Научная статья на тему 'SHAXSNI O‘RGANISHNING PSIXODIAGNOSTIK IMKONIYATLARI'

SHAXSNI O‘RGANISHNING PSIXODIAGNOSTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
648
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Karimov X

Эта статья посвяшена психодиагностическим возможностям изучения личности в психологической науке.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the psychodiagnostic possibilities of studying personality in psychological science.

Текст научной работы на тему «SHAXSNI O‘RGANISHNING PSIXODIAGNOSTIK IMKONIYATLARI»

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

SHAXSNI O'RGANISHNING PSIXODIAGNOSTIK IMKONIYATLARI

X. K. Karimov

Qarshi davlat universiteti "Psixologiya"kafedrasi dosenti, psixologiya fanlari nomzodi

АННОТАЦИЯ

Эта статья посвяшена психодиагностическим возможностям изучения личности в психологической науке.

ABSTRACT

This article is devoted to the psychodiagnostic possibilities of studying personality in psychological science.

Hozirgi zamon psixologiyasida inson omilini, shaxsni o'rganishning juda ko'plab vositalari mavjud va ular psixologik amaliyotda keng qo'llanilib kelinadi. Shunday vositalardan biri psixodiagnostik testlardir. Ular deyarli hamma sohada, ko'plab fanlar namoyandalari tomonidan ishlatiladi. Maqsadi bevosita shaxsni tarbiyalash va shakllantirish muammolarini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan pedagogika va psixologiyada hozirgi vaqtda testlardan foydalanish keng yo'lga qo'yilgan. Pedagogikada qo'llaniladigan testlar didaktik testlar hisoblanadi. Mana bir necha yildirki, Respublikamiz hududidagi ta'lim muassasalarida (maktab, lisey, kollej va boshqa), oliy o'quv yurtlarida bunday testlardan foydalanib kelinmoqda.

Didaktik testlar o'z mohiyatiga ko'ra, sinaluvchilarning ayni vaqtdagi (sinalayotgan vaqtdagi) bilim darajasini, u yoki bu predmetni, materialni, dasturni qay darajada o'zlashtirganligini aniqlashga xizmat qiladi. Lekin ular sinaluvchilarning individual psixologik xususiyatlari (qobiliyati, iqtidori, irodaviy-hissiy jihatlari va sh.k.lar)ni aniqlashga mo'ljallanmagan. Shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o'rganish uchun psixodiagnostik testlardan foydalaniladi1.

Didaktik testlar va psixodiagnostik testlarning bir-biridan farqi shundaki, ularda bir-biriga o'xshagan, sinaluvchi e'tiboriga havola etiladigan savollar va ularga beriladigan javoblar variantlari berilgan bo'lsa-da, didaktik testlarda savollar ma'lum bir fan va uning dasturi bo'yicha o'zlashtirilishi (sinaluvchining bilishi) lozim bo'lgan masalalar haqida to'g'ridan - to'g'ri beriladi va bu savollar bo'yicha taklif

1Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие, 2-е издание.- СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 2001.- 191с.

Материалы международной конференции. 274 Хал^аро анжуман туплами.

Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

etilgan javob variantlari "to'g'ri" va "noto'g'ri" javoblarga farqlanadi . Sinaluvchi qanchalik ko'p to'g'ri javob bersa, shunchalik yaxshi, yuqori natijalarga erishadi. Psixodiagnostik (shaxsni va uning u yoki bu masalaga nisbatan munosabatini o'rganuvchi) testlarda esa ulardan farqli ravishda, sinaluvchi e'tiboriga havola etiladigan savollar chalg'itib beriladi (aksariyat hollarda sinaluvchi gap nima haqida ketayotganligini anglolmaydi, chunki savollarning aksariyati go'yo bir-biriga mantiqan bog'lanmagandek byerilishi mumkin). Bu savol, tasdiq, mulohazalarga byeriladigan javoblar "to'g'ri" yoki "noto'g'ri" javoblarga emas, balki "samimiy" yoki "nosamimiy" javoblarga farqlanadi (intellektni o'rganuvchi testlar bundan mustasno). Bu o'rinda sinaluvchi qanchalik samimiy javob byersa, shunchalik u haqda, uning u yoki bu hodisaga nisbatan munosabati haqida aniqroq ma'lumotni olish imkoniyati tug'iladi. Shuning uchun ham psixodiagnostik testlarda sinaluvchi javoblarining samimiy bo'lishligiga erishish muhim ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda psixologik amaliyotda foydalanilayotgan psixodiagnostik testlarni shartli ravishda ixcham va ixtisoslashtirilgan chuqur ilmiy tadqiqot psixodiagnostik testlariga farqlash mumkin. Ixcham testlar o'z nomiga yarasha ixcham, kam hajmli, ozgina savollardan iborat bo'lib, sinaluvchi shaxsi haqida birlamchi ma'lumotlarni olish imkoniyatini byeradi. Ulardan har bir pedagog o'z faoliyatida o'zini, o'quvchisini va eng muhimi uning ota-onasini o'rganishda

"5

foydalanishi mumkin. Ixcham testlarning afzalligi shundaki, ulardan foydalanish uchun tadqiqotchidan maxsus psixologik tayyorgarlik talab qilinmasligi bilan birga undan olingan natijalarni qayta ishlab, tegishli ma'lumotlarni olish na tadqiqotchidan va yana sinaluvchidan ko'p vaqt talab qilmaydi. Ularni dam olish vaqtlarida, shunchaki suhbat chog'larida ham o'tkazib ko'rish mumkin.

Odatda psixologik amaliyotda bunday testlardan sinaluvchilarni asosiy psixodiagnostik tadqiqotga tayyorlash, ularning e'tiborini qozonish, psixolog -pedagog ishonchini uyg'otish, qiziqishini yuzaga keltirish maqsadida, mashq (razminka) sifatida foydalaniladi. Ularning kamchilik jihati shundaki, ulardan olingan ma'lumotlar bir oz sayozligi, yuzakiligi, xatoga yo'l qo'yish ehtimolining yuqoriligi bilan farqlanib turadi. Lekin, odam haqida hech nima bilmagandan ko'ra qisman bo'lsa-da, ma'lum bir ma'lumotga ega bo'lishning o'zi ham, u bilan olib boriladigan ish samaradorligini oshiradi. Bunday testlarning xatoga yo'l qo'yish ehtimoli yuqori bo'lishi bilan birga, ularning sinaluvchi shaxsiga, uning taqdiriga (agar g'araz

2 Дружинин В.Н. Эксперименталная психология.- 2-е изд., доп.- СПб.: Питер, 2001.- 320 с.

3 Гамезо М.В., Домашенко И.А. Атлас по психологии.: Информ.-метод. пособие к курсу "Психология человека". - М.: Педагогическое обшество России, 2001.- 448 с.

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

maqsadlarda foydalanilmasa) ziyon yetkazish ehtimoli ham kam bo'ladi. Shuning uchun ham so'nggi vaqtlarda ixcham psixodiagnostik testlar ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnallar) sahifalarida ko'plab byerilib borilmoqda. Gazeta jurnallar tahririyati xodimlari bu testlardan o'z nashrlariga o'quvchilar qiziqishini oshirish, ularning xaridorgirligini kuchaytirish maqsadida ham foydalanishmoqda.

