Научная статья на тему 'SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH'

SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
74
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt / AI(artificial intelligence) / huquq / raqamli texnologiyalar / tarmoqlar / javobgarlik / aqlli robotlar. / artificial intelligence / AI (artificial intelligence) / law / digital technologies / networks / responsibility / intelligent robots.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Axmadova, Gulchexra Jasur Qizi

Ushbu maqolada sun’iy intellekt tushunchasining jamiyatimiz hayotiga kirib kelishi va huquqiy tomondan tartibga solish masalalari tahlil qilingan. Sun’iy intellekt bo’yicha o’rganilgan tajriba hamda olimlarning faoliyati o’rganilgan. Sun’iy intellektni yuridik sohaga ham kirib kelishi, uning afzalliklari va kamchiliklari to’g’risida ta’kidlab o’tilgan. Xalqaro miqyosda ham sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalari hamda shu sababdan keltirib chiqarilayotgan muammolar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL REGULATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE

This article analyzes the introduction of the concept of artificial intelligence into the life of our society and issues of legal regulation. The experience of artificial intelligence and the activities of scientists are studied. Artificial intelligence has been introduced into the legal field, its advantages and disadvantages have been highlighted. At the international level, the issues of legal regulation of artificial intelligence and the problems caused by this reason are highlighted.

Текст научной работы на тему «SUN’IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH»

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SUN'IY INTELLEKTNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH

Axmadova Gulchexra Jasur qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti, Ommaviy huquq fakulteti

1-bosqich talabasi gulchexraahmadova2006@gmail.com

Ushbu maqolada sun 'iy intellekt tushunchasining jamiyatimiz hayotiga kirib kelishi va huquqiy tomondan tartibga solish masalalari tahlil qilingan. Sun 'iy intellekt bo'yicha o'rganilgan tajriba hamda olimlarning faoliyati o'rganilgan. Sun 'iy intellektni yuridik sohaga ham kirib kelishi, uning afzalliklari va kamchiliklari to'g'risida ta'kidlab o'tilgan. Xalqaro miqyosda ham sun'iy intellektni huquqiy tartibga solish masalalari hamda shu sababdan keltirib chiqarilayotgan muammolar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, AI(artificial intelligence), huquq, raqamli texnologiyalar, tarmoqlar, javobgarlik, aqlli robotlar.

This article analyzes the introduction of the concept of artificial intelligence into the life of our society and issues of legal regulation. The experience of artificial intelligence and the activities of scientists are studied. Artificial intelligence has been introduced into the legal field, its advantages and disadvantages have been highlighted. At the international level, the issues of legal regulation of artificial intelligence and the problems caused by this reason are highlighted.

Keywords: artificial intelligence, AI (artificial intelligence), law, digital technologies, networks, responsibility, intelligent robots.

Raqamli texnologiyalar - bu butun iqtisodiyot va jamiyatning raqamli transformatsiyani ta'minlaydigan texnologiyalar bo'lib, ular axborot raqamlarga aylantirilgan formatda saqlash va uzatishga asoslangan. Shunaqa texnologiyalar rivojlanayotgan davrda eng dolzarb masalalardan biri bu sun'iy intellektni huquqiy tartibga solishdir. McKinsey Global instituti prognozlariga ko'ra, sun'iy intellekt 2030-yilga borib taxminan 13 trillion AQSH dollari miqdoridagi qo'shimcha iqtisodiy mahsulot ishlab chiqarishi mumkin, bu esa global YaIMni har yili taxminan 1,2 foiziga oshirish hisobiga amalga oshiriladi[1]. Hozirgi kunga kelib, sun'iy intellekt keng ko'lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Bugungi kunda ayrim davlatlarda ko'rishimiz mumkinki,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

robot-hamshiralar, haydovchisiz transport vositalari, buyurtmani yetkazib beruvchi dronlar xizmatida foydalanish yo'lga qo'yilgan. Bundan ko'rishimiz mumkinki, kelajakda bu masalalar ishsizlik holatini keltirib chiqarmoqda.

METODLAR

Sun'iy intellekt sohasida o'tgan asrning o'rtalaridan boshlab tadqiqot ishlari boshlangan. Ingliz matematigi va kriptografi Alan Tyuring (1952-1954) mazkur yo'nalishda ilk tadqiqot muallifi hisoblanadi. Sun'iy intellekt atamasi 1956-yilga kelib paydo bo'ldi. Shu yilning yozida AQSHning Dartmut universitetida sun'iy tafakkur masalalari bo'yicha anjuman bo'lib o'tdi. Unda Klod Shennon (Bell Laboratories), Nataniel Rochester (IBM), Gerbert Saymon (Karnegi universiteti, Trenchard Mur (Prinston universiteti), Jon Makkarti (Dartmut universiteti), Marvin Minski (Garvard universiteti) kabi olimlar ishtirok etgan[2].

