TASAVVUF FALSAFASINING KO'PMA'NOLI MOHIYATI d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544101
Tursunkulova Shaxnoza Tuychiyevna
Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti., PhD
Annotatsiya: Maqolada, tasavvuf va so 'fiy tushunchalarining mohiyati, o 'ziga xos xususiyatlari to'g'risida fikr-mulohazalar yuritilgan. Tasavvuf falsafasining ko 'pma 'noli jihatlari o 'rganilgan.
Kalit so'zlar. Tasavvuf, so'fiy, go'zallik, latif, axloq, ko'pma'nolik.
KIRISH
XI asrdan boshlab Sharqning deyarli barcha nufuzli shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlar dunyoqarashida tasawufiy tafakkur tarzi o'z ta'sirini ko'rsatgan. Tasavvufiy manbalar: 1) nazariy, 2) falsafiy, 3) badiiy shakllarga bo'linadi. Tasavvufiy qarashlar: 1) diniy, 2) ijtimoiy, 3) axloqiy, 4) badiiy, 5) huquqiy, 6) falsafiy, 7) estetik va boshqa ko'plab shakllarga bo'linadi. Tasavvufiy maqsad turli qarashlar bilan uyg'unlashib ko'pma'noli xususiyatga ega bo'lib borgan. Tasavvufiy qarashlar va manbalar qanday shaklda bo'lmasin, har birida go'zallik masalasiga e'tibor qaratilgan. Tasavvuf ta'limotida go'zallikni aks ettiruvchi tushuncha va kategoriyalar paydo bo'lib, so'fiylik hollari, maqomlari, odobi va amallari, ularning karomatlarini ifodalashda go'zallik tushunchalaridan foydalanadilar. Tasavvuf va uning mohiyatini tushunish, ayniqsa, uning go'zallik to'g'risidagi g'oya va nazariyalarini tizimlashtirish juda murakkab jarayondir.
Tasavvuf ta'limoti diniy xarakterga ega bo'libgina qolmasdan, unda dunyoviy masalalar, ya'ni antropologik, sotsiologik, ijtimoiy, madaniy, aksiologik, falsafiy muammolar ham mavjud. O'rta asrlar davrida O'rta Osiyo, Movarounnahrda shakllangan tasavvufiy yo'nalish "ta'limot", "ilm" darajasiga ko'tarilishidagi asosiy sabablardan biri uning odamlar hayotiga chuqur kirib borgani, hayot bilan chambarchas bog'liqligi, inson konsepsiyalarining ishlab chiqilganidir. Tasavvufning asosiy g'oyalari, buyuk shaxslari va institutlarining hal etilmagan muammolari juda ko'p bo'lib, tasavvuf atama sifatida ham, yo'l va harakat sifatida ham serqirrali, "islomdagi boshqa g'oyaviy va ma'naviy oqimlar bilan o'zaro munosabatining ko'pma'noliligi bilan murakkabdir" [1.413.]
Tadqiqot va natijalar. "Tasavvuf" atamasi ko'pma'noli tushunchadir, bu jihat bir tomondan ta'limotning murakkabligini bildiradi, ikkinchi tomondan uning mohiyatini chuqurroq o'rganishni talab qiladi. Husayn Voiz Koshifiyning yozishicha,
"tasavvuf' so'zi islomdan oldingi zamonda ham bo'lgan, "Unsul sufiya" kitobida birinchi bo'lib "so'fiy" degan nomni olgan odam Odamato farzandlaridan biri - Shish edi deb naql qilinadi... Uning liboslari yashil sufdan (suf - jun mato) ekan va Shishdan keyin jun matodan kiyim kiyib yuruvchilarni "so'fiy" deydigan bo'ldilar. O'zini shu toifaga mansub deb biladiganlarni tasavvuf ahli, deb yuritadilar", "suf" (so'fiy) deb lug'atda junni aytadilar va ular aksar jun chakmon kiyib yurganlari uchun so'fiy deyilgan. Ushbu so'z (ya'ni, suf) arab lisoniga muvofiqdir, chunki, "suf" so'zidan so'fiy so'zi hosil bo'lishi mumkin".[2.27.]
