Научная статья на тему 'SHOIRU, SHE'RU, SHUUR-ERKIN VOHIDOV LIRIKASI'

SHOIRU, SHE'RU, SHUUR-ERKIN VOHIDOV LIRIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
391
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirika / didaktika / she’riyat / devon / shoir / zamonaviy adabiyot / o‘zbek she’riyati va h.k.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jo‘Rayeva Nargiza Tilovmurodovna

O‘zbek she’riyati mamlakat tarixining eng yirik qismini tashkil etadi desak aslo mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, 20-asr o‘zbek adabiyotida o‘zining salmoqli so‘z boyligi va she’riyati bilan alohida o‘rin egallab turgan Erkin Vohidov siymosi tahsinga sazovor. Ushbu maqolda ushbu shoirning lirikasi va so‘z o‘xshatmalariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOIRU, SHE'RU, SHUUR-ERKIN VOHIDOV LIRIKASI»

SHOIRU, SHE'RU, SHUUR-ERKIN VOHIDOV LIRIKASI

Jo'rayeva Nargiza Tilovmurodovna

Termiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7515429

Annotatsiya: O'zbek she'riyati mamlakat tarixining eng yirik qismini tashkil etadi desak aslo mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Ayniqsa, 20-asr o'zbek adabiyotida o'zining salmoqli so'z boyligi va she'riyati bilan alohida o'rin egallab turgan Erkin Vohidov siymosi tahsinga sazovor. Ushbu maqolda ushbu shoirning lirikasi va so'z o'xshatmalariga alohida to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: lirika, didaktika, she'riyat, devon, shoir, zamonaviy adabiyot, o'zbek she'riyati va h.k.

XX asr o'zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin Vohidov ijodi o'ziga xosligi va ko'p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi ezgu g'oyalar tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot haqiqatini murakkabligi va to'lig'icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o'tkir ijtimoiy masalalarni dadil ko'tarib chiqish, manaviy va jismoniy ruh erkinligini badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir. E.Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o'ziga chorlashda davom etganligi ushbu to'plamdagi maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini o'rganish yillar o'tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan tushmay kelayotir. Zamonaviy o'zbek milliy adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Erkin Vohidov 1936 yil 28 dekabrda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida o'qituvchi oilasida tug'ildi. Otasi Cho'yanboy Vohidov Ikkinchi jahon urushidan keyin Toshkentga qaytib, tez orada shu yerda vafot etdi. Onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham dunyodan o'tib, bo'lg'usi shoir tog'asi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida qoldi. Erkin Vohidov Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olib, "Yosh gvardiya", G'afur G'ulom nomidagi nashriyotlarda, "Yoshlik" jurnalida xizmat qildi. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Xalqaro aloqalar va munosabatlar qo'mitasi rahbari, O'zbekiston Senati a'zosi sifatida faoliyat yuritdi. Uning birinchi she'ri 14 yoshida, 7-sinfda o'qib yurgan kezlarida chop etildi. "Tong nafasi" (1961), "Mening yulduzim" (1964) kabi dastlabki to'plamlarini nashr ettirdi. E. Vohidov ijodida g'azal, qasida, muxammas kabi janrlarga qo'l urib, mumtoz adabiyot tajribalarini yanada boyitish, yanada mukammallashtirishga intildi. Ayniqsa, "Yoshlik" (1969) devoniga kirgan she'rlar bu jihatdan e'tiborlidir.

Shoir xuddi shu davrdan boshlab dunyo kezdi, dunyoni ko'rdi, dunyoni tanidi. Ana shu taassurotlari asosida "Tirik sayyoralar" (1978), "Sharqiy qirg'oq" (1981) kabi she'riy to'plamlarini yaratildi. Inson taqdiri, uning baxti va kelajagi shoir ijodining bosh mavzuiga aylandi. Uning "Kelajakka maktub" (1983), "Yaxshidir achchiq haqiqat" (1992) to'plamlariga kirgan she'rlarida haqgo'y va bedor insonni kamol toptirish g'oyasi yetakchilik qiladi. Shoirning "Orzu chashmasi" (1964), "Nido" (1964), "Palatkada yozilgan doston" (1966), "Quyosh maskani" (1972), "Ruhlar isyoni" (1980), "Ko'hinur" (1982) kabi liro-epik asarlari, "Oltin devor" va "Istanbul fojeasi" kabi she'riy dramalari katta ijodiy mehnat mahsuli sifatida xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan. Erkin Vohidovning to'rt jildlik "Saylanma asarlar"i, "Orzuli dunyo" (2010), "Tabassum" (2012), "Yangi she'rlar" (2015) she'riy to'plamlari adabiyot muxlislari uchun bebaho tuhfa bo'ldi. U 1996 yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov adabiyotimiz va ma'naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratilgan asarlari, shuningdek, mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yo'lidagi faol xizmatlari uchun "O'zbekiston Qahramoni" yuksak unvoniga sazovor bo'ldi.

