Научная статья на тему 'SANOAT TARKIBIDAGI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI VA O’RNI'

SANOAT TARKIBIDAGI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI VA O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanoat / iqtisodiyot / davlatning roli / korxonalar / industry / economy / role of the state / enterprises

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tugalov Xatam Igamberdiyevich

Ushbu maqolada iqtisodiyot tarkibidagi sanoat korxonalari faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishda davlatning o’rni va ahamiyati muallif tomonnidan yoritib berilib, davlatning ishtirokini oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the role and importance of the state in the regulation and development of the activities of industrial enterprises in the economy is highlighted by the author, suggestions and recommendations for increasing the participation of the state have been developed.

Текст научной работы на тему «SANOAT TARKIBIDAGI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI VA O’RNI»

SANOAT TARKIBIDAGI KORXONALARNI RIVOJLANTIRISHDA

DAVLATNING ROLI VA O'RNI

Tugalov Xatam Igamberdiyevich

mustaqil tadqiqotchi

Annotatsiya. Ushbu maqolada iqtisodiyot tarkibidagi sanoat korxonalari faoliyatini tartibga solish va rivojlantirishda davlatning o'rni va ahamiyati muallif tomonnidan yoritib berilib, davlatning ishtirokini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: sanoat, iqtisodiyot, davlatning roli, korxonalar.

Abstract. In this article, the role and importance of the state in the regulation and development of the activities of industrial enterprises in the economy is highlighted by the author, suggestions and recommendations for increasing the participation of the state have been developed.

Key words: industry, economy, role of the state, enterprises.

Bugungi kunda iqtisodiyotni monetar boshqarishning pul nazariyasi, inflyatsiya bilan kurash muammolari 1976 yilgi Nobel mukofoti sovrindori amerikalik Milton Fridman boshliq Chikago maktabi olimlari tomonidan zo'r berib ishlab chiqilmoqda. Monetar nazariya burjua iqtisodiy nazariyasi shakllanishi paytida paydo bo'ldi. O'sha mahalda "pul neytralligi" kontseptsiyasi umumiy iqtisodiy ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi "bo'lmasligini" va demak, kapitalizmning hayotbaxshliligini isbotlashda asos bo'lib xizmat qilgan edi.

XX asrning 20-yillarida boshqarishning monetar usullari ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan "abadiy farovonlikka" erishish vositasi sifatida baholandi. Ammo mazkur usul 30- yillar sinoviga bardosh bera olmadi. Hatto ular 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqirozning va undan so'ng uzoq davom etgan tanazzulning asosiy sabablaridan biri bo'ldi. Xuddi mana shuning uchun pul keynscha modelning muhim tarkibiy qismi bo'lsa ham ushbu modelning ko'plab o'ziga xos jihatlari monetar omillar ta'sirini yetarlicha e'tiborga olmadi. Pul jarayonlarining bunday nazarga ilinmasligi, ularning mumkin bo'lgan ta'sirini mensimaslik iqtisodiy siyosat masalalari bo'yicha tavsiyalarda yorqin namoyon bo'ldi, ushbu tavsiyalar sarmoyalar mul tiplikatorining sodda sxemasiga asoslangan edi. Biroq kamomadli moliyaviy ta'minlash amaliyoti pul sohasi beqarorligiga va inflyatsiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi. Shuning uchun 50-yillardan boshlab monetar tahlilni faollashtirish zarurati paydo bo'ldi.

Ayniqsa, 1971-1973 yillardagi iqtisodiy hamda valyuta inqirozlari inflyatsiya bilan kurashning va iqtisodiyotni boshqarishning monetar usullarini dolzarb qilib quydi. Ayni 50- yillarning boshlaridan pul nazariyasi keynschilar va M. Fridman boshliq monetarchilar o'rtasidagi kurash maydoniga aylandi. Monetarchilar pulni xo'jalik tuzilmasining muhim qismi, pul-kredit siyosati esa iqtisodiyotni boshqarishning eng samarali usuli, deb hisoblaydilar. Fridman keynscha kontseptsiyaga mantiqiy muqobil bo'lgan nazariya yaratish maqsadida pulning miqdor

nazariyasi asosiy qoidalariga yangicha ta'rif berdi va asosiy e'tiborni inflyatsiyaga qaratdi. U inflyatsiyani sof pul muammosi sifatida ko'rib chiqdi. Uning fikricha, bu muammoni monetar tadbirlar tizimi yordamida hal qilish mumkin.

