Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMIDA MUTAHASSIS HODIMLARNI BOSHQARISHNING HORIJIY TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH
Umarov Botirjon
Alfraganus university Klinik fanlar kafedrasi dotsenti [email protected]
Annotatsiya.
Mazkur maqolada sog'liqni saqlash sohasidagi xodimlarni samarali boshqarishning zamonaviy tizimini joriy etishda xorijiy va respublikamizdagi olimlarimizning fikrlari o'rganilgan. Shuningdek, sohadagi xodimlarni samarali boshqarishning evolyutsion yondashuvlar va ularning bosqichlarini mazmun-mohiyati, zamonaviy va samarali boshqaruv tizimini sog'liqni saqlash sohasiga joriy etish vazifalari va ularni hal qilish yo'llari yoritilgan.
Kalit so'zlar: sog'liqni saqlash sohasidagi xodimlarni zamonaviy va samarali boshqarish, soha xodimlarining tibbiyotga xos boshqarish tizimi, soha xodimlarni zamonaviy boshqarish tamoyillari, KPI tizimi, sohaning personal faoliyati.
Kirish Sog'liqni saqlashni sohasidagi xodimlarni samarali boshqarishda, zamonaviy boshqaruv ko'nikmalari, ya'ni resurslarni, sog'liqni saqlash sohasidagi xodimlarni yanada samarali boshqarish, ularning samarali faoliyat olib borishini ta'minlash va samarali faoliyati orqali aholiga ko'rsatiladigan tibbiy xizmatlarni sifatli bo'lishini oldindan bilish, ularning tarmoqlar bo'yicha takomillashtirish jarayonlarini takomillashtirish zamon talabidir. Shu nuqtai nazardan zamonaviy va samarali boshqarishning xorijiy tajribalarini qo'llash - bu o'ziga xos yuksak sa'nat va mahoratni talab qiluvchi tanlovdir, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish muhim vazifalardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda respublikamizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar sharoitida moliyaviy, iqtisodiy va moddiy resurslardan samarali foydalanish bilan birga albatta soha xodimlarining rolini ham oshirib borish zarur. Buning uchun sog'liqni saqlash sohasidagi rahbarlar har bir sohaning xodimlari ushbu sog'liqni saqlash tizimining asosiy qadriyati ekanligini uni zamonaviy va samarali boshqarish jarayonida tan olishi lozim. XX asr oxiriga kelib muassasalar va tashkilotlar inson hayotining universal shakliga aylanishga ulgurib, bir qancha maqsadga yo'naltirilganlik, faoliyat yuritishi va rivojlanishi, tartibga solingan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
tashkiliy tuzilmasi, alohida madaniyati, doimiy ravishda tashqi muhit bilan aloqadorligi, turli resurslardan foydalanishi kabi belgilariga ega bo'ldi. Ushbu belgilarning kombinatsiyasi har bir soha muassasalari va tashkiloti uchun alohida xususiyatga ega bo'lib ular ichida inson resurslari markaziy o'rinni egallaydi.
