Научная статья на тему 'SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDA QO‘LLANGAN DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIGA OID TERMINLARNING PRAGMATIK TAHLILI'

SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDA QO‘LLANGAN DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIGA OID TERMINLARNING PRAGMATIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
444
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kosib / noib / oqsaqol / arbob / vasiqa / muhr / xat / vasiqa tayyorlash / veksel / rusch hujjat / notarus / dekret / tilxat / gazeta / inqilob / bolsheviklar / knyazlar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xasanov Ahmad

Ma’lumki, yozuvchi qahramonning qiyofasini kitobxon ko‘z o‘ngida to‘laqonli gavdalantirish uchun uning nutqida o‘ziga xos tarzda terminlarni qo‘llaydi. Muallif nutqining ichki imkoniyatlarining asosiy xususiyatlarini aynan terminlar namoyish qiladi. Yozuvchilar asarda qahramonlarning xarakterini, ularning o‘ziga xos fazilatlarini alohida chizgilar yordamida taʼriflamaydi. Qahramonlar nutqida muayyan terminlarni qo‘llash orqali ularning shaxs sifatidagi xislatlarini ro‘y-rost ko‘rsatib beradi. Har bir yozuvchining so‘z qo‘llash mahorati ham ana shundadir. Maqolada muallif nutqini til birliklarining ichki imkoniyatlarini namoyish qiluvchi terminlar yirik so‘z sanʼatkori, mahoratli adib Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” nomli qissasi misolida yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SADRIDDIN AYNIYNING “SUDXO‘RNING O‘LIMI” ASARIDA QO‘LLANGAN DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIGA OID TERMINLARNING PRAGMATIK TAHLILI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

SADRIDDIN AYNIYNING "SUDXO'RNING O'LIMI" ASARIDA QO'LLANGAN DAVLAT BOSHQARUVI TIZIMIGA OID TERMINLARNING PRAGMATIK TAHLILI

Xasanov Ahmad

Sharof Rashidov nomidagi SamDU assistenti E-mail: ahmadhasanov23@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7368320 Annotatsiya. Ma'lumki, yozuvchi qahramonning qiyofasini kitobxon ko'z o'ngida to'laqonli gavdalantirish uchun uning nutqida o'ziga xos tarzda terminlarni qo'llaydi. Muallif nutqining ichki imkoniyatlarining asosiy xususiyatlarini aynan terminlar namoyish qiladi. Yozuvchilar asarda qahramonlarning xarakterini, ularning o'ziga xos fazilatlarini alohida chizgilar yordamida ta'riflamaydi. Qahramonlar nutqida muayyan terminlarni qo'llash orqali ularning shaxs sifatidagi xislatlarini ro'y-rost ko'rsatib beradi. Har bir yozuvchining so'z qo'llash mahorati ham ana shundadir. Maqolada muallif nutqini til birliklarining ichki imkoniyatlarini namoyish qiluvchi terminlar yirik so'z san'atkori, mahoratli adib Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" nomli qissasi misolida yoritilgan.

Kalit so 'zlar: kosib, noib, oqsaqol, arbob, vasiqa, muhr, xat, vasiqa tayyorlash, veksel, rusch hujjat, notarus, dekret, tilxat, gazeta, inqilob, bolsheviklar, knyazlar.

So'z ustasi badiiy asar yaratar ekan, tilning maxsus birliklaridan, shu jumladan, terminlardan ham qahramonlarning nutqini individuallashtirishda unumli foydalanadi. Yozuvchi qahramonning qiyofasini kitobxon ko'z o'ngida to'laqonli gavdalantirish uchun uning nutqida o'ziga xos tarzda terminlarni qo'llaydi. Buni yirik so'z san'atkori, mahoratli adib Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" nomli qissasi misolida yoritishga harakat qilamiz.

Biz tarkibidagi terminlarning pragmatikasiini tahlil qilishni maqsad qilgan Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" nomli qissasi hajviy qissasida xalq birdek azob chekkan, oddiy fuqarolarning bor-yog'ini ham pullab, foiz hisobida foyda ko'radigan, o'ta xasis, ko'zlarini pulga o'chlik ko'r qilgan, har doim pul topish haqida o'ylaydigan, o'zini namozxon ko'rsatib odamlardan nazr-niyoz undirishdek qabih ishga qo'l uradigan, odamlarning janozasiga faqat ulush olish uchun boradigan, ma'naviy o'lik, mol-u dunyoga mute, ma'nan qashshoq insonlarning umumlashma obrazi sifatida Qori Ishkamba qalamga olinadi.

Qissaning leksik tizimi rang-barang bo'lib, unda ijtimoiy leksikaga xos terminlar katta o'rin egallaydi. Ular o'ziga xos uslubiy-semantik xususiyatlarga ega. Shulardan biri davlat boshqaruvi va davlatchilik tizimiga oid leksik ma'noli birliklardir.

