Научная статья на тему 'SOYA O’SISH RIVOJLANISH VA HOSILDORLIGIGA MIKROELEMENTLARNING TA’SIRI'

SOYA O’SISH RIVOJLANISH VA HOSILDORLIGIGA MIKROELEMENTLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

83
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mikroelement / makroelement / azotli / fosforli / kaliyli / o‟g‟it / soya / mineral azot / harakatchan fosfor / kaliy / tuproq oziq rejimi / nav / Gavhar / Microelement / macroelement / nitrogenous / phosphorous / potassium / fertilizer / soy / mineral nitrogen / mobile phosphorus / potassium / soil nutrition regime / variety / Gavhar

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Baxtiyor Sarvinoz Ibodulloyeva, Rustam Islom O‘G‘Li Qo‘Chqorov, Bobur Kalandarboyevich Shoniyozov

Hozirda dunyo aholi soni ortib borishi bilan birga oziq ovqat mahsulotlariga bo‟lgan talab ham shunga mos ravishda kundan-kunga oshib bormoqda. Buning natijasida dunyo aholisini oziq-ovqat bilan to„liq taminlash hozirgi kunning dolzarb masalalalarida biri bo„lib turibdi. Hozirda iqlim o„zgarishi natijasida o„simliklarni yetishtirish uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda. Shunday vaziyatda har qanday sharoitda hech qanday qiyinchiliksiz yetishtira olish imkoniyati bo„lgan. Mikroelomentlarning soya oziqlanishi uchun optimal oziq rejimini hosil qiladi. Makroelementlardan azotli, fosforli va kaliyli o‟g‟itlarning qo‟llanilishi natijasida tuproq tarkibidagi mineral azot, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdori yuqori bo‟ladi. Mikroelementlar qo‟llanilib soyaning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi natijasida soyaning o‟sishi va rivojlanishi keskin yaxshilandi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, the demand for food products is increasing day by day along with the increase in world population. As a result, providing the world's population with food is one of the urgent issues of today. Currently, as a result of climate change, there are unfavorable conditions for growing plants. In such a situation, it was possible to grow under any conditions without any difficulties. Creates an optimal nutritional regime for soy nutrition of microelements. The amount of mineral nitrogen, mobile phosphorus and exchangeable potassium in the soil is high as a result of the use of nitrogenous, phosphorous and potash fertilizers from macroelements. As a result of creatingfavorable conditions for the nutrition of soybeans with the use of microelements, the growth and development of soybeans improved dramatically

Текст научной работы на тему «SOYA O’SISH RIVOJLANISH VA HOSILDORLIGIGA MIKROELEMENTLARNING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SOYA O'SISH RIVOJLANISH VA HOSILDORLIGIGA MIKROELEMENTLARNING TA'SIRI

Baxtiyor Sarvinoz Ibodulloyeva

qizi TDAUSF talabasi

Rustam Islom o'g'li Qo'chqorov

TDAUSF talabasi

Bobur Kalandarboyevich Shoniyozov

TDAUSF katta o'qituvchi

ANNOTASIYA

Hozirda dunyo aholi soni ortib borishi bilan birga oziq ovqat mahsulotlariga bo'lgan talab ham shunga mos ravishda kundan-kunga oshib bormoqda. Buning natijasida dunyo aholisini oziq-ovqat bilan to'liq taminlash hozirgi kunning dolzarb masalalalarida biri bo'lib turibdi. Hozirda iqlim o'zgarishi natijasida o'simliklarni yetishtirish uchun noqulay sharoit yuzaga kelmoqda. Shunday vaziyatda har qanday sharoitda hech qanday qiyinchiliksiz yetishtira olish imkoniyati bo'lgan. Mikroelomentlarning soya oziqlanishi uchun optimal oziq rejimini hosil qiladi. Makroelementlardan azotli, fosforli va kaliyli o'g'itlarning qo'llanilishi natijasida tuproq tarkibidagi mineral azot, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy miqdori yuqori bo'ladi. Mikroelementlar qo'llanilib soyaning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratilishi natijasida soyaning o'sishi va rivojlanishi keskin yaxshilandi.

