Научная статья на тему 'SUD HUJJATLARINING HUQUQNI QO‘LLASH HUJJATLARI TIZIMIDAGI O‘RNI'

SUD HUJJATLARINING HUQUQNI QO‘LLASH HUJJATLARI TIZIMIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
huquqni qo‘llash / huquqni qo‘llash akti / sud / sud hujjatlari / qaror / buyruq / ajrim / qonun ustuvorligi.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Tog’oyeva Malikabonu Sulton Qizi

Mazkur maqolada huquqni qo‘llash hujjatlari tushunchasi, ularning normativ-huquqiy hujjatlardan farqi, shu bilan birga, huquqni qo‘llash hujjatlari tizimida sud hujjatlarning tutgan o‘rni hamda ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Shuningdek, maqolada sud hujjatlarida qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarining mustahkamlanishi yuzasidan bir qancha takliflar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUD HUJJATLARINING HUQUQNI QO‘LLASH HUJJATLARI TIZIMIDAGI O‘RNI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Central Asian Journal of

Education and Innovation

SUD HUJJATLARINING HUQUQNI QO'LLASH HUJJATLARI

TIZIMIDAGI O'RNI.

Tog'oyeva Malikabonu Sulton qizi

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Davlat boshqaruvi huquqi magistranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11515688

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEY WORDS

huquqni qo'llash, huquqni qo'llash akti, sud, sud hujjatlari, qaror, buyruq, ajrim, qonun ustuvorligi..

Mazkur maqolada huquqni qo'llash hujjatlari tushunchasi, ularning normativ-huquqiy hujjatlardan farqi, shu bilan birga, huquqni qo'llash hujjatlari tizimida sud hujjatlarning tutgan o'rni hamda ahamiyatiga doir ilmiy-nazariy qarashlar ilgari surilgan. Shuningdek, maqolada sud hujjatlarida qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarining mustahkamlanishiyuzasidan bir qancha takliflar berib o'tilgan.

Bugungi kunda demokratik davlat qurish maqsadida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar jarayonida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning odil sudlovga bo'lgan huquqini ta'minlash hamda sudlar faoliyatida qonun ustuvorligini ta'minlash maqsadida sudlar va sud hujjatlarini tubdan modernizatsiya qilinmoqda. Mana shu faoliyatlar pirovardida sud hujjatlarining yuridik ahamiyati, ularning huquq normalarini qo'llash jarayonida asl funksiyasini namoyon qila olish, shuningdek, qonun hujjatlari tubdan reformatsiya qilinayotgan sharoitda ularning huquqni qo'llash jarayonidagi ahamiyatini o'rganish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ta'kidlash joizki, huquqni qo'llash hujjatlari tizimida sud hujjatlarining roli o'rganilib kelinayotgan bo'lsa-da, bu jarayon haligacha olimlarning turlicha ilmiy-nazariy qarashlari tufayli muhokama ostidagi jarayon hisoblanadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorida huquqni qo'llash amaliyotini tubdan takomillashtirish yuzasidan vazifalar belgilangan bo'lib, unga ko'ra "Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy bo'linmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qo'llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash bo'yicha choralarni amalga oshirish, shuningdek, ushbu davlat organlari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko'rsatish bilan bir qatorda huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko'rish, davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimi, mamlakatda huquq ijodkorligi, huquqni qo'llash, huquqni muhofaza qilish faoliyati sohalarida fundamental va amaliy tadqiqotlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish to'g'risidagi bir qancha chora-tadbirlardan iborat dastur belgilab olindi[1].

Mana shu asosda huquqni qo'llash tushunchasi, huquqni qo'llash hujjatlari va sud hujjatlarining huquqni qo'llash jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilamiz.

Dastlab, huquqni qo'llash deganda nimani tushunamiz degan savolga javob topib olsak.

Huquqni qo'llash jarayoni - bu huquqni amalga oshirishning muhim shakli hisoblanib, qonunda belgilangan protsessual tartibda, tegishli vakolatga ega bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan huquq normasini hayotiy holat va vaziyatlarga tatbiq etish yo'li bilan, muayyan yuridik ahamiyatga molik masalani hal etishga qaratilgan faoliyatdir[2].

