Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATIDA YANGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIYASI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATIDA YANGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

575
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborot texnologiyalari / integratsiya / yangi pedagogik texnologiyalar / ma‘lumot. / information technology / integration / new educational technologies / information.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matluba Qulfitdinovna Zaripova

Ushbu maqolada bo‗lajak o‗qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishda nazariya, shuningdek axborot texnologiyalarining ta‘limdagi o‗rni haqida so‗z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRACTICE WHEN USING NEW INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS

This article discusses the future teachers` professional use of new information technologies in the work of the integration of theory and practice, as well as information about the role of technology in education.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATIDA YANGI AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIYASI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-983-987

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING KASBIY FAOLIYATIDA YANGI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH NAZARIYASI

Matluba Qulfitdinovna Zaripova

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishda nazariya, shuningdek axborot texnologiyalarining ta'limdagi o'rni haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: axborot texnologiyalari, integratsiya, yangi pedagogik texnologiyalar, ma'lumot.

PRACTICE WHEN USING NEW INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE PROFESSIONAL ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS

ABSTRACT

This article discusses the future teachers' professional use of new information technologies in the work of the integration of theory and practice, as well as information about the role of technology in education.

Keywords: information technology, integration, new educational technologies, information.

KIRISH

Davlatimiz tomonidan ta'lim sohasini isloh qilish bo'yicha qabul qilinayotgan qonunlar, qarorlar va sohaga oid huquqiy hujjatlar hozirgi davrdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida o'quv dasturlarini joriy etish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, o'qitishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo'llanilishi belgilab berilganl. Albatta bu kabi qarorlarning natijasi o'laroq yurtimizda yangi kadrlar, yani bo'lajak o'qituvchilar, ijtimoiy soha hodimlari va shu kabi kasb egalarini tayorlash yangi darajaga ko'tarilib bormoqda. Hozirgi kunda hech bir narsani axborot-texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi, shuningdek ta'lim jarayonlarini ham. Shu o'rinda axborot texnologiyalari hamda ularning ta'lim tizimidagi o'rni haqida

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-983-987

to'xtalib o'tsak. Aynan texnologiyalarning ta'lim tizimiga kirib kelishi va uni yangi bosqichga olib chiqilishi natijasida barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta'limning imkoniyatlarini butunlay o'zgartirib yubordi. Internet laptoplar ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O'zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg'or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog'liq. Ma'lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta'minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo'tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bundan tashqari, bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o'zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta'lim tizimi uchun bu o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi. Albatta bu jarayonlarning ko'pchiligi o'rgatuvchi va o'rganuvchidan qaysidir ma'noda zamon bilan hamnafas bo'lishni talab etadi shu sababdan hozirgi kunda zamonaviy texnalogiyalardan xabardor bo'lish, o'z kasbida muvaffaqiyatga erishishda katta yordam beradi. Bu jarayonda, albatta, amaliy mashg'ulotlarga katta e'tibor berish lozim. Faqat nazariya bilan cheklanib qolmaslik kerak. Amaliyot bilan nazariya uyg'unlashsagina mustahkam bilim olish mumkin. Shu bois, ta'lim muassasalarida aniq fanlar jumladan biologiya, kimyo, fizika kabi fanlarni o'rgatishda laboratoriyalarga jiddiy e'tibor qaratish zarur.

O'quvchilar agar laboratoriya uskunalari bilan bevosita ishlasa, tajribalar o'tkazsa va ularning samarasini o'z ko'zi tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo'lishi kerak bilan ko'rsa, o'sha dars va fanni chuqur tushunadi hamda o'zlashtiradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-983-987

Bundan tashqari tillarni o'rgatish sohasi bo'yicha, darslar davomida o'qituvchilar kitobdagi mashqlar bilan cheklanib qolmasdan, qo'shimcha ravishda og'zakiva yozma nutqni rivojlantirish uchun amaliy yordam berishlari ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida nazariya va amaliyotni axborot texnologiyagalari bilan uyg'unlashgan, integratsiyalashgan, holda olib borishi, shubhasiz ta'lim tizimida katta o'sish bilan baholanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu o'rinda integratsiya atamasi bilan yaqindan tanishib o'tsak, integratsiya atamasi (lot. integratio — tiklash, to'ldirish, integer — butun ) so'zidan kelib chiqqan bo'lib u quyidagicha tavsiflanadi:

1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o'zaro bog'liqlik holatini hamda shun-day holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;

2) fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi;

3) ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o'zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish. Bundan kelib chiqadiki, yosh o'qituvchilar o'zlari egallagan nazariy va amaliy bilimlarini, axborot texnalogiyalari bilan birga to'ldirib malumotni yetkazishi, ularning karerasi uchun mustahkam tamal toshi bo'ladi.

Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo'nalishda ilgari bo'lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to'siqlarni yengib o'tish imkon beradi:

1) Bilimlarni egallash yo'lidagi to'siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta'lim olish yo'lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta'lim kognitiv ko'nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to'plash jarayonining mazmunli jihatini ta'minlash uchun kerak b'ladi. Internet va «Butun jahon tarmog'i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo'lib xizmat qiladi.

2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Internet tarmog'i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko'plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta'lim tizimida qayta aloqani ta'minlash harakati.

3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog'liq sohalar hamda ta'lim

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-983-987

tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar — saytlar ta'lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo'qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o'quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.

Aytib o'tish joizki, axborot-tarbiyaviy faoliyatdir. Ta'lim muammosini globalizasiyalashtirish — seminarlar o'tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha — elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta'limni to'plangan bilimlarni yetkazish, ularni to'ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog'lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan — bu ta'lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir.

Bu har doim ham bo'lmagan, ilg'or axborot texnologiyasi ta'lim tizimida fanning ahamiyatini o'zgartirdi. Jamiyat faqat fanning o'zi rivojlanishi bilan emas, balki ta'lim va o'qitish tizimi bilan ham bog'liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta'limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo'lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo'shilmoqda. Barkamol, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta'lim tizimidan yosh avloddan faqat milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Barkamol shaxsni tarbiyalash g'oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g'oyalaridan biri hisoblanadi. Ta'lim sifatini, ma'naviy-g'oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so'zsiz yangi axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta'lim tizimini rag'batlantirmay turib, fuqarolik jamiyatini qurib bo'lmaydi.

Ta'lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Абдукадиров, Абдукаххор Абдувакилевич. Масофали укитиш назарияси ва амалиёти. монография / А. А. Абдукадиров, А. Х. Пардаев; ред. М. Содикова. -Т. Узбекистон республикаси фанлар Академияси " ФАН , 2009.145 с

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-983-987

2. Абдукодиров А. А., Пардайев А.Х. Масофали укитиш назарияси ва амалиёти. - Т.: Фан, 2009.145 б.

3. Pedagogicheskie texnologii /Pod оЬщеу red. V.S.Kukushkina. - Seriya. Pedagogicheskoe obrazovanie Rostov-Na-Donu, izd-vo «Mart». -2002.

4. Pedagogicheskie innovatsii i texnologii. Materialbi 2-oy obl. nauch. prak. konf./ Redkol. V.M.Abrosimov (otv. red.) i dr. BOIUU - Belgorod. -1994, - 103 s

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.