Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA SUNIÝ INTELLECT VA WIKI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI'

TA’LIM JARAYONIDA SUNIÝ INTELLECT VA WIKI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
190
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima / sun’iy intellekt / raqamli texnologiya / wiki-texnologiya / lingvistika / raqamli elektron platformalar / bulutli texnologiyalar / VR / virtual reallik / AR / qo‘shimcha reallik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ayupov Ravshan Hamdamovich, Kurbonov Zafar Mamanazarovich

Ushbu maqolaning asosiy yo‘nalishi va ma’no-mohiyati lingvistik masalalarni hal qilish nuqtai nazaridan wiki texnologiyalarning imkoniyatlarini o‘rganish va uning bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida qo‘llanilishining asosiy yo‘nalishlarini dolzarbligini ko‘rsatishdir. O’zbekiston Respublikasining zamonaviy rivojlanish bosqichida turli sohalarga oid ko‘pchilik zamonaviy yangiliklar va yechimlar izlab topish uchun mutaxassislardan turli xil xorijiy tillarni mukammal bilish talab qilinadi va til bilmaslik ma’naviy, madaniy, texnologik va iqtisodiy qoloqlikka olib keladi. Bu muammoning yechimlaridan biri tildan tilga tarjima qilish jarayonlarini imkon darajasida avtomatlashtirishdir. Wiki-texnologiya xuddi shu kabi muammolarni hal qilishda katta yordam berishining bir qancha usul va vositalari ushbu maqolada o‘rganib chiqiladi hamda bu yo‘nalishga oid bir qancha yechimlar bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA SUNIÝ INTELLECT VA WIKI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

TA'LIM JARAYONIDA SUNIY INTELLECT VA WIKI-TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI 1Ayupov Ravshan Hamdamovich, 2Kurbonov Zafar Mamanazarovich

1O'zDJTU ZAT kafedrasi professori, e-mail: ayupovrx@gmail.com 2Qarshi DU Amaliy matematika kafedrasi katta o'qituvchisi, e-mail: zafar-kurbanov-72@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7854247

Annotatsiya. Ushbu maqolaning asosiy yo'nalishi va ma'no-mohiyati lingvistik masalalarni hal qilish nuqtai nazaridan wiki texnologiyalarning imkoniyatlarini o'rganish va uning bir tildan boshqasiga tarjima qilish jarayonida qo'llanilishining asosiy yo'nalishlarini dolzarbligini ko'rsatishdir. O 'zbekiston Respublikasining zamonaviy rivojlanish bosqichida turli sohalarga oid ko 'pchilik zamonaviy yangiliklar va yechimlar izlab topish uchun mutaxassislardan turli xil xorijiy tillarni mukammal bilish talab qilinadi va til bilmaslik ma'naviy, madaniy, texnologik va iqtisodiy qoloqlikka olib keladi. Bu muammoning yechimlaridan biri tildan tilga tarjima qilish jarayonlarini imkon darajasida avtomatlashtirishdir. Wiki-texnologiya xuddi shu kabi muammolarni hal qilishda katta yordam berishining bir qancha usul va vositalari ushbu maqolada o'rganib chiqiladi hamda bu yo 'nalishga oid bir qancha yechimlar bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: tarjima; sun'iy intellekt; raqamli texnologiya; wiki-texnologiya; lingvistika; raqamli elektronplatformalar; bulutli texnologiyalar; VR; virtual reallik; AR; qo'shimcha reallik.

Ta'limda sun'iy intellekt - AI (artificial intelligence) ning turli usullar qo'llanilishi mumkin, masalan, talaba topshiriqlarini avtomatlashtirilgan baholash, shaxsiylashtirilgan ta'lim tajribasi va sun'iy intellekt asosida ishlaydigan repetitorlardan foydalanish. Shuningdek, sun'i y intellektdan ta'lim ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilish, moslashuvchan ta'lim tizimlari va o'quvchilarning ta'lim natijalarini avtomatlashtirilgan baholash uchun ham foydalanish mumkin. AI turli usullar bilan ta'lim mazmunini yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin. U shaxsiylashtirilgan o'quv tajribasini yaratish, maqsadli ko'rsatmalar va fikr-mulohazalarni taqdim etish, kerakli sohalarni aniqlash uchun ma'lumotlarni tahlil qilish va ma'muriy vazifalarni avtomatlashtirish uchun ishlatilishi mumkin. Shuningdek, sun'iy intellektga moslashtirilgan kurs materiallarini yaratish, real vaqt rejimida o'quvchilar faoliyatiga oid tushunchalarni tahlil qilish, baholashni avtomatlashtirish va boshqalar uchun ham foydalanish mumkin. Biz bu maqolada wiki-texnologiyalarning ta'lim tizimida ishlatilashining ba'zi imkoniyatlari haqida ma'lumot beramiz va bu usulni ta'limiy nuqtai-nazardan tahlil qilamiz.

