Научная статья на тему 'SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB MUSIQA DARSLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. (PREZIDENT MAKTABLARI 6 – 7 – SINF O‘QUVCHILARI MISOLIDA)'

SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB MUSIQA DARSLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. (PREZIDENT MAKTABLARI 6 – 7 – SINF O‘QUVCHILARI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy texnologiyalar / ta’lim / ilm – fan yutuqlari / sun’iy intellekt / musiqa ta’limi / ilg‘or texnologiyalar / ilm – fan yangiligi / musiqiy jarayon / darslik / sun’iy intellekt ijobiy va salbiy tomonlari / modern technology / education / science achievement / artificial intelligence / music education / advanced technology / science innovation / musical process / textbook / AI Pros and cons.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Malika Oybekovna Xudaybergenova

Zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanmiz, har bir soha jadal rivojlanmoqda, o‘smoqda. Bugungi kun ilm – fan rivoji o‘z ishining mutaxasislariga yangidan – yangi vazifa va mas’uliyat yuklamoqda. Shu bois, ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir kadr o‘z ustida tinimsiz izlanishi va yangiliklardan boxabar bo‘lishi zarur. Ushbu maqolada ta’lim sohasini yanada isloh qilish va yangiliklarni bu jarayonga tatbiq etishga e’tibor qaratildi. Xususan, musiqiy ta’lim jarayonida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va ilmiy yangilik hisoblangan “Sun’iy intellekt” imkoniyatlaridan to‘g‘ri, samarali foydalanish, o‘quvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini yanada orttirishga yordam beradi. Sun’iy intellekt yordamida darslarning o‘tkazilishi o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lishi bilan bir qatorda, o‘qituvchilar uchun ham juda qulay. O‘zbekistonda ayni bu yo‘nalishda ham ko‘plab yangilik va yengilliklar amalga oshirilmoqda. Bunday ta’limiy islohotlar bevosita darslarning sifatli bo‘lishi bilan birga kelajakda texnologik taraqqiyotni anglash imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TAKING ADVANTAGE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE OPPORTUNITIES TO FURTHER IMPROVE MUSIC LESSONS

As we are surrounded by modern technologies, each industry is developing and growing rapidly. Today, the development of science imposes a new task and responsibility on the specialists of its work. Therefore, it is necessary that every frame operating in the field of education is tirelessly sought after on its own, and from the news it is bokhabar. In this article, we have focused on further reforming the field of education and applying innovations to this process. In particular, the application of advanced technologies in the process of musical education and the correct, effective use of the capabilities of “artificial intelligence”, which is considered a scientific innovation, will help students to further develop their interest in music lessons. In addition to being interesting to students, the conduct of classes using artificial intelligence is also very convenient for teachers. Many innovations and reliefs are being implemented in this direction in Uzbekistan. Such educational reforms directly improve the quality of classes and allow understanding of technological progress in the future.

Текст научной работы на тему «SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB MUSIQA DARSLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. (PREZIDENT MAKTABLARI 6 – 7 – SINF O‘QUVCHILARI MISOLIDA)»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-33-252-257

Pages: 252-257

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

SUN'IY INTELLEKT IMKONIYATLARIDAN FOYDALANIB MUSIQA DARSLARINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH. (PREZIDENT MAKTABLARI 6 -

7 - SINF O'QUVCHILARI MISOLIDA)

Malika Oybekovna Xudaybergenova

Tayanch doktorant O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institute Toshkent, O'zbekiston E-mail: maaliikhudaihergenova@ mail.ru

