Научная статья на тему 'SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING II-III BOSQICHIDA ANTIAGREGANT TERAPIYA FONIDA BUYRAK FUNKSIONAL ZAXIRASINI BAHOLASH'

SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING II-III BOSQICHIDA ANTIAGREGANT TERAPIYA FONIDA BUYRAK FUNKSIONAL ZAXIRASINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1050
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
surunkali buyrak kasalligi / buyraklar funksional zahirasi / koptokchalar filtratsiyasi tezligi / antiagregant / alltrombosepin / dipiridamol / chronic kidney disease / kidney functional reserve / glomerular filtration rate / antiplatelet agent / alltrombosepin / dipyridamole

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Barnoyev Xabib Bobomurodovich, Shukurova Lobar Xusanovna, Xusanxodjaeva Feruza Tulkunovna

Maqolada surunkali buyrak kasalligining nisbatan erta bosqichida bo‘lgan 50 nafar bemorlarda antiagregant terapiya dipiridamol va alltrombosepin preparatlarini solishtirma o‘rganish fonida buyraklar funksional zahirasini baholash bo‘yicha tekshiruv natijalari keltirildi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki alltrombosepin bemorlarga uzoq vaqt tavsiya etilishi buyraklar funksional zahirasini yaxshi saqlanishiga olib keldi. SHuning uchun surunkali buyrak kasalligida antiagregant preparat sifatida keng qo‘llanilib kelinayotgan dipiridamoldan maxaliy xom ashyolardan yurtimizda ishlab chiqarilgan alltrombosepin dori vositasini ham qolishmasligi tadqiqotlarimiz mobaynida yana bir bora o‘z tasdig‘ini topdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF FUNCTIONAL KIDNEY RESERVES AGAINST ANTIAGREGANT THERAPY IN Stage II-III OF CHRONIC KIDNEY DISEASE

The article presents the results of a study to assess the comparative efficacy of antiplatelet drugs dipyridamole and alltrombosepin on the functional reserve of the kidneys in 50 patients at an early stage of chronic kidney disease. Studies have shown that long-term use of alltrombosepin improves the functional reserve of the kidneys. Thus, our studies have once again confirmed that a widely used antiplatelet agent made from local raw materials, alltrombosepin is not inferior to dipyridamole, which is used in chronic kidney disease.

Текст научной работы на тему «SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING II-III BOSQICHIDA ANTIAGREGANT TERAPIYA FONIDA BUYRAK FUNKSIONAL ZAXIRASINI BAHOLASH»

Scientific Journal Impact Factor

SURUNKALI BUYRAK KASALLIGINING II-III BOSQICHIDA

ANTIAGREGANT TERAPIYA FONIDA BUYRAK FUNKSIONAL

ZAXIRASINI BAHOLASH

Barnoyev Xabib Bobomurodovich

Shukurova Lobar Xusanovna Xusanxodjaeva Feruza Tulkunovna

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti [email protected], Sarvi [email protected]

Annotatsiya: Maqolada surunkali buyrak kasalligining nisbatan erta bosqichida bo'lgan 50 nafar bemorlarda antiagregant terapiya dipiridamol va alltrombosepin preparatlarini solishtirma o'rganish fonida buyraklar funksional zahirasini baholash bo 'yicha tekshiruv natijalari keltirildi. Tadqiqotlar shuni ko 'rsatdiki alltrombosepin bemorlarga uzoq vaqt tavsiya etilishi buyraklar funksional zahirasini yaxshi saqlanishiga olib keldi. SHuning uchun surunkali buyrak kasalligida antiagregant preparat sifatida keng qo 'llanilib kelinayotgan dipiridamoldan maxaliy xom ashyolardan yurtimizda ishlab chiqarilgan alltrombosepin dori vositasini ham qolishmasligi tadqiqotlarimiz mobaynida yana bir bora o'z tasdig 'ini topdi.

Kalit so'zlar: surunkali buyrak kasalligi, buyraklar funksional zahirasi, koptokchalar filtratsiyasi tezligi, antiagregant, alltrombosepin, dipiridamol

ОЦЕНКА ФУНКЦИОНАЛЬНОГО РЕЗЕРВА ПОЧЕК НА ФОНЕ АНТИАГРЕГАНТНОЙ ТЕРАПИИ ПРИ ХРОНИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ

ПОЧЕК II-III СТАДИИ

Аннотация: В статье представлены результаты исследования по оценке сравнительной эффективности антиагрегантных препаратов дипиридамол и аллтромбосепин на функциональный резерв почек у 50 пациентов на ранней стадии хронической болезни почек. Исследования показали, что длительное применение аллтромбосепина улучшает функциональный резерв почек. Таким образом, наши исследования ещё раз подтвердили что широко применяемый антиагрегант, изготовленный из местного сырья, аллтромбосепин не уступает дипиридамолу, который применяется при хронической болезни почек.