Asarda davlat boshqaruvi va davlatchilik tizimiga oid ijtimoiy terminlar asosan o'sha davrga oid leksemalarning uslubiy semantik xususiyatlarini qamrab olgan. Quyida ushbu terminlardan ba'zilarining lug'aviy semantik xususiyatlarini tahlilga tortamiz:

Kosib - Ikki boshdan men boy bo'lmayman, qaysi sartorosh yo kosib boy bo'lganki, men boy bo'lar edim. (10-bet)

Noib - Bu kishi qo'llari uzun, barakali odam, - dedi noib va oqsaqollardan so'radi: Hamrohrafiqyerlariningyonidagiyerlar egasi kim? (81-bet)

Oqsaqol - Sangsabz qishlog'ining oqsaqoli Arbob Ro'zi, deb javob berdi oqsaqol, ona o'zlari ham kelib qoldilar. (81-bet)

Arbob - Sangsabz qishlog'ining oqsaqoli Arbob Ro'zi, deb javob berdi oqsaqol, ona o'zlari ham kelib qoldilar. 81-bet

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Notarius - Mayli, zarari yo'q, notariusning oldiga boramiz, biror xat-savodli odam sening iltimosing bilan qo'l qo'yadi. 125-bet

Ushbu matnda qo'llangan oqsaqol, arbob, noib, notarius, tilmoch, knyaz terminlari davr boshqaruv tizimi haqida umumiy tasavvur uyg'ota oladi. Kosib, sartarosh terminlari esa davrda mavjud kasblar haqida ma'lumot beradi.

U vaqtda, - dedi noib - qozi kalon muhri bilan muhrlatib sizga beriladigan parcha xat sizning qo'lingizda "o'tkir pichoq" vazifasini bajaradi va u pichoqni ish uning terisini shilib, sizga topshiradigan "qassob" men bo'laman. (76-bet).

Mazkur parchadagi qassob termini qo'shtirnoqqa olingan, boisi so'z ko'chma ma'noda qo'llanilib, metaforik ma'no ifodalashga xizmat qilgan.

Qissaning juda ko'p o'rinlarida yozuvchi Qori Ishkambaning fe'l-atvori va qiyofasini kitobxon ko'z o'ngida jonlantirish uchun pragmatik yukni terminlarga yuklagan. Shu orqali qahramonning xarakterini va nutqining o'ziga xos xususiyatlarini ochib bergan.

Adib asarda, ayniqsa, vasiqa, muhr, veksel, dekret, tilxat kabi iqtisodiy terminlardan muvaffaqiyatli foydalangan, ularni badiiy dialogik nutqqa olib kirgan:

Vasiqa - Endi yerlarimni tekshirish va vasiqa qilish uchun qachon borasiz? 71-bet Muhr - U vaqtda, - dedi noib - qozi kalon muhri bilan muhrlatib sizga beriladigan parcha xat sizning qo'lingizda "o'tkir pichoq" vazifasini bajaradi va u pichoqni ish uning terisini shilib, sizga topshiradigan "qassob" men bo'laman. 76-bet

Xat - U vaqtda, - dedi noib - qozi kalon muhri bilan muhrlatib sizga beriladigan parcha xat sizning qo'lingizda "o'tkir pichoq" vazifasini bajaradi va u pichoqni ish uning terisini shilib, sizga topshiradigan "qassob" men bo'laman. 76-bet

Vasiqa tayyorlash - Maslahat, dedi noib, lekin qishloqqa borib, u yerning katta kichiklari orasida gaplashib vasiqa tayyorlashimiz kerak.

Veksel - Qozixona vasiqasi o'rnida "veksel", dedi Qori Ishkanba va ketmoqchi bo'lib o'rnidan turdi. 120-bet

Dekret - Petrograd, Moskva va boshqa katta shaharlardagi banklarni qo'lga oldilar, fabrika-zavodlarni oldilar, konlarni oldilar, butun mamlakatdagi dehqonchilik asboblari bilan birga o'zi ishlovchi dehqonlarniki deb dekret chiqardilar. 176-bet

Tilxat-Undan keyin daftarini ochib bu hisobni yozdi va daftarining jiltidan boyvachchaning tilxatini chiqarib, uning qo'liga berdi. 64-bet

Sadriddin Ayniy asarda qahramonlarning xarakterini, ularning o'ziga xos fazilatlarini alohida chizgilar yordamida ta'riflamaydi. Qahramonlar nutqida muayyan terminlarni qo'llash orqali ularning shaxs sifatidagi xislatlarini ro'y-rost ko'rsatib beradi. Yozuvchining so'z qo'llash mahorati ham ana shundadir.

Misollar tahlilidan ma'lum bo'ladiki, badiiy asarda terminlar qahramon nutqini individuallashtiruvchi vosita sifatida namoyon bo'ladi hamda yozuvchining badiiy maqsadini yorqinroq aks ettirishga zamin yaratadi.

Xullas, Sadriddin Ayniyning "Sudxo'rning o'limi" qissasi Buxoro amirligining XX asr boshlaridagi hayoti, o'sha davrda yashagan oddiy mehnatkash xalq hayoti, amaldorlarning noinsofligi haqida hikoya qiluvchi asar hisoblanadi. Asarda ko'plab ijtimoiy-siyosiy leksikaga xos terminlar qo'llanilgan bo'lib, ushbu maqolada faqat hukmdorlikka va davlat boshqaruviga xos ba'zi terminlargina misol tariqasida keltirildi. Hozirgi paytda bu mavzu maxsus tadqiqotni talab etmoqda.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

REFERENCES

1. Berdialiyev A., Ermatov I. Hozirgi o'zbek adabiy tili (Leksikologiya, frazeologiya, leksikografiya). -T.: "TURONIQBOL" nashriyoti, 2021. - 204 b.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. Toshkent, 2006. 2-jild, 102-bet.

3. Sadriddin Ayniy. Sudxo'rning o'limi. Eski maktab: qissalar. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020. -240 b.

4. Неъматов Х., Расулов Р. Узбек тили систем лексикологияси асослари. -Тошкент: "Укитувчи", 1995. - 128 б.

5. Никитин М.В. Основы лингвистической теории значения. - Москва: Высшая школа, 1988. - С. 92-167.

6. Сафарова Л. Лексик-семантик муносабатнинг турлари. - Тошкент: "Укитувчи", 1996. - 48 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.