Научная статья на тему 'SHAXS DINDORLIK STRUKTURASINING O‘ZIGA XOSLIGINI ANIQLASH YUZASIDAN OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI'

SHAXS DINDORLIK STRUKTURASINING O‘ZIGA XOSLIGINI ANIQLASH YUZASIDAN OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

796
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS DINDORLIK STRUKTURASINING O‘ZIGA XOSLIGINI ANIQLASH YUZASIDAN OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI»

SHAXS DINDORLIK STRUKTURASINING O'ZIGA XOSLIGINI ANIQLASH YUZASIDAN OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Abdullayeva Dilbar Zoirjon qizi

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi "Din psixologiyasi va pedagogika"

kafedrasi doktoranti moonlight0904@mail.ru

Shaxsdagi dindorlik darajasini o'lchash bo'yicha yaratilgan metodikalarning eng birinchisi Charlez Glokga tegishli bo'lib u o'zining 1962 yildagi maqolasida1 dindorlik darajasini o'lchash bo'yicha o'ziga xos o'lchovni taklif etgan, uning fikricha shaxsdagi dindorlik darajasini quyidagi 5 o'lchov asosida to'laqonli o'lchash mumkin:

1) Tajribaga tayanuvchi o'lchov (experiential):sub'ektiv emotsional diniy tajriba,dindorlikning sub'ektiv shaklini aks ettiruvchi xususiyati;

2) Ritualistik (ritualistic): Diniy amaliyotlar, diniy faoliyatlar va diniy marosimlarda ishtirok etish- diniy amaliyotlarga tashrif buyurish;

3) Mafkuraviy (ideological): ma'lum bir e'tiqod tizimini qabul qilish;

4) Intellektual (intellectual): e'tiqod xaqida bilish,xabardorlik,;

5) Natijalarni o'lchash (consequential): yuqoridagi 4 diniy o'lchovni shaxsning dinga aloqador bo'lmagan qadriyatlari va xulq-atvoriga ta'siri, natijalari va oqibatlarini o'lchashdan iborat.

Albatta bu 5 xususiyat barcha din vakillariga tegishli bo'lishi mumkin, lekin amaliyotlar va kechinmalar har bir dindor uchun individual bo'lib, fikrimizcha shaxs dindorligi darajasini mutloq tizimli tarzda tadqiq etishning imkoniyati chegaralangan. Chunki diniy e'tiqod, dindorlik kabi tushunchalar shaxs sub'ektiv sohasiga tegishli bo'lib, psixodiagnostik tadqiqotlarning xech biri shaxsning ichki ruhiy olamini mukammal yoritib berishga qodir emas.

I.V.Afanasenko "Turli jinsdagi talabalarda individual dindorlik tuzilishining xususiyatlari va u bilan bog'liq shaxs xususiyatlari"2 nomli maqolasida turli jinsga mansub bo'lgan talabalarda dindorlikning individual strukturasi va uning shaxs individual psixologik xususiyatlari bilan bog'liqligi yuzasidan o'tkazilgan tadqiqotlari natijasi keltirilgan. Tadqiqotning predmeti sifatida individual dindorlik va

1 Glock Ch. Y. On the Study of Religious Commitment // Religious Education, Research Supplement. 19„2. —

2 Афанасенко И.В. Особенности структуры индивидуальной религиозности и связанных с нею личностных свойств у студентов разного пола// https://cyberleninka.ru, 27.02.2022.

https://ares.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

©

w

May 211 ©

©

236

talabalrning shaxs xususiyatlari deb belgilangan . Tadqiqotning ob'ekti sifatida 16 -21 yoshdagi 88 ta ( 44 qiz va 44 o'g'il) Rossiyaning Rostov shahrida qurilish kolledji talabalari belgilab olingan. Tadqiqotning psixologik metodi sifatida : Yu.V.Sherbatixning 8 ta shkaladan iborat "Individual dindorlikni aniqlash testi" , DJ. Rotterning "Sub'ektiv kontrol metodi", "Mini-mult so'rovnimasi (SMOL)" dan va bir qancha statistik usullardan foydalanildi.