Ключевые слова: хроническая болезнь почек, функциональный резерв почек, скорость фильтрации клубочков, антиагрегант, аллтромбосепин, дипиридамол

ASSESSMENT OF KIDNEY FUNCTIONAL RESERVE ON THE BACKGROUND OF ANTI-AGGREGATE THERAPY IN CHRONIC KIDNEY

DISEASE II-III STAGE Abstract: The article presents the results of a study to assess the comparative efficacy of antiplatelet drugs dipyridamole and alltrombosepin on the functional reserve of the kidneys in 50 patients at an early stage of chronic kidney disease. Studies have shown that long-term use of alltrombosepin improves the functional reserve of the kidneys. Thus, our studies have once again confirmed that a widely used antiplatelet agent made from local raw materials, alltrombosepin is not inferior to dipyridamole, which is used in chronic kidney disease.

Key words: chronic kidney disease, kidney functional reserve, glomerular filtration rate, antiplatelet agent, alltrombosepin, dipyridamole

KIRISH

XXI asming sal kam chorak yili o'tganiga qaramay surunkali buyrak kasalligi (SBK) ning kechish xususiyatlari va davolash bo'yicha muammolar o'z echimini etarlicha topmagan. [3, 8].

Buyrak etishmovchiligi shakllanishining dastlabki bosqichlarida buyraklarning funksional zaxirasi (BFZ) pasayishi, xususan, oqsil yuklamasi sinamasiga javoban KFT ortishi qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Bu bosqichda buyrak funksiyasining buzilishi simptomlari bo'lmaydi. Ishlab turgan nefronlar yo'qolib borishining yanada kamayishi (me'yordan 30 foizgacha) buyraklar funksiyasining yaqqolroq buzilishiga - azotli metabolitlar konsentratsiyasi ortishiga, elektrolitlar balansi buzilishiga, anemiyaga va hokazolarga olib keladi. Hozirgi vaqtda buyraklar faoliyatida, patogenezning muhim mexanizmlaridan biri buyraklarda qon ivish (gemostaz) tizimidagi buzilishlari, boshqa organlarning mikrotsirkulyasiya oqimini buzilishi bilan bog'liqligini ko'rsatadigan eksperimental va klinik ma'lumotlar olingan [1, 6, 10].

TADQIQOT MAQSADI.

Surunkali buyrak kasalligining II va III bosqichi bemorlarda antiagregant terapiyani buyraklar funksional zaxirasiga ta'sirini dipiridamol va alltrombosepin preparati qo'shilgan guruxlarida solishtirma kuzatuv asosida baholash.

TADQIQOT MATERIALI VA USLUBLARI.

Tadqiqot uchun turli genezli nefrorpatiyalar natijasida rivojlangan Toshkent tibbiyot akademiyasining ko'p tarmoqli klinikasi nefrologiya bo'limida

Scientific Journal Impact Factor

davolanayotgan 50 nafar SBK bemorlari olindi (kreatinin bo'yicha KFT 30-89 ml/min/m ). Tashxis va SBK bosqichlari AQSH milliy buyrak fondi (NKF K/DOQI, 2002) tavsiyasi asosida shakllantirildi. Etiologik jixatda qaralganda bemorlarning asosiy qismi surunkali glomerulonefrit 89 nafar, 5 nafar surunkali pielonefrit bilan tashxislangan bemorlardir. Surunkali pielonefrit nozologiyasiga buyrak-tosh kasalligi va buyraklar polikistozi sababli paydo bo'lgan ikkilamchi pielonefritlar ham kiradi. Oshqozon-ichak yara kasalligi fonida kechayotgan SBKlar, qandli diabet va boshqa endokrin genezli, buyrak o'smalari va gematologik kasalliklardagi buyrak shikastlanishi sabali paydo bo'lgan nefropratiyalar tufayli shakllangan SBK lari kiritilmadi. Bemorlarning yoshi 19 dan 60 yoshgacha tashkil etadi, o'rtacha yosh : 1 gurux bemorlarning o'rtacha yoshi 43,0±1,65 va 2-guruxdagi bemorlarning o'rtacha yoshi 44,3±2,4 ga teng. Ulardan 60 nafari erkak va 55 nafari ayollar. Kasallikning davomiyligi 5 yidan 10 yilgacha tashkil etadi, o'rtacha 7,8±2,3 yil.