Kalit so'zlar. Mikroelement, makroelement, azotli, fosforli, kaliyli, o'g'it, soya, mineral azot, harakatchan fosfor, kaliy, tuproq oziq rejimi, nav, Gavhar

ABSTRACT

Currently, the demand for food products is increasing day by day along with the increase in world population. As a result, providing the world's population with food is one of the urgent issues of today. Currently, as a result of climate change, there are unfavorable conditions for growing plants. In such a situation, it was possible to grow under any conditions without any difficulties. Creates an optimal nutritional regime for soy nutrition of microelements. The amount of mineral nitrogen, mobile phosphorus and exchangeable potassium in the soil is high as a result of the use of nitrogenous, phosphorous and potash fertilizers from macroelements. As a result of creating

May 12-13

1102

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

favorable conditions for the nutrition of soybeans with the use of microelements, the growth and development of soybeans improved dramatically.

Keywords. Microelement, macroelement, nitrogenous, phosphorous, potassium, fertilizer, soy, mineral nitrogen, mobile phosphorus, potassium, soil nutrition regime, variety, Gavhar

Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-y 14-martdagi PQ-2832 sonli qarorida 2017-21 yillarda soya ekishni takomillashtirish, qayta ishlash texnologiyalarini ta'minlash to'g'risidagi qarorning ijrosi bo'yicha.keng joriy etgan holda respublikani sifatli mahsulotlar bilan ta'minlash, sohaning eksport salohiyatini kuchaytirish, investitsion jozibadorligini oshirish, shuningdek, Mamlakatimiz aholisining soya va soya mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish va mamlakatimizda soyachilikni rivojlantirish. soyaga mikroelomentlarning tasiri o'rganildi. Hozirgigi kunda dunyo qishloq xo'jaligini asosiy yo'nalishlari resurs va energiyatejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga yuqori va sifatli hosili olishga qaratilgan. Chunki, dunyo bo'yicha 35-40 foiz yer maydonlarida gumus, oziq moddalarning kamayishi, eroziyalanish jarayoni kuzatilib, bu tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligining kamayishiga olib kelmoqda. Ushbu holatlarni bartaraf etishda AQSh, Germaniya, Avstriya va boshqa davlatlarda qishloq xo'jalik ekinlarini oziqlantirishda mikroo'g'itlarni qo'llash orqali erishilmoqda.

Respublikamizda tuproqlar unumdorligini saqlash va oshirish, mineral o'g'itlardan samarali foydalanish asosida ko'plab turdagi qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish borasida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qishloq xo'jaligida energiya tejamkor texnologiyalarni qo'llash, o'simliklarni makro va mikroelementlar bilan qulay nisbatlarda ta'minlanishi tuproq unumdorligini saqlash hamda oshirish muxim hisoblanadi. O'simliklarda mikroelementlarning samaradorligi va ularni o'simliklarda qo'llash usullarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan ilmiy izlanishlar dunyoning yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va oliy ta'lim muassasalari, jumladan, Departament of Agriculture (USDA), The University of Texas School of Iaw (AQSh), University of Cordoba (Ispaniya), SCPA; ITCF; EDP Sciences (Fransiya), Herbert Publication Limited; Inderscience Enterprises Ltd (Angliya), Springer, Part of Springer Science+Business Media; Physiological and Pharmacological Society (Germaniya), Agricultural Academy of Bulgaria (Bolgariya), Chinese Cotton Research Institute (Xitoy), Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti (O'zbekiston)da olib borilmoqda. Tuproqlarda

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mikroelementlar tanqisligi, shuningdek ortiqcha bo'lishi o'simlik, hayvon va insonlarda qator kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lishi Ya.V.Peyve, M.Ya.Shkolnik, V.V.Kovalskiy, V.A.Kovda, I.V.Yakushevskaya,

A.N.Tyuryukanova, Ye.K.Kruglova, M.M.Aliyeva, G.I.Kobzeva, T.P.Popova,

B.M.Isayev, M.A.Rish, J.S.Sattarov, Q.Mirzajonov va A.G'ofurov, A.A.Karimberdiyeva, F.X.Xoshimov, A.L.Sanaqulov, A.Rajabov va boshqalar tomonidan o'rganilgan. Shu boisdan tuproq va o'simlik tarkibidagi mikroelementlarni o'rganish hamda mikroo'g'itlarni qo'llashning nazariy asoslarini ishlab chiqish -yuqori va sifatli, raqobatbardosh hosil olishning asosiy negizi bo'lib hisoblanadi Soya o'simligi ham shunday o'simliklar sirasiga kiradi. Soya o'simligi dukkakli-don ekinlari oilasiga mansub, bir yillik o'simlik, vatani Markaziy Osiyo hisoblanadi. Soya oziq-ovqat, yem tayyorlashda va tuproq unumdorligini oshirishda muhim o'rin tutadi. Soya doni tarkibida 38-52 % oqsil, 22-25 % yog', yog' tarkibida turli vitaminlar, poxolida esa 4-5% oqsil va 5 % gacha yog' bo'ladi. Soya donida oqsilni ko'pligi jihatidan bug'doy donidan 2,5, makkajo'xori donidan esa 3,5 barobar yuqori turadi va soya donining oqsili tarkibida 10 dan ortiq aminokislotalar mavjud. Ko'k massasi esa chorva mollariga oziq bo'ladi. Soya ildizlarida barcha dukkakli o'simliklarning ildizlaridagi kabi havodagi azotdan foydalana oladigan tuganaklar rivojlanadi. Soya o'simligi ildizidagi rizobiol bakteriyalar hosil qilgan tuganaklar tufayli har gektarda 150-250 kilogrammgacha sof azot to'playdi. Soya yorug'lik, issiqlik va namlikni sevadigan juda qadimiy ekin hisoblanadi.

