SHAXS RIVOJLANISHIDA YUZAGA KELISHI MUMKIN BO'LGAN
MUAMMOLAR
O. R. Quyliyeva
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi
M. Rustamova, A. Eusbekova, M. Xusniddinova, Sh. Turabekov
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabalari, O'zbekiston
O'zbekistonda kelajagi buyuk davlat qurayotgan ekanmiz, uning faol quruvchisi bo'lgan shaxsning psixologiyasi masalalarini o'rganish va ishlab chiqish g'oyat katta ahamiyatga egadir. Bu masalani o'rganish yangi kishini kamol toptirish nazariyasi va praktikasi ilmiy jihatdan ishlab chiqishda muhim o'rin tutadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar zanjiri, ijtimoiy hayotning ko'p qirrali, murakkab boshqaruvchisidir. U bir tomondan ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo'lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni ta'min etuvchidir. Biz psixologiyani o'rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan farq qilishmiz kerak. Odamning inson jinsiga mansubligi inivid tushunchasi bilan ifodalanadi.Biz katta yoshdagi normal odamni ham, chaqaloqni ham, tilni va oddiy malakalarni uzlashtira olmaydigan telalarni ham individ deb atay olamiz. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi. Shaxs jamiyat a'zosidir. U ommaning, sinfning ajralmas qismidir. U omma bilan xarakatlanib tarixni yaratadi. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir. Shaxsning shaxs bo'lishligi uchun u faollikka ham ega bo'lishi kerak. Chunki faoliyatdagi faollik shaxsning muhim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo'naltirilgan bo'ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko'rsatadi. Bu shaxsning onglilik belgisidir. Shaxsning xarakterli belgilaridan biri individuallikdir. Individuallik har bir shaxs o'zigagina xos bo'lgan, takrorlanmaydigandir.Individuallik kishining xarakteri, temperamenti, psixik kechinmalarining o'ziga xos xususiyatlari, hissiyoti va faoliyatining motivlarida ko'rinadi. Ana shunga ko'ra kishilar bir-birlaridan farq qiladilar. Dunyoda qancha odam bo'lsa, shuncha takrorlanmasdir.Hech kim bir-birini o'rnini bosa olmaydi. «O'nta bo'lsa, o'rni boshqa» har bir shaxsning o'z muammosi, o'z turmush tarzi va xususiyatlari mavjuddir.Sharqda u yuksak axloqiy-m'naviy me'yorlar orqali tushunilgan va oliy xilqat sifatida qaralgan.
Shaxs - alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U o'zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Bunda ijtimoiy
May 3, 2024
314
munosabat, muloqot, muomala shakllangan va yangi avlod uchun tayyor qolip vazifasini o'taydi. U o'ta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, o'zini o'zi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy, axloqiy va estetik aql-idrok, tafakkur ob'yekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantig'i jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin. Shaxs, mohiyatiga ko'ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili.
Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo'lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma'nosini anglatgan. Chunki sahnadagi ko'rinish o'zgarishi bilan aktyor maskasi ham o'zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o'z qiyofasini o'zgartirishi va o'zini bir necha xil qilib ko'rsatishi ham mumkin. Kishi artist kabi turli rollarni bajarishi mumkin. Shaxs tushunchasi keng va ko'p qirralidir. Mehnat qila olish ko'nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o'zini o'rganish va faol tarzda qayta o'zgartirish jarayonining sub'ektga aylanmoqda. Shu o'rinda haqli bir savol tug'iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o'zaro bog'liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga chuqurroq to'xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug'ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim. Individ tushunchasi professor E.G'oziyevning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog'lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
Individuallik-muayyan narsa va hodisa, shaxs va jonivorning o'zigagina xos, betakror, xususiy belgilar. Belgi sifatlarining o'ziga xosligi bilan individuallik umumiylikka (individ esa umumga) qarama-qarshi qo'yiladi.