Xodimlarni zamonaviy va samarali boshqarish tizimi soha muassasalari va tashkiloti uchun kerakli kadrlarni tanlash va saqlash, ularni kasbiy o'qitish, har bir soha xodimning faoliyatini, hatti-harakatlarini to'g'ri baholash va samaradorligini oshirishdan iborat bo'ladi. Ayniqsa, respublikada raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va innovatsiyalarni rivojlantirish natijasida yuqori malakali soha kadrlardan iborat bo'lgan zamonaviy sog'liqni saqlash muassasalarini va tashkilotlarni shakllantirish hozirgi davr talabi bo'lib qolmoqda.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning bir necha bor Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomasida kadrlar masalasiga doim to'xtalib shunday fikrlar bildirgan edilar: "Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir"! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi"(1). O'zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish va ilg'or innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sharoitida boshqaruvning murakkab jarayonlarini mikrodarajaga olib tushish shakllanayotgan boshqaruv tizimini tashkil qilishdagi barcha elementlarni mos holga keltirishni talab qiladi. Shuning uchun soha muassasalari va tashkilot faoliyatini baholashning yangi usul va shakllarini, shu jumladan mehnat munosabatlari va ko'rsatkichlarini tahlil qilishning yangi usullarini ishlab chiqishga ehtiyoj paydo bo'lmoqda. Hozirgi o'ta globallashgan zamonda kadrlarning noto'g'ri tanlanishi o'z navbatida soha muassasalari va tashkilotlar uchun ko'p yo'qotishlarga sabab bo'ladi. Soha muassasalari va tashkilotlar rahbarlari yoki bevosita kadrlar (personal) bilan ishlovchi soha mutaxassisning kadrlarni tanlashda e'tiborga olishi muhim bo'lgan jihat - insonning avval nima qilganini emas, balki endi nima qila olishi mumkinligini bila olishdir. Shu ma'noda, soha kadrlarni tanlash va ishga qabul qilish, ularni samarali boshqarish va salohiyatidan unumli foydalanish jarayonida jahonning turli kompaniyalarida qo'llab kelinayotgan texnologiyalarni tadqiq etib, ulardan milliy iqtisodiyotimizda foydalanish yo'nalishlarini o'rganish dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
Shuni ta'kidlash kerakki, shiddat bilan o'zgarib borayotgan bugungi bozor
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
sharoitida faoliyat yuritish xodimlarni samarali boshqarish masalasiga yangicha nigoh bilan qarashni talab qilmoqda. Rivojlangan raqobatchilik muhiti o'z navbatida soha xodimlarning doimiy malakasini oshirib borishni talab etgan holda ularning raqobatbardoshligini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xozirgi vaqtda boshqarish adabiyotlarda zamonaviy boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirish sifatida qaraladi. Shuning uchun boshqaruvning quyidagi qoidasi qabul qilingan: samarali boshqaruv - bu soha muassasalari va tashkilot maqsadlarini aniqlash va ularga erishish uchun zarur bo'lgan rejalashtirish, tashqil qilish, motivlashtirish va nazorat jarayonlari hisoblanadi.
Shuningdek adabiyotlarda ta'kidlanishicha xodimlarni boshqarish uchun inson xulqi nimaga bog'liqligi, o'z hayotida nimaga asosolanishini bilish zarurdir. Kishi hulqi, faoliyati, harakatlari anglangan, biror maqsadga qaratilgan bo'ladi. Biror harakatni rag'batlantiruvchi kuch-moddiy va ma'naviy extiyojlardir. Lekin, insonning barcha harakati ham o'z ehtiyojini qondrishga qaratilmagan. Masalan, xodim ma'lum moddiy va ma'naviy boyliklarni faqat o'zi iste'moli uchun yaratmaydi. Xodim ehtiyoji bilan harakati, xulqi o'rtasida qator bevosita ifodalanuvchi bo'g'inlar mavjud. Bular manfaat, hohish, qizqishdir. Ma'lum sharoitlarda ular inson xulqini rag'batlantiruvchi kuchga aylanadi. Rag'bat harakat qilishni qaror qilishga olib kelsa, qaror harakatga olib keladi.