O'zbekistonda soya o'simligini ekish maydonlari yildan yilga kengaymoqda. 2022-yilda 146,5 ming gektar, shundan 82,5 ming gektar ochiq maydonlarga qator oralariga soya ekilishi rejalashtirilgan Bu yil yakuniga qadar respublikada jami 165,0 ming tonna soya doni yetishtirish prognoz qilinmoqda. Undan 34 ming tonna o'simlik moyi va 128 ming tonna soya shroti ishlab chiqiladi. Soya shroti esa, sanoat usulida boqilayotgan 38 mln bosh parrandaga yo'naltiriladi. Ma'lumot o'rnida aytish mumkin, bugungi kunda dunyoning ko'plab mamlakatlarida jami 122 mln gektarga yaqin maydonda soya yetishtirilmoqda. E'tiborlisi, soya o'simligini g'o'za qator orasiga mexanizatsiyalashtirilgan holda ekish mumkin. Shuning uchun ham o'simlikni yerga qadashdan oldin ekish seyalkalari va qator oralariga ishlov berish agregatlari moslashtiriladi. Shu bois, soya yog'siz unidan parranda va kichik uy hayvonlari (qo'y, echki) sut va go'shtli qoramollarning ratsionida oqsil manbai sifatida foydalaniladi. Shu bilan birga soya yog'i inson organizmida hazm qilinishi osonligi va bezararligi bilan ham ahamiyatlidir. Soya oqsilidan sut, qatiq, tvorog, pishloq, turli go'sht, ekologik toza sifatli yog' olinadi. Soya unidan tayyorlangan non mahsulotlari bir necha

May 12-13

1104

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kungacha yumshoq holda saqlanishi va to'yimliligi bilan ham ajralib turadi.

Hozirgi kunda atrof-muhit ifloslanishining ortib borgani tufayli katta ahamiyat kasb etgan soya tuproq strukturasini yaxshilaydi. Chorva hayvonlari mahsuldorligini oshirishda soya mahsulotlari keng miqyosda qo'llaniladi. Soya p ichanida 22% oqsil bor. Yem-xashak sifatida soyaning shroti, kunjarasi, uni va ko'katidan foydalaniladi. Soya kunjarasi tarkibida 38,7% protein, 5,5% moy mavjud. Soyaning ko'kati qimmatli ozuqa hisoblanadi. Uning yuqori ozuqaviylik qiymati gullash va donning to'lishish davriga to'g'ri keladi. Ko'katida karotin, oqsil va kalsiy miqdori ancha ko'p. Soya doni va urug'i tarkibida katta miqdorda oqsil, yog' va vitaminlar mavjud. Urug'ining tarkibida 18-24% yog', 35-45% oqsil, 30% uglevod va 5% mineral, ko'p miqdorda vitamin va aminokislotalar mavjud. Soya urug'i tarkibida 17-25 % moy, 30-45 % oqsil, qandlar, organik (olma va boshqa) kislotalar, vitamin V1, V2 S, E va K, provitamin D, karotin, izoflavon glikozidlar (genistin va boshqalar), mineral (kaliy, magniy, kalsiy, fosfor, temir, mis, marganets, rux, nikel, kobalt va boshqa elementlar tuzi) va boshqa moddalar bo'ladi. Urug'ini oqsil moddasining 80-90%i yuqori sifatli o'simlik oqsilidan iborat bo'lib, uning tarkibida hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan, almashtirib bo'lmaydigan hamma aminokislotalar (arginin, gistidin, lizin, triftofan, fenilalanin, metionin, treonin, leysin, izoleysin, valin) kiradilar.

