Научная статья на тему 'SINF VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI'

SINF VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
917
115
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / tarbiya / estetika / musiqa qiziqish / toʻgaraklar / tadbir / ansambl / orkestr. / музика / образования / эстетика / музикальний интерес / кружки / мероприятие / ансамбль / оркестр.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kozimjonova Moxigul

Darslardan tashqari o'quvchilarni musiqa mashgʻulotlariga jalb qilishdan maqsad, ularning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlarini ta'minlashdan iboratdir. Havaskor sozanda bo'lsa ham o'zi uchun qaysidir cholg'uni o'rganib qo'ysa foydadan xoli bo'lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Целью привлечение учашихся к урокам музики во внеурочное того чтоби они продуктивно провидили свободное время. Даже если ви музикантлюбитель вам будет полезно научиться самостоятельно играть на нелоеорих инструментах.

Текст научной работы на тему «SINF VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI»

SINF VA MAKTABDAN TASHQARI MUSIQA TARBIYASI TIZIMI

Kozimjonova Moxigul

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Cholg'u ijrochiligi" fakulteti 1-bosqich talabasi moxigulkozimjonova@gmail.com

ANNOTATSIYA

Darslardan tashqari o'quvchilarni musiqa mashg'ulotlariga jalb qilishdan maqsad, ularning bo'sh vaqtlarini unumli o'tkazishlarini ta'minlashdan iboratdir. Havaskor sozanda bo'lsa ham o„zi uchun qaysidir cholg'uni o'rganib qo'ysa foydadan xoli bo'lmaydi.

Kalit so'zlar: musiqa, tarbiya, estetika, musiqa qiziqish, to'garaklar, tadbir, ansambl, orkestr.

АННОТАЦИЯ

Целью привлечение учашихся к урокам музики во внеурочное того чтоби они продуктивно провидили свободное время. Даже если ви музикант-любитель вам будет полезно научиться самостоятельно играть на нелоеорих инструментах.

Ключевие слова: музика, образования, эстетика, музикальний интерес, кружки, мероприятие, ансамбль, оркестр.

ABSTRACT

The purpose of engaging students in music lessons outside of classic is to ensure that they spend their free time productively. Even if you are an amateur musician, it will be useful for you to learn some imstruments for yourself.

Keywords: music, education, aesthetics, music interest, clubs, event, ensemble, orchestra.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi o'quvchilarni iloji boricha ko'proq ommaviy va to'garak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har tomonlama o'stirish, tabiatda, Ona vatanga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur darslardan tashqari , ommaviy va to'garak ishlarini olib boriladi. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ikki shakli mavjud, jumladan:

1 .Musiqa tarbiyasining ommaviy shakli

2.Musiqa tarbiyasining to'garak shakli

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o'quvini tekshiruvidan o'tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bu ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat, qo'shiq bayramlari, "Musiqa haftaligi", "O'zbekiston vatanim manim", "Ilhom chashmasi" ko'rik-tanlovlardan, bastakorlar bilan uchrashuvlar, "zoom" platformasi orqali online chet ellik musiqa namoyondalari bilan uchrashuvlar tashkil etish kiradi. Bularning har biriga bolalarni yoshi, qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak did bilan badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etishi lozim.

Musiqa madaniyati o'qituvchisining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o'qituvchisi va maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar mudiri bilan hamkorlikda, o'quvchilarning yoshiga, qiziqishiga qarab, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarni xisobga olgan xolda tuziladi. Bunda o'quvchilarning musiqiy o'quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqiy mashg'ulotlarning har biri aniq ishlab chiqilgan reja asosida amalga oshirilmog'i lozim. Bunda har bir mashg'ulot turiga qarab, uni asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar xisobga olinib, o'quvchilarni jalb etiladi. To'garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o'qituvchising o'zi, o'z xohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. O'qituvchi to'garak ishlariga o'quvchilarni musiqiy qobiliyati, xohish-istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli to'garaklar tuzadi. Haftasiga 2-3 bor to'garakni guruhlarga bo'lib ishlaydi.

To'garak ishlarining asosi musiqa darsidir. To'garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan o'quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to'garagiga jalb etiladi. To'garak faoliyati faollashtiradigan narsa - bu maktab sahnasidir. O'quvchilar tadbirlarda, qo'shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e'tibor qozonib, tuman, shahar, Respublika ko'rik-tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni o'z mehnatidan zavqlanishi xis-tuyg'ularini Ona-vatanga muhabbat, musiqa san'atiga hurmat, do'stlari orasida mehr-muhabbat tuyg'usini oshirib boradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o'qituvchi o'z imkoniyatlariga qarab turli to'garaklar tuzish mumkin:

1. Xor

2. Ashula va raqs ansambllari

3. Vokal ansambllari

4. Cholg'ular ansambli ( dutorchilar, rubobchilar, doirachilar, changchilar)

5. Raqs ansambli

6. Orkestrlar (damli cholg'ular, xalq cholg'ulari orkestri, )

7. Yakkaxon qo'shiqlar

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

8. An'anaviy xonandalik

Maktabdan tashqari musiqiy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o'qituvchi nazoratida bo'lib, maktab hayotiga, ularning faol qatnashuvlarini ta'min etishi lozim. Maktab hayotida boshlang'ich sinf musiqa o'qituvchisining o'rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o'quvchilarga san'atga bo'lgan qiziqishini rivojlantirish lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. L. Qo'ldoshev "Maktabda xor to'garagi" T. 1975.

2. O. Fayziyev va boshqalar. "O'zbekiston maktablarida nafosat tarbiyasini tashkil etish bo'yicha metodik qo'llanma" T. 1992.

3. N. Norxo'jayev "Qo'shiqlar to'plami". T. 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.