Научная статья на тему 'SOG'LOM OVQATLANISHNI TASHKIL ETISHDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISHDA OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING AHAMIYATI'

SOG'LOM OVQATLANISHNI TASHKIL ETISHDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISHDA OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
51
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim / sog’lom ovqatlanish / yod miqdorlari va yo’d tanqisligini oldini olishni bartaraf etish choralari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — N.M.Domonova

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni va katta yoshli bolalarni sog’lom ovqatlanishini tshkil etishda yod tanqisligini oldini olishda oziq – ovqat qo’shimchalarining ahamiyatini dolzarbligi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar bildirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG'LOM OVQATLANISHNI TASHKIL ETISHDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISHDA OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING AHAMIYATI»

ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

SOG'LOM OVQATLANISHNI TASHKIL ETISHDA YOD TANQISLIGINI OLDINI OLISHDA OZIQ-OVQAT QO'SHILMALARINING AHAMIYATI

N.M.Do'monova

Andijon viloyati Baliqchi tumani 4-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.8372289

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgachayoshdagi bolalarni va kattayoshli bolalarni sog'lom ovqatlanishini tshkil etishda yod tanqisligini oldini olishda oziq - ovqat qo'shimchalarining ahamiyatini dolzarbligi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar bildirilgan .

Kalit so'zlar : maktabgacha ta'lim , sog'lom ovqatlanish , yod miqdorlari va yo'd tanqisligini oldini olishni bartaraf etish choralari

Inson organizmida 20-50 mg yod elementi bo'lib, uning 60 % qismi qalqonsimon bez tarkibida, qolgan qismi esa muskullar, tuxumdon va qon tarkibiga kiradi [1].

Bolalarning yodga bo'lgan kunlik talabi quyidagicha:

1. 90 mkg - 2-6 yosh bolalar uchun.

• 120 mkg - 7-12 yosh maktab o'quvchilari uchun;

Surunkali yod yetishmasligi va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi ko'p xollarda quyidagilarga sababchi bo'ladi:

• bolalarning o'sishi va ulg'ayishining pasayishi (kretinizm)

1. zexnining susayishi, depressiya

teri qurishi,soch to'kilishi qabziyat, ich kyetishlari

suyak rivojlanishining o'zgarishi, past bo'ylik va osteoporoz gipertoniya va ateroskleroz

Tana massasin ortishi, yoki giperterioz xisobiga ozib kyetish.

Uning kunlik tavsiyaviy iste'mol me'yori 3-6 yoshli maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun 90 mkg ni tashkil etib, asosiy qismi qalqonsimon bez tomonidan tireoid va tireotrop gormon ishlab chiqarishga sarflanadi. Bu gormonlarning asosiy vazifasi moddalar almashinuvini nazorat qilish bo'lib, organizmning o'sishi va rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun yod tanqisligi bola organizmining normal rivojlanishiga katta to'siqdir. Bu muammo dengiz bo'yi mamlakatlarda bir oz engil ko'rinsa-da, dengizdan yiroq, kundalik mahsulotlarida dengiz mahsulotlari kam bo'lgan bizning o'lkamizdek hududlarda ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda yod tanqisligini turli farmasevtik preparatlar, yodlangan osh tuzi, un mahsulotlari kabilar bilan bartaraf yetishga urinilmoqda. Mazkur mahsulotlar tarkibiga asosan KJ, KJO3 va boshqa noorganik yod birikmalari qo'shiladi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mazkur yodning 80% qismi 48 soat ichida organizmdan chiqib ketadi [2].

Yosh avlodning normal o'sishi, aqliy qobiliyatining munosib rivojlanishida tarkibida oson o'zlashtiriladigan tabiiy yod tutuvchi ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarining o'rni beqiyos. Quyidagi jadvalda tarkibida yod miqdori yuqori bo'lgan ayrim mahsulotlar keltirilgan.

Oziq-ovqat mahsulotlaridagi yod miqdorlari

Mahsulot Yod miqdori, mg/100 g Mahsulot Yod miqdori, mg/100 g

Treska balig'i 350 Olma urug'i 70

Losos 200 Xurmo 30

1849

ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SCIENCE AND INNOVATION

ISSUE DEDICATED TO THE 80TH ANNIVERSARY OF THE ACADEMY OF SCIENCES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

krevetka 190 Otquloq 20

Dengiz karami 150-200 Mol go'shti 12

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, aksariyat yod elementiga boy bo'lgan mahsulotlar tannarxi yuqori. Olma urug'i esa tarkibida amigdalin moddasi bo'lganligi sababli ko'p miqdorda iste'mol qilish mumkin emas. Xurmo tarkibidagi tanin moddasining qon bosimini tushirish xususiyati ham etarli miqdorda iste'mol qilishga to'siq yaratadi.

Chiqindi sifatida tashlab yuboriladigan yong'oq pardasi tarkibida 80 mg/kg gacha miqdorda yod saqlashi aniqlangan. Xalq tabobatida ham yong'oq pardasining spirtli ekstrakti yod yyetishmovchiligidan kelib chiqadigan buqoq kasalligini davolashda ishlatiladi. Lekin uni bolalar tomonidan iste'mol qilinishi noqulay. Maxsus usullar bilan olingan suvli ekstraktida yodning kontsentrasiyasi 33,3 mg/kg gacha oshirishga erishildi. CIBUS NATURAL MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan 400 gr li —Limonella, —Kuraga kabi vitaminli mevalar qorishmasi tarkibidagi yodning miqdorini oshirish uchun ularga yong'oq pardasining suvli ekstraktidan 15-20 ml qo'shilib yangi tabiiy yodga boy bo'lgan Vitamiks oziq-ovqat qo'shilmasi yaratildi.

Mazkur mahsulotdan 2 osh qoshiq miqdorini 200 ml suvda suyultirish bilan olingan sharbat tarkibida 3-7 yoshli bolaning kundalik rasionining H qismini qoplash uchun yetarli bo'lgan 25 mkg yod mavjud. Bu sharbatdan bir kunda 4 mahal ichish bilan bolaning yodga bo'lgan ehtiyoji to'la qondiriladi. Mazkur tabiiy mahsulot o'tgan o'quv yili davomida bizning maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining sog'lom ovqatlanishlarini tashkil yetishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shunday tabiiy vositalardan samarali foydalanish yangi O'zbekiston yosh avlodlarini sog'lom, intelektual jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishishlarida ko'mak berishi mumkin.

REFERENCES

1. http://www.vitus.by/company/news/ - Йод в организме человека.

2. https://balama.ru/kj.htm - Описание и технические характеристики йодида калия.

1850

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.