Soya urug'idan tayyorlangan sut o'zini ozuqaligi va to'yimliligi, organizmda hazm bo'lishi, fizik xossalari va ko'rinishi bo'yicha sigir sutidan farq qilmaydi. Uni me'da yara kasalligida, me'da shirasi ko'p ajralish (gipersekretsiya) hollarida, qorin tifi, og'ir (keskin) o'tadigan va surunkali yuqumli kasalliklarda iste'mol qilishga tavsiya qilinadi. Me'dani gipersekretsiyasida soya suti sigir sutidan ko'proq foydali ekan. Chunki u sigir sutiga nisbatan me'da shirasini kamroq ajralishiga olib kelar ekan. Soya suti va undan olingan boshqa sut mahsulotlari hamda urug' uni (soya uni) yana qand (diabet) kasalligini davolashda ishlatiladi.

Materirallar va metodlar. Dala tajribalarini Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajriba xo'jaligi ''Extension center'' ning tuproqlarida o'tkaziladi. Tadqiqot obyekti sifatida o'tloq bo'z tuproqlar va soyaning "Gavhar navi" saralab olindi. Asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanish va oziqlanishini o'rganish uchun dala tajriba maydoniga ekildi va o'suv fazalari davomida biometrik o'lchashlar olib boriladi.

Tadqiqotda tuproqlarning agrokimyoviy tarkibi, oziq moddalar balansi, dinamikasi, gumus miqdori, soyani o'sishi, rivojlanishi, oziqlanishi, hosildorligi, mahsulot sifatiga ta'siri o'rganildi. Soya ekinning mikro o'g'itlar me'yori qo'llash tizimi tadqiq qilinadi.

Rejalashtirilgan ishlar va tadqiqot usullari. Tadqiqotda

May 12-13

1105

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

bajariladigan barcha tuproq, o'g'it va o'simlik analizlari, biometrik o'lchash va fenologik kuzatishlar agrokimyo, tuproqshunoslik va o'simlikshunoslikda qo'llaniladigan umumqabul qilingan standart uslublarda o'tkaziladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun qo'yidagi tajriba tuzilmalari asosida dala tajribalari o'tkaziladi:

Soyaning asosiy ekin sifatida o'sib rivojlanishi, oziqlanishini o'rganish uchunn dalaga ekiladi va o'suv fazalari bo'yicha biometrik o'lchashlar va fenologik kuzatuvlar o'tkaziladi.

Tajriba TAITI uslublari bo'yicha olib boriladi. Analizlar umumqabul qilingan standart uslublar bo'yicha amalga oshirildi. Hosil barcha paykallarning hisob-kitob qatorlaridagi mahsulotni yig'ishtirib olish yo'li bilan aniqlanadi. Olingan ma'lumotlar dispersion analiz yo'li bilan matematik-statistik tahlil qilinadi. (B.A.Dospexov, 1985). Dala tajribasini o'tkazish va laboratoriya analizlari metodikasi «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (Tashkent. SoyuzNIXI, 1968. 440 s), «Metodbi agroximicheskix issledovaniy pochv», «Praktikum po agroximii» (A.S.Radov va boshqalar, 1971), (B.A. Yagodin tahriri ostida, 1987) kabi adabiyotlarda keltirilgan.

O'g'itlarni samaradorligini oshirish uchun ularni asosiy ildizlar joylashgan joylarga uyalab berish yaxshi samara berish mumkin. Ammo bu agrotexnik tadbir Payyariq tumanida o'rganilmagan. Shuning uchun buni o'rganish dolzarb muammo hisoblanadi. Shu bilan birga mineral o'g'itlar fonda mikroelementlarning soya o'simligi hosildorligiga ta'siri o'rganilmagan. Ushbu o'g'itlarni qo'llash muddati va usullarini ishlab chiqish hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Tadqiqotlarimizda kishmishbop soya navlarini yetishtirishda asosiy elementlaridan biri bo'lgan mineral o'g'itlarni xamda mikroelementlar me'yori va berish usuli hamda qo'llash muddatlarini soya hosildorligi va sifatiga ta'sirini hamda fermer xo'jaliklari uchun eng samarali usullarini yoritishga bag'ishlangan

Xulosa. Ilmiy ishimizda xulosa qilib aytsak soya o'simligining hosildorligiga mineral va mikro o'g'itlarning har xil fonlarning tasiri aniqlanadi. Shu nuqtay nazardan soya o'simligini o'sishi, rivojlanshi va hosil sifati imkoniyatlari baholanadi. Buning natijasida o'simlik tuproq oziq moddalarini samarali o'zlashtiradi. Buning hisobiga hosildorlik 20-25% ga oshadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Sanakulov A., Hoshimov F. Biogeochemistry copper (Cu) in the soils of the Zarafshan valley // The Way of Science International scientific journal, 2017, №1 (35), Vol. I. P. 53-57. (Global Impact Factor, Australia-0,543, № 5; Open Academic Journals Index, Russia-0,350).

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining«Soya ekinini yetishtirish va aholini soya o'simlik moyiga bo'lganehtiyojini to'laqonli qondirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori13.02.2017 yil.

3. D.Yormatova, M.Hamrayeva, A.Nodirov.«Soya-istqbolli ekin». 06.03.2017 yil.

4. I.Xolboyev.«Soya o'simligini yetishtirish».10.03.2017 yil.

5. Nurmatov Sh., Atabayeva X.N., Israilov I.A., Umarova N. "Sug'oriladigan yerlarda soya yetishtirish bo'yicha tavsiyanoma". Toshkent, 2011 yil.

6. Шониёзов Б.К., Ортиков Т.К Внесение удобрений и формирование урожая амаранта //Журнал Актуалные проблемы современной науки, Москва, 2022 № 2 (125). -С.35-39

7. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R INFLUENCE OF MINERAL AND ORGANIC FERTILIZERS ON THE PROPERTIES OF SEROZEM - MEADOW SOILS, NUTRITIONAL DYNAMICS AND YIELD OF AMARANTH Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) ISSN: 1671-5497 E-Publication: Online Open Access Vol: 41 Issue: 102022

8. Sultanbekova, R., Ortiqov, T. Q, Shoniyozov B.K Azotli o'g'itlar me'yorlarining tuproqdagi mineral azot miqdoriga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 665-668

9. Shoniyozov B.K, Ortiqov B.K, Usmonov R Mineral va organik o'g'itlarni amarant yetishtirishda oziq moddalar balansiga ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. -659-664

10. Shoniyozov B.K.,Hoshimov, F. H., Ortiqov, T. Q., & Usmonov, R. Amarant etishtirishda oziq moddalar balansiga azotli o'g'itlarning ta'siri. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 5-6 oktabr, 2022 yil.

May 12-13

1107

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 861-867

11. Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916.

12. Normakhmatov, R., & Amanturdiyev, I. K. (2022). POSSIBILITIES OF USING GENETICALLY MODIFIED FOODS. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 39-42.

13. Остонакулов, Т. Э., Шамсиев, А. А., Амантурдиев, И. Х., & Турсунов, Г. С. (2022). Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)),

14. Normakhmatov, R., & Amanturdiyev, I. K. POSSIBILITIES OF USING GENETICALLY MODIFIED FOODS.

15. Sanaev, S. T., Kh, K. K., & Kh, A. I. (2021). Yield and marketability of potato varieties with different numbers of irrigation schemes and fertilizer standards in case of Uzbekistan. European Journal of Agricultural and Rural Education, 2(8), 5-8.

16. Mashrabov M.I., Makhmatmurodov A.U. YIELD OF CORN GRAIN AT VARIOUS FORMS AND RATES OF PHOSPHORUS FERTILIZERS ON THE UNWASHED AND WASHED OFF TYPICAL GRAY SOILS. European Journal of Agricultural and Rural Education (EJARE) Available Online at: Vol. 2 No. 2, February 2021. -P. 3-5.

17. Mashrabov M.I., Maxmatmurodov A.U. EFFECTS OF PHOSPHOR STORAGE FERTILIZERS ON PHOSPHATE REGIME AND CABBAGE YIELD OF TYPICAL GRAY SOILS. PLANT CELL BIOTECHNOLOGY AND MOLECULAR BIOLOGY. 2021 - Volume 22. Issue 55-56. Page: 33-41.

18. Mashrabov M.I., Maxmatmurodov A.U. THE BIOENERGY EFFICIENCY OF THE APPLICATION OF VARIOUS FORMS AND DIFFERENT DOSE OF PHOSPHORUS FERTILIZERS (IN THE EXAMPLE OF COTTON, CORN AND VEGETABLE CROPS) Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University(Engineering and Technology Edition) Vol: 41 Issue: 09-2022. -P. 36-46.

19. Mashrabov M.I., Normamatov Sh. SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI. O'zbekistonda agrar sohani innovatsion rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2022 yil. Academic research in educational sciences (ARES). Volume 3. -P. 290-

162-169.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.