K.Kattayev tasavvuf so'zining "suf" sifatidagi ma'nolariga e'tibor qaratadi: 1. Bu kalima "Suf" so'zidan olingan bo'lib, oq surf va jun matolardan kiyim kiyib yurganliklari uchun; 2. "Safo" so'zidan olingan bo'lib, pok va toza yashaganliklari uchun; 3. "Saff" so'zidan olingan bo'lib, qiyomat kuni Xudoning nazdida birinchi safda turishlari uchun; 4. "Sufo" so'zidan olingan bo'lib, Payg'ambar (s.a.v.) bilan bir supada o'tirganliklari uchun va shu kabi boshqa sifatlari uchun ham "so'fiylar" deb atalib, "tasavvuf" kalimasi so'fiy so'zining ko'pchilik ma'nosini anglatadi. [3.165.]
Bundan tashqari, "so'fiy" degan istilohning kelib chiqishi haqida sakkiz xil fikr mavjud" [4.139.]
"Mustamliy Buxoriyning "Sharh at-Ta'arruf" asari tahlillaridan kelib chiqib, K.Rahimov ham "so'fiy" so'zining kelib chiqishi to'g'risida shunday deydi:
1) "So'fiy" so'zi arabcha "safo" yoki "safvat" ("poklik") so'zidan yasalgan bo'lib, qalbi pok kishi degan ma'noni bildiradi.
2) "So'fiy" so'zi arabcha "ahl as-suffa" ("suffa ahli") iborasidagi "suffa" so'zidan yasalgan bo'lib, ushbu qarash tarafdorlarining fikricha, so'fiylar o'z xulqlari, xatti-harakatlari va turmush tarziga ko'ra, Payg'ambar (s.a.v.) zamonidagi suffa ahliga o'xshab ketganliklari uchun ham ularga "so'fiy" ("suffa ahli izdoshlari") degan nom berilgan.
3) "So'fiy" so'zi arabcha "suf" ("jun") so'zidan yasalgan bo'lib, "jun kiyim kiygan kishi" ma'nosini beradi.
4) "So'fiy" so'zi arabcha "saf ' so'zidan yasalgan bo'lib, Allohning bandalari yoki Xudoga yaqin kishilar orasida birinchi safda turadigan kishilar degan ma'noni anglatadi".[5.126] So'fiylar — go'zal (latif, latoif) insonlardir deyiladi manbalarda. "Latif', "Latoif" (ayrim manbalarda "latifa" ham deyiladi) tushunchasi tasavvufiy ma'noda, insonning sezish, bilish doirasidan tashqaridagi olam - g'ayb olamiga tegishli bo'lgan va faqatgina Allohning do'stlari - valiylar tushunadigan sirli tushunchadir. Tasavvufda go'zallik tushunchasi o'zining axloqiy, estetik, ma'naviy xususiyatlaridan ham boshqacha sirlilik, ilohiylik, yuqori sezgirlik bilan bog'lanadi.
Tasavvuf va so'fiylik atamalaгining yuqoгida keltirilgan ta'гiflaгidan kelib chiqib aytish mumkinki, so'fiylik va tasavvufning ta'гiflaгi, o'ziga xos хususiyatlaгi jamiki so'fiylik yoki tasavvufga oid tushunсhalaгda aks etadi. Mohiyatan ko'pma'noli bo'lsa-da, barсha ta'riflar jamlanib, tasavvuf va so'fiylik tushunchasining mazmunini faqatgina boyitadi.
Tasavvuf, sufizm, mistika atamalaгi tuгli tillarda turlicha nomlansa-da, tuгlicha ma'nolaгda ifodalansa-da, uning mohiyati biï o'zakka boгib taqaladi, ya'ni biz tadqiq etayotgan "tasavvufning ma'nosiga, ammo tasavvuf ta'limotining sharqda IX asming oхiгlaгidan shakllangani ta'kidlansa-da, olimlaг tasavvufiy g'oya va nazariyalarining undan oldingi davгlaгda ham (ham g'arbda, ham shaгqda) mavjud bo'lganligini ta'kidlaydilaг. Mazkuг xilma-xil qaгasЫaг tasavvuf tushunchasining tarixiy ahamiyatini kamaytiгmaydi, balki uning mohiyatini mazmunan boyitadi, ilmiy dunyoqarashda tasavvufiy qaгasЫaгning qadimiy ildizlarini, haг bir taгiхiy makon va zamonga xos xususiyatlarini, metodologik asoslarini namoyon etadi.