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqotning metodologik asosini xodimlarni boshqarish va ularning malakasini muntazam oshirib borish, rivojlantirish sohasidagi qonun osti va me'yoriy-huquqiy hujjatlar, xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4749 sonli Farmoni(25), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi(l), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktyabrdagi "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar klassifikatorini yanada takomillashtirish to'g'risida" 795-sonli qarorlari olindi. Shuningdek, mazkur farmon va qarorlarda belgilangan talablar asosida xodimlarni samarali boshqarishda ularning malakasini muntazam oshirish orqali raqobatbardoshligini ta'minlash, zamonaviy va samarali boshqaruv tamoyillari va kontseptsiyalari, boshqaruv tizimida xodimlarni samarali boshqarish va ular faoliyatini baholashda KPI (Key Performance Indicators) tizimini joriy etishga yo'naltirilgan islohotlarni davom ettirishning asosiy yo'nalishlari yuzasidan taklif va tavsiyalardan hamda tegishli jarayonli yondashuv, qiyosiy va tizimli, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya usullaridan keng foydalaniladi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Tahlil va natijalar. Xodimlarni zamonaviy va samarali boshqarish kategoriyasini tadqiq qilish jarayonida O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi bilan bog'liq bo'lgan xujjatlarni tahlil etganimizda soha muassasalari va tashkilot xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko'rsatkichlari tizimiga ko'ra bir necha toifalarga bo'linganligini va ularga alohida ta'riflar berilganligi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 795-son qarori bilan tasdiqlangan "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori"(26)ga asosan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, soha muassasalari va tashkilotlarida, xo'jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo'lgan soha muassasalari va tashkilotlarning xodimlari mehnat mazmunining tavsiflari va ko'rsatkichlari tizimiga ko'ra quyidagi toifalarga aj ratilgan (1-j adval).
Xodimlarning mehnat mazmuni tavsiflari va ko'rsatkichlari tizimiga
ko'ra tavsiflanishi.
1-jadval.
Boshqaruv tizimidagi xodimlarni toifasi
Boshqaruv tizimi xodimlari Ishlab chiqarish xodimlari Texnik ishlari bo'yicha xodimlar Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Bular-samarali boshqaruv funktsiyalarini amalga oshiruvchi,
xodimlarga rahbarlik
qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, soha muassasalari va tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi xodimlar, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlar
tayyorlovchi xodimlar.
Boshqaruv xodimlari soha muassasalari va tashkilotning o'z oldiga qo'ygan maqsad va vazifalariga erishishi uchun zarur tashkiliy -texnik shartlarni, yuklangan funktsiyalarni va ishlab chiqarish dasturlari
bajarilishini ta'minlaydilar. Boshqaruv xodimlari o'z navbatida rahbarlarga va boshqaruv xodimlari
mutaxassislariga bo'linadi.
Bular- Bu-
soha funktsiyasiga
muassasalari va boshqaruv
tashkilotning xodimlari
asosiy faoliyatiga texnik
mahsulotlarini xizmat ko'rsatish
ishlab chiqarish, hamda ishlab
shuningdek chiqarish va
ishlab chiqarish texnologik
dasturida jarayonlarni
belgilangan ta'minlash
qo'shimcha ishlarini bajarish
mahsulotlarni (nashr etish,
ishlab chiqarish ko'paytirish,
jarayonida arxivlash,
bevosita kutubxona ishi,
qatnashadigan xujjatlarni
xodimlar. Ishlab yetkazib berish va
chiqarish boshqa ishlarni
xodimlari bajarish)
tarkibiga ishlab kiradigan
chiqarish xodimlar.
jarayonida
bevosita
qatnashadigan
mutaxassislar
ham kiradi.
Bularning-funktsiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo'jalik xizmati ko'rsatishi qo'riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmat ko'rsatish, soha muassasalari va tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko'rsatish bo'yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy maishiy xizmat ko'rsatuvchi xodimlar. Xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo'lmagan aholiga maishiy xizmat ko'rsatish xodimlari ham kiradi.