Mana shu tadqiqot guruxlarimizdan biz BFZ sinamalarini o'tkazish mumkin bo'lgan ya'ni shish yoxud NS, og'ir va mo'tadil SAG kuzatilmagan, xullas organizmi oqsil yuklamasiga bardosh bera oladigan bemorlardan 50 nafarini saralab olib ulardan tasodifiy 1 A (n-25) va 1 B (n-25) gurux tuzildi. 1 A gurux dipiridamol qabul qilishni boshlagan SBK bemorlaridan iborat. 1 B gurux esa alltrombosepin 200 mg/sutka (preparatning 1 donasi 100 mg miqdorda bo'lib 1 kapsuladan 2 maxal 3 oy muddatga buyurilgan) qabul qilayotgan bemorlardan tashkil topgan.

Barcha bemorlardan birinchi kuni aminokislota eritmasini (Akumin-Nefro 1000 ml) parenteral yuborish oqsil yuklamasi orqali BFZ tekshirildi. SHuningdek mazkur sinama bilan bevosita bog'liq bo'lgan KFT, zardobda umumiy oqsil, albumin hamda proteinuriya kabi ko'rsatkichlar ham nazardan chetda qolmadi. A va B guruxlardan davolanishdan to'qson kun o'tib yana shu sinama va tekshiruvlar qayta olindi. Koptokchalar filtratsiyasi tezligini zardobdagi kreatinin miqdori bo'yicha 2011 yili modifikatsiya qilingan CKD-EPI (2009) formulasi (http://nefrosovet.ru/ saytidagi on-line hisoblagich ko'magida) yordamida xisoblandi. Olingan natijalar statistik taxlil qilindi.

Dipiridamol preparati qabul qilgan 1-gurux bemorlarda qondagi kreatinin klirensi asosida BFZ xisoblanganda davolanishdan oldin 6.7% tashkil etgan bo'lsa 90 kunlik davolanishdan so'ng BFZ 7.1%ga ko'tarildi. SHuningdek umumiy oqsilni 61.8±1.72 dan 64.6±1.35 ga oshgani hamda KFT ni 42.1±2.42dan 47.8±1.32 ml/min.ga ko'tarilgani kuzatildi.

NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI.

1-jadval

I-gurux bemorlarning laborator ko'rsatkichlari natijalari

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Parametrlar Nazorat guruxi (n=20) I gurux (dipiridamol) (n=25)

Davoning 1-kuni Davoning 90-kuni

Oqsil yuklamasi dan oldin Oqsil yuklamasi dan keyin Oqsil yuklamasi dan oldin Oqsil yuklamasi dan keyin

Kreatinin 71.6±1.62 mmol/l 169.4±12.4 1*** 164.1±10.7 2*** 156.6±7.05 *** 151.4±7.22 ***

Mochevina 6.8±0.13 mmol/l 11.1±0.47* ** 10.4±0.34* ** 9.0±1.55** * 8.9±0.46** *

Umumiy oqsil 69.6±1.35 g/l 61.8±1.72* ** 62.4±1.33* ** 63.0±1.43* ** 64.6±1.35* **

Qondagi albumin 43.5±1.15g /l 31.3±1.12* ** 31.6±1.21* ** 34.7±1.19 *** 34.9±1.23* **

Proteinuriya 0.0±0.01 1.9±0.78** * 1.94±0.64* ** 0.86±0.282 ** 0.90±0.218 ***

Albuminuriya 5±0.5mg/l 102±10.35 *** 105± 11.46 *** 92±8.25** * 93±9.75** *

Asosiy buyrak arteriyasi RI 0.58±0.07 0.70±0.018 *** 0.68±0.015 *** 0.65±0.021 ** 0.62±0.016 ***

PI 1.26±0.18 1.60±0.23* ** 1.54±0.32* ** 1.49±0.24* ** 1.45±0.21* **

Segmenta r buyrak arteriyasi RI 0.61±0.07 0.69±0.018 *** 0.68±0.020 *** 0.64±0.014 *** 0.62±0.016 ***

PI 1.05±0.014 1.21±0.019 ** 1.20±0.021 ** 1.16±0.012 *** 1.14±0.017 ***

KFT ml/min 103.1±4.9 9 ml/min 42.1±2.42* * 44.9±2.21* * 44.9±1.55* ** 47.8±1.32* **

BFZ 23.5% 6.7% 7.1%

Izoh: * - farqlar nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan ahamiyatli (* -P<0,05, ** - P<0,01, *** - R<0,001)

Antiagregant davolash sifatida alltrombosepin preparatini qabul qilgan II-gurux bemorlarda qondagi kreatinin klirensi asosida BFZ xisoblanganda davolanishdan oldin 6.6% tashkil etgan bo'lsa 90 kunlik davolanishdan so'ng BFZ 7.2%ga ko'tarildi. SHuningdek umumiy oqsilni 62.3±1.68 dan 65.2±1.33 ga oshgani hamda KFT ni 42.1±2.16 ml/min.dan 47.9±2.08 ml/min.ga oshgani kuzatildi.