MAQOLA HAQIDA_

Annotatsiya: Zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanmiz, har bir soha jadal rivojlanmoqda, o'smoqda. Bugungi kun ilm - fan rivoji o'z ishining mutaxasislariga yangidan - yangi vazifa va mas'uliyat yuklamoqda. Shu bois, ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir kadr o'z ustida tinimsiz izlanishi va yangiliklardan boxabar bo'lishi zarur. Ushbu maqolada ta'lim sohasini yanada isloh qilish va yangiliklarni bu jarayonga tatbiq etishga e'tibor qaratildi. Xususan, musiqiy ta'lim jarayonida ilg'or texnologiyalarni qo'llash va ilmiy yangilik hisoblangan "Sun'iy intellekt" imkoniyatlaridan to'g'ri, samarali foydalanish, o'quvchilarni musiqa darslariga qiziqishlarini yanada orttirishga yordam beradi. Sun'iy intellekt yordamida darslarning o'tkazilishi o'quvchilarga qiziqarli bo'lishi bilan bir qatorda, o'qituvchilar uchun ham juda qulay. O'zbekistonda ayni bu yo'nalishda ham ko'plab yangilik va yengilliklar amalga oshirilmoqda. Bunday ta'limiy islohotlar bevosita darslarning sifatli bo'lishi bilan birga kelajakda texnologik taraqqiyotni anglash imkonini beradi._

TAKING ADVANTAGE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE OPPORTUNITIES TO

FURTHER IMPROVE MUSIC LESSONS

Malika Oybekovna Khudaibergenova

PhD student Uzbekistan state art and culture institute

Tashkent, Uzbekistan E-mail: maaliikhudaibergenova@.mail.ru

Kalit so'zlar: zamonaviy texnologiyalar, ta'lim, ilm - fan yutuqlari, sun'iy intellekt, musiqa ta'limi, ilg'or texnologiyalar, ilm - fan yangiligi, musiqiy jarayon, darslik, sun'iy intellekt ijobiy va salbiy tomonlari

_ABOUT ATRICLE_

Key words: modern Abstract: As we are surrounded by modern

technology, education, science technologies, each industry is developing and growing achievement, artificial rapidly. Today, the development of science imposes a new

intelligence, music education, task and responsibility on the specialists of its work. advanced technology, science Therefore, it is necessary that every frame operating in the innovation, musical process, field of education is tirelessly sought after on its own, and textbook, AI Pros and cons. from the news it is bokhabar. In this article, we have focused

on further reforming the field of education and applying innovations to this process. In particular, the application of advanced technologies in the process of musical education and the correct, effective use of the capabilities of "artificial intelligence", which is considered a scientific innovation, will help students to further develop their interest in music lessons. In addition to being interesting to students, the conduct of classes using artificial intelligence is also very convenient for teachers. Many innovations and reliefs are being implemented in this direction in Uzbekistan.

Such educational reforms directly improve the quality of classes and allow understanding of technological progress _in the future._

ДАЛЬНЕЙШЕЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ УРОКОВ МУЗЫКИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ВОЗМОЖНОСТЕЙ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА

Малика Ойбековна Худайбергенова

Докторант

Государственный институт искусства и культуры Узбекистана

Ташкент, Узбекистан E-mail: maaliikhudaibergenova@mail.ru

О СТАТЬЕ_

Аннотация: Пока мы окружены современными технологиями, каждая отрасль динамично развивается, растет. Сегодня развитие науки возлагает на специалистов своего дела все новые и новые задачи и обязанности. Поэтому каждый кадр, работающий в сфере образования, должен быть постоянно востребован и быть в курсе новостей. В этой статье мы сосредоточимся на дальнейшей реформе образования и внедрении инноваций в этот процесс. В частности, применение передовых технологий в музыкальном образовании и правильное, эффективное использование возможностей "искусственного интеллекта",

считающегося научным новшеством, способствует дальнейшему повышению интереса учащихся к занятиям музыкой. Проведение уроков с использованием искусственного интеллекта не только интересно учащимся, но и очень удобно для учителей. В этом направлении в Узбекистане реализуется множество инноваций и послаблений.

Ключевые слова:

современные технологии,

образование,

достижения,

интеллект,

образование,

технологии,

инновации,

научные искусственный музыкальное передовые научные музыкальный

процесс, учебник, плюсы и минусы искусственного

интеллекта

Подобные образовательные реформы напрямую улучшают качество занятий и позволяют понять технологический прогресс в будущем.