Olib borilgan tadqiqotlarimizdan kelib chiqqan holda soha muassasalari va tashkilotda xodimlarni boshqarish jarayonining o'ziga xos xususiyatlariga to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bunda xodimlarni boshqarish jarayonining o'ziga xos xususiyatlarini quyidagilarda ko'rishimiz mumkin: Birinchidan, xodimlarni boshqarish soha muassasalari va tashkilot xodimlarini nazorat qilish uchun zarur bo'lgan ma'muriy vazifalarni o'z ichiga olib, ish samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi har qanday usul va uslublarni qo'llash imkonini beradi; Ikkinchidan, xodimlarsiz soha muassasalari va tashkilot bo'lmaydi, malakali kadrlarsiz esa soha muassasalari va tashkilot o'z maqsadlariga erisha olmaydi. Shu sababli xodimlarni samarali boshqarmasdan turib ularni faoliyatiga maqsadli yo'naltirib bo'lmaydi; Uchinchidan, zamonaviy menejmentda xodimlarga
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
ta'sir etishda "qamchi" bilan boshqarish tizimi samarali baholanmaydi. Chunki bu usul hozirgi kunda zamonaviy va iste'dodli kadrlarni soha muassasalari va tashkilotda uzoq muddat ushlab turish imkonini bermaydi. Soha muassasalari va tashkilotda kadrlar qo'nimsizligini keltirib chiqarish va ish samaradoligini kamayishiga olib keladi; To'rtinchidan, xodimlarni boshqarish samaradorlik va adolatga erishish asosida tashkil etiladi. Agar ularning ikkisidan biri mavjud bo'lmasa bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmaydi. Xodimlarni samarali boshqarish orqali soha muassasalari va tashkilotdagi har bir xodimning lavozimi, ijtimoiy kelib chiqishi va jinsidan qat'iy nazar birlashtirish va soha muassasalari va tashkilotda mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Bu esa har bir xodimga nafaqat soha muassasalari va tashkilotning ishchisi sifatida balki inson sifatida ham o'zining chin ko'ngildan amalga oshirgan mehnati bilan o'z ulushini qo'shishiga imkon beradi. Bu adolatli ish tashkil qilish bilan samaradorlikka erishish mexanizmi sifatida soha muassasalari va tashkilotning barqarorligini ta'minlaydi.
Jahon amaliyotida xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirishda asosan ikkita Amerika va Yaponiya yondashuvlari mavjud. Har ikkala yondashuv ham inson resurslarini faollashtirishga, doimiy texnologik takomillashtirishga, xizmatlar va tovarlarning ko'p sonli turlariga strategik yo'naltirish, ishlab chiqarishni boshqarishni quyi darajalariga bir qator muhim qarorlar qabul qilish uchun huquqlar, vakolatlar va majburiyatlarni topshirish yoki o'tkazishga qaratilgan. Shuningdek ushbu yondashuvlar soha muassasalari va tashkilotni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga yo'naltirilgan(27). Shuningdek AQSh da xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirishdagi Amerika yondashuvi individuallik tamoyiliga asoslanadi. Amerika korporatsiyalari xodimlarni tanlashda yorqin, xarizmatik, berilgan vazifalarni yechishda va g'oyalarni ishlab chiqishda faol va kreativ, o'ziga xos yondashuvga qodir, kutilgan natijalarga erisha oladigan shaxslarni afzal ko'radilar. Yaponiyada esa boshqaruv qarorlarini qabul qilish borasidagi amaliyoti ko'plab xorijiy menejerlarni hayratlantiradi. Qaror qabul qilish jamoaviy tartibda amalga oshirilib, umumiy qaror konsensus orqali hal etiladi. Ular taklif qilingan qarorni soha muassasalari va tashkilot ichida umumiy kelishuv mavjud bo'lmaguncha muhokama qilib, yakdil fikrga, to'liq to'xtamga kelinganidan so'ng qabul qiladilar(28). Yaponiyada "Ringi" (Ringi System), "NENKO" va "Umrbod bandlik" tizimlari keng tarqalgan. Yaponiyada keng tarqalgan ushbu tizimlar jamoaviylik va insoniy munosabat ustun ekanligini namoyon etadi. Yaponiya boshqaruv tizimini dunyoga mashhur qilgan asosiy omillardan insonlar bilan ishlash malakasining yuqoriligidir.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Xodimlarni boshqarishning Amerika va Yaponiya modellarining qiyosiy
jadvali
2-jadval
Boshqaruvning Jamoaviy Individual
yo'nalishi
1 .Boshqaruv tuzilmasi. 1. Nostandart, 1. Qat'iy rejimli.