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

2-jadval

II-gurux bemorlarda BFZ ko'rsatkichlari dinamikasi

Parametrlar Nazorat guruxi (n=20) II gurux (alltrombosepin) (n=25)

Davoning 1-kuni Davoning 90-kuni

Oqsil yuklamasi dan oldin Oqsil yuklamasi dan keyin Oqsil yuklamasi dan oldin Oqsil yuklamasi dan keyin

Kreatinin 71.6±1.62 mmol/l 166.5±10.8 7*** 160.6±11.4 3** 158.9±7.09 *** 153.4±6.31 ***

Mochevina 6.8±0.13 mmol/l 11.3±0.45* * 10.4±0.34* * 9.0±1.52** * 8.8±0.52** *

Umumiy oqsil 69.6±1.35 g/l 62.3±1.68* ** 63.2±1.24* ** 64.1±1.39* ** 65.2±1.33* **

Qondagi albumin 43.5±1.15 g/l 31.2±L13* ** 31.3±1.18* * 34.6±1.21* ** 34.8±1.08* **

Proteinuriya 0.0±0.01 2.3±0.63** * 2.32±0.64* ** 1.72±0.72* ** 1.73±0.311 ***

Albuminuriya 5±0.5mg/l 104±10.68 ** 106± 11.32 ** 93±8.12** * 94±7.22** *

Asosiy buyrak arteriyasi RI 0.58±0.07 0.69±0.022 *** 0.68±0.012 ** 0.64±0.019 ** 0.62±0.016 ***

PI 1.26±0.18 1.59±0.28* ** 1.52±0.22* ** 1.46±0.16* ** 1.43±0.19* *

Segmenta r buyrak arteriyasi RI 0.61±0.07 0.69±0.022 *** 0.68±0.012 ** 0.64±0.019 ** 0.62±0.016 ***

PI 1.05±0.01 4 1.20±0.024 *** 1.19±0.018 ** 1.15±0.016 ** 1.14±0.017 ***

KFT ml/min 103.1±4.9 9 ml/min 42.1±2.16* ** 44.8±2.32* ** 44.8±1.28* ** 47.9±2.08* **

BFZ 23.5% 6.6% 7.2%

Izoh: * - farqlar nazorat guruhi ko'rsatkichlariga nisbatan ahamiyatli (* -P<0,05, ** - P<0,01, *** - R<0,001)

Jadvalga nazar tashlasak har ikkala tadqiqot guruximizda buyraklar funksioanal holatini baxolovchi ko'rsatkichlar dinamikasini kuzatganimizda o'zgarishlar bir-biriga yaqinligini kuzatdik. Ushbu yuqorida berilgan o'zgarishlarni

ikkala gurux negizida solishtirma o'rganib chiqamiz. Ikkala guruximizda davolash muolajalari davomida buyraklar funksional holatini ko'rsatuvchi qondagi mochevina, kreatinin va koptokchalar filtratsiya tezligi davolashnining 90 kunlardagi natijalari olinib, solishtirma tahlil qilindi. SHuningdek BFZ xisoblandi. Natijalarga ko'ra BFZ ikkala guruxda ham sezilarli ijobiy siljish kuzatilmagan bo'lsa ham biroq antiagregantlar bilan davolanish fonida BFZ bir muncha saklanib turishi ham katta ahamiyat kasb etadi.

1-rasm. BFZ davolanish fonida dinamikasi

Diagrammaga tasvirlariga ham etibor berishimiz kerak bo'lgan yana bir asosiy mezonlardan biri, bu antiagregant vosita sifatida alltrombosepin preparatini qabul qilgan II-gurux bemorlarda BFZ 1-guruxga nisbatan oz bo'lsada yaxshi saqlanganiga guvohi bo'ldik. Bundan ko'rinib turibdiki Alltrombosepin antiagregant dori vositasini uzoq vaqt davolashmida bemorlarga berib borilishi nafaqat buyraklar funksional xolatini yaxshilanishiga olib keladi, balki buyrak funksional zaxirasini ham saqlanishida muxim samaraga ega ekanligi tasdiqlandi. SBKni davolashda antiagregant preparat sifatida keng qo'llanilib kelinayotgan dipiridamoldan maxaliy xom ashyolardan yurtimizda ishlab chiqarilgan alltrombosepin dori vositasini ham samaradorlikda qolishmasligini yana bir bora o'z tasdig'ini topdi.

