Научная статья на тему 'SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA APHIDIDAE (HOMOPTERA) BIOEKOLOGIYASI VA BIOTSENOZDA XO‘JAYIN-ENTOMOFAG MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI'

SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA APHIDIDAE (HOMOPTERA) BIOEKOLOGIYASI VA BIOTSENOZDA XO‘JAYIN-ENTOMOFAG MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Sabzavot / o‘simlik bitlari / zararkunanda / entomofaglar / agrobiotsenoz / bilogik usul / bioekologiya / biologik samaradorlik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Rustamov A.A., Anorbaev A.R.

Tadqiqotlar davomida bu oila vakillari sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri ekanligini hisobga olib o‘simlik bitlarining keng tarqalgan Aphis craccovora koch turi va uning parazit entomofag Lysiphlebus fabarum Marsch turining bioekologiyasi o‘rganildi. Bu tadqiqotlar asosan Sirdaryo viloyati tumanlaridagi, sabzavot ekinlarining o‘simlik bitlari bilan zararlangan maydonlarida olib borildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA APHIDIDAE (HOMOPTERA) BIOEKOLOGIYASI VA BIOTSENOZDA XO‘JAYIN-ENTOMOFAG MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI»

SABZAVOT AGROBIOTSENOZIDA APHIDIDAE (HOMOPTERA) BIOEKOLOGIYASI VA BIOTSENOZDA XO'JAYIN-ENTOMOFAG MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI 1Rustamov A.A., 2Anorbaev A.R.

1Q/x.f.f.d. dos., Toshkent Davlat Agrar Universiteti 2Q.x.f.d. pro., Toshkent Davlat Agrar Universiteti https://doi org/10.5281/zenodo.11206588

Annotatsiya. Tadqiqotlar davomida bu oila vakillari sabzavot ekinlarining asosiy zararkunandalaridan biri ekanligini hisobga olib o'simlik bitlarining keng tarqalgan Aphis craccovora koch turi va uning parazit entomofag Lysiphlebus fabarum Marsch turining bioekologiyasi o'rganildi. Bu tadqiqotlar asosan Sirdaryo viloyati tumanlaridagi, sabzavot ekinlarining o'simlik bitlari bilan zararlangan maydonlarida olib borildi.

Kalit so'zlar: Sabzavot, o'simlik bitlari, zararkunanda, entomofaglar, agrobiotsenoz, bilogik usul, bioekologiya, biologik samaradorlik.

Аннотация. Учитывая, что представители этого семейства являются одними из основных вредителей овощных култур, изучена биоекология обыкновенной растителной тли Ащис cраccовора Коч и ее паразитического вида-энтомофага Лйсип^лебус фабарум Марсч. Данные исследования проводилис преимущественно на участках посевов овощных култур, зараженных тлей, враёнах Сырдаринской области.

Ключевые слова: Овощ, тля, вредител, энтомофаги, агробиотсеноз, биологический метод, биоекология, биологическая эффективност.

Abstract. Considering that representatives of this family are one of the main pests of vegetable crops, the bioecology of the common plant aphid Aphis craccovora Koch and its parasitic entomophagous species Lysiphlebus fabarum Marsch was studied. These studies were conducted mainly in the areas of vegetable crops infested with plant lice in the districts ofSyrdarya region.

Keywords: Vegetable, plant lice, pest, entomophages, agrobiocenosis, biological method, bioecology, biological efficiency.

Kirish: Sabzavot ekinlaridagi yetishtiriladigan mahsulotlar hosili, miqdori va sifati bilan belgilanadi. Binobarin, sabzavot mahsulotlarini imkoni boricha kimyoviy moddalar ishlatmasdan yetishtirish, odamlar salomatligini saqlash, atrof-muhit musaffoligini taminlash bilan bir qatorda, tabiatda uchraydigan juda ko'p turdagi tirik mavjudodlarni saqlab qolish ham muhimdir. Bu esa o'simliklarni biologik himoya qilish sohasini rivojlantirish va ekin hosildorligini saqlab qolishni talab etmoqda. Biologik usulning ilmiy asosini vositalar tur tarkibini aniqlash, kengaytirish ularni ko'paytirish, qo'llash asoslarini yaratish, shuningdek, biotsenozda fitofaglar va entomofaglarni o'zaro munosabatlari, rivojlanish qonunyatlarining nazariy asoslarini yaratish tashkil etadi.

Tadqiqod maqsadi va vazifalari: Tadqiqotdan asosiy maqsad O'zbekistonda sabzavot ekinlarga katta zarar yetkazuvchi o'simlik bitlarini turlarini aniqlash va ularga qarshi entomofaglarini qo'llash va samarali biologik usulni ishlab chiqishdan iboratdir.

Tadqiqod davomida Aphidius avlodining oddiy keng tarqalgan vakillari sifatida Lysiphlebus fabarum Marsch turini ko'rsatish mumkin. Tadqiqotning vazifasi yuqorida ko'rsatilgan o'simlik bitining parazit entomofagini o'simlik bitiga qarshi samarali usulini ishlab chiqishdan iborat bo'ldi.

