Научная статья на тему '“SUHBAT” VA “SINKVEYN” METODLARINING QO‘LLANILISHI'

“SUHBAT” VA “SINKVEYN” METODLARINING QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
14774
923
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / adabiyot / metod / so‘z / interfaol / “Suhbat” va “Sinkveyn”.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Matyakubova Rayxan Tulibayevna, Sultanova Muyassar Djumanazarovna

Mazkur maqolada dars jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati hamda ona tili va adabiyot darslarida qo‘llaniladigan “Suhbat” va “Sinkveyn” metodlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“SUHBAT” VA “SINKVEYN” METODLARINING QO‘LLANILISHI»

"SUHBAT" VA "SINKVEYN" METODLARINING QO'LLANILISHI

Matyakubova Rayxan Tulibayevna

Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning o'zbek tili o'qituvchisi Sultanova Muyassar Djumanazarovna Xorazm viloyati Urganch shahridagi 8-son maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7503368

Annotatsiya: Mazkur maqolada dars jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati hamda ona tili va adabiyot darslarida qo'llaniladigan "Suhbat" va "Sinkveyn" metodlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ona tili, adabiyot, metod, so'z, interfaol, "Suhbat" va "Sinkveyn".

Dars - muqaddas. Buni har bir o'qituvchi chuqur anglagan holda har bir darsiga alohida e'tibor va mas'uliyat bilan yondashmog'i lozim. Shundagina o'qituvchi o'quvchilarga yangi bilim beribgina qolmasdan, ularning qalbida fanga bo'lgan qiziqish uyg'ota oladi. Buning uchun esa bugungi kunda mamlakatimizda barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yetarli. O'qituvchilardan esa yaratilgan imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishgina talab etiladi xolos.

Ma'lumki, bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodga, ularni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunda esa, albatta, ta'lim muassasalarining, ayniqsa, maktablarning roli va ahamiyati nihoyatda katta. Shuning uchun ham mamlakatimiz ta'lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Darhaqiqat, bugungi ta'lim jarayonini interfaol usullarsiz tasavvur etish qiyin. Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan interfaol usullar muayyan guruhlarda o'qitiladigan o'quv fanining bosh maqsadiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Aks holda, qo'llanilgan

va iboralarning mazmunini anglash, eslab qolishga, muloqot jarayonida qo'llashga harakat qilish ko'nikmalarini shakllantirishi zarur. Interfaol usullardan foydalanilgan holda o'tilgan darslar o'quvchilarni ijobiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrni erkin bayon qilishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yechimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga chorlaydi

Shunday ekan, har bir fan o'qituvchilari qatori ona tili va adabiyot fani o'qituvchilaridan ham darslarni interfaol metodlarni qo'llagan holda qiziqarli qilib

o'tish talab qilinadi. Quyida "Suhbat" va "Sinkveyn" metodlari va ulami dars jarayonida qo'llanilishi haqida kengroq to'xtalamiz.

Ta'lim jarayonida hamisha yetakchi o'rinlardan birini egallab kelgan "Suhbat" metodi o'quvchi tafakkuri mustaqilligini ta'minlashda ham qo'l keladigan metodlardandir. Suhbatda ishtirok etgan o'quvchi o'z fikrlarini muhokama qiladi, qarashlarini so'z bilan ifodalashga tayyorlanadi. Bu fikrning aniq va muayyan maqsadga yo'naltirilishini ta'minlaydi. Suhbat jarayonida o'quvchida o'z fikrini aytish, uning to'g'riligiga hamsuhbatlarini ishontirish ehtiyoji tug'iladi. O'quvchida o'z fikrini isbotlash uchun asar matnidan dalillar topa bilish, misollar keltirish ko'nikmasi shakllanadi, e'tiroz bildirishga odatlanadi. U hamsuhbatni eshitish, munozarada ishtirok etishga o'rgatadi, o'z bilimini chuqurlashtirishga ehtiyoj tug'diradi, qiziqishlari doirasini kengaytiradi. Adabiy asarlarni o'rganishda "Suhbat" metodi o'quvchiga nafaqat bilim beradi, balki aqliy faoliyatga ham yo'naltiradi. Suhbat davomida har bir o'quvchining individual jihati namoyon bo'ladi. Adabiyot darslarida to'g'ri tashkil etilgan suhbatlarda bitta masala bo'yicha bir necha o'quvchi, ba'zan butun sinf fikr aytadi.

"Suhbat" metodi adabiy ta'limning barcha bosqichlarida: kirish darslarida ham, badiiy asarni o'zlashtirishda ham, uning tahlili mobaynida ham, yakunlovchi bosqichida ham qo'l keladi. Amaldagi 6-sinf "Adabiyot" darsligida X.To'xtaboyevning "Sariq devni minib" asaridan parcha berilgan. Shu asarni "Suhbat" metodidan foydalangan holda o'tish uchun "Muallif o'quvchimi Hoshimjonning tabiati bilan qanday tanishtiradi?" degan asosiy savol o'rtaga tashlanadi. O'quvchilar uning uning mohiyatiga chuqurroq kirishlari uchun esa: "Hoshimjonning tashqi jihati, xatti-harakatlarida qanday belgilar ko'zga tashlanadi?", "Uning o'rtoqlari bilan munosabatida qanday jihatlarni ilg'adingiz?", "Uning onasi bilan munosabatlarida-chi?", "Hoshimjonning jurnalga baholarni o'zi qo'yganini tan olishini qanday baholash mumkin?" singari yordamchi savollar taqdim etiladi. Ular o'quvchilarni asar matnini mustaqil ravishda tahlil qilib, mustaqil xulosalar chiqarishga, qarashlarini asoslashga ko'maklashadi. Suhbatni "Yelvizak" metodi ham deyishadi.

Sinkveyn - fransuz tilida "5 qator" ma'nosini bildiradi. Sinkveyn-ma'lumotlarni sintezlash (bir butunga keltirish)ga yordam beradigan qofiyalanmagan she'r bo'lib, unda o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea, mavzu) to'g'risidagi axborot yig'ilgan holda, o'quvchi so'zi bilan turli variantlarda va turli nuqtayi nazar orqali ifodalanadi.

Sinkveyn tuzish qoidalari:

Sinkveyn tuzish- murakkab g'oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so'zlar bilan ifodalash uchun muhim bo'lgan malakadir.

Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.

1- qator: Mavzu bir so'z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).

2- qator: Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).

3- qator: Mavzu doirasidagi xatti-harakatni uchta so'z bilan ifodalanadi (3 ta fe'l yoki ravishdosh yoziladi).

4- qator: Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to'rtta so'zdan iborat bo'lgan fikr yoziladi.(4 ta so'zdan iborat jumla yoziladi).

5- qator: Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma'nosi unga yaqin bo'lgan bitta so'z yoziladi (mavzuga sinonim so'z yoziladi).

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, "Suhbat" va "Sinkveyn" metodlarini ona tili va adabiyot, shuningdek, o'zbek tili darslarida qo'llash o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. R.Yo'ldoshev, R.Xusainova, U.Bobojonova. Ta'limning interfaol metodlari (metodik qo'llanma). Urganch-2011.

2. G'. Yo'ldoshev, S.Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari. Toshkent-2004.

3. www.ziyo.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.