Научная статья на тему 'SHAHAR KO‘CHALARINING BIR SATHDAGI KESISHUVLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DASTURLARNING TUTGAN O‘RNI'

SHAHAR KO‘CHALARINING BIR SATHDAGI KESISHUVLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DASTURLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
49
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxar ko‘chalari / xarakat xavfsizligi / tirbandlik / bir satxdagi chorraxalar / aqlli sveroforlar / yo‘l transport hodisasi / городские улицы / безопасность движения / транспортные заторы / умный светофор / дорожно-транспортное происшествие

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Durdiev Xurshid Davronbek O‘g‘li

Ushbu maqolada bir satxdagi kesishish va tutatish joylarida maksimal ravishda xarakat xavfsizligini oshirish, yo‘l-transport hodisalaridan ko‘rilgan zarar miqdorini aniqlash, svetoforlarning chorraxalarda xarakat tartibini belgilashdagi o‘rni, harakatni chiziqlar bo‘ylab taqsimlash, shahar sharoitidagi chorrahalarda transportni optimallashtirish, shaxar ko‘chalarining bir satxdagi kesishmalaridagi to‘g‘ri vaziyatlarni kuchaytirish, shuningdek ko‘cha va yo‘llarda tirbandlikni keltirib chiqarmaslik, aqlli sveroforlar, shahar ko‘chalaridagi bir satxli kesishuvlarda yo‘l harakat xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SHAHAR KO‘CHALARINING BIR SATHDAGI KESISHUVLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DASTURLARNING TUTGAN O‘RNI

В данной статье представлены предложения о том, как максимально повысить безопасность движения на одноуровневых перекрестках и развязках, определение размера ущерба от дорожно-транспортных происшествий, роль светофоров в определении порядка движения на перекрестках, распределение движения по линиям, оптимизация движения на перекрестках в городских условиях, усиление правильных ситуаций на одноуровневых перекрестках города улицы, а также избежать заторов на улицах и дорогах, умный светофор, повысить безопасность дорожного движения на одноуровневых перекрестках на городских улицах.

Текст научной работы на тему «SHAHAR KO‘CHALARINING BIR SATHDAGI KESISHUVLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DASTURLARNING TUTGAN O‘RNI»

УДК: 625.712

SHAHAR KO'CHALARINING BIR SATHDAGI KESISHUVLARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY DASTURLARNING TUTGAN O'RNI

Durdiev Xurshid Davronbek o'g'li TDTU, tayanch doktorant, [email protected] +998944555040

Annotatsiya: Ushbu maqolada bir satxdagi kesishish va tutatish joylarida maksimal ravishda xarakat xavfsizligini oshirish, yo'l-transport hodisalaridan ko'rilgan zarar miqdorini aniqlash, svetoforlarning chorraxalarda xarakat tartibini belgilashdagi o'rni, harakatni chiziqlar bo'ylab taqsimlash, shahar sharoitidagi chorrahalarda transportni optimallashtirish, shaxar ko'chalarining bir satxdagi kesishmalaridagi to'g'ri vaziyatlarni kuchaytirish, shuningdek ko'cha va yo'llarda tirbandlikni keltirib chiqarmaslik, aqlli sveroforlar, shahar ko'chalaridagi bir satxli kesishuvlarda yo'l harakat xavfsizligini takomillashtirish bo'yicha takliflar keltirilgan.

Аннотация: В данной статье представлены предложения о том, как максимально повысить безопасность движения на одноуровневых перекрестках и развязках, определение размера ущерба от дорожно-транспортных происшествий, роль светофоров в определении порядка движения на перекрестках, распределение движения по линиям, оптимизация движения на перекрестках в городских условиях, усиление правильных ситуаций на одноуровневых перекрестках города улицы, а также избежать заторов на улицах и дорогах, умный светофор, повысить безопасность дорожного движения на одноуровневых перекрестках на городских улицах.

Annotation: In this article presents suggestions on how to maximize traffic safety at single-level intersections and interchanges, determination of the amount of damage from traffic accidents, the role of traffic lights in determining the order of traffic at intersections, the distribution of traffic along the lines, the optimization of traffic at intersections in urban conditions, the strengthening of the correct situations at one-level intersections of the city streets, smart traffic light, as well as avoid congestion on the streets and roads, improve traffic safety at single-level intersections in city streets.

Kalit so'zlar: shaxar ko'chalari, xarakat xavfsizligi, tirbandlik, bir satxdagi chorraxalar, aqlli sveroforlar, yo'l transport hodisasi.

Ключевые слова: городские улицы, безопасность движения, транспортные заторы, умный светофор, дорожно-транспортное происшествие.

Key words: city streets, number of cars, traffic safety, traffic congestion, smart traffic light, traffic accident.