Amaliyotchi psixolog, pedagog tomonidan bunday testlardan foydalanish, uning ta'lim tarbiya jarayoni ishtirokchisi, shaxs ko'z o'ngida e'tiborini oshirishga, o'rganilayotgan shaxsning individual psixologik xususiyatlarini yaxshiroq bilib olish, shu bilan birga uning "ko'ngliga kirib borish" imkoniyatini yaratishga, uni faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Yuqorida keltirib o'tilgan testlar bilan tanishib chiqib, ulardan foydalanishni o'rganib olgan amaliyotchi psixolog va pedagog o'z navbatida shu kabi testlarni boshqa psixologik adabiyotlardan, gazeta, jurnallardan ham qidirib topib, ularni o'rganib, o'zlashtirib, o'zining psixodiagnostik testlar "banki"ni boyitib borishi, o'zining kundalik ish faoliyatida ulardan samarali foydalanishi mumkin. Tadqiqotchi ixtiyorida bunday testlar miqdori qanchalik ko'p va xilma-xil bo'lsa va ulardan o'z faoliyatida, o'z-o'zini va atrofidagilarni o'rganishda muntazam foydalanib borsa, ulardan tegishli maqsadlarda va o'rinli foydalana olish ehtimoli yanada ortib boravyeradi.

Yuqorida aytib o'tganimiz, ixtisoslashtirilgan chuqur ilmiy tadqiqot testlari esa, maxsus, jiddiy ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda va maxsus psixologik tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislar tomonidan foydalaniladigan testlardir. Bunday testlar toifasiga Kettelning 16-faktorli shaxsni o'rganish testlari, G.Yu.Ayzenkning intellekt testlari, D.Vekslyer testlari, MMRI, FPI, Raven testi, Tematik Appyersepsiyalashgan Test (TAT) (Tematicheskiy Appyerseptivniy Test), Lyushyer testi, Liri testi, Rorshaxning "Siyoh dog'lari" testi va shu kabi ko'plab testlar kiradi. Ular ixcham testlardan savollari, topshiriqlari miqdorining ko'pligi (ular ayrim hollarda bir-necha yuzlab bo'lishi mumkin), tadqiqot o'tkazish uchun qo'yiladigan talablarning o'ziga xosligi, olingan natijalarni qayta ishlash jarayonlarining murakkabligi, tadqiqot o'tkazish va qayta ishlash uchun ko'p vaqt, maxsus malaka talab qilinishi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Ularning afzallik jihati shundaki, ular sinaluvchi shaxsi haqida, uning individual-psixologik xususiyatlari haqida to'laroq ma'lumotlar olish imkoniyatini byeradi. Chunki, aytib o'tilganidek, bunday testlardan foydalanish tadqiqotchidan maxsus psixologik tayyorgarlik, maxsus malaka talab qiladi. Bunday testlardan foydalanish jarayoniga qo'yiladigan talablarga javob byermaslik, ulardan foydalanish tartibini buzish, olingan natijalarning

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной "Жамиятнинг баркарор ижтимоий-иктисодий

личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс

экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари"

noto'g'riligiga, sinaluvchi shaxsiga noo'rin psixologik tavsif byerishga, oqibatda sinaluvchi shaxsi va uning taqdiriga jiddiy ziyon yetkazishga olib kelishi mumkin. Bunday testlardan noo'rin foydalanish xalq tili bilan aytganda "Qosh qo'yaman deb -ko'z chiqarish" bilan barobar. Eng ayanchlisi, bunday psixologik savodsizlik oqibatida psixologiya fani imkoniyatlari barbod etiladi, uning obro'siga putur yetkaziladi. Bunday xatolarga yo'l qo'yish, o'quvchi shaxsiga, uning ota-onasi, ularning o'zaro munosabatlari, jamiyatga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun ham bunday testlarga nisbatan ehtiyotkorlik, ma'suliyat bilan yondashish lozim bo'ladi.

REFERENCES

1. Аверин В.А. Психология личности: Учебное пособие, 2-е издание.- СПб.: Изд-во Михайлова В.А., 2001.- 191с.

2. Дружинин В.Н. Эксперименталная психология.- 2-е изд., доп.- СПб.: Питер, 2001.- 320 с.

3. Гамезо М.В., Домашенко И.А. Атлас по психологии.: Информ.-метод. пособие к курсу "Психология человека". - М.: Педагогическое общество России, 2001.- 448 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.