2.Qaror qabul qilish. moslashuvchanlik. 2.Individual va rasmiy.
3. Subordinantlar bilan 2.Jamoaviy va Norasmiy. 3.Shaxsiy natija bo'yicha
munosabat. Jamoaviy natija bo'yicha tor mutaxassislik
4.Mehnatni baholash va 3 .Universallik ustuvor. individual va shaxsiy
ish haqi. 4.Kollektiv. natijalarga bog'liq.
5.Kadrlarni tayyorlash. 5.Ish staji yoki yoshga 4."Qat'iy", rasmiy tez
6.Mas'uliyat va nazorat. bog'liq. pastdan tepaga.
7.Lavozimga ko'tarilish. 6."Yumshoq", norasmiy. 5.Shartnomaviy, kelishuv
8.Rivojlanish. 7.Asta-sekin, bosqichma-
9.Umumiy boshqaruv bosqich.
printsipi. 8.Pastdan tepaga
10.Ishga qabul qilish va umrbodlik, uzoq
rasmiylashtirish. muddatli.
2-jadvaldan kelib chiqib tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatmoqdaki, AQSh da soha muassasalari va tashkilot manfaati va biznes muhiti muhim sanalsa, Yaponiya korporatsiyalarida xodimlarga ko'proq e'tibor qaratish va ularni manfaatini hisobga olish orqali muvaffaqiyatga erishadilar. Shuningdek, Amerika boshqaruvida individualizm va raqobatga e'tibor qaratilsa, Yaponiyada jamoaviylik va insoniy munosabat ustun ekanligi nomoyon bo'lmoqda. Fikrimizcha Yaponiya boshqaruv tizimini dunyoga mashhur qilgan asosiy omillardan insonlar bilan ishlash malakasining yuqoriligidir. Shuningdek, Rossiyaning iqtisodchi olimlari O. Kolesnikova va A. Donetskiylar tomonidan xodimlarni boshqarishning o'ziga xos xususiyatlari tadqiq etilib, ular asosiy e'tiborni yirik kompaniyalarga qaratadi.
Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, yirik kompaniyalarda xodimlarni zamonaviy va samarali boshqarish quyidagi o'ziga xos xususiyatlarni o'z ichiga oladi(29).
Soha muassasalari va tashkilotda xodimlarni boshqarish jarayonini to'g'ri tashkil etish orqali quyidagi ijobiy natijalarga erishish imkoniyati mavjud bo'ladi (3 -rasm).
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
Xodimlarni samarali boshqarilganda erishish kutilayotgan natijalarni
> Soha xodimlarni zamonaviy va samarali boshqarish usullarini qo'llashda unifikatsiya qilish va rasmiylashtirish zarurligi
> Soha xodimlarning uzoq muddatli va strategik rejalashtirishga ehtiyojining mavjudligi.
> Soha xodimlarini zamonaviy va samarali boshqarishda o'ziga xos funksiyalarining mavjudligi.
> Soha xodimlarini zamonaviy va samarali boshqarishda axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishga e'tiborini kuchaytirish.
asoslari.
3- jadval.