Wiki-texnologiyalar asosida AI tamoillarini qo'llagan xolda samarali ta'lim information tizimini tashkil qilish quyidagilarga imkon beradi:

• O'quvchi va o'qituvchi orasida samarador interaktiv information muloqotni ta'minlaydi;

• Ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilariga tarmoq information resurslardan foydalanish imkoniyatini berish;

• Samarador boshqaruvni va pedagogik kuzatuvni tashkil etish;

• Ta'lim oluvchilarning tarmoq jamoasini yaratish va buning natijasida intensiv ravishda bilimlar almashinish, yangiliklarga erishishda yuqori darajadagi motivatsiyani yuzaga keltirish, o'zaro yordam, tarjima almashinish hamda o'z-o'zini boshqarishga yangi imkoniyatlar yaratadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Wiki-texnologiyalar asosida juda ko'p ta'lim portallari tashkil qilingan va ularning eng mashxurlari hamda keng ko'lamda ishlatiladiganlariga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

Wiki-resurs Sayti Tavsifi

Vikipediya http://wikipedia.org/ Foydalanuvchilarning o'zlari tomonidan tayyorlangan on-layn entsiklopediya. Saytning har bir tashrifchisi entsiklopediyaga o'z ma'lumotini kiritishi mumkin (maqolani tahrirlash, ma'lumotlar qo'shish yoki uni yo'qotish)

Tarix http://letopisi.ru/ Halqaro ishtirokchilar bilan birgalikdagi umummilliy ta'lim loyihasi

Mul'timedia content -Wiki http://wiki .km-school.ru/ Kontentli ta'lim information tizimidan foydalanishga mo'ljallangan ta'lim portali.

wiki.vspu.ru http://wiki.vspu.ru/ O'qituvchi va talabalar uchun mo'ljallangan ta'lim portali.

Wiki-texnologiyalardan foydalangan xolda tashkil qilingan ta'lim portallariga misol

sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1. Wiki Irkutsk

2. SarWiki

3. PskoWiki.

4. TolWiki

5. Wiki-Vladimir

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan wiki-texnologiya asosida tashkil etilgan regional o'quv maydonlari navigatsiya, qidiruv va uskunalarni o'z tarkibiga oladi. Har bir wiki-sayt bir butun ta'lim tizimini tashkil qiladi va unda har bir ishtirokchi o'zi harida, loyihalari haqida so'zlab berishi, o'quv nateriallarini taqdim qilishi va o'z tarmoq loyihalari haqida, seminar va anjumanlari haqida so'zlab berishlari mumkin.

Wiki-texnologiyaning imkoniyatlarini pedagogik amaliyotda turli xil yo'nalishlarda ishlatish mumkin:

• O'quv materiallarini taqdim qilish, kengaytirish va ularga annotatsiya berish;

• Talabalar va o'quvchilarga mo'ljallangan virtual tashrif va ekskursiyalarni birgalikda tashkil qilish;

• Ertak, sherlar va esse kabi ijodiy ishlarni kollektiv bo'li, birgalikda yaratish;

• O'qituvchilar, talabalar va maktab o'quvchilari ichin entsiklopediyalar tuzish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

Wiki-texnologiyaning imkoniyatlari ishlatilishi mumkin bo'lgan o'quv jarayoni muammolari quyidagilar bo'lishi mumkin:

• Ma'lumotlarni aktualizatsiya qilish - bunda ma'lumotlar va bilimlar bazasidagi ma'lumotlarni, elektron kutubxonalardagi kitoblarni, raqamli ob'ektlar va kerakli dasturlarni birgalikda ishlatish uchun taqdim qilish tushuniladi;

• Ma'lumotlarni taqdim qilishni kengaytirish - bularga ma'ruza materiallarni turli xildagi rasmlar, tasvirlar, videolar va grafikalar hamda muammoga bo'lgan turli xildagi ilmiy yondoshuvlar bilan boyitish misol bo'la oladi;

• Ta'limning regional kontekstini ko'rsatish - ya'ni, o'rganilayotgan bilimlarning yoki hodisalarning o'sha joydagi xolat bilan, tarixiy faktlar bilan bog'liqligini ko'rsatish, tushuntirish va bayon qilish;

• Ta'limning va bilim olish jarayoning ko'pchilik bilan birgalikda amalga oshirilishi - bunda kollektiv ijod, tanqidiy fikrlash, tolerantlilik va har bir bilimning nisbiyligi tushuniladi

Wiki-texnologiyani akademik ta'lim jarayonida, ilmiy izlanishlarda, turli loyihalar ni amalga oshirishda ishlatish maqsadga muvofiq, chunki bu ishtirokchilarga katta imkoniyatlar va ijodiy ozodlik taqdim qiladi. Birgalikdagi o'quv loyihalarini yaratishda talabala nafaqat o'z do'stlari bilan ma'lumotlar almashinadilar, balki hamkorlikda qandaydir loyihalar ustida ishlaydilar va o'z oldilariga qo'yilgan maqsadlariga jamoa bilan birgalikda erishadilar.