Davlat sektori - bu mulk egasi davlat bo'lgan ja'mi korxonalar va tashkilotlar majmuidir. Uning bir qismi milliylashtirishdan va ikkinchi qismi esa davlat mabla'glari hisobidan shakllanadi. Kapital talab etuvchi yangi tarmoqlarni yaratish (kosmik sanoat ishlab chiqarish va boshqalar) hisobiga iqtisodiyotning davlat sektori oshib boradi. Turli mamlakatlarning ijtimoiy ishlab chiqarishida davlat sektori ulushi turlicha bo'lib, u asosiy kapitalning 2% dan 50% gachasini tashkil etadi. MDX davlatlarida bozor iqtisodiyotiga o'tish va iqtisodiyotni isloh qilishdan so'ng davlat sektori ulushi sezilarli darajada qisqardi. Misol uchun: Rossiya Federatsiyasi sanoatida davlat sektori ulushi 5%dan kamni tashkil etdi, O'zbekiston Respublikasida - 30%.

Davlat sektori ishlab chiqarish maqsadlariga ko'ra nodavlat sektoridan farqlanadi. Ishlab chiqarishdan asosiy pirovard maqsad - bu foyda olish, lekin davlat sektorining asosiy maqsadi - bu investitsiyani, bandlikni tartibga solish, nodavlat sektoriga yordam ko'rsatish va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solish hisoblanadi. Davlat sektori maqsadlari milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vazifalarini amalga oshirish uchun soliqqa tartish va yi'gimlar yo'li bilan davlat byudjeti resurslari tashkil etiladi va davlat sektorining moddiy bazasi shakllantiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish - bu takror ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi va jamiyat iqtisodiyotii rivojlantirishdir. Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi bozor mexanizmi bilan uzluksiz bo'glangan.

Bundan hulosa qilsak, «Samarasiz davlat boshqaruvi bilan iqtisodiy barqaror rivojlanib bo'lmaganidek, ijtimoiy rivojlanib ham bo'lmaydi». Bu borada taniqli iqtisodchi P.Samuel son shunday deydi - «Iqtisodiyotni u yoki bu mexanizmisiz boshqarish - bu bir qo'lda qarsak cholish bilan barobardir»1.

Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat vositalaridan biri o'z mulki bo'lgan tarmoq va korxonalarni boshqarish, ya'ni bevosita tadbirkorlik faoliyati bilan shu'gullanishdir. Davlat mamlakat ishlab chiqarish vositalarining bir qismini mulk egasi sifatida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil qiladi, rejalashtiradi va uni nazorat qiladi. Davlat tadbirkorlik faoliyati orqali fan-texnika inqilobi talablariga ko'ra xalq xo'jaligi tuzilishini shakllantirishga hamda bozor baholaridan birmuncha past baholarda tovar sotish va xizmatlar ko'rsatish orqali ishlab chiqarishning boshqa sektorlarining rivojlanishiga ko'maklashadi.

Davlat mulki va sohibkorligi ko'lami bozor iqtisodiyoti sharoitida cheklangan bo'ladi. U, asosan, mamlakat iqtisodiyotini samarali rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Uning doirasiga O'zbekiston Respublikasida, birinchidan, oltin, uran, neft, gaz, ko'mir, rangli metallar va boshqa tabiiy boyliklarni qazib chiqarish sanoati tarmoqlari; energetika, temir yo'l, avtomobil yo'llari, transportning bir qismi kirishi lozim. Qazib chiqaruvchi tarmoqlar mahsulotlari mamlakatning eng muhim milliy boyligi hisoblanadi. Energetika va transport esa xalq xo'jaligining

1 Цитировано по «Общая экономическая теория (политэкономия)» учебник М.: 1995. стр. 144.

hayotiy qon tomirlaridir. Shu bilan birga, ularning kapital hajmkorligi yuqori va aylanish muddati uzoq bo'lganligi uchun xususiy korxonalarning bu sohadagi tashabbuskorligi cheklangan bo'ladi. Ana shu sabablarga ko'ra, ushbu tarmoqlarni davlat bevosita boshqarishi maqsadga muvofiqdir. Hamma rivojlangan mamlakatlarda ham davlat kapital mabla'glarining ko'p qismi ushbu sohalarga yo'naltiriladi.

Ikkinchidan, O'zbekiston iqtisodiy mustaqillikni qo'lga kiritish uchun mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik, uskunasozlik, fan-texnika inqilobi vujudga keltirgan elektrotexnika sanoati tarmoqlarini rivojlantirishi zarurdir. Bu yangi tarmoqlar qaror topishi davlat tadbirkorlik faoliyati doirasida bo'ladi. Uchinchidan, fan-texnika inqilobi sharoitida fan va texnikaga rahbarlik qilish ham davlat zimmasiga yuklanadi.