"Tasavvuf nima?" degan savolga shayx Nuriy "tasavvuf nafsni tark etish va nafs balosidan qutulishdir" deb hisoblaydi" Tasavvuf mohiyatini tushunishda uning atama sifatidagi ma'nosi ham ko'proq ma'lumot beгadi.
Husayn Voiz Koshifiy (1442(46)-1505) "Futuvvatnomai sultoniy" asaгida tasavvufning amaliy axloqqa ta'siri, maгdlik va fidoyilikka asos bo'lishini tadqiq etadi. Asarda tasavvuf nima, degan savolga ham atroflicha javob beгadi:
"biгinchidan, tasavvuf — taxliya, ya'ni xoli bo'lmoq, qalbni bo'shatmoq va yaxshi, maqtalgan axloqdir;
ikkinchidan, tasavvuf — tasfiya, ya'ni mhni ag'yoг - begonadan tozalashdiг; uchinchidan, tasavvuf — huzu', ya'ni nafsni jilovlash, xoksoгlik va jonsiрoгlik namunasini ko'rsatishdir;
to'гtinchidan, tasavvuf — da'voni taTk etish va ma'nolami xalqdan yashirishdir;
beshinchidan, tasavvuf — ibodat husniga ishoratdir; oltinchidan, tasavvuf — nafsni xor tutish va ammi aziz tutishdiг; yettinchidan, tasavvuf — barcha adabdir va kimki faqr (darveshlik) odobidan biriga o'zini vobasta etmasa, tasavvufdan faqat nomgina biladi, xolos deydilar" [2.28] Albatta, bu ta'rif tasavvufdagi asosiy va dolzarb bo'lgan insonning axloqiy muammolari nuqtayi nazaridan kelib chiqib berilgan. Insonning odob-axloq me'yorlariga amal qilishi inson hayotiga mazmun bag'ishlab, insonni go'zallashtiradi. Koshifiyning asarlari umumiy ma'noda, insonni go'zallik tomon olib boruvchi muammolar xususida bo'lib, zero inson go'zalligi muammolari har bir tasavvufiy allomalar asarlarining salmoqli qismini tashkil etadi.
Ayrim manbalarda tasavvuf tushunchasi islomiy ma'nodagi tasavvufni anglatishi ta'kidlanadi, sunniy tariqatlariga xosdir deyiladi. Hammasi ijtimoiy, inson hayoti bilan aloqador bo'lganligi sababli, tasavvufga oid bunday ta'riflarning miqdori manbalarda 160-180 tani tashkil etadi. Demak, "so'fiy" so'zining kelib chiqishi ilmiy manbalarda turlicha izohlanadi, ammo har biri tasavvufning u yoki bu jihatlari bilan tarixiy voqelik bilan bog'liqdir. "Tasawuf' so'zining o'zi ham ilk bor adabiy kanallar orqali, qariyb 200 yil avval bir qancha britaniyalik sharqshunoslarning maqolalarida ishlatilgan. Lekin so'fiylikning mohiyati ko'p yuz yillar davomida deyarli hamma uchun sir bo'lib kelgan, bugungi kunda ham sirligicha qolmoqda.
Tasavvufga aloqador ta'riflarni ba'zi shoirlar nazm shaklida ifoda qilib, bir joyga to'plaganlar. Masalan, Oydinli Umar Dada (Rushaniy) (vaf. 1487) bir manzumasida 50-60 baytning har baytida tasavvufni turli yo'llar bilan tushuntirib, har xil ta'riflarni keltirib o'tadi. Keyin Shayx Ibrohim Ma'shuqiy Afandi (vaf. 1655) ham bu mavzuda kattagina manzuma yozdi. Bu ta'riflarni sinchiklab ko'rganimizda, ularning bir qismi tasavvuf bilan aloqador ilmlarga daxldor xulosalar ekanligini ko'ramiz. Yana bir qismi esa ta'rif berayotgan kishining o'sha damlardagi ruhiy holatini aks ettiradi.