XX asrning 80-yillari sun'iy intellekt-kashfiyot deya e'tirof etila boshlandi. Tadqiqotlarning huquqiy asosini qonunlar, statistik ma'lumotlar , farmon va strategiyalar shu sohadagi ilmiy-tadqiqotlar tashkil qiladi. Sun'iy intellektni huquqiy tartibga solishda ilmiy-tadqiqotning statistik, eksperimental metodlari qo'llanilgan.

Sun'iy intellektning xavfli jihatlari ham bordir. Bularning eng xavflisi odamlarning ishsiz qolib ketishidir. Buning asosiy sababi shuki, sun'iy intellekt inson qilishi mumkin bo'lgan ko'p vazifalarni bajara boshladi va bu odamlarning ish o'rinlarini yo'qotishga olib kelmoqda. Jahon iqtisodiy forumining kelajak ish o'rinlari haqidagi hisobotiga ko'ra, keyingi besh yilda hozir mavjud ish o'rinlarining 23 foizi o'zgarishga uchraydi: 69 mln ish o'rini yaratilishi, 83 mln ish o'rni esa yo' bo'lib ketishi ketishi kutilyapti. Bu global miqyosda ish o'rinlarining 14 mlni, ya'ni 2 foizi yo' bo'lib ketishi mumkinligini anglatadi. Masalan, sun'iy intellekt namunasi bo'lgan ChatGPT AQSHda 4,8 mln ish o'rnini egallashi prognoz qilinmoqda[3]. Qisqaradigan ish o'rinlari, kasblarning yo'qolib ketishiga sun'iy intellekt sabab bo'lmoqda. Chunki sun'iy intellekt ishchilar, xodimlar bajaradigan ish o'rinlari va vazifalarini qila boshlagach, inson mehnatiga hojat qolmasligini ko'rsatmoqda. Sun'iy intellektning salbit tomonlari hamma narsada bor. Sun'iy intellekt orqali fake (soxta) xabarlar tarqalib ketmoqda va bu xabarlarni to'g'riligini tekshirish lozimligi o'rtaga chiqdi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Sun'iy intellekt ( AI-artificial intelligence) yoki sun'iy zehniy yoki sun'iy o'qitish tizimi, kompyuterlarning o'zini o'rganish va o'zini yaxshilash qobiliyatlarini taklif etuvchi, insonning zehniy faoliyatini o'rganish va taqqoslash uchun ishlab chiqilgan algoritmlar va dasturlar to'plamidir. Bu tizimlar, ma'lumotlarni o'rganish,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tahlil qilish, ma'lumotlar bilan ishlash, maslahat berish va boshqa zehniy vazifalarni bajarishda foydalaniladi. Bu tizimlar, inson zehniy faoliyatini tashkil etuvchi algoritmlar va dasturlar orqali o'rganiladi va yaxshilanadi.

Sun'iy intellekt har bir sohada o'z o'rnini egallab bormoqda. Sun'iy intellektning afzalliklari ham ko'pdir. Juda ko'plab foydali amallarni tezda va sifatli qilib beradi . Sun'iy intellektda aniqlik va samaradorlik yaxshi shakllantirilgan bo'ladi. Bunda sun'iy intellekt bir amalni qayta-qayta bajarsa ham charchab qolmasdan murakkab amal bo'ladimi yoki oddiymi samarali qilib bajarib beradi. Biz bu xizmatlardan o'zimiz xohlagan paytimizda tezda, aniqlik bilan bajarib beradi.

Shu bilan birga sun'iy intellektning kamchiliklari ham mavjuddir. Bularga: yuqori narx (sun'iy intellektni yaratish katta xarajatlarni talab qiladi, chunki ular juda murakkab mashinalardir), ishsizlik, ijodkorlikning yetishmasligi, tuyg'ularsiz va tajribaga ko'ra yaxshilanish yo'q[4]. Sun'iy intellektni kamchiliklari ustida ko'plab tadqiqotlar va izlanishlar olib borilmoqda.