Tadqiqot natijalarining xulosasiga ko'ra texnika mutaxassisligi talabalarida ikkala jinsda ham individual dindorlik tizimiga ko'ra ustunlik qiluvchi komponentlar quyidagilarni tashkil etadi: Yaratganga iymon, diniy dunyoqarashning shakllanishida gnoseologik ildizlarga suyanish, dinni qo'llab quvvatlash va taskin beruvchi vosita sifatida idrok etish, diniy atributlarni o'z xayotlarida mavjudligiga yo'nalganlik ya'ni ikonalar, krest taqish, duolar o'qish; Natijalar shuni namoyon qiladiki qizlar yigitlardan ko'ra sezilarli darajada sehr joduning mavjudliga ishonadilar. Shuningdek dindorlikning yetakchi ko'rsatkichlarining shaxsiy xususiyatlar bilan o'zaro bog'liqligining o'ziga xos xususiyatlari aniq jinsiy o'z tafovutlar bilan tavsiflanadi. Yigitlarda idealistik falsafa nuqtai nazaridan dinni idrok etish ularning ichki nazorat lokusining yuqori darajasi bilan shartlangan bo'lsa , qizlarda esa - psixopatik shaxsiyat xususiyatlarining namoyon bo'lish ehtimoli pastligi bilan bog'liq. Yaratganga bo'lgan ishonch yigitlarda sog'liq va omadsizlik sohalaridagi internallikning past ifodalanganligi bilan bog'liq bo'lsa, qizlarda bo'lsa, yutuqlar sohasidagi yuqori internallik bilan bog'liq ekan.

Natijalardan shunday taxmin qilish mumkinki, talaba qizlarning Yaratuvchiga, taqdirga, sehrli hodisalar mavjudligiga bo'lgan ishonchi ularning yutuq va shaxslararo munosabatlar sohalaridagi javobgarlikni namoyon etish tendensiyasini. Xudoning mavjudligiga ishonadigan yosh yigitlarlar orasida esa yutuqlar sohasidagi internallik bilan birgalikda muvaffaqiyatsizliklar va sog'liq sohasida javobgarlikdan qochish kabi xolatlar uchraydi. Shuningdek, o'sib ulg'aygan sayin Xudoga bo'lgan ishonchning pasayishi kuzatiladi.

T. S. Chabieva va T. V. Saryova o'zlarining "Ingush talabalarining diniy o'ziga xosligining ijtimoiy-psixologik tahlili" yuzasidan maqolalarida3 Rossiyaning Ingushetiya Respublikasidagi talabalarning dindorlik xususiyatlarini yuzasidan tadqiqotlari natijasini keltirdilar. E'tiborlisi bu tadqiqotda Islom diniga e'tiqod etuvchi talabalarning dindorlik xususiyatlari o'rganildi.

3 Chabieva T. S., Tsareva T. V. Social and psychological analysis of the religious identity of In

Islamic Studies. 2018;11(4):835-849

^_May_2:

Republican Scientific and Practical Conferenc

Hozirgi kunda Ingushetiya Respublikasi "Rossiya Federatsiyasining" musulmon respublikalari sirasiga kiradi: aholining asosiy qismini musulmonlar tashkil qiladi - 98%; taqqoslash uchun: Chechenistonda - 96%, Dog'istonda - 94%. Zamonaviy olimlarning tadqiqotlarida Ingushetiyada Islomni o'rganishning tarixiy, etnopolitik, etnografik jihatlariga katta ye'tibor beriladi. Lekin etnosning psixologik jihatlari kam o'rganilgan. Bugungi kunga kelib bu masalani ilmiy jihatdan xal etish choralari ko'rilmoqda. Quyida Ingushetiyada talabalarning dindorlik va diniy identifikatsiya tuzilishi va xususiyatlarini o'rganish maqsadida o'tkazilgan tadqiqot va uning natijalari bilan tanishamiz:

Tadqiqotning maqsadi Ingush talabalarining diniy o'ziga xos xususiyatlarini empirik o'rganishni tashkil etadi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanildi: Sherbatixning individual dindorligi tuzilishini aniqlash uchun testi; D. Van Kampning "Diniy identifikatsiyaning individual/ijtimoiy komponentlarini o'lchash" usuli; Ijtimoiy konsolidatsiya mezonlarini o'rganishga qaratilgan muallifning so'rovnomasi (O. S. Pavlova, T. S. Chabieva)

Respondentlarni oliy ta'lim maskanlarida tahsil olayotgan 18 yoshdan 28 yoshgacha bo'lgan 100 Ingush talabalari tashkil etadi. Ulardan 30 kishi Ingushetiyada 70 kishi Moskvada istiqomat etadi. Natijalarni qayta ishlash uchun -IBM SPSS statistika dasturidan foydalanilgan.

Umumlashtirgan xolda eng avval shuni ta'kidlash zarurki tadqiqot natijalariga ko'ra Moskva va Ingushetiyada tahsil oluvchi ingush talabalari ko'rsatgan natijalar o'rtasida statistik muhim farqlar namoyon bo'lmadi, farqlar nisbatan kichik nisbatga bog'liq bo'lishi mumkin. Shuningdek Ingush yoshlarining dindorligi va diniy o'ziga xosligi tarkibida diniy ong, ma'naviyat, dinni intellektual tushunishning ahamiyati bilan bog'liq bo'lgan ichki tarkibiy qismlar eng muhim o'rinni egallaydi. Islom dini Ingushetiya uchun jamiyatdagi axloqiy me'yorlar manbai va xulq-atvorni tartibga soluvchi vosita sifatida muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga Ingush yoshlari uchun dindorlikning tashqi tarkibiy qismlari ham, xususan, kiyimda diniy me'yorlarga rioya qilish kabi muhim ahamiyatga ega. Ingush talabalari uchun o'z e'tiqodlari bilan ijtimoiy aloqalarni saqlab qolish muhimdir.

Shaxs dindorligi strukturasi yuzasidan olib borilgan yana bir salmoqli tadqiqot Tuva Respublikasida istiqomat qiluvchi tub axolining dindorlik va diniy e'tiqodini o'ziga xos xususiyatlarini aniqlash yuzasidan D.G. Suvakpit tomonidan tashkil etilgan.

Eng avvalo din Tuvaliklar uchun shaxs sifatida kamol topish va sub'ektiv jihatdan boyish usullaridan biridir.

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

Respublikada hurmat qilinadigan va katta e'tibor beriladigan din Buddizmdir. Tuva tub aholisining aksariyati buddistlar bo'lib, ular Buddizm millionlab odamlarning turmush tarzi va fikrlarini belgilaydi, deb hisoblashadi. Tuvaliklar Buddaning ta'limotlariga kundalik hayotda turli yo'llar bilan amal qilishga intilishadi: ovqatlanish, mashg'ulot, meditatsiya, sadaqa berish yoki qurbongohlar, ibodatxonalar va monastirlarga sovg'alar berish orqali4.

Tadqiqotning maqsadi Buddizmga e'tiqod qiluvchi katta yoshdagi tuvaliklar orasida individual dindorlik tuzilishini o'rganish edi. Tadqiqotda Sherbatixning individual dindorligi tuzilishini aniqlash uchun testi; Mann-Whitney U-testidan foydalanildi. Tadqiqotda Tuva Respublikasida yashovchi 40 nafar yetuk yoshdagi tuvaliklar ishtirok etdi.