Huquqni qo'llash jarayoni murakkab hisoblanib, u o'zida bir qancha bosqichlarni qamrab oladi:

1. Huquq normasi bilan tartibga solinishi lozim bo'lgan yuridik ishning faktik tomonini o'rganish va joriy etish;

2. Ko'rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasini topish, uni tahlil va ijtimoiy hayotga tatbiq etish;

3. Ko'rilayotgan yuridik ishga mos keladigan huquq normasining mazmunini aniqlash va uni sharhlash;

4. Ko'rilayotgan masalaga oid tanlab olingan huquq normasini qo'llashga qaratilgan akt chiqarish;

5. Huquqni qo'llash akti chiqarilganidan so'ng uning bajarilishini ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish;

6. Huquqni qo'llash aktining amalda bajarilishini tekshirish va uning ustidan nazorat o'rnatish.

Demak, huquqni qo'llash jarayoni bu - qonunda belgilangan tartibda huquq normasi bilan tartibga solinuvchi individual xarakterga ega bo'lgan, konkret huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi, davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan faktik holatlarni asoslagan holda yuridik qaror qabul qilish bilan yakunlanuvchi davlat hokimiy funksiyasini ekan.

Huquqni qo'llash hujjati (akti) yuridik fanda ko'p qirrali tushuncha hisoblanib, unga olimlar tomonidan tulicha ta'riflar berib o'tiladi. Huquqshunoslikda huquqni qo'llash akti sifatida qaraladigan hujjatlar o'z tabiatiga ko'ra sud jarayoni va sud ijrosi bilan nihoyatda chambarchas bog'liqdir. "Ijro akti" atamasi sud ijrosi tizimida turli vaziyatlarda qo'llaniladi, chunki huquqni muhofza qilish har qanday darajadagi rasmiy akt va uni qabul qilgan subyektning boshqaruv qarorlari shakli sifatida ishlaydi. Huquqni qo'llash hujati - bu yuridik ish bo'yicha muayyan shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va ularning yuridik javobgarlik darajasini belgilovchi, yuridik faktlar va huquq normalariga asoslanib vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan huquqiy akt[3].

Keltirilgan ta'rifdan ma'lumki, huquqni qo'llash hujjatini har qanday subyekt emas, balki qonun bilan belgilab qo'yilgan va muayyan vakolatga ega bo'lgan davlat organlari va mansabdor shaxslargina amalga oshira oladilar. Bunda garchi normativ-huquqiy hujjatlar ommaviy xarakterga ega bo'lib, ko'pchilikka qaratilgan bo'lsa-da, huquqni qo'llash hujjatlari muayyan huquq subyektiga qaratilgan bo'ladi.

Demak, huquqni qo'llash hujjatlari individual xarakterga egaligi tufayli ularga quyidagi normativ tusga ega bo'lmagan yuridik hujjatlar kiradi:

- Parlament aktlari;

- Davlat boshlig'i aktlari;

- Ijro hokimiyati organlarining aktlari;

- Sud hokimiyati organlarining aktlari;

- Mahalliy hokimiyat organlarining aktlari;

Korxona, tashkilot, muassasa rahbarlarining aktlari.

Sud hujjatlari ham individual harakaterdagi muayyan nizoni hal qilishga qaratilgan hujjat sifatida huquq normalarini qo'llash jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

ASOSIY QISM

Huquqni qo'llash hujjatlari huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmetiga asosan hamda huquqni qo'llash tartib-taomillarini amalga oshiruvchi subyektlariga ko'ra tasniflanishi mumkin. Xususan, huquqni qo'llash hujjatlari predmetiga ko'ra qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi va subyektlariga ko'ra, federal, mintaqaviy, shahar hokimiyatlari hujjatlari va hokimiyatning turli tarmoqlari hujjatlariga bo'linadi. Shular jumlasiga sud hokimiyatining hujjatlari ham kiradi.

