"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI"
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
"SHAYTANAT" ROMANI MATNINING LEKSIK TAHLILI
S.Abdialimova
GulDU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7351384
Annatatsiya. Biz "Shaytanat" qissasida qo'llanilgan leksik birliklarning tahliliga to'xtalar ekanmiz, ularning badiiy asar matnida lisoniy, kommunikativ hamda estetik vazifalarni bajarishini alohida ta'kidlaymiz. Adib tomonidan qollangan lugaviy birliklar qahramonlar dunyoqarashini aks ettirgan.
Kalit so'zlar: ma'nodosh sozlar, shakldosh sozlar, zid ma'noli sozlar, ko'p ma'noli sozlar, tarixiy va arxaik sozlar, yangi yasalmalar, shevaga oid sozlar, chet va vulgar so ^zlar.
Biz "Shaytanat" qissasini badiiy matnnining eng yuqori namunasi, deb ta'kidlashga asoslarimiz yetarli. Chunki mukammal badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida uning tilidagi leksik birliklarni leksikologiya qonun qoidalariga monand ravishda ma'nodosh so'zlar, shakldosh so'zlar, zid ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar, tarixiy va arxaik so'zlar, yangi yasalmalar, shevaga oid so'zlar, chet va vulgar so'zlar ajratib olinadi va asarda qanday maqsadga yo'naltirilganligi izohlanadi. Biz "Shaytanat"da eng ko'p uchraydigan leksik birliklarni shu guruhlar bo'yicha ajratamiz va asarda o'ziga xos vazifa bajarganini dalillashga harakat qilamiz.
Ma'nodosh so'zlar. Ma'nodosh so'zlar tilning lug'aviy jihatdan boylik darajasini ko'rsatib beruvchi o'ziga xos vositadir. Tilda ma'nodosh so'zlarning ko'p bo'lishi tilning estetik vazifasini yana-da to'liq bajara olishini osonlashtiradi.
O'zbek tili ma'nodosh so'zlarga juda boy. Adib tilimizdagi ma'nodosh so'zlar ichidan tasvir maqsadiga eng munosibini topib ular orqali qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha ifodalashga harakat qiladi, shu tariqa, qahramonlar ruhiyati hamda tasvir obyektining eng kichik qirralarigacha real ko'rsatib berishga intiladi. Badiiy matndagi ma'nodosh so'zlar tahlilida, asosan, ikki jihatga e'tiborni qaratish zarur. Ulardan biri muallifning ikki yoki undan ortiq ma'nodosh so'zdan ifodalanayotgan mazmun uchun eng ma'qbul birini tanlashi bo'lsa, ikkinchisi ayni bir matn tarkibida ikki yoki undan ortiq ma'nodosh birliklarni badiiy tasvir maqsadiga uyg'un holda qo'llashi masalasidir. Tilshunoslikda ma'nodoshlikning uch turi farqlanadi:
1) leksik ma'nodoshlik;
2) frazeologik ma'nodoshlik;
3) leksik-frazeologik ma'nodoshlik.
Leksik ma'nodoshlikdan bir necha maqsadlarda foydalaniladi. Tohir Malik qalamining o'tkirligiga sabab shundaki, u badiiy tasvir ehtiyojiga ko'ra ma'nodosh bo'lmagan so'zlarni ham shunday qo'llaydiki, bu so'zlar qissada xuddi ma'nodosh so'zlar kabi idrok etiladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, matnda juda ko'plab salbiy ma'no ottenkasiga ega so'zlar qo'llanib, ularning sinonimik qatori kengaytirilishiga muvaffaq bo'lishga erishgan. Masalan: Bunaqa mayda ishlarni bajaruvchi mayda odamlarimiz yetarli, - Said Qodirov shunday deb ayyorona ko'z qisib qo'ydi'. (V kitob, 294-b.); Yur, dedi Kesakpolvon G'ilayga, bir narsa deb qo'y. (III kitob, 142- b.) Misollarda "ko'z qismoq", "bir narsa deb qo'yish" leksik birliklarida erkaklikni ifodalovchi ma'no qirralarini ko'rish mumkin. Birgina "o'ldirish"
"O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI"
xalqaro ilmiy-amaliy anjumani
2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
fe'lining bir qancha salbiy ottenkalari qo'llangan sinonimik qatorni bu asarda uchratishimiz mumkin: "jo'natib yuborish" (jo'nab qolish) -Sal aynisa, Hosil akasining izidan jo'natvor., —Yangi xo'jayinga tobing bormi yo eskisini orqasidan jiydaxaltangni ko'tarib jo'nab qolasanmi? (III kitob, 613-b); "gum qilish", yo'qotish, qazo topmoq Dushmanning qo'lidan qazo topmoq ham bir baxt, azizim. (II kitob, 511-b); asfalasofinga jo'natish G'ilay Patsanning o'zini asfalasofilinga jo'natmay tag'in! demoqchi bo'ldi-yu, tilini tiydi. (III k, 659-b). Quyidagi parchada ham ma'nodosh so'zlarni uchratishimiz mumkin: —Uning huzuriga turli yumush bilan turli toifa odam kelib turadi. Bular orasida muloyimlari ham, bezbetlari ham, shirinso'zlari ham, to'nkamijozlari ham bo'lardi. (III kitob, 627-b); —Saba shahri ayni paytda juda ulug', bahaybat, azamat shahar edi. (V kitob, 672-b.).