Tadqiqotda E.Eriksonning ontogenez rivojlanish bosqichlari davrilashtirish ta'limotiga suyangan xolda ob'ektlarini tanlab olindi . Ma'lumki joriy nazariyada yetuklik 25 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan davrni qamrab oladi. Unga ko'ra sinaluvchilarning o'rtacha yoshi 57-58 yoshdan tashkil topgan. Ulardan 20 kishi Buddizm diniga ergashuvchilar va 20 kishi o'zlarini pravoslav deb hisoblaydigan dindorlar edi. Guruhlar gender tarkibi bo'yicha tenglashtirildi. Millati bo'yicha -barcha Tuviniyaliklar

O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra quyidagi xulosaga kelindi:

Yetuk yoshdagi Tuvalik-buddistlar idealistik falsafaga moyilligi jihatidan tuvaliklarning pravoslav dindorlaridan ustundirlar. Bu shuni ko'rsatadiki, Buddizmda Tuvalik imonlilar inson hayoti muammolari, hayot mazmuni bilan bog'liq savollariga javob topishga harakat qilishadi. Ular pravoslav imonlilarga qaraganda ko'proq darajada, hamma narsa Buyuk Yaratuvchining irodasiga ko'ra sodir bo'ladigan dunyoning idealistik rasmini yaratishga intilishadi. Voyaga yetgan yoshdagi Tuviniyalik-buddistlar dinda qo'llab-quvvatlash va tasalli izlashga moyil emaslar, bu ulardan farqli o'laroq, pravoslav dini izdoshlariga xosdir. Pravoslav dinining izdoshlari buddistlarga qaraganda diniy ramzlarga va diniy marosimlarga rioya qilishga ko'proq ahamiyat berishadi.

Yuqorida keltirilgan qator tadqiqotlar natijalari orqali biz dindorlik fenomenini naqadar nozik va sub'ektiv ekanligini ko'rishimiz mumkin. Shuningdek sohada mavjud bo'lgan psixodiagnostik usullar barcha dinlar uchun dolzarb bo'lgan xususiyatlarni to'liq qamrab olishga qodir emas. Buni biz yuqorida keltirilgan qator tadqiqotlar natijalari orqali ko'rishimiz mumkin. Sherbatixning

4 Д.Г. Сувакпит. Особенности индивидуальной религиозности тувинцев зрелого возраста, буддизм// Научный журнал «Вестник по педагогике и психологии Южной Сибири» №2.

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

239

shaxs dindorligi strukturasini o'rganishga mo'ljallangan metodikasi avvalo provaslav xristianlarga mo'ljallangan, keyinchalik esa boshqa din vakillari uchun xam modifikatsiya qilindi. Shunga qaramay T. S. Chabieva va T. V. saryova o'zlarining "Ingush talabalarining diniy o'ziga xosligining ijtimoiy-psixologik tahlil" yuzasidan maqolalarida Islom diniga e'tiqod qiluvchi talabalar o'rtasida o'tkazilgan tadqiqotda bu metodikaga xos kamchiliklar namoyon bo'ldi. Tadqiqotchilar buning sababini aynan ikki din o'rtasidagi diniy qadriyatlarning xilma -xilligida deb belgilashdi. Shuni albatta ta'kidlash zarurki, dinlar nafaqat o'z strukturaviy jihatidan farqli balki, ma'lum dinga e'tiqod etuvchi insonlarning diniy e'tiqodlari strukturasi xam o'zaro qarama-qarshiliklarga ega. Bu albatta tadqiqot ishini tashkil etishda o'ziga xos joziba beradi va shuningdek tadqiqotchidan keng tarafli yondashuvni talab etadi.

REFERENCES

1. Glock Ch. Y. On the Study of Religious Commitment // Religious Education, Research Supplement. 1962. Vol. 42.)

2. Афанасенко И.В. Особенности структуры индивидуальной религиозности и связанных с нею личностных свойств у студентов разного пола// https: //cyberleninka.ru, 27.02.2022.

3. Chabieva T. S., Tsareva T. V. Social and psychological analysis of the religious identity of Ingush student. Minbar. Islamic Studies. 2018;11(4):835-849

4. Д.Г. Сувакпит. Особенности индивидуальной религиозности тувинцев зрелого возраста, исповедующих буддизм// Научный журнал «Вестник по педагогике и психологии Южной Сибири» №2. -2017.C.156

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.