Soha muassasalari va tashkilotlarda xodimlarni samarali boshqarilganda erishish kutilayotgan natijalar
Xodimlarning qobiliyatini ortib borishi Xodimlar orasida ko'nikmasizlik holatlarining kamayishi Sohalar bo'yicha bajarilayotgan ishlarda unumdorlikning sezilarli darajada ortishi Har bir sohada xizmatlar sifatini yaxshilash
Ta'kidlash joizki, "Xodimlarni samarali boshqarish" tushunchasining mazmun mohiyatini o'rganish yuzasidan ushbu sohani tadqiq etgan chet el va mahalliy olimlari orasida yakdil fikrlar mavjud emas. Shu sababli yuqorida keltirib o'tilganlardan tashqari xodimlarni boshqarish sohasidagi eng keng tarqalgan nazariy tadqiqotlarning bir nechtasini umumlashtirish va o'zaro solishtirish orqali tushunchaga ega bo'lish uchun bitta jadvalda tizimlashtirildi (4-jadval)
Xodimlarni samarali boshqarish tushunchasi bo'yicha yondashuvlar
4-jadval
Muallif Tushunchaning mohiyati
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
D.Asadov. N. Mausov Insonlardan maksimal darajada foydalanish uchun ularning motivatsiyasi maqsadli o'zgartirish natijasida yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan jarayon (15.30).
B.Mamatqulov. V. Kramarenko Menejment qonuniyatlari va tamoyillarida ifodalangan boshqaruv usullari, maqsadi, funktsiyalari, tuzilishi va ta'sir ko'rsatish shakli hamda o'zaro munosabatlarni rivojlantirish jarayoni (16.31).
R. Marra, G. Shmidt Asosiy vazifasi soha muassasalari va tashkilot va shaxsiy maqsadlarga erishish uchun kadrlardan maqsadli foydalanuvchi barcha korxonalarga xos bo'lgan faoliyat sohasi (30).
D.Asadov. V. Doroffenko Soha muassasalari va tashkilotning maqsadlariga erishish uchun xodimlarning imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish orqali ularga ta'sir o'tkazish usul va uslublaridan iborat jarayon (15.33).
B.Mamatqulov. Y. Maslov Korxona darajasida ishchi kuchini shakllantirish va qayta taqsimlash jarayoniga o'zaro bog'liq bo'lgan tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy chora - tadbirlar yordamida tizimli ravishda ta'sir ko'rsatish hamda korxonaning samarali ishlashini va unda faoliyat yuritayotgan xodimlarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash maqsadida ishchanlik sifatlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish (16.34).
3-jadvaldan kelib chiqib, olib borgan tadqiqotlarimiz asosida xodimlarni samarali boshqarish kategoriyasiga tarif berildi. Demak, bizningcha, xodimlarni soha muassasalari va tashkilotda samarali boshqarilganda erishish kutilayotgan natijalari (Xodimlarning qobilyatini ortib borishi, Xodimlar orasida ko'nikmasizlik xolatlarining kamayishi, Sohalar bo'yicha bajarilayotgan ishlarda unimdorlikning sezilarli darajada ortishi, Har bir sohada xizmatlar sifatini yaxshilash) samarali boshqarish-soha muassasalari va tashkilotning maqsad va yo'nalishidan kelib chiqqan holda ish jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiyalash, muvofiqlashtirish va nazorat qilish orqali ishchilarga vazifalarni to'g'ri taqsimlash, yo'naltirish va ta'sir etish natijasida samaradorlikka erishish jarayoni deyishimiz mumkin bo'ladi.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish asosida xodimlarni boshqarish tizimini optimallashtirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Shu bilan birga, mamlakatning barcha soha muassasalari va tashkilotlari ham bu tajribaga murojaat qilmasdan, odat bo'yicha, eski ma'muriy-
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
buyruqbozlik iqtisodiyotidagi ishchi kuchini boshqarish kontseptsiyasiga xos bo'lgan, eskirib ketgan, xodimlarni boshqarish usullaridan foydalanmoqdalar. Buni hisobga olgan holda O'zbekiston soha muassasalari va tashkilotlari iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarda to'plangan, xodimlarni samarali boshqarish tizimi sohasidagi ma'lum xalqaro tajribalarni qiyosiy va tanqidiy o'rganib, undan boshqaruv amaliyotida samarali foydalanishlari zarur. Xodimlarni samarali boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini o'rganish hamda undan amaliyotda foydalanish milliy soha muassasalari va tashkilotlarida yuqori samarali natijalarga erishish imkoniyatini beradi.