Sun'iy intellekt ko'pgina sohalarda qo'llanib kelinmoqda. Ishlab chiqarish sohasida ham aqlli robotlardan foydalanilmoqda va bu sohada mehnat sharoitini rivojlanishiga asos bo'ladi. Yuridik xizmat ko'rsatish sohasida sun'iy intellektning texnologiyalaridan foydalanayotganligimiz buning yaqqol dalilidir. Raqamli masalan, Germaniyadagi milliy qonunlar, fuqarolik, jinoiy va ommaviy huquqlar, shuningdek, ular bilan bog'liq sohalar, hamda transmilliy va xalqaro huquq normalari, Yevropa Ittifoqi qonunlari odatda qo'llaniladi. Kompyuterlar va mashinalar inson ongining kuchlarini taqlid qilish, bashorat va takliflar qilish, muammolarni hal qilish, tanlov qilish, ma'lumotlarni to'plash hamda tahlil qilish uchun ishlatiladi. Axloqiy, ijtimoiy yoki iqtisodiy nuqtayi nazardan raqamli texnologiyalar, jumladan, sun'iy intellekt istalgan yoki kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin[5]. Bu jarayonlarda javobgarlik masalasi ham ahamiyatlidir. Bu borada Sardor Bozarov xorijiy mamlakatlar qonunchiligida sun'iy intellekt tomonidan sodir etilgan delikt uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikka tortishning bir qancha yondashuvlarini ilmiy jihatdan tahlil etgan. Unga ko'ra, birinchi model, "The Perpetration-by-Another" (boshqa shaxs orqali sodir etish). Ikkinchi model, "The Natural-Probable-Consequence Liability" (tabiiy, ehtimoliy oqibat). Uchinchi model, "The Direct Liability" (to'g'ridan to'g'ri javobgarlik) kabi turlarga bo'lgan[6].

O'zbekiston Respublikasida ham sun'iy intellekt borasida ko'plab qaror va farmonlar bor va sun'iy intellektga bo'lgan e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda. 2021-yilning 17-fevral kuni "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shrat-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori qabul qilindi. Mazkur Qarordan ko'zlangan maqsad -"Raqamli

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

0'zbekiston-2030" Strategiyasiga muvofiq sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llash va ularni mamlakatimizda isloh etish, raqamli ma'lumotlardan foydalanish va ularning sifatini ta'minlash imkoniyatini, ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratishdir.

Ayni vaqtda juda ham jadal rivojlanib borayotgan davrda yashamoqdamiz. Bu davrda sun'iy intellektning ahamiyati oshib bormoqda. Sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan ma'lumotlar va algoritmlar huquqiy tartibga solishning kengayishiga olib kelishi mumkin. Bu ma'lumotlar va algoritmlar insonga zarar yetkazadigan voqealar(masalan, diskriminatsiya, siyosiy manipulyatsiyalar) yuzaga kelishi mumkinligi bilan bog'liq xavfni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, sun'iy intellekt tomonidan qabul qilingan qarorlar insonga qanday ta'sir etadi va ularning huquqiy tartibga solishda o'z vazifasini bajarish kerakligi muammolari mavjud. Avtomatik tanish tizimlari va sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan tadbirlar av qraorlar insonga qanday ta'sir etadi, ularning huquqiy tartibga solishda o'z vazifasini bajarishi keraakligi muammolari keng ko'lamda o'rganilishi mumkin.

Huquq, siyosat va texnologiya sohasidagi mutaxassislar va policy-makerlar bu muammolarni hal qilish uchun ko'plab yondashuvlar va usullarni o'rganib chiqishmoqda. Sun'iy intellekt sohasidagi huquqiy tartibga solishning kengayishiga ega bo'lgan tadqiqotlar va siyosat rivojlanishlari bu muammolarni hal qilish uc hun muhimdir.

Sun'iy intellekt sohasining rivojlanishi ko'plab imkoiyatlarni yaratmoqda va bizning vaqtimizni tejashga, ishimizni samadorligini va aniqligini oshirishda yordam bermoqda. Bundan tashqari, maktablar, kollejlar, institut va universitetlar, turli xil tashkilotlarda foydalanilayotgan sun'iy intellektning kompyuter xizmat ko'rsatish bazalarida keng ko'lamda yangiliklar qilinishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. https://kun.uz/uz/news/2022/09/08/suniy-intellekt-va-xavfsizlik-robotlar-odamlar-ustidan-hukmronlik-qilishi-mumkinmi

2. Sun'iy intellekt-texnologik rivojlanish asosi- Yuz.uz https://yuz.uz/uz/uz/news/suniy-intellekt--texnologik-rivojlanish-asosi

3. https://kun.uz/uz/news/2023/05/10/suniy-intellekt-xavfli-odamlarning-ishsiz-qolish-ehtimoli-qanchalik-yuqori

4. https://iskulubu.com/manset/yapay-zekanin-en-onemli-5-avantaj i-ve-dezavantaji/.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Sardor Yusupov. Legalization of Artificial Intelligence: Significance and Necessity. Miasto Przyszlosci . 26 (2022): 48-50. https://miastprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/417.

6. S.S.Bozarov. Sun'iy intellekt doirasida huquqiy javobgarlik. Yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining avtoreferati. -Toshkent, 2023-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.