Tasavvuf zamon va makon jihatidan teran ildiz otgan va keng yoyilgan bo'lib, asrlar bo'yi davom etgan. Shuning uchun tasavvufni butun mintaqalardagi ko'rinishi hamda tom ma'nosi bilan yaxlit ta'riflab bo'lmaydi. Binobarin, mintaqa-mintaqaga ajratib tadqiq etish zaruriyati ham bordir. Masalan, Shimoliy Afrikaning tasavvufiy qarashlari va tushunchalari bilan O'rta Osiyoning, Onado'li bilan Iroq, Misr tasavvufiy qarashlari orasida farqlar mavjud. Bolqon, Jazoir, Yaman va Tunisdagi ko'rinishlari orasida ham tafovutlar ko'zga tashlanadi.
Doktor Javod Nurbaxsh "So'fiylar bihishti" nomli kitobida tasavvuf buyuk mashoyixlarining so'zlariga tayangan holda, tasavvufni so'z orqali ta'riflab bo'lmaydigan bir hol (holat) sifatida ifodalab, "so'z bilan ifodalanuvchi narsa tasavvuf emas" deydi. "Tasavvuf ishq ozuqasi va faqat bir tomonga boqish yo'li bilan haqiqat (xudo)ga olib boradigan tariqatdan iboratdir. Tasavvufning maqsadi haqiqatni faylasuflar singari mantiq va istidlol orqali emas, balki kashfu-shuhud orqali, ko'ngil va vijdon ko'zi bilan bilib olishdir. Shuning uchun tasavvuf yurib borib ko'radigan yo'ldan iborat bo'lib, yotib eshitadigan narsa emas". [6.11.] Tasavvufni tushuntirishda turlicha talqinlar mavjud, bir tomondan tasavvuf dinni tushunish yo'li sifatida olib qaralsa, ikkinchi tomondan esa insonni toza, pok qalbli, ma'nan yuksaklikka olib boruvchi go'zal ilm deb tushunish mumkin.
Tasavvuf atamasi etimologik jihatdan ko'p o'zakka borib taqaladi, ammo ko'pma'noli bu tushuncha, o'z navbatida, hayotiy tajribalar asosida kelib chiqqan
XULOSA
alohida dunyoqarash funksiyasiga, tafakkur tarziga ega bo'lgan, o'z-o'zini tashkillashtirgan murakkab tizimdir. Tasavvuf uzoq asrlar davomida insonlar uchun hayotning haqiqiy ma'nosini tushuntirish uchun harakat qilgan, ayniqsa, insonning o'zligini anglashining kuchli vositasi, paradigmasi sifatida mavjud bo'lib kelgan. Tasavvuf — inson qalbidagi yomon sifatlardan xalos bo'lish choralarini o'rgatuvchi, qalbdagi ezgu sifatlar va ularni qo'lga kiritish yo'llarini ko'rsatuvchi, ma'naviy martabalarni bosib o'tib, eng yuksak martaba bo'lishi "komil inson" maqomiga erishmoq qoidalarini o'rgatuvchi va nihoyat, tavhid sirlarini bayon etuvchi bir ilmdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Книш А. Мycyлмoн тacaввyфи / Тapжимoн Крдиркул Рyзмaтзoдa. -Тoшкeнт: Фaн зиёси, 2022. - 413 б.
2. X,ycaйн Boro ^шифий. Фyтyввaтнoмaи султоний. AxnoK^ му^синий. -Тoшкeнт: "Узбeкиcтoн миллий энциклoпeдияcи" Дaвлaт илмий ташриёти, 2011. - 27 б.
3. Kaттaeв К. Мaxдyми Аъзaм тapиxи Ba MyKaMMan Дax1бeдийлap тapикaти. -Тoшкeнт: 2016. MASHHUR PRESS, - 164-165 б.
4. Окмypoдoв Т.О. Тacaввyф - caoдaт илми // Фaлcaфa Ba тacaввyф: Рecпyбликa илмий-aмaлий ceминap мaтepиaллapи. - Б.: 2008. - 139 б.
5. PaxnMoB К. Moвapoyннaxp тacaввyфи тapиxи: тaълимoтнинг шaкллaниши Ba тизимлaштиpилиши (VIII - IX acpлap) - Тoшкeнт: Akademnashr, 2020. - 126
6.
6. Жyзжoний А.Ш. Тacaввyф Ba иншн. - Тoшкeнт: Адoлaт, 2001. - 11 б.