"Sud hujjati" tushunchasi garchi qonunchilik hujjatlarida bevosita ta'riflanmagan bo'lsa-da, ammo huquqshunos olimlar va amaliyochilar tilida faol qo'llaniladigan nazariy va huquqiy tushuncha hisoblanadi. Ta'kidlash lozimki, sud hujjati konsepsiyasida aniq belgilangan ta'rifning mavjud emasligi huquqni qo'llash amaliyotida xatolarga olib kelishi mumkin.

"Sud hujjati" tushunchasiga nazariy jihatdan yondashadigan bo'lsak, sud hujjatlari - bu yuridik hujjatning muhim turi hisoblanib, odil sudlovni amalga oshirish jarayonida qonun talablari asosida jinoiy, fuqarolik, xo'jalik, ma'muriy ishlarni mohiyatan ko'rish natijasida qabul qilinadigan huquqni qo'llash hujjatidir.

Sud hujjatlarining quyidagi turlari bor:

Hal qiluv qarori;

Sud hokimiyati organlari huquqiy hujjatlarining kattagina qismi huquqni qo'llash hujjatlarini tashkil etib, ularni chiqarishdan maqsad normative-huquqiy hujjatlarni yaratish emas, huuqqni qo'llashdir[4]. Sudning huquqni qo'llash hujjati yuridik yozma hujjat, yuridik ishni ko'rib chiqish natijasi va yuridik fakt hisoblanib, sud hujjatlarining huquqiy tabiati va o'ziga xosligi ularning individualligida, ularning ma'lum bir holat bo'yicha muayyan shaxslarga qaratilganligida hamda davlat majburlov choralari asosida shakllantirilganligida ko'rinadi. Ba'zan sud hujjatlarining orasida ayrim huquqni qo'llash normalarining boshqalariga nomuvofiqlik holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarda shu kabi holatlarni aniqlashga imkon beruvchi sudning huquq normalari yuzasidan nazoratni amalga oshiruvchi hujjatlarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Sud hujjatlari - sud vakolatlari hamda muayyan sud ish yurituvi doirasida sud hokimiyati organlari tomonidan chiqarilgan yuridik imkoniyatlar va hokimiyat organlari tomonidan chiqarilgan yuridik imkoniyatlar va hokimiyat amrini ifodalaydigan hujjatlar hisoblanadi. Sud-huquq tizimi hujjatlari muayyan huquqiy munosabatlarning ishtirokchilariga nisbatan sud hokimiyatining ma'lum bir vakolatlarini (ma'lum harakatlarni bajarish yoki ulardan tiyilish talabini) qamrab oladi.

Ayrim huquqshunoslik adabiyotlarida sud hujjatlarining huquqni qo'llash jarayonidagi ikki yoqlama xususiyati haqida so'z yuritiladi. Xususan, V. N. Bibilovning ta'kidlashicha, bir tomondan, sud hujjatining huquqni qo'llash xususiyati sud hujjatini matnida bevosita aks ettirlgan bo'lsa, boshqa tomondan, u normativ-huquqiy hujjatni amalga oshirish elementi

Ajrim; Qaror; Buruq.

vazifasini bajaradi va boshqa normativ qoidalar bilan o'zaro bog'liqdir[5]. Sud hujjatlarining bu kabi xususiyati unga nisbatan umumiy xulq-atvor qoidasini ifodalash vositasi va huquq normalarini qo'llash tizimining birlamchi elementi sifatida e'tiborga olishni anglatadi. Ushbu fikrlarni e'tiborga olgan holda, sud hujjatlarining huquq normalarini qo'llash jarayonida ikki xil tabiati mavjud bo'lib, bu kabi hujjatlarga davlat tomonidan chiqariladigan, umummajburiy xarakterga ega bo'lgan, ko'pincha huquqiy munosabatlarning vakolatli subyektlari tomonidan majburiy ijroga yo'naltiriladigan, ma'lum bir vaziyatga yo'naltirilgan xulq-atvor qoidalarini o'z ichiga olgan huquqiy hujjat sifatida qarash maqsadga muvofiq bo'ladi. Sud hujjatlarining bu kabi xususiyatlari bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lib, ularni ajratib yoki qarshi qo'yib bo'lmaydi. Sud hujjatlarini bu kabi elementlari bir-birini to'ldiradi va munozarali masalalarni qat'iy normativ-idoraviy ko'rinishda amalga oshiradi.