Kirish. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarning katta shaxarlaridagi kesishmalarda sodir bo'lgan, "...yo'l transport hodisalarini tezkor tahlil qilishga zamonaviy raqamlashgan ma'lumotlar yig'ish texnologiyalarini qo'llash hamda harakat hafsizligini oshirish maqsadiga yo'l sharoitini yaxshilash orqali yo'l transport hodisalari natijasida jabrlanganlar sonini sezilarli darajada kamaytirishga erishilgan". Bizga ma'lumki, shahar sharoitidagi kesishmalar transport harakati uchun eng xavfli joylardan biridir. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga

ko'ra, har yili dunyo bo'ylab 300 mingga yaqin odam chorrahalarda vafot etadi [1]. Bu, birinchi navbatda yo'llarning bunday uchastkalarida harakatni tashkil etish va nazorat qilish muammolari bilan bog'liq. Ushbu muammoni hal qilish uchun bir sathli chorrahalarda harakat xavfsizlikini yaxshilash bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish kerak.

So'nggi yillarda ko'cha va yo'llarning ushbu uchastkalarida harakatni nazorat qilish va boshqarishni osonlashtiradigan, shuningdek, haydovchilar va piyodalarga ko'proq ma'lumot va xavfsiz harakatlanish imkoniyatlarini ta'minlaydigan yangi usul va texnologiyalarni ishlab chiqishga qiziqish ortib bormoqda. Buning uchun shahar ko'chalaridagi harakat oqimi yuqori bo'lgan muammoli kesishmalarni aniqlaydigan va chorrahalarda baxtsiz hodisalarning oldini olishda yordam beradigan omillarni hal qiluvchi keng qamrovli tadqiqotlar o'tkazilishi kerak.

Ushbu muhim omillarni amalga oshirishda shahar ko'chalaridagi bir sathdagi chorrahalarda xavfsizlikni yaxshilashning asosiy jihatlaridan biri bu xavfni baholashdir. Bunda nafaqat yo'lning kengligi, bo'laklar soni va chorrahadagi ko'rinishlik kabi texnik parametrlarni, balki haydovchilar yoki piyodalarning xatti-harakatlari kabi ijtimoiy-psixologik omillarni ham hisobga olish zarur. Xavfni baholash ma'lum bir chorrahada yoki shaharning ma'lum bir hududida sodir bo'lgan baxtsiz hodisalar to'g'risidagi statistik ma'lumotlar yordamida yoki transport vositalari va odamlarning harakatini kuzatish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Ushbu jarayonda olingan ma'lumotlar bir sathdagi chorrahada xavfsizlikni yaxshilash bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ishlatilishi mumkin. Masalan, qo'shimcha svetoforlarni ishga tushirish, yo'l belgilarni o'rnatish yoki harakatni tashkil etishni o'zgartirish bo'yicha haydovchilarni osma ekran (tablo)lar orqali habardor qilish. Shuni ta'kidlash kerakki, xavfni baholash bir martalik jarayon emas, balki shahar muhitidagi bir sathdagi chorrahalardagi vaziyatni doimiy ravishda kuzatib borishdir. Bunda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olishning bugungi kundagi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda chorrahalarda xavfsizlikni yaxshilashning muhim vositalaridan biri bu kuzatuv kameralaridir.

Haqiqatdan ham rivojlangan mamlakatlarning shahar ko'chalaridagi bir sathli chorrahalarida xavfsizlikni oshirishda zamonaviy texnologiyalar muhim o'rin tutadi. Ulardan biri - yo'l harakati qoidalariga rioya etilishini onlayn nazorat qilish, qoidabuzarliklarni aniqlash imkonini beruvchi videokuzatuv kameralaridir (1-rasm).

1-rasm. Shahar ko'chalari kesishmalaridagi kuzatuv kameralarining ishlash jarayoni

Yuqoridagi rasmdan ko'rishimiz mumkinki, chorrahadan chapga qayrilgan avtomobilga

oldida qarama qarshi tarzda noto'g'ri parkovka qilingan yana bir yengil avtomobilni ko'rishingiz mumkin. Agarda ushbu holat bir nechta avtomobillar ishtirokida takrorlansa tabiiyki bu chorrahada tirbandlik sodir bo'lishiga olib keladi. Bu jarayonlarni esa tartibga solishda jarimaga tortuvchi kamera (radar)larni o'rni muhim. Chunki ushbu zamonaviy texnologiya qoidabuzar haydovchilarni jarima to'lashga majbur qiladi.

Bu innovatsion usul - avtomobil raqamlarini avtomatik aniqlash orqali qoidabuzarlarni tezda aniqlash, chorrahalardagi uzliksiz yo'l chiziqlarini bosgan va qizil chiroqda o'tgan yoki tezlik chegarasini me'yoridan ortiq buzgan avtomobillar haqidagi to'liq ma'lumotlarni olish imkonini beradi (2-rasm).

2-rasm. Chorrahalarda jarimaga tortuvchi kamera (radar)larni

ishlash jarayoni.