Ammo wiki-texnologiyaning yuqorida ko'rsatilgan ijobiy tomonlariga qaramasdan, un ing ta'limda ishlatilishi mumkin bo'lgan bir qancha kamchiliklari ham mavjud::

• Wiki-servislaridan foydalanish o'qituvchi va talabalarning ulardan foydalanish bo'yicha mahsus tayyorgarlikdan o'tishlarini talab qiladi, albatta. Resurs ishlab turishi uchun u ni sozlab turish kerak bo'ladi va ma'lum bir ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi:

• Ma'lumotlarga bo'lgan ishonch muammosi - wiki-texnologiya asosida tashkil etiladigan ta'lim jarayonidagi ma'lumotlarni qayta-qayta tekshrib turish talab etiladi, chunki uning barcha ishtirokchilari ham real hayotdagi singari insonlarga o'xshash ishonchga sazovor bo'lmaydi;

• His-hayajonlarni kommunikatsiya kanallari orqali ifoda etib bo'lmasligi ham ba'zi xolatlarda salbiy rol o'ynashi mumkin;

• Yolgiz xolda o'z-o'zicha ishlashning (prvatlilik) yo'q ekanligi fikr va hulosalarni holisona chiqarishda tormozlovchi ta'sir qilishi;

• Internet muloqotmimg ruhiy muammolar - internetga bog'liqlik, tarmordagi agressiya va boshqalar;

• Intellectual mulkka egalik huquqi va mualliflik muammolari.

XULOSALAR

Yuqorida aytib o'tilganlarni hisobga olgan holda wiki-texnologiyani ta'limda qo'llash bo'yicha quyidagi hulosalarni chqarish mumkin bo'ladi:

• Samarador ta'lim information tizimini tashkil qilish mumkin;

• Ta'lim jarayoning barcha ishtirokchilariga information resuralardan foydalanish imkonini yaratadi;

• Samarador information muloqotga imkon beradi;

• Ta'lim jarayonini samarador boshqarish va pedagogic kuzatuvni tashkil qilishga yo'l ochadi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL CONFERENCE "DIGITAL TECHNOLOGIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS OF PRACTICAL IMPLEMENTATION IN THE SPHERES" APRIL 27-28, 2023

• Bilimlarni faol ravishda almashinish, yuqori motivatsiyani ta'minlash, yangiliklarni tezkor ravishda bilib turish, o'zaro yordam, bir-birini qo'llab-quvvatlash va mustaqil faoliyatga undaydigan tarmoq jamoasi tashkil qilish imkoniyatini yaratadi.

To'g'ri tashkil qilingan Wiki texnologiya ta'lim jarayonida pedagogik faoliyatni tashkil qilish va boshqarish uchun samarador bir usul sifatida ishlatilishi mumkin. Bu esa masofaviy o'uv tizimlari tashkil qilish, jamoaviy ijodiy ihslar yaratish, maktab yoki biror bir fan sohasiga oid entsiklopediyalar yaratsih, birgalikda maqaolalar yozish, birgalikdagi ilmiy ishlar bajarish. Natijalar yoki g'oyalarni internetda nashr qilish, foydali ma'lumotlarni ommaga tarqatish, bular haqida jamoa fikrini o'rganish uchun foydalanilishi mumkin.

REFERENCES

1. Гладун А. Wiki-технологии / Гладун А., Рогушина Ю. // - Телеком. Коммуникации и сети, 2008, с. 58.

2. Маркова Ю.Ю. Методика развития умений письменной речи студентов наоснове вики-технологии (английский язык, языковой вуз) : дис. ... канд. пед. наук. М. :МГГУ им. М.А. Шолохова, 2011.

3. Голицына И.Н. Технология вики в организации учебной деятельности. // Школьные технологии. 2016. № 4. С. 146-154.

4. Krogstie Birgit R. The wiki as an integrative tool in project work. The 8th International Conference on the Design of Cooperative Systems; 2008-05-20-2008-05-23

5. Wikiversity: Main Page. URL: http://en.wikiversity.org/wiki/Wikiversity: Main_Page (дата обращения 15.03.2014). http://grouper.ieee.org/groups/ifets/russian/depository/v15_i4/pdf/11.pdf;

6. Godwin-Jones B. Blogs and wikis: Environment for on-line collaboration //Language Learning and Technology. 2003. № 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.