Huquqni qo'llash jarayonida har bir yuridik hujatning o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib, bu uning huquq normasini qo'llashdagi ahamiyatini belgilab beradi. Shu jumladan, sud hujjatlarining ham huquq normalarini qo'llash jarayonida bir qancha o'ziga xos xususiyatlari mavjud bo'lib, bu xususda M.V. Belyayevning sud qarorlarining xususiyatlari masalasi bo'yicha pozitisyasini keltirish o'rinlidir. Uning fikricha, sud qarorlarining mohiyatini aniq belgilash va ularda adolatni ta'minlash, shuningdek, sud hujjatlarining huquqiy tabiati, asosliligi, adolatliligi va motivatsiyasi kabi ichki xususiyatlari sud qarorlarining qonuniyligini belgilashga xizmat qiluvchi sifatlar deb tavsiflaydi[6]. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, sud hujjatlari huquqni qo'llash hujjati sifatida ularda qonun ustuvorligini ta'minlash muhim talablardan biri hisoblanadi. Sud hujjatlari qonunni o'zgaritirish yoki bekor qilishga emas, balki ularni nizoli vaziyatda tavsiflash va tatbiq qilishga xizmat qiladi. XULOSA

O'zbekiston sud-huquq organlari faoliyatini tubdan modernizatsiya qilish va sud hujjatlarining ijrosini ta'minlashda qonuniylik va adolat tamoyillariga rioya qilish, shuningdek, mustaqil hokimiyat tarmog'i bo'lgan sud hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning huquqni qo'llash tizimidagi rolini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda xulosa qilish mumkinki, sud hujjatlari o'z mohiyatiga ko'ra, o'ziga xos xususiyatlarning umumiy majmuasi bilan shakllangan va muayyan belgilangan tuzilishga ega bo'lgan ko'p qirrali, murakkab huquqni qo'llash hujjatidir. Ushbu hujjat an'anaviy tuzilishiga ko'ra, fuqarolar va tashkilotlarning buzilgan yoxud e'tirozli huquqlarini himoya qiluvchi, huquqiy munosabatlarning mavjud yoki mavjud emasligini tasdiqlashga va kelajakdagi muayyan xatti-harakatlarni belgilash orqali mustaqil hokimiyatning irodasini ko'rsatib beruvchi huquqni normalarini qo'llovchi individual xarakterdagi hujjatdir.

Huquqni qo'llash hujjatlari tizimida sud-huquq hujjatlarining o'rni shindan iboratki, aynan sud tizimida huquq normalarini tatbiq qilishda ko'rilayotgan kamchiliklar, qonundagi kolliziyalar va yuzaga kelayotgan to'siqlar me'yoriy-huquqiy hujjatlarni o'z vaqtida qabul qilish va ularga to'g'ri tuzatish kiritish, huquqni qo'llash bilan bog'liq kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Sud hujjatlarida qonun ustuvorligining ta'minlanganligi esa huquqni qo'llash hujjatlarining katta qismida inson manfaatlarining himoya qilinishi va qonun hujjatlarining ahamiyatini ko'rsatib beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

1. "O'zbekiston Respublikasida Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 18.03.2022. PQ-3666-son.

2. Saydullayev Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. -T.:TDYU, 2021. -248 b

3. Husanboyev O.O. Huquqni qo'llash huquqni amalga oshirishning maxsus shakli. O'quv qo'llanma. - Toshkent: TDYU, 2022. - 73 b

4. Pulatova N.S. Inson huquqlarini himoya qilishda sud hujjatlarining rolini kuchaytirish / yu.f.d., Axmedshaeva M. tahriri ostida. -Toshkent: 2021. -263 b

5. Бибилов В.Н. Теория и история права, судоустройства и уголовного процесса: Сб. науч. статей. - Минск: Право и экономика, 2020. -С. 60-61 (510 с.)

6. Беляев М.В. Свойства судебных решений в российском уголовном процессе. - М.: «Юрлитинформ», 2018. - С. 81-82.

7. https://lex.uz/docs/-3681790

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.