgari turli fanlariga oid o'zlashtirilgan bilimlarga tayanuvchi sub'ektiv yangi bilimga "olib kelishi" kerak bo'ladi. Ya'ni, bilimlarni tayyor holatida berish emas, balki ularning sintezi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi kerak. Bu vazifani amalga oshirishning texnologik usullaridan biri bir sohaga oid bilimlarni boshqasiga olib o'tish bilan bog'liq bo'lib, u fanlararo aloqalarni o'rnatishning asosiy mexanizmi hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCE

1. Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: —Fan va texnologiyalarll nashriyoti, 2008.

2. Azizxo'jayeva N.«Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat». TDPU-2003.

3. Г.И.ХАСАНОВА "Таълим жараёнида дастурлаштирилган укитиш технологиясидан фойдаланишнинг афзалликлари" Жиззах: 2020. 420 бет. 223 -225б

4.Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 778-782

5.М.Усмонова . Укувчи шахсига йуналтирилган педагогик технологиялар Таълим технологиялари. 2016 йил. 4-сон.

6.М.Усмонова .Педагогик жараён лойиxаси - машFулотлар самарадорлигини таъминлаш воситаси сифатида Бошлаетич таълим ва жисмоний маданият йуналишида сифат ва самарадорликни ошириш: муаммо ва ечимлар Халкаро илмий конферентсия. Тошкент. 25 май, 2017 йил

7.Садиковна, у. м. (2013). Ali §ir Nevai Eserlerinde Bitki Adlari . Dil ve Edebiyat Ara§tirmalari , (8) , 0-0 . Retrieved from

8. Maxfuza Usmanova, THE CONCEPT OF EDUCATIONAL PROFESSIONAL COMPETENCE AND ITS YIELD FACTORS , Архив Научных Публикаций JSPI: 2020: Архив №54

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-917-921

9. Norquziyeva, M. (2020). The role of educational technology in shaping the professional stability of students. Архив Научных Публикаций JSPI.

10.Abdurakhmonovna, N. M. (2020). Methodology of giving professional knowledge to future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1378-1383.

11. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345.

12.Abdurahmonovna, N. M. (2021). Pedagogical and Psychological Aspects of Professional Sustainability of Future Teachers.

5.Xasanova, G. (2020). Мактабгача таълим ташкилотларида халк OFзаки ижоди воситаларидан фойдаланишнинг педагогик мазмуни. Архив Научных Публикаций JSPI.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.