Научная статья на тему 'SOYA SUTI TARKIBINI O‘RGANISHGA OID'

SOYA SUTI TARKIBINI O‘RGANISHGA OID Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalarichilik / soya suti / ozuqa / aminokislotalar / vitaminlar.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Nizomitdinova M.Sh., Turdaliyev A.T., Tо‘Rayev O.S.

Maqolada soya suti tarkibida uchraydigan vitaminlar, aminokislotalar, yog‘, oqsil, uglevodlar miqdori, sinov usullari hamda fizik-kimyoviy xususiyatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA SUTI TARKIBINI O‘RGANISHGA OID»

SOYA SUTI TARKIBINI O'RGANISHGA OID 1Nizomitdinova M.Sh., 2Turdaliyev A.T., 3To'rayev O.S.

1Farg'ona davlat universiteti tayanch doktoranti 2Farg'ona davlat universiteti, b.f.d., professor 3Chorvachilik va parrandachilik ITI asalarichilik bo'limi mudiri, q.x.f.n. https://doi.org/10.5281/zenodo.11190418

Annotatsiya. Maqolada soyasuti tarkibida uchraydigan vitaminlar, aminokislotalar, yog', oqsil, uglevodlar miqdori, sinov usullari hamdafizik-kimyoviy xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: asalarichilik, soya suti, ozuqa, aminokislotalar, vitaminlar.

KIRISH

Respublikamiz aholisining jadal o'sib borishi va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabining ortib borishi soha vakillari oldida bir qator dolzarb masalalarni qo'ymoqda. Bular: aholini ekologik toza qishloq xo'jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash, chorvachilik ozuqa bazasini yaxshilash, asalarichilikni rivojlantirish [2], yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil etish. Mamalakatimizda soya moyli ekinlar maydonlarining kengaytirilishi va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlaning ko'payishi aholining yog'-moy mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojni to'la qondirish hamda chorvachilikni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi [3].

Prezidentimizning 2017-yil 14 martdagi "2017-2021 yillarda respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari to'g'risidagi" qaroriga asosan, bundan to'rt yil oldin yurtimizda birinchi marta 12 ming gektardan ortiq maydonga soya ekilib, 14 ming tonna don olindi va ushbu xomashyoni qayta ishlash hisobiga aholiga 2 ming tonnadan ortiq soya yog'i, parrandachilik korxonalariga 10 ming tonna yuqori ozuqali shrot yetkazib berildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Xom ashyo sifatida Farg'ona viloyatida yetishtirilgan mahalliy soya dukkagidan foydalanildi. Soya doni va undan olinadigan mahsulotlarning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari, aminokislotalar miqdori, vitamilar miqdori, oqsil, yog' ba uglevodlarning massa ulushlari GOST 23327, GOST 5867 va GOST R 54760 bo'yicha tahlil qilindi. Sinov natijalari 20-25 0 C haroratda va 40-70% namlikda amalga oshirildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Soyadan olingan mahsulotlarga tofu, soya suti, soya uni, soya yog'i kiradi. Soya o'simligi dukkakli ekinlar orasida o'ziga xos o'rinni egallagan "sehrli ekin" bo'lib, yetuk urug'larda 40% protein va 20% yog'ga ega, shuning uchun ko'pchilik konsentratlarga qaraganda ko'proq proteinga ega dukkakli va yog'li o'simliklar o'rtasida oraliq o'rinni egallaydi [4,5]. Soya oqsili yuqori sifatli protein bo'lib, u boshqa yuqori sifatli oqsil manbalariga qaraganda arzonroq narxda olinadi, masalan, tropik mintaqadagi go'sht va baliq narxidan arzonroq. Natijada, soyaning imkoniyatlaridan mamlakatdagi kam daromadli aholi o'rtasida protein yetishmasligi muammosini hal qilish uchun foydalanish mumkin. Soya suti tarkibida 17 xil aminokislotalarning uchrashi GOST 34230 bo'yicha tahlil qilindi (1-jadval).

Soya suti tarkibidagi aminokislotalar miqdori

1-jadval

Aminokislotalar Miqdori mg/kg

1 Arginin 0.187

2 Valin 0.017

3 Gistidin 0.061

4 Izoleysin 0.114

5 Leysin 0.086

6 Lizin 0.131

7 Metionin 0.027

8 Treonin 0.108

9 Triptofan 0.038

10 Fenilalanin 0.123

11 Alanin 0.104

12 Asparagin kislota 0.088

13 Glitsin 0.113

14 Glutamin kislota 0.487

15 Prolin 0.117

16 Serin 0.14

17 Tirozin 0.089

1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki soya suti tarkibida glutamin kislota ko'p miqdorda uchrashi aniqlandi, ya'ni 0,487 mg/kg ni tashkil etgan. Soya suti tarkibida bu xildagi aminokislotalarning uchrashi asalari organizmini oqsilga bo'lgan talabini qondiradi.