Xulosa va takliflar. Xodimlarni samarali boshqarish samaradorlikni ta'minlash va adolatga erishish asosida tashkil etish lozim. Agar ularning ikkisidan biri mavjud bo'lmasa, bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo'lmaydi. Xodimlarni samarali boshqarish orqali soha muassasalari va tashkilotdagi har bir xodimning lavozimi, ijtimoiy kelib chiqishi va jinsidan qat'iy nazar soha muassasasini va tashkilotning umumiy maqsadi yo'lida birlashtirish orqaligina mehnat unumdorligini oshirishga erishish mumkin. Natijada har bir xodimda nafaqat soha muassasalari va tashkilotning a'zosi sifatida balki inson sifatida ham o'z hohishiga ko'ra amalga oshirgan mehnati bilan o'z ulushini qo'shish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu adolatli ishni tashkil qilish bilan samaradorlikka erishish mexanizmi sifatida soha muassasalari va tashkilotning barqarorligini ta'minlaydi.
> soha xodimlarini tanlash, joy-joyiga qo'yish va yuqori lavozimlarga ko'tarishda ularning kasbiy malaka darajasi, ishga munosabati, ahloqiy sifatlari, faoliyat natijalariga har tomonlama va ob'ektiv baho berish zarur. Kasbiy faoliyatiga baho berishda ochiqlik va tenglik tamoyillariga asoslangan tanlovdan foydalangan ma'qul;
> barcha soha muassasalari va tashkilotlarda samaradorlikning muhim ko'rsatkichi, ya'ni KPI ( Key Performance Indicators, KPI) tizimini joriy qilish. Tizim soha muassasalari va tashkilotlarda mehnatga haq to'lashning motivatsion va samarali tizimini ko'rsatkichlar orqali ko'rish imkonini beradi;
> barcha soha muassasalari va tashkilotlarda axborotlashtirish, raqamlashtirish tizimini kuchaytirish. Zamon shiddat bilan rivojlanayotgan vaqtda, barcha sohaga raqamlashtirish tizimi kirib borayotgan bir paytda soha muassasalari va tashkilotlarda zamonaviy innovatsion tizimni joriy etish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Soha muassasalari va tashkilotning barqarorligi bilan bog'liq bo'lgan va unga bevosita ta'sir qiluvchi ichki jarayonlar esa hamisha ustuvorlik kasb etadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, xodimlarni boshqarish tizimini samaradorligini oshirish
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
ishlarini amalga oshirish borasida quyidagi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish imkonini berdi:
Umuman olganda zamonaviy boshqaruvda kadrlarning to'g'ri tanlanilishi va joy-joyiga qo'yilishi korxonalar, soha muassasalari va tashkilotlarning yutuqlari, mavqeyini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda rahbar kadrlarga nisbatan kreativ yondashuvlar, tanqidiy tahliliy munosabat va maqbul shart-sharoitlar yaratish talabi qo'yilmoqda. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida soha muassasalari va tashkilotda xodimlarni boshqarish samaradorligiga ta'sir etuvchi omillardan to'g'ri va samarali foydalanish pirovard natijada soha muassasalari va tashkilot iqtisodiy rivojining samaradorligini oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonlarning barchasi yangilanayotgan O'zbekistonda kadrlar sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishni anglatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 21.12.2022. va 24.01.2020. http://www.press-service.uz
2. Марр С,Шмидт Г. Управление персоналом в условиях социальной рьночной экономики.М.,2009.-с. 66.
3. Дафт Р. Л. Менеджмент. СПб., 2010. - с. 134.
4. Рахмонов, Т. О., Умаров, Б. А., Сайдалихужаева, Ш. Х., Ибрагимходжаев, Б. 2022. Инновационный подход в процессе менеджмента в стоматологии. models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(18), 38-42.
5.Кулиев, О. А., Умаров, Б. А., Камилова, Д. Н., Рузиева, С. Ю. 2022. Роль семейного врача в формировании здорового образа жизни. models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(18), 43-48.