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri-bu uning individualligidir. Individuallik deganda insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi. Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, hukmron xususiyatlar yig'indisi, iroda, faoliyat motivlari, inson maslagi, dunyqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaksiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar kiradi. Individuallik individning boshqalardan farqlaydigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o'ziga xosligi hamda uning
May 3, 2024
315
qaytarilmasligidir. Zikr etilgan psixologik xususiyatlaming bir xildagi birikmasini o'zida mujassamlashtirgan odam yo'q, inson shaxsi o'z individualligi jihatidan betakrordir.
Hozirgi kunda asosiy muammolardan biri bir shaxsning boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishga ega ekanligidir. Ushbu psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkonini yaratadi. Shaxs tuzilishi bilan bo g'liq bo'lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir necha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo'laklarning yig'indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiya fanida psixologlar shaxsning psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli jihatlariga asoslanib, turkumlarga ajratishni tavsiya etmoqdalar. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning voqelikka ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo'lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan "ichkipsixik" ("endopsixik" -yunoncha endo ichki degama'noni bildiradi) degan g'oyani ilgari surdilar. Uning talqiniga ko'ra, "endopsixika" shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o'zaro bog'liqligini aks ettiradi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan "endopsixika" aynan bir narsa degan tushuncha tasdiqlanadi, chunki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning "endopsixik" qismi bo'lsa, shaxsning tashqi muhitga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo'lgan barcha jihatlarni, shaxslararo va ob'ektiv munosabatini belgilaydi. "Endopsixika" o'z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini irodaviy zo'r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. "Ekzopsixika" esa o'z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni qamrab oladi. Tabiiy asosga ega bo'lgan "endopsixika" biologik shart-sharoitlarga bog'liq bo'lsa, "ekzopsixika" aksincha ijtimoiy voqeliklar ta'sir ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Ta'kidlab o'tilgan, fikrlarni tasdiqlash maqsadida ular o'tkazgan tajribalariga murojaat qilamiz. Qo'sh omillik nazariyasi tadqiqotchilari tajribalarida 80130 sm balandlikdagi odamning shaxs xususiyatlarini tarkib toptirish uchun o'rganilgan. Buning natijasida ular shaxsi tuzilishida ko'p xislatlari o'xshashligi topilgan. Bunday odamlarning past (pakana) bo'lishlaridan tashqari, ularning tuzilishida hech qanday nuqson va kamchilik yo'q ekanligi aniqlangan. Bunday toifaga kiruvchi bolalarga xos kulguni hech bir tanqidsiz, o'ta soddalikni, muayyan darajada emosional (hissiy) zo'riqishni namoyon qiladigan vaziyatga nisbatan chidamlilikni, uyat hissining kamroq ekanligini uchratish mumkin. Shaxsning xislatlariga na "endopsixika", na "ekzopsixika" qismlarini kiritish mumkin emas. Chunki shaxsning sifatlari mitti odamlarning mahsuli bo'lib ular bo'yicha nisbatan o'z tengqurlari o'rtasidagi farq aniqlangan davrdan e'tiboran shunday bir ijtimoiy vaziyatda paydo bo'lishi, tarkib topishining
May 3, 2024
316
takomillashishi tabiiydir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, mitti odamlarga bo'ydor kishilarga qaraganda boshqacha munosabat ularni pisand qilmaslik, kamsitilish, ular ham barcha kabi narsalarni his qilishi, orzu qilishi, ajablanishi, jayron qolishi sababli ularda shaxsning o'ziga xos tuzilishi vujudga keladi. Bunday yaqqol voqelik ularning ruhiy ezilishini, ba'zan boshqalarga, xatto o'zlariga nisbatan tajovuzkorona yo'l tutishlarini niqoblaydi, xolos. Mabodo biz mitti o'zlari bilan bap-baravar bo'yli kishilar muhitida yashaydi deb tasavvur qilsak, u holda ularda ham tevarakatrofdagi boshqa odamlardagi kabi mutlaqo boshqacha shaxsiy fazilatlar, xususiyatlar, xislatlar sifatlar mujasassamlashishi mumkin bo'lar edi.
Shunday qilib, individ va individuallik alohida tushunchalar hisoblanadi. Ular o'zaro bog'liq bo'lib, bobda bunga to'xtalib o'tildi. Garchi bir-biriga aloqadorligi bo'lsada shaxs rivojlanishida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni bartaraf etishda e'tiborga olish zarurati tug'iladi.