XULOSA

SBKni davolashda antiagregant preparat sifatida keng qo'llanilib kelinayotgan dipiridamoldan maxaliy xom ashyolardan yurtimizda ishlab chiqarilgan alltrombosepin dori vositasini ham samaradorlikda qolishmasligini yana bir bora o'z tasdig'ini topdi.

1. SBK erta bosqichlarida BFZ xolatini nazoratga olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

2. Alltrombosepin antiagregant dori vositasiga nisbatan dipiridamol dori vositasining samaradorligi tezroq namoyon bo'ladi.

3. Alltrombosepin antiagregant dori vositasini davolash mobaynida uzoq vaqt bemorlarda qo'llanilishi buyraklar funksional zaxirasini yaxshiroq saqlanishiga erishiladi.

Scientific Journal Impact Factor

4. Alltrombosepin preparati qo'llash bilan bemorlarda buyrak funksional

zaxirasi yaxshi saqlaniladi va SBKni progressivlanishini sekinlashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Гоженко А.И., Гоженко Е.А., Функциональный почечный резерв в физиологии и патологии почек. Буков. мед., т. 16,3(63): 2015. 18ст.

2. Иванов Д.Д., Курята А.В., Гармиш И.П. (2018) Блокаторы РААС: ХБП и сердечно-сосудистый риск. почки. Kidneys, 2: 13-22.

3. Каримов М.М., Даминов Б.Т., Каюмов У.К. Хроническая болезнь почек как медико-социальная проблема и факторы риска и её развития // Вестник Ташкентской медицинской академии. - Ташкент, 2015. - № 2. - С. 8-12.

4. Каримов М.М. Вопросы прогрессирования хронических болезней почек с позиции не которых звеньев патогенеза // Вестник Ташкентской медицинской академии. - Ташкент, 2014. - № 4. - С. 7-19.

5. Мельник А. А. Почки, p-ISSN 2307-1257, e-ISSN 2307-1265 № 3 (17) 2016 г.

6. Михайлова И. Е. Антитромбоцитарные препараты в профилактике и лечении коронарного атеротромбоза. Обзор литературы //Вестник Санкт-Петербургского университета. Серия 11. Медицина. - 2014.

7. Попова Л.В., Бокарев И.Н. Применение антиагрегантов в клинической практике, Практическая медицина, Кардиология, '6 (82) сентябрь 2014г, 22.

8. Рогова И. В., Фомин В. В., Дамулин И. В., Шашкова Е. В. Особенности когнитивных нарушений у больных хронической болезнью почек на додиализных стадиях: научное издание// Терапевтический архив. - 2015. -Том 85 № 6. - C. 25-30.

9. Савицька Л.М. (2017) Взаемозв'язок мiж функщональним нирковим резервом, рiвнем сечово! кислоти та яюстю життя пащотлв iз хрошчною хворобою нирок I—III стадп. Нирки, 6(2): 32-39.

10. Шарапов О. Н., Мирзаева Г. П., Сабиров М. А. Изучение гипоазотемической эффективности препарата цинарозид в клинических условиях : научное издание // Вестник Ташкентской Медицинской Академии. - Ташкент, 2014. - N1. - C. 54-56. - Библиогр.: 12 назв.

11. Matsushita K., Tonelli M., Lloyd A. et al.; Alberta Kidney Disease

Network (2016) Clinical risk implications of the CKD Epidemiology Collaboration

(CKD-EPI) equation compared with the Modification of Diet in Renal Disease (MDRD) Study equation for estimated GFR. Am. J. Kidney Dis., 60(2): 241-249.

12. National Kidney Foundation (2015) GFR Calculator

(https://www.kidney.org/professionals/kdoqi/gfr_calculator).

13. Vavilova T.P., Geva O.N., Pushkina A.V., Tkachev G.A., Koretskaia N.A.: Diagnostic and prognostic value of antioxidant enzyme assay in erythrocytes of patients with end stage renal disease treated with hemodialysis// Biomed Khim. -2016. -Mar-Apr. -52(2). -P219-22.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.