Bugungi kun ilm - fan taraqqiyoti to'xtovsiz rivojlanmoqda. Texnologiyalar rivoji masofa, makon, zamon kabi tushunchalarni ortda qoldirmoqda. Shu bilan bir qatorda, ushbu yangiliklar ta'lim - tarbiya jarayoniga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. O'zbekistonda ta'limdagi mavjud kamchilik va muammolarning yechilishida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ta'lim tizimini yanada isloh qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Xususan, prezidentimiz tashabbuslari bilan zamonaviy va ilg'or texnologiyalar orqali darslarni yanada sifatli olib borishga e'tibor qaratilmoqda. 2022 - yil 2 - fevraldagi PQ-112-sonli Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida qaroriga muvofiq "Madaniyat va san'at sohasida iste'dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo'llab-quvvatlash, ta'lim muassasalarini milliy cholg'ular, musiqa darsliklari, notalar to'plamlari va o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlashning yaxlit tizimini yaratish" bo'yicha qator vazifalar yuklatilgan.1

Bugun hech bir yo'nalishni, sohani zamonaviy, innovatsion texnologiyalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Ayniqsa, ijtimoiy sohalarda ilg'or texnologiyalardan foydalanish, sun'iy intellekt dasturlari orqali har bir jabhada yangiliklar va yengilliklar yaratish kundan - kun o'sib bormoqda. Shu o'rinda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida farmoni mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot -kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.2

Ta'lim sohasida axborot - kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan kengroq foydalanish va o'quv jarayonlariga tatbiq etish ayni damda dolzarb muammodir. Xususan, san'at va madaniyat sohasida, musiqiy ta'lim jarayonlarida bunday ilg'or texnologiyalardan samarali foydalangan holda darslarni tashkil etish, musiqiy merosimizni yanada o'zlashtirish, ommalashuvini ta'minlash zarur.

Sun'iy intellekt (SI; inglizcha: artificial intelligence, AI) - inson intellektiga taqlid qilishga qodir bo'lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. Alan Turing sun'iy

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son https://lex.uz/uz/docs/-5849580

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son https://lex.uz/ru/docs/-5030957

intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi bo'lgan. Sun'iy intellektga 1956-yili mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan.1

Sun'iy intellekt tushunchasini musiqa bilan aloqadorligi 1974 - yil Michigan Universitetida bo'lib o'tgan "Xalqaro kompyuter musiqasi konferensiyasi"2 bilan bog'liqdir. Hozirda SI tadqiqotlari musiqa yozish, ishlash, nazariya va tovushni qayta ishlashda foydalanishni o'z ichiga oladi. Ushbu sohaning asosiy maqsadi musiqa ishlab chiqarish uchun sun'iy intellektdan foydalanadigan musiqa dasturlarini yaratishdir. Turli sohalardagi ilovalar kabi musiqadagi AI ham aqliy vazifalarni bajarishga yo'naltirilgan.

AI algoritmining o'tmishdagi ma'lumotlarga asoslanib o'rganish qobiliyati muhim xususiyatdir, masalan, kompyuter hamrohligi texnologiyasi, bunda AI inson ijrochisini tinglash va hamrohlikni bajarishga qodir. Sun'iy intellekt interaktiv kompozitsiya texnologiyasini ham boshqaradi, bunda kompyuter jonli ijroga javoban musiqa yaratadi. Musiqada nafaqat musiqiy kompozitsiya, ishlab chiqarish va ijroni, balki musiqa qanday sotilishi va iste'mol qilinishini ham qamrab oluvchi boshqa AI ilovalari mavjud. Musiqa ovozini boshqarish uchun ovozni aniqlash va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyasidan foydalanish uchun bir nechta musiqa pleyeri dasturlari ham ishlab chiqilgan.3

"Ural - 1" kompyuterdan foydalangan holda algoritmik musiqa yaratish haqida birinchilardan bo'lib, rus tadqiqotchisi Rudolf Zaripov maqolani nashr etgan. Keyinchalik 19 65 - yilga kelib ixtirochi Rey Kurtsvey kompyuter tomonidan yaratilgan, turli kompozitsiyalarda naqshni aniqlashga qodir bo'lgan pianino asarining premyerasi bo'lib o'tadi.4

SI ning musiqa yozish va ijro qilish borasida rivojlanishlari 1997 yilda "Musiqiy intellektdagi eksperimentlar" (EMI) deb nomlangan sun'iy intellekt dasturi Bax uslubiga taqlid qilish uchun musiqa asarini yaratish vazifasini bajarishda inson bastakoridan o'zib ketdi.5

Ushbu mavzuga to'xtalishdan maqsad kelajakda sun'iy intellekt orqali ko'plab imkoniyatlarga erishish va ta'lim jarayonini yanada isloh qilishdir. Sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish orqali musiqa ta'limi jarayonini takomillashtirishning dolzarbligi foydalanish imkoniyatining kengligi va umumiy samaradorlikni oshirishga yordam beradi.