Psixologiyada shaxs muammosi. Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmasi xar bir konkret odamda barqaror birlikni tashkil etadi, bu esa shaxs psixolgik tuzilishining nisbatan doimiyligi deb qaralishi mumkin. Psixik holatlar doim o'zgarib tursa ham, har turli ijtimoiy guruhlarda va har xil hayotiy vaziyatlarda odam o'z zimmasiga olgan rollari bilan bo g'liq holda xulq-atvori o'zgarib tursa ham, yoshning o'zgarib borishi va xokazolari bilan bog'lik bo'lgan o'zgarishlar sodir bo'lsa ham shaxsning psixik qiyofasi ma'lum darajada barqaror bo'lib qolaveradi.
Ma'lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo'limlarida ham o'rganiladi. Har bir bo'lim yoki tarmoq uni o'z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo'lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning obyekti deb qaraydi. Har birimizning jamiyatdagi o'rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo'lgani, jamiyatga qo'shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning muhim vazifalaridan biridir. Shaxsning barkamolligi ko'p jihatdan uning aqliy rivojlanishi va ma'naviy jihatdan shakllanganlik darajasiga bog'lik bo'ladi. Ijtimoiy jamiyatda inson zotiga xoslik masalasi individ, shaxs, individuallik tushunchalari orqali aks ettiriladi. Katta yoshdagi ruhiy sog'lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo'q, oddiy malakalarni o'zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi, biroq bulardan birinchisigina shaxs deb atash an'ana tusiga kirib qolgan, chunki o'sha zotgina ijtimoiy mavjudot, ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy taraqqiyotning faol qatnashchisi bo'la oladi. Individ sifatida yorug' dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy- tarixiy xususiyatga egadir. Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bo g'liq degan nazariyaning namayondalari bo'lmish xozirgi zamon uzoq chet el psixologlari oqibati
May 3, 2024
317
natijasida shaxsning tuzilishini o'sha ikkita asosiy omillarga ya'ni, biologik va ijtimoiy voqeliklarning ta'siriga bog'liq bo'lgan tuzilishining mavjudligidan manfatdordirlar.Ob'ekt-sub'ekt munosabatini belgilaydi. Psixologiya yo'nalishida keskin qayta qurish jadal suratlar bilan davom etayotgan bir davrda yuqorida tahlil qilingan qo'sh omillik konsepsiyasiga qanday munosabatda bo'lish maqsadga muvofiq.
Psixologiya ilmining namoyondalari bo'lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida, makro hamda mikro bosqichlardagi ta'sirlarning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izladilar. Abu Nasr Farobiy, A.Navoiy, Ibn Sino, Beruniy kabi yuzlab Sharq allomalari ham bu o'zaro bog'liqlikning falsafiy va ijtimoiy sirlarini ochishga o'zlarining eng durdona asarlarini bag'ishlaganlar. Barcha qarashlarga umumiy bo'lgan narsa shu bo'lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo, uning shu jamiyatda tutgan o'rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o'rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning ijtimoiy mavqei, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o'rni bilan belgilanishi kerak. Lekin, shaxs bilan jamiyat o'rtasidagi o'zaro aloqalar masalasida birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o'zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi:
Nativizm yo'nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug'ma xarakterga ega, deb e'tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).
Empirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug'ilgan bola go'yoki "top-toza taxta" (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o'zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so'zsiz bo'ysunishga majbur.Bu yo'nalishning asoschilaridan biri J.Lokk bo'lib (1632-1704), uning fikricha, tug'ma fikrlar yoki g'oyalar bo'lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og'riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o'xshash turli xil sezgilar va g'oyalarning assosiasiyasi ro'y beradi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o'ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo'ladigan turli shakldagi o'zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya'ni, avvalo biror guruhning a'zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo'ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta'sirlari uning ongida qanday aks topishini o'rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta'siri qay yo'sinda sodir bo'lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya'ni ijtimoiylashuv muammosi bilan uzviy bog'liq bo'lsa, bu ta'sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo'lishi ijtimoiy yo'l-yo'riqlar muammosi bilan bog'liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo'lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarish mexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari sof psixologik ma'noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi va o'zgartiruvchi ijtimoiy psixologik mexanizm-bu ijtimoiy ustanovkalardir.