E.Vohidov g'azallarida oshiqning dil rozlari, ma'shuqaning ta'rif-tavsifi mumtoz adabiyotdagi yanglig' har qancha mubolag'ador, serbo'yoq bo'lmasin, undagi timsollar bugunning odami ekani anglashilib turadi. Ular —zamon zaylilni hisobga oladigan, o'y-fikri, tuyg'ulari bugungi odamlarga tushunarli bo'lgan kishilardir. Malumki, mumtoz she'riyatda vaqt tushunchasi ancha nisbiy b o'lgan. Chunki mumtoz shoirlar o'tkinchi, bugunning tashvishlari aks etgan mavzularga qo'l urmaganlar. Shuning uchun ham ularning ijodida o'z davrining belgilari ko'zga tashlanib turmaydi. E.Vohidovning g'azallarida esa bugunning nuqsi aks etadi. Shoirning «Fursating» g'azali o'zida davr belgisi, zamondoshlar tabiatini aks ettirishi jihatidan xarakterlidir. G'azalning birinchi baytidayoq davr ruhi ko'zga yaqqol tashlanib turadi:

Fursating yetmaydi doim, hech qachon yetgan emas,

Mehnating bitmaydi doim, hech qachon bitgan emasll.

Bu misralarda davrning tezkor va shiddatli qarqin (sur'at)i, undan orqada qolmaslik ilinjida halloslab borayotgan chog'dosh tabiati namoyon bo'ladi. Keyingi baytda davr ruhi yanada bo'rttirib ko'rsatiladi: Chun zamondek bepoyondir ko'ksing ichra orzu, Fursatu orzuni quvlab hech kishi yetgan emas. Zamonning cheksizligi azaldan malum, ammo davr kishisining orzusi ham chegara bilmasligi ifodasi -shoirning kashfiyoti. Shoir tinimsiz o'zgarib turadigan insonning hech o'zgarmas intilishi - kamolot haqida to'xtalar ekan, uning ham hech qachon erishib bo'lmas orzu ekanini ishonarli aks ettiradi: —Intilar borliqni inson barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq barkamol etgan emasll. O'zi komil bo'lmagani holda borliqni

mukammallashtirishni da'vo qiladigan inson tabiatidagi chigallik shu yo'sin tasvirlanadi. Shoirning tasvir mahorati yuqoridagi misralar so'ngida kelgan «etmoq uchun» va «etgan emas» singari fe'lli birikmalarga zidlash manosini yuklay bilganida ham ko'rinadi.

E.Vohidov isteModi yorqin namoyon bo'lgan asarlar orasida 1979 yilda yaratilgan «Ruhlar isyoni» dostoni yuksak badiiyati bilan ajralib turadi. Nazrul Islom XX asr boshlarida she'riyatga chaqindek yaraqlab, momaqaldiroqdek gulduros bilan kirib kelgan va Kunchiqish poeziyasi taraqqiyotida o'chmas iz qoldirgan isyonkor shoir edi. U da'vatkor she'rlari bilan butun Hindistonni larzaga solgan, isteModi va hayotini vatani ozodligi, xalqlar birdamligi, erki va baxti yo'lida fido etgan dovyurak shoirdir. Bosqinchilar va ularning mahalliy yaloqxo'rlari qilgan adoqsiz tazyiq va qiynoqlar hali o'ttiz beshga ham kirmagan isyonkor va bo'ysunmas shoirni ayni ijodi qaynagan paytda aqldan ozdiradi. Oradan yillar o'tdi, mustamlakachilar shoirning vatanidan quvildi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, bir vaqtlar tahqirlangan, jabrlangan shoir qadr topadi, el ardog'iga sazovor bo'ladi. Ammo endi u bularni bilmas, chunki uni aqlidan ayirgan edilar. Nazrul Islom yurtidagi o'zgarishlarni sezmay, shu ahvolda yana qirq yil yashaydi. Dostonda Nazrul Islom fojiy qismatini, shoirning isteMod va jasorati unga qanchalar qimmatga tushganini, qalbidagi alam-iztirobu tug'yonlarni butun keskinligi bilan tasvirlanadi. Ayni vaqtda, muallif Nazrul Islom hayoti va qismatini ko'rsatish asnosida o'zini qiynab kelgan armonli o'ylaru ko'ngil dardlarini ifoda etadi. Doston haqsizlik va adolat, istibdod va erk orasidagi mangu kurashda isteMod egasining o'rni haqidagi falsafiy mushohadalar bilan boshlanadi. Chin isteMod egasining tabiati yaralishdan adolatsizlik, nohaqlik, istibdodga qarshi isyondir. Hamma narsaga chidashi va ko'nikishi mumkin bo'lgan isteMod zo'rligu istibdodga chiday olmasligini shoir g'oyat tasirchan ifoda etadi: Bu dunyoning quvonchi kam, Dardu g'ami ziyoda. Ammo g'amdan qochmoqning ham Tadbiri ko'p dunyoda. ...Lek olamda bir dard borki, Unga sira najot yo'q. Bu azobga kim duchorki, Unga kun yo'q, hayot yo'q. Bu mashaqqat ichgan bilan Dil tubiga cho'kmaydi. Uni hech kim yuragidan Hech kimsaga to'kmaydi. ...U jon bilan ketsa dildan, Sukut qolsa yurakda, Odamzodning ruhi bilan Yashayberar falakda. Bu -shoirning dilin ezgan Istibdodning dardidir. Yurakdan qon bo'lib sizgan IsteModning dardidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. https://bilimlar.uz/erkin-vohidov-1936-2016/

2. https://ilmlar.uz/erkin-vohidov-hayoti-va-ijodi-tarjimai-hol-sherlari/

3. http://mustaqillik.uz/ru/pages/Erkin Vohidov

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.