6. Хошимов Б.Л., Умаров Б.А. "Тиббий таълимда ахборот коммуникацион ва инновацион педагогик технологиялардан фойдаланиш" Укув кулланма. "Alfraganus university" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti. Тошкент, 2024. 135 бет.
7. Умаров Б. А., Кулиев, О. А., "Ах,олига даволаш-профилактик ёрдамини ташкил килиш" Укув кулланма. "Alfraganus university" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti. Тошкент, 2024. 135 бет.
8. Технический прогресс и движение рабочих кадров. Учебное пособие. - М.: ИНФРА-М, 2010.
9. Управление персоналом: Учебник для вузов. /Под ред. Т.Б. Базарова, Б.Л. Еремина. - 2-е изд., перераб и доп. - М.: ЮНИТИ, 2006. - с. 109.
10. Движение рабочей силь. Учебное пособие. - М.: ИМ ЭМО РАН, 2009. - 457
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SIIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: IIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
стр.
11. Мотивация персонала. Измерение и анализ. Учебное пособие. - М.: Финпресс, 2010.
12. Зайцева Т.В., Зуб А.Т. Управление персоналом: учебник. - М.: ИД ФОРУМ ИНФРА- М, 2008-с. 13.
13. Кибанов А.Я. Основм управления персоналом: Учебник. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ИНФРА-М. -2007. -325 с.
14. D.A.Asadov. Jamoat salomatligi va sog'liqni saqlahni boshqarish. Birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari rahbarlari uchub qo'llanma. "SANNOF" nashriyoti. Toshkent-2022y.
15. B.B. Mamatqulov. Sog'liqni saqlash menejmenti va iqtisodiyoti. Darslik. "VORIS" nashriyoti. Toshkent-2015y.
16. Q.X Abduraxmonov. Personalni boshqarish. Darslik . T-«Fan va texnologiya».2008., Mehnat iqtisodiyoti. Darslik.-T:"Mehnat", 2009
17. Д.Н Рахимова. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2021 yil 4/2021 (№ 00054) http://iqtisodiyot.tsue.uz 138
18. Н.К Закирова. Социально-трудовье отношения: международньш и национальньье асиекть. - Т.: «Фан», 2008,-стр. 88.
19. Nazarova G.G'., Salixova N.M., Ismailova N.S.Inson resurslari.(o'quv qo'llanma), TDIU,2010y. 51-bet
20. Nurimbetov R.I. Menejment Toshkent. —Musiqall. 2007, 56 b
21. Mirzajonov Sh.R. O'zbekistonda kadrlar konsaltingi - rivojlanish istiqbollari. //Kadrlar masalalari bo'yicha ma'lumotnoma. - T., 2007.- № 8.- 48 b.
22. Mo'minova R. Xodim karberasini rejalashtirish. // Kadrlar masalalari bo'yicha ma'lumotnoma.-T., 2007, 28b.
23. G.Q Abduraxmonova Inson resurslarini boshqarish, 2021 yil
24. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4749 sonli farmoni.
25. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4- oktyabrdagi "Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar klassifikatorini yanada takomillashtirish to'g'risida"795 - sonli qarori.
26. Казарян И.Р, Ткачук Е.К. Обзор зарубежных моделей управления персоналом// Universum/ Экономика и юриспруденсия: электрон. Научный журнал 2018 г №7(52).
27. Howard F Van Zandt. «How to Negotiate in Japan", HBR November -December
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS) ISSN (online): 2181-2454 Volume 1 | Issue 3 | December, 2024 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.afu.uz/journal
1970, p.45
28. О. Колесникова, А.Донецкий Управление трудовыми ресурсами: учебное пособие 2010 -128 с.
29. Н.Маусов Менеджмент персонала ключевое звено внутрифирменного управления//Проблемы теории и практики управления. 2016. №6-С.8.