Davlat eng qimmatli fundamental fanlar sohasidagi ilmiy ishlarni moliyalashtiradi. Davlat o'z korxonalarining tovar va xizmatlarini past darajadagi, aksariyat hollarda ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin bo'lgan baholar bilan sotadi. Bu bilan aholi turmush darajasining oshishiga, xususiy va boshqa korxonalarning samarali ishlashiga, xalq xo'jaligi tarmoqlarining ma'lum nisbatlarini shakllantirishga ta'sir ko'rsatadi. Davlat o'ziga qarashli korxonalarni ijaraga berish, mehnat kollektivlariga, xususiy shaxslarga sotish, aktsionerlik jamiyatlariga aylantirish yo'li bilan aralash mulkni shakllantirish orqali iqtisodiyotning boshqa mulk doiralarining tashabbuskorligiga, rentabelligining oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Davlatning xususiy, jamoa va boshqa toifadagi korxonalardan tovar va xizmatlar sotib olishi iqtisodiyotni tartibga solishning bir usuli hisoblanadi. XX asrning buyuk iqtisodchilaridan biri bo'lgan Jon Keyns bu vositani "iqtisodiyotni tetiklantiradi" deb ta'kidlagan. Ushbu o'rinda savol tu'giladi. Xo'sh, davlat qanday tovarlarni sotib oladi? Davlat, birinchidan, o'ziga qarashli tarmoq va korxonalarning samarali ishlashi uchun xom ashyo, asbob-uskunalar; ikkinchidan, boshqaruv apparati xodimlarini moliya bilan ta'minlash; uchinchidan, mehnatga layoqatsiz mayib-majruhlar, qariyalar, yetim bolalar, kamba'gallar hamda ko'p bolali oilalar, yol'giz, qarovsiz kishilarga yordam maqsadida iste'mol tovarlari va xizmatlar bilan ta'minlash; to'rtinchidan, harbiy anjomlar, qurolyaro'glar armiya uchun lozim bo'lgan iste'mol tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, beshinchidan, turli xil tabiiy ofatlarning oldini olish uchun davlat zaxiralarini tashkil etish maqsadida tovarlar sotib oladi. Buning oqibatida davlatning tovarlar va xizmatlar bozori shakllanadi. Davlat bozori muhim ijobiy rol o'ynaydi. Bu bozor kafolatli bo'lib, uning to'lov qobiliyati davlatning byudjet va valyuta fondi orqali ta'minlanadi.

Har qanday bozor kon'yunkturasi sharoitida ham davlat buyurtmasi va kontraktlari yuzasidan ishlayotgan korxonalar bozori kasod bo'lmaydi. Bu bozor davlat buyurtmalari orqali tartibga solinadi, unda kelishilgan baholar amal qiladi va uning ishtirokchilariga barqaror foyda keltiradi. Davlat tomonidan hududlarni rivojlantirishni tartibga solish maqsadida quyidagi dasturlar ishlab chiqilib, amalga maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

1. Sanoatni rivojlantirish dasturlari.

2. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishni tartibga solish. Bunda quyidagi tartiblash usullaridan foydalanilmoqda:

- hududlarda mahsulot hajmi, qishloq xo'jaligi ekin maydonlari va hududlarning ixtisoslashuvini tartibga solish;

- qishloqda ijtimoiy va bozor infratuzilmasini vujudga keltirish; - qishloq xo'jaligi yerlarining meliorativ ahvolini yaxshilash;

- qishloq xo'jaligi korxonalari moddiy-texnika bazasini yaxshilash va mustahkamlash, ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bo'yicha korxonalar tarmo'gini yaratish; - tabiatni muhofaza qiluvchi va gidrotexnik qurilmalarni qurish;

- zarar ko'rib ishlovchi va past rentabelli qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llabquvvatlash.

3. Hududlar eksport salohiyatidan samarali foydalanish va qo'shma korxonalarni tashkil etishni tartibga solish. Endilikda, respublika hududida, ayniqsa, kam rivojlangan hududlarda qo'shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun maqsadli dasturlar tuzish va ularni ra'gbatlantirish uchun soliq, boj, kredit imtiyozlari mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqdir.

4. Transport-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish. Hududlarda temir yo'llar, avtomobil yo'llarini qurish hududiy siyosatning muhim qismi hisoblanadi. Buning oqibatida hududlarning viloyatlararo, tumanlararo tashqi iqtisodiy aloqalari kuchayadi, tadbirkorlik, biznes rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay muhit yaratiladi.

5. Hududlarning ijtimoiy rivojlanishini tartibga solish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 2023.

2. Abulqosimov H.P. Iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari. - T.: Akademiya, 2012.

3. Abulkasimov H.P. Makroiqtisodiy tartibga solish va O'zbekistonning barqaror rivojlanishi. - T.: Akademiya, 2011.

4. Erkayev B.A., Karimova G.I., Abdulqosimov X.P. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartiga solish vositalari. T.: «Sharq» 1996 y.

5. Hamroyev O.H. Iqtisodiy muvozanat va uni ta'minlash mexanizmlari. Toshkent, Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti, 2004 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.