318
Xarakter-ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo'ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma'naviy sharoitlarga ajraladi.
Har bir shaxsda o'zini o'zi qadrlash tuyg'usini shakllantirish, o'zini o'zi qadrlashni tarbiyalash lozim. Ushbu tamoyil va me'yorlarga rioya qilish shaxsni tarbiyalash va rivojlantirishning ko'plab muammolarini muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi. Shaxs har doim o'zini ijtimoiy munosabatlarning murakkab ko'p bosqichli tizimi orqali namoyon qiladi va amalga oshiradi va bu munosabatlarning shaxsga ta'sirining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini o'rganish, ularni falsafiy tahlil qilish ijtimoiy munosabatlarning muhim tomonlarini aniqlashga imkon beradi.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, shaxs muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug'ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individ ekan, unda albatta muammolar mavjud. Shaxsda asosan biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitiv, psixoanalitik, bixevioristik muammolar kengroq ekanligigini guvohi boldik.Individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarixiy xususiyatga egadir.Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida bo'ladi va ko'plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o'quv maskanlari, mehnat jamoalari, norasmiy tashkilotlar,din, san'at, madaniyat va boshq.) bilan bog'liq bo'ladi. Shaxs rivojlanishida sog'lom muhitni yaratish, ta'lim-tarbiyaga katta ahamiyat qaratish lozim. Shunday qilib, jahon va hamdo'stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik asosga ega bo'lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo'lib, xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni yechishda keng ko'lamda qo'llaniladi.
References / Adabiyotlar
1. Xaydarov F.I, Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. -T. TDPU, 2010.
2. Ernazarova Gulnora Oblaqulovna, Islamova Maftuna Sharafiddinovna
3. "Pedagogik konfliktologiya" Toshkent 2021 285 bet
4. Parmenov Anatoliy Aleksandrovich. Psixodiagnostika. 2010.
5. Psixologiyadan ma'ruzalar matni. Toshkent.1999.
6. Drujinina V. "Psixologiya ". Uchebnik. "Piter", 2003.
7. Burlachuk L.F. Psixodiagnostika. SPb., 2005.
8. Gafarov A.Z, Yugay A.X. Pedagogik amaliyot. Toshkent, 2002.
9. Davletshin M.G., Tuychieva S.M. Umumiy psixologiya. Toshkent, 2002.
10. Davletshin M.G.Zamonaviy o'quv maskani o'qituvchisi psixologiyasi.- Toshkent 1998.
319
11. Xerbakova A.I. Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyadan praktikum. Toshkent, 1991.
12. Psixologiya. Qisqacha izohli lug'at. Toshkent, 1998.
13. Davaetshin M.G., To'ychieva S.M. Umumiy psixologiya, Toshkent 2002.
14. Davaetshin M.G. Zamonaviy maktab -O'qituvchisi psixologiyasi. -Toshkent 1998.
15. Psixologiya. qisqacha izohli lug'at .Toshkent, 1998. 18.Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991.
16. M.G. Davletshin, Sh.Do'stmumedova, M.Mavlanov, S.To'ychieva. «Yosh va pedagogik psixologiya» o'quv metodik qo'llanma Toshkent 2004 yil
17. V.Karimova.Psixologiya Toshkent.2002y.
18. Psixologiyadan ma'ruzalar matni. Toshkent.1999y.
19. M.V.Vohidov Umumiy psixologiya. Toshkent 1992 yil.
20. 23. Psixologiyadan ma'ruzalar matni toshkent.1999 y.
21. Tigranyan R.A. Stress i yego znachenie dlya organizma. -M, 1998.
22. Sherbakov Yu.V. Psixologiya stressa i metody yego korreksii.-P, 2006
23. ttp://www.adalin.mospsy.ru
24. http://www.ageyev.kz
25. http://www.azps.ru
26. http://www.earlyhelp.ucoz.ru
320