Ushbu holatda ko'rishimiz mumkinki, kameralar chorrahada qayrilish tartibini buzgan haydovchiga nisbatan qonuniy belgilangan jazoni qo'llash imkonini yaratmoqda. Chunki ushbu avtomobil chorrahadagi uzliksiz yo'l chiziqni tog'ridan to'g'ri bosib harakatlanmoqda. Bu holat esa o'z-o'zidan chorrahada boshqa harakat tasmasida harakatlanayotgan avtomobil bilan to'qnashuvlar sodir bo'lishiga olib keladi. Bunaqa jarayonlarni oldini olishda yana bir samarali usul - chorrahalarda to'qnashuvlar va baxtsiz hodisalar sonini minimallashtiradigan sinxronlashtirilgan vaqt oraliqlari bilan svetoforlarni o'rnatish. Bu svetoforlar, haydovchilarga yo'l harakati qoidalariga rioya qilish zarurligini eslatuvchi va xavf haqida ogohlantiruvchi maxsus ma'lumot belgilari yordamida chorrahalarda harakat xavfsizligiga yuqori darajada e'tibor qaratishlari zarurligini anglatadi (3-rasm).

3-rasm. Har xil takdga tushuvchi zamonaviy sinxronlashtirilgan svetoforlar.

Haqiqatdan ham ushbu svetoforlar yorug'lik signali beruvchi asbob bo'lib, ular yo'lning ma'lum uchastkalaridan transport vositalari o'tishini boshqarib turishda ishlatiladi [2]. Eng muhimi bir sathdagi chorrahalarda xavfsizlikni oshirish uchun qo'shimcha belgilar va yo'l belgilarini o'rnatishni ta'minlash zarur bo'lgan chorrahalarning infratuzilmasiga ham e'tibor qaratish lozim. Chunki bu joyda maxsus trotuar to'siqlari, piyodalar orollari yoki qo'shimcha svetoforlar kabi elementlar bo'lishi mumkin [3]. Shu sababli zamonaviy texnologiya va usullardan foydalanish shahar ko'chalarining bir sathdagi chorrahalarda xavfsizlikni ta'minlashning asosiy omillaridan biri ekanligini ko'rsatibgina qolmay baxtsiz hodisalar sonini minimallashtirish va transport oqimlarini optimallashtirishga yordam beradi, bu esa o'z o'rnida fuqarolarning hayotini yanada qulay va xavfsiz bo'lishga olib keladi.

Bir sathdagi chorrahalarda e'tibor berish kerak bo'lgan muhim omillardan biri bu harakatni boshqarishni takomillashtirish. Sababi avtohalokatlarning asosiy sabablaridan biri transportai noto'g'ri boshqarishdir. Chunki ushbu uchastkalarda harakat xavfsizligini oshirish uchun transportai boshqarish usullarini takomillashtirish zarur. Bir sathdagi chorrahalarda yo'l harakati boshqaruvini takomillashtirish usullaridan biri bu svetofor tizimlaridan to'g'ri foydalanishdir. Eng samaralisi aqlli svetoforlar bo'lib, ular yo'ldagi avtomobillar soniga qarab signallarning ochilish va yopilish vaqtlarini tartibga solidi [4] (4-rasm).

Ushbu aqlli svetoforlar chorrahadan o'tish uchun zarur bo'lgan vaqtni aniqroq hisoblash va kechikishlarni kamaytirish imkonini beradi.

Hulosa qilib aytganda, shahar sharoitida bir xil sathdagi chorrahalarda xavfsizlik bo'yicha innovatsion echimlarni ishlab chiqish va joriy etish dolzarb vazifadir.

4-rasm. Moskva shahridagi "Aqlli svetofor"larning ko'rinishi.

Aqlli svetofor texnologiyasi, yo'l harakati qoidalarini buzish haqida ogohlantirish tizimi, kuzatuv kameralari va boshqa innovatsion yechimlardan foydalanish yo'l harakati xavfsizligini sezilarli darajada yaxshilash va baxtsiz hodisalar sonini kamaytirish imkonini beradi. Umuman olganda, shahar ko'chalarining bir xil sathdagi chorrahalarida harakat xavfsizligini ta'minlash kompleks yondashuvni, turli usul va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.

ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24.01.2020-yildagi Oliy Majlisga Murojatnomasi.

2. Azizov K.X. Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari.-T., Darslik. Toshkent: Fan va texnologiyalar. 2009. 244-bet.

3. Гохман В.А., Визгалов В.М., Поляков М.М. Пересечения и примыкания автомобильных дорог: Учеб.пособие для авт.-дор. Спец. Вузов. 2-еизд., перераб. И доп. -М.: Высш.шк, 1989-235 с..

4. «Умный светофор» — комфорт и безопасность на дорогах: https://apn.com/umnyj -svetofor/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.