Ta'lim tizimi jarayonida, asosan umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim bosqichi -bolalarning shakllanishi va o'sib rivojlanishida poydevor hisoblanadi. Bugungi kunda

1 The Essential Turing: the ideas that gave birth to the computer age (en). Oxford, England: Clarendon Press, 2004. ISBN 0-19-825079-7 https://uz.wikipedia.org/

2 https://en.wikipedia.org/wiki/International Joint Conference on Artificial Intelligence

3 Dannenberg, Rojer. "Sun'iy intellekt, mashinani o'rganish va musiqani tushunish" (PDF). Semantik olim. S2CID 17787070. Asl nusxadan arxivlangan (PDF) 2018-yil 23-avgust. 2018-yil 23-avgustda olindi

4 http://www.kurzweiltech.com/raybio.html

5Jonson, Jorj (1997 yil 11 noyabr). "Ochilmagan Bax? Yo'q, buni kompyuter yozgan". The New York Times. 2020-

yil 29-aprelda olindi

respublikamizda ko'plab ixtisoslashtirilgan, ma'lum bir fan doirasida muvofiqlashtirilgan umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim muassasalari mavjud bo'lib, yosh avlodni qiziqish va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, kelajakda egallashi mumkin bo'lgan sohasiga yo'naltiradi. Prezidentimiz tashabbusi bilan respublikamiz bo'ylab 14 ta prezident maktablari bunyod etilgan bo'lib, ushbu maktablarda maxsus STEAM ta'lim tizimi bo'yicha darslar olib boriladi. STEAM (science, technology, engineering, art, math; ya'ni tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika)1 - ta'lim tizimi hozirgi kunda ta'lim jarayonida keng qo'llanilayotgan dastur bo'lib, barcha beshta sohani ta'limga integratsiyalashuvi hisoblanadi. Prezident maktablarida maxsus STEAM ta'lim tizimida darslar olib borilgani bois, musiqa darslari jarayonini ham shu dastur orqali takomillashtirishga harakat qilinmoqda. Ta'lim tizimida yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, musiqa darslari sifatini yanada ko'tarish va har bir o'quvchiga individual yondashish maqsadida, zamonaviy texnologiya va sun'iy intellekt tushunchalariga kengroq urg'u berish zarur.

Tadqiqotning obyekti sifatida prezident maktablari ta'lim tizimini qamrab olishdan asosiy maqsad, ushbu muassasalardagi o'quvchilarning bilim, ko'nikmalarini o'rganish va STEAM dasturi orqali ta'lim olayotgan o'quvchilar musiqiy salohiyatini sun'iy intellekt yordamida oshirishdan iborat.

Musiqa darsi umumiy o'rta ta'lim maktablarda asosan 1 - sinfdan to 7 - sinfgacha o'qitiladi. Musiqa darslari haftasiga 1 soat o'qitilib, bunda dars jarayonlari asosan, boshlang'ich sinflarda besh faoliyat bilan olib boriladi. Bular: musiqa savodi, musiqa tinglash, jamoa bo'lib kuylash, musiqa mos ritmik harakatlar bajarish, bolalar cholg'u asbobida jo'r bo'lish.

Prezident maktablariga qabul qilingan o'quvchilar boshlang'ich sinf bilimlarni umumiy o'rta ta'lim maktablarida olishadi. Shu o'rinda, boshlang'ich bilimlarga ega bo'lgan o'quvchilar prezident maktablariga qabul qilingandan keyin ularga zamonaviy texnologiyalar orqali musiqa darslarini olib borish zarur. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, prezident maktablari o'quvchilari maxsus ta'lim tizimida o'qitilganligi bois, ularda matematika, texnologiya haqida bilimlar, sun'iy intellektdan foydalanish kabi ko'nikmalarni kengroq shakllantirishdan iboratdir.