Soya, shuningdek, tarkibida vitaminlar-tiamin, riboflavin va filloxinon kabi vitaminlar mavjud. Soya suti tarkibida vitaminlarning uchrashi GOST 32042, GOST EN 12822 va GOST EN 14148 bo'yicha tahlil qilindi. Quyidagi 2-jadvalda vitaminlarni qancha miqdorda uchrashi ko'satilgan.

Soya suti tarkibidagi vitaminlar miqdori

2-jadval

№ Vitaminlar Miqdori mg/kg Sinov usullari

1 Vitamin B1 mg 0.06 GOST 32042

2 Vitamin B2 mg 0.069 GOST 32042

3 Vitamin B4 mg 23.6 GOST 32042

4 Vitamin B5 mg 0.373 GOST 32042

5 Vitamin B6 mg 0.077 GOST 32042

6 Vitamin B9 mkg 18 GOST 32042

7 Vitamin E, alfa tokoferol 0.11 GOST EN 12822

8 Vitamin K, filloxinon 3 GOST EN 14148

2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki soya suti tarkibida bu turdagi vitaminlarning uchrashi asalarilarning vitaminga bo'lgan talabini qondiradi. Organizmni rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Soya sutining sifati soya donining fizik-kimyoviy xususiyatlariga, donni qayta ishlash sharoitlariga va soya oqsilini olish darajasiga bog'liq. Tajribada olingan soya sutining sifatini aniqlash uchun uning kimyoviy tarkibi va fizik-kimyoviy parametrlari aniqlandi (3-jadval). Belgilangan ko'rsatkichlarga ko'ra, olingan soya suti yuqori sifatli ekanligini ko'rish mumkin.

Soya sutining tarkibiy qismlari

3-jadval

Komponentlar nomi, % Miqdori, % Sinov usullari

Suv 92,58 GOST 5867

Zichligi kg/sm3 1030 GOST 3625

pH 6,5 GOST 3624

Tuz , % 0,02 GOST 3627

Yog', % 2,5 GOST 5867

Oqsil, % 6,52 GOST 23327

Uglevodlar, % 2,83 GOST R 54760

Kul, % 1,01 GOST R 51466

Xulosa

Soya suti tarkibida 17 xil aminokislotalarning uchrashi, B guruhga kiruvchi vitaminlarning borligi uning to'yimli va shifobaxsh ekanligidan dalolat beradi. Bundan tashqari soya sutida oqsil miqdori ko'pligi sababli go'sht mahsulotlari bilan tenglashtirsa bo'ladi. Soya juda to'yimli: uning tarkibida taxminan 40% protein, 20% asosan to'yinmagan yog'lar, 17% tola (ham eriydigan, ham erimaydigan) mavjud. Soya sutini asalari ozuqalariga qo'shib berilganda asalarilarning mahsuldorligini oshiradi, toksiklarga chidamli qiladi, qishlovdan yaxshi chiqadi, ona arining tuxum qo'yish sonini ko'paytiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi "respublikada soya ekini ekishni va soya doni yetishtirishni ko'paytirish chora-tadbirlari" bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dasturini tasdiqlash to'g'risidagi PQ-2832-sonli qarori.

2. Nizomitdinova M.Sh, Turdaliev A.T, To'rayev O.S. Soya sutini olish va tarkibini o'rganish texnologiyasi. O'zbekiston milliy universiteti ilmiy jurnal№ 3/1. Toshkent -2023 yil. 147- 149 betlar.

3. Soya va maxsar yetishtirish. 100 kitob to'plami. 46-kitob. Nashriyot uyi "Tasvir". Toshkent-2021

4. FAO, 1971. Technology of Products from Soybeans. Food and Agriculture Organisation, Rome, Italy

5. Chia-Hua Lin, Sreelakshmi Suresh, Emma Matcham, Paityn Monagan, Hailey Curtis, Rodney T Richardson, Reed M Johnson. Soybean is a Common Nectar Source for Honey Bees (Hymenoptera: Apidae) in a Midwestern Agricultural Landscape. Journal of Economic Entomology, 20 September 2022. https://doi.org/10.1093/jee/toac140

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.