Tadqiqot materiallari va uslublari: Tadqiqot obekti sifatida Ahididae oila vakilili olindi. Uning hayot kechirishi va bioekologiyasi, biotsenozda xo'jayin-entomofag munosabatlarining shakllanishi o'rganildi. Tadqiqotni olib borishda o'simlik bitlari yaxshi ko'payadigan o'simlik turlaridan foydalanildi. Asosiy o'simlik turlaridan sabzavot ekinlaridan foydalanildi. Ilmiy tadqiqotlarni bajarish jarayonida qo'llanadigan asosiy usullar yordamida materiallar yig'ish, zararli o'simlik bitlari turlarini aniqlash va xo'jayin-entomofag munosabatlarini o'rganishda bu oila vakillarining ekologiyasini o'rganishga oid kuzatuvlarni olib borishdan iborat bo'ldi.

Tadqiqot natijalari: Kuzatuvlar davomida olingan natijalar umumlashtirildi. Natijalarga ko'ra, sabzavot ekinlarida o'simlik bitlaridan Aphis craccovora Koch va Aphis gossypii turlari boshqa turlarga nisbatan ko'proq uchrashi aniqlandi. Ularning rivojlanishida biotsenozda ushbu fitofaglarning 5 ga yaqin ixtisoslashgan parazit entomofaglari borligi malum bo'ldi. Ulardan Lysiphlebus fabarum Marsch turi ko'proq uchrashi aniqlandi.

1- rasm Lysiphlebus fabarum Marsch paraziti Aphis gossypii shirasini zararlashi.

Lysiphlebus fabarum Marsch - ushbu parazit sabzavot ekinlarini diyarli barchalarida uchraydigan o'simlik bitlarining ko'pchiligini kamaytiradi. Tanasining uzunligi 4-5 mm, ikki juft qanotlari, yaqqol ko'rinadigan mo'ylovlari bor, qorni poyasimon. Urg'ochisi boshi qora, o'lchami 0,55-0,60 x 0,40-0,42 mm. Mo'ylovlari 19-21 bo'g'imdan iborat. Oldingi qanoti berk xolda, qorni qisqa , yuqori tomon yig'ilgan, to'q jigarrang.Qorni birinchi bo'g'imi uzunligi 0,37-0,51mm, eni 0,16-0,19mm, tuxum qo'ygichi qora. Erkagining og'zi organlari sarg'ishroq va qora tuklar bilan qoplangan. Mo'ylovlvri qora, 23 bo'g'imdan iborat. Tuxumlari mayda, rangsiz, tiniq, o'rta qismi qorayibroq va atrofi oqaribroq turadi. Lichinkalari tiniq - oq rangda, 13 ta kichik bo'g'imlari bor. 1- rasm.

1-jadval

O'simlik bitlari parazitlarining uchrashi darajasi

(Sirdaryo vil. Sardoba tum. "Sardoba Universial Cluster" MChJ 2023 y)

O'simlik biti turlari

№ Aphis Aphis Acyrthosipon

craccovora gossypii gossypii

Parazit turlari Glow. Glow.

Koch.

Lysiphlebus fabarum Marsch +++ ++ +++

1 Aphidius ervi Hal. ++ +++ +

2 Praon volucre Hal. ++ ++ -

Lysiphlebus fabarum Marsch turi ko'proq uchrab, Aphidius ervi Hal va Praon volucre Hal turlariga nisbatan ko'p zararladi. Praon volucre Hal paraziti esa boshqa parazitlarga nisbatan kam uchradi va oz miqdorda Aphis craccovora Koch turini zararlagani kuzatildi. (1-jadval).

HULOSA

Tadqiqodimiz najilariga ko'ra sabzavot ekinlarida uchraydigan o'simlik bitlaridan Aphis craccovora Koch., Aphis gossypii., Acyrthosipon gossypii Glow, xo'jayin turlariga nisbatan Lysiphlebus fabarum Marsch, turi ko'proq uchrashi aniqlandi. Tadqiqod olib borish jarayonida parazit entomofaglarning o'simlik bitlarida qanchalik darajada uchrashi aniqlandi. Tavsiya etilgan turlarni, masalan: Lysiphlebus fabarum Marsch, Aphidius ervi Hal va Praon volucre Hal turlarini biolaborotoriyalarda yuqori darajada ko'paytirishga tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. B.A.Sulaymonov, X.X.Kimsanboev RA.Jumaev., A.A.Rustamov., A.R. Anorbaev, O.A.Sulaymonov. O'simliklarni biologik himoya qilish (o'quv qullanma) // - T: «O'zbekiston» NMIU,2015. 45 b

2. X.X.Kimsanboev, B.A.Sulaymonov, A.R. Anorbaev, U.D. Ortiqov, R.A. Jumaev, O.A.Sulaymonov. Biotsenozda o'simlik zararkunandalari parazit entomofaglarining rivojlanishi. Toshkent <<O'zbekiston>> 2016 yil -235 b

3. M.T.Arslonov, A.U.Sagdullaev, Q.Xalilov. Qishloq ho'jalik ekinlarini biologik himoya qilish. Toshkent-2010 B-80.

4. B.A.Sulaymonov, X.X.Kimsanboev , A.R. Anorbaev, R.A.Jumaev., A.A.Rustamov., S.K.Sobirov,.Sh.Sh.Bolqiboev. Sabzavot agrobiotsenozida fitofag turlari va ular miqdorini boshqarish. . Toshkent <<O'zbekiston>> 2018 yil -34 b

5. B.A.Sulaymonov, X.X.Kimsanboev, Sh.E.Esonboev. Mevali bog' zararkunandalari va ularga qarshi biologik usulni qo'llash asosolari. T: Extremum press , 2015.-144 b.

6. www.biologicalservices.com.au/content/products/Aphelinus-main-photo.jpg

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.