Musiqa ta'limi jarayonlarida sun'iy intellektdan foydalanishning bir necha samarali usullarini tatbiq qilish mumkin:

1. Musiqa tahlili: SI, bolalarga notalarni, tempni, ritmik bo'linishlarni tushunishga yordam beradi. Bunda musiqani tahlil qilish, g'oyalar, strukturalar haqida tushuncha shakllantirishda qulaylik keltirib chiqaradi;

2. Musiqa yozish: SI, bolalarga o'zlari musiqa yozish imkoniyatlarini taqdim qiladi;

1 https://dzen.rU/a/X:UUPbWQzx1kK_ED7exBerime

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS 256

3. Individual o'zlashtirish: SI, bolalarning bilim darajasi va o'zlashtirish ko'nikmalarini hisobga olgan holda, har bir bolaga shaxsiy o'zlashtirish yo'li tuzadi;

4. Musiqa tarixi va ko'ngilochar mashg'ulot: SI, musiqa tarixi, turli oqimlar, madaniy rivojlanish haqida ma'lumotlar bazasi hisoblanib, virtual safarlar, interaktiv darslar va o'yinlar orqali musiqiy darslar sifatini yanada oshirishga yordam beradi.

Bundan tashqari sun'iy intellekt imkoniyatlari orqali bolalarga musiqiy cholg'u asbobini o'rgatishda yaxshi samaradorlikka erishish mumkin. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 yildagi PQ-112-sonli qaroriga muvofiq, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish ko'nikmalari o'rgatilishi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritilishi belgilangan bo'lib, ushbu qarorni amalda bajarilishida sun'iy intellektdan imkoniyatlaridan samarali foydalanishimiz mumkin. Bunda o'qituvchi sinf xonadagi barcha o'quvchilar bilan bir vaqtda shug'ullana olamaydi lekin sun'iy intellekt orqali ularga berilgan topshiriqlarni nazorat qila oladi. Ya'ni bunda sun'iy intellekt har bir o'quvchiga individual yondasha olishda ko'maklashadi. Sun'iy intellekt imkoniyatlari orqali o'quvchilar biror cholg'u asbobini o'rganishi va o'zlari mustaqil ravishda kuy yoza olishi mumkin.

Biroq ta'lim tizimida sun'iy intellektga faqatgina ijobiy natijalarga erishishdagi vosita sifatida qarashimiz kerak, agar ta'lim tizimini inson omilisiz to'liq zamonaviy texnologiyalarga yuklab qo'ysak, bunda o'qituvchi va o'quvchilarda tanqidiy fikrlash, o'z xulosasi aytish va fikrini erkin bayon qilish kabi ko'nikmalarga ziyon yetishi mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son https://lex.uz/uz/docs/-5849580

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.10.2020 yildagi PF-6079-son https://lex.uz/ru/docs/-5030957\

3. The Essential Turing: the ideas that gave birth to the computer age (en). Oxford, England: Clarendon Press, 2004. ISBN 0-19-825079-7 https://uz.wikipedia.org/

4. https://en.wikipedia.org/wiki/International_Joint_Conference_on_Artificial_Intelligence

5. Dannenberg, Rojer. "Sun'iy intellekt, mashinani o'rganish va musiqani tushunish" (PDF). Semantik olim. S2CID 17787070. Asl nusxadan arxivlangan (PDF) 2018-yil 23-avgust. 2018-yil 23-avgustda olindi

6. http://www.kurzweiltech.com/raybio.html

7. Jonson, Jorj (1997 yil 11 noyabr). "Ochilmagan Bax Yo'q, buni kompyuter yozgan". The New York Times. 2020-yil 29-aprelda olindi.

8. Xudaybergenova Malika. "Traditional formation and development of uzbek classical music." International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada April 15 th -16 th 2022

9. Худайберганова М. А. Рахимов Б.М. "О роли музыки в жизни человека" МОЛОДОЙ УЧЁНЫЙ международный научный журнал. №31 (165) /2017

10. Malika Xudaybergenova "The process of traditional formation and development of classical music" International Bulletin of Applied Science and Technology 2022/11/26. 182-184 pg.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.