Frazeologik ma'nodoshlik. Voqelikni obrazli tasvirlashda, aniq va tola gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi. Voqelikni obrazli tasvirlashda, uni kitobxon ko'zi o'ngida aniq va to'la gavdalantirishda frazeologik iboralarning ma'nodoshligidan keng foydalaniladi. Toqati toq bo'lmoq - sabr kosasi to'lmoq, burni ko'tarilmoq - dimog'i shishmoq, yaxshi ko'rmoq - ko'ngil bermoq, ikki oyog'ini bir etikka tiqmoq -oyoq tirab olmoq, og'ziga tolqon solmoq - mum tishlamoq kabilar frazeologik ma'nodoshlikka misol bo'ladi. Jumla tarkibida kelgan ma'nodosh iboralar qahramon bilan aloqador biror bir sifatni, xususiyatni detallashtirib, ikirchikirigacha ko'rsatib tasvirlashga xizmat qiladi. Asardagi misollarga e'tibor beramiz: —Osonlik bilan jon beradigan axmoq yo 'q! (III kitob, 143-b.); —Men nima uchun yashadim-u, nima maqsadda bu chirkin barglarni to'pladim. (V kitob, 295-b.).
Leksik-frazeologik ma'nodoshlik. Lug'aviy birlik sifatida frazeologizmlar sozlar bilan ham sinonimik munosabatda bola oladi. Masalan: Xursand -og'zi qulog'ida, g'azablanmoq - jahli chiqmoq, beg'am - dunyoni suv bossa to'pig'iga chiqmaydi kabilar leksik-frazeologik ma'nodoshlik hisoblanadi. Badiiy matnda ma'nodoshlikning bunday turidan holatni bo'rttirib, atroflicha tasvirlashda foydalaniladi. Masalan, —Mahmud akamning seyflari buzilib qolganida ochib bergan edi. Qo li gul usta. - Bunaqa qo li gullarning xaridorlari serob bo'ladi . (V kitob, 131-b.); Bu yerga bosh egib kelishga majbur etgan Anvarni so kdi. (II kitob, 178-b.). Matnda qo li gul, xaridor hamda bosh egib kabi ma'nodosh sozlar qollanilgan.
Biz "Shaytanat" qissasida qollanilgan leksik birliklarning tahliliga toxtalar ekanmiz, ularning badiiy asar matnida lisoniy, kommunikativ hamda estetik vazifalarni bajarishini alohida ta'kidlaymiz. Adib tomonidan qo'llangan lug'aviy birliklar qahramonlar dunyoqarashini aks ettirish, ularning nutqini individuallashtirish hamda illustrativ funksiya bajarish kabilar bilan bir qatorda, ular nutqidagi jinsga mansublikni aks ettitirishini ham kuzatishimiz mumkin.
REFERENCES
1. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh., Nabiyeva D. O'zbek tilning nazariy grammatikasi. Morfologiya. -Toshkent, 2001.
2. Rasulov R., Narzieva M. Leksikologiyani o'rganish.-Toshkent: O'qituvchi, 1992.-23
3. Rahmatulaev Sh. Hozirgi adabiy o'zbek tili. -Toshkent: Universitet, 2006.
4. O'zbek tili leksikologiyasi.-Toshkent: Fan, 1981. - 312 b.
5. Tohir Malik. Shaytanat. - Toshkent.: Hilol-nashr, 2017.