Научная статья на тему 'SOYA HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNING O’RNI'

SOYA HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
71
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya / oqsil / uglevod / yog‘ / glitsinin / moy / azot / fosfor / kaliy / girbitsid / nitragi / treflan / karate / insektitsid / anrtaknoz / fitoftoroz / summi alfa / aminokislota

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Muhammadaliyeva G.

Ushbu maqolada soya o’simligini yangi nav hosildorligini yetishtirish haqida ma’lumot berilgan. Maqoladan foydalanib soyadan sifatli mahsulot yetishtirishbu to’g’risida ma’lumot bilimlarga ega bo’lasiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOYA HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA TADBIRLARNING O’RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SOYA HOSILDORLIGINI BELGILASHDA AGROTEXNIK CHORA

TADBIRLARNING O'RNI Muhammadaliyeva G.

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrobiologiya fakulteti seleksiya

yo'nalishi 1- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8001380

Annotatsiya. Ushbu maqolada soya o'simligini yangi nav hosildorligini yetishtirish haqida ma'lumot berilgan. Maqoladan foydalanib soyadan sifatli mahsulot yetishtirishbu to'g'risida ma'lumot bilimlarga ega bo 'lasiz.

Kalit so'zlar: Soya, oqsil, uglevod, yog', glitsinin, moy, azot, fosfor, kaliy, girbitsid, nitragi, treflan, karate, insektitsid, anrtaknoz,fitoftoroz, summi alfa, aminokislota

Soya (Glycene) dukkakdoshlar oilasiga mansub bir yillik o'tsimon o'simlik. Gulto'plami shingil shaklida, barg qo'ltig'ida joylashgan, ko'p gulli,13-20 ta guli bor.Guli mayda 7-11 mm kalta oq yoki pushti bo'ladi. Soyaning tarkibida 40% oqsil,1,4% yog', 30% AEM saqlanadi.Uning donidan qandli diabet kasalliklari uchun parhez taomlar tayyorlanadi. Soya issiqsevar va namsevar qisqa kun o'simlik yoruqsevar qisqa kun o'simligi 21-23°C da yaxshi rivojlanadi.Urug'i 6-10°C da unib chiqadi. Gullash davri 15-55 kun davom

etadi.Soyaning vatani -janubiy-sharqiy Osiyo, Xitoyda eramizdan 4 ming yil oldin ma'lum bo'lgan. Qadimdan soya Hindiston, Yaponiya, Koreya,Vetnam va Indoneziyada ekib kelingan. Ukraina, Moldaviya, Gruziya va O'zbekistonda yetishtiriladi. Jahonda dukkakli don ekinlarining orasida soya birinchi o'rinda, ekin maydoni 73,5 mln.ga dan ortiqdir. Mamlakatimizda oxirgi yillarda ushbu o'simlikka katta e'tibor berilmoqda, ekin maydonining ortishi kuzatilmoqda, chunki soya takroriy ekin sifatida ham ekiladi.

SOYANI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYSI. Soyani ekishdan oldin dalani 28-30sm chuqurlikda plug bilan haydaladi.Dala ajiriq, g'umay, va boshqa ildiz poyali ko'p yillik begona o'tlar bilan ifloslangan bo'lsa, tuproq otvalsiz plugda 16-18 sm chuqurlikda haydaladi.Keyin ildizpoyalar KPN-44 rusumli cultivator yoki VKU-063V chizeli yordamida taroqlanib yig'ib olinadi va yoqib yuboriladi.Begona o't ildizlardan tozalangan dala haydalana boshlaydi. Yerni haydash oldidan organik,kaliyli o'g'itlarning yillik me'yorlari,fosfirli o'g'itning 70-80% I beriladi.Yerni haydash paytida shamol va suv eroziyasiga qarshi chora-tadbirlaga rioya qilinadi.Erta bahorda tuproqda namlikni saqlash maqsadida boronalsh o'tkaziladi.Tez quriydigan qumoq va yengil tuproqlar erta bahorda sug'oriladi.Kuzda haydalgan yerlar yetilgach joriy tekislanadi ,tuproq sho'r yuvish nam to'playdigon sug'orish yoki yog'ingarchiliklar ta'sirida zichlashib qolgan bo'lsa,chizellanadi yoki 10-12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi,borona bosiladi.Ayrim dalalarda mola ham bosilishi mumkin.

O'G'ITLASH. Soya organik va ma'danli o'g'itlarga talabchan. Go'ng 1 ga maydonga 30-40 t solinganda soya hosili 5-6 s/ga oshadi.Soya 20 s/ga don hosili va shunga muvofiq o'suv organlarini hosil qilish uchun tuproqdan 140-150 kg azot, 30-40 kg fosfor, 40-50 kg kaliy o'zlashtiriladi. Soya gullashdan dukkaklarning to'lishgacha oziq moddalarni juda jadal o'zlashtiradi. Azotli o'g'itlar gektariga 30-50 kg beriladi.Azotli o'g'itlarni ko'p miqdorda qo'llash tugunak bakteriyalar faoliyatini susaytiradi, o'suv davrining cho'zilishiga olib keladi, o'simlikning yotib qolishiga ham olib keladi.Soyaga 90-100 kg/ga fosfor solinish tavsiya etiladi. Fosfor tugunak bakteriyalarining atmosfera azotini o'zlashtirishini tezlashtiradi. Uning 20-30% I

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ekish oldidan yoki ekish bilan beriladi. Kaliy bir gektarga 40-50 kg solinadi.Shunday qilib, sug'oriladigon yerlarda soyaga ma'danli o' g'itlar yillik me'yori azot 30-50, fosfor 90-100, kaliy 40-50 kg/ga ni tashkil etadi. Urug'lar ekilishdan oldin nitragin bilan ishlanishi lozim. PARVARISHLASH. Sug'oriladigon dehqonchilik sharoitida soya qator oralari ishlanadi, o'simliklar oziqlantiriladi, begona o'tlardan tozalanib sug'oriladi, kasallik va zararkurandalarga qarshi kurashiladi. Qator oralarini ishlash, odatda, har 10-15 kunda o'tkaziladi, ularning soni ekinzor holatiga qarab belgilaniladi. Birinchi kultuvatsiya 6-8 sm chuqurlikda, keyingilari 10-15 sm chuqurlikda o'tkaziladi. Begona o'tlarga qarshi fozilad-super 2-4 kg/ga urug'lar unib chiqishdan oldin qo'llaniladi. O'suv davrida soya 2-4 barg hosil qilganda yoki ekilgandan keyin unib chiqquncha pivot gerbitsidi 0,8-1,0 kg/ga miqdorda tuproqqa purkaladi.Urug'larni ekishdan 10-15 kun oldin tuproqqa teflanni 4 kg/ga miqdorda purkash ham yaxshi samara beradi. Soya o'simligi bitlaydi, chigirtkalar, o'rgimchakkana, tripslar,xasvalardan zararlanishi mumkin. Zararkurandalarga qarshi summi alfa 0,25-0,30 kg/ga, karate 0,15-0,25 kg/ga qo'llaniladi. Hasharotlar soya hosiliga zarar yetkazadigon miqdorda bo'lganda insektitsidlar qo'llaniladi. Kasalliklardan anrtaknoz, barklar mozaikasi, fitoftoroz, ildiz chiritish kasalligi ekinzorda ko'p uchraydi. Ularga qarshi agrotexnik tadbirlar bilan bir qatorda, urug'larni ekish oldidan dorilash,tozalash,quritish, omborlarni dezinfeksiyalash singari chora-tadbirlar qo'llaniladi.

REFERENCES

1. X.N. Atabayeva. "Soya". T., Mehnat, 2004.

2. Atabayeva X., Umarov Z., Bo'riyev X. "O'simlikshunoslik" mehnat 2000.

3. Yormatov D